Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 27.06.2001 yildagi 276-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.06.2001 yildagi 276-son
Date of entry into force
27.06.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 27.06.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida” (yangi tahriri) va “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomning yangi tahririni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Oʻ.Q. Ismoilov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 27-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
276-son

Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 27-iyundagi 276-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” 1991-yil 12-iyundagi 159-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 6-son, 19-modda; 1994-y., 3-son, 18-modda; 1999-y., 9-son, 53-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qarorning kirish qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (6-modda, 2-band)ni bajarish maqsadida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi korxonalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq” soʻzlari “qonun hujjatlariga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-banddagi “faoliyat turlari” soʻzlari “faoliyatning asosiy turlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 26-fevraldagi 85-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 2-son, 3-modda; 1996-y., 4-son, 12-modda; 1997-y., 2-son, 5-modda; 1998-y., 7-son, 28-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-band chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 22-martdagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik shaxslar birlashmalarini, aksiyadorlik jamiyatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 18-modda; 1999-y., 9-son, 53-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b” kichik bandning ikkinchi xatboshidagi “tovar belgisi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“g” kichik bandi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 9-bandning birinchi xatboshidan “ustavda nazarda tutilmagan faoliyat turlari bilan shugʻullanish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 10-banddagi “ularning tuzilmasidagi oʻzgarishlar, shuningdek” soʻzlari chiqarib tashlansin, “asosiy” soʻzi bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 11-iyuldagi 356-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 17-noyabrdagi 555-son qarori bilan tasdiqlangan Mulkchilik va xoʻjalik yuritishning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registri toʻgʻrisidagi Nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 51-modda) 1-ilovaning 7-bandi “Faoliyatning boshqa turlari” soʻzlaridan keyin “(tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan tashkilotlar uchun)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi 55-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 2-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi Nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tadbirkorning xususiy mulkiga asoslangan korxona Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq faoliyat yurituvchi xususiy korxona hisoblanadi. Oʻzining tashkiliy-huquqiy shakliga koʻra xususiy korxona unitar korxona hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 9-band quyidagi mazmundagi gap bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori, shuningdek uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) noqonuniy deb topilgan hollarda ular tadbirkorga roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi yoki roʻyxatdan oʻtkazish muddatlariga rioya etilmaganligi oqibatida yetkazilgan zararni toʻlaydilar va maʼnaviy ziyon oʻrnini qoplaydilar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xususiy korxona faoliyatini tekshirish nazorat organlari tomonidan ularning belgilangan vakolatlari doirasida, shuningdek auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirish jarayonida nazorat va huquqni muhofaza qilish organlarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlarni roʻyxatga olish daftariga qayd yozuvini kiritadilar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin va undan “moliya-xoʻjalik” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 33-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yakka tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 34-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasida qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan jismoniy shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish mazkur shaxs doimiy istiqomat qiluvchi tuman, shahar, shahardagi tuman hokimligi tomonidan ariza hamda tegishli hujjatlar taqdim etilgan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida amalga oshiriladi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan hollarda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ uch kun ichida bu toʻgʻrida jismoniy shaxsga yozma ravishda xabar berishi shart. Agar belgilangan muddatda roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshirilmagan yoki tadbirkor asossiz deb hisoblagan sabablarga koʻra rad etilgan boʻlsa, tadbirkor sudga murojaat qilishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori, shuningdek uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) noqonuniy deb topilgan hollarda ular tadbirkorga roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi yoki roʻyxatdan oʻtkazish muddatlariga rioya etilmaganligi oqibatida yetkazilgan zarar va maʼnaviy ziyon oʻrnini qoplaydilar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshida “uch dona fotosurat” soʻzlari “bir dona fotosurat” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Agar jismoniy shaxs arizada tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan joy sifatida mahalliy davlat hokimiyati organlari ushbu maqsadlar uchun nazarda tutmagan manzilni koʻrsatgan boʻlsa, qoʻshimcha ravishda unda bunday joyning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (ijara shartnomasi, ijaraga beruvchining kafolat xati, mulkiy huquqqa doir dalolatnoma, turar joyning noturar-joy toifasiga oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma va boshqalar) taqdim etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 36-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jismoniy shaxs yakka tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq organlarida hisobga turadi. Hisobga qoʻyish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi asos hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) 39-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xususiy tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zarar, zararni yetkazgan shaxs tomonidan toʻliq miqdorda, boy berilgan foydani ham qoʻshib hisoblagan holda qoplanadi. Qonun zarar oʻrnini qoplash majburiyatini zararni yetkazuvchi hisoblanmaydigan shaxs zimmasiga yuklashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy tadbirkorlik subyektiga davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining noqonuniy qarorlari natijasida yetkazilgan zarar, sud qaroriga asosan, mazkur organlar mansabdor shaxslarining aybidan qatʼi nazar, qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy tadbirkorlik subyektiga davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yetkazilgan zarar sud qaroriga asosan qoplanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tugatish tartibi toʻgʻrisida” 1997-yil 2-iyuldagi 336-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri zimmasiga Adliya vazirligining xodimlari tomonidan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi va muddatlariga qatʼiy rioya etilishi uchun shaxsan javobgarlik yuklansin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi valyuta hisob raqamlarini ochish va ularning tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazilmasdan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari uchun asos hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1-ilova 10-bandining “e” kichik bandi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-sentabrdagi 454-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat tovarlarini import qilish yuzasidan kontraktlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish tartibi I boʻlimining yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining “Soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtgan kichik korxonalarga soliq solish tartibi toʻgʻrisida” 1998-yil 15-apreldagi 159-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 4-son, 15-modda; 1999-y., 11-son, 64-modda; 2000-y., 8-son, 45-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qarorning nomiga “soddalashtirilgan tizimiga oʻtgan” soʻzlaridan keyin “mikrofirmalar va” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1-bandning boshlanishiga va 2-bandning ikkinchi xatboshi boshlanishiga “Mikrofirmalar va” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilova “Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash tartibi” deb nomlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-band, 2-bandning birinchi xatboshi boshlanishiga “Mikrofirmalar va” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandning ikkinchi xatboshida “ixtiyoriylik asosida” soʻzlaridan keyin “mikrofirmalar va” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bandda “kichik korxonalar uchun” soʻzlari “mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bandda “mezonlarga muvofiq” soʻzlaridan keyin “mikrofirmalar va” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bandda “Kichik korxonalar” soʻzlari “Mikrofirmalar va kichik korxonalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bandda “Kichik korxonalar” soʻzlari “Mikrofirmalar va kichik korxonalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III boʻlimning 2-bandi toʻrtinchi xatboshida “kichik korxonalarga” soʻzlari “mikrofirmalar va kichik korxonalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 21-apreldagi 166-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Belgilansinki, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi aʼzolari boʻlgan korxonalar faoliyatini tekshirish xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining davlat nazorati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq Palata va uning hududiy tuzilmalari vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining “Kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qaroriga 1-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

“2.‎

Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun birmuncha noqulayroq sharoitlarni yuzaga keltiradigan oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, mazkur subyektlardan keyingi ikki yil mobaynida bunday oʻzgarishlar kuchga kirgunga qadar amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq soliq undiriladi.‎ “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (16-modda, 2-qism);‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 4-bandda kafolatlar va imtiyozlar mazmuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi aʼzolari boʻlgan korxonalar faoliyatini tekshirish xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining davlat nazorati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq Palata va uning hududiy tuzilmalari vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11.‎ Kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari faqat davlat statistika organlari hamda soliq organlariga belgilangan shaklda hisobot taqdim etadilar.‎ “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (17-modda, 2-qism)”.‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 300-son qarori bilan tasdiqlangan Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini fuqarolarga uzoq muddatli ijaraga berish tartibida (3-ilova):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) IV boʻlimning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yer uchastkasi ijara shartnomasini oʻzgartirish va uni bekor qilish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Yer uchastkasi ijara shartnomasi tomonlarning kelishuviga koʻra, tomonlar kelisholmagan taqdirda esa sud tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi—oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi—oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;

v) 30-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Tartibga ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“mazkur Shartnoma shartlari Ijarachi tomonidan buzilgan taqdirda belgilangan tartibda Shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilishni talab qilish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yer uchastkasi ijara shartnomasini oʻzgartirish va bekor qilish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Shartnoma tomonlarning kelishuviga koʻra, tomonlar kelisholmagan taqdirda esa sud tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi—oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi—oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 6-avgustdagi 338-son qarori bilan tasdiqlangan hoʻl meva-sabzavot mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqish tartibining 3-bandi “a” kichik bandi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlar Mahkamasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 27-noyabrdagi 496-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 11-son, 42-modda) 1-bandi va qarorga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vazirlar Mahkamasining “Fermerlarni, xususiy tadbirkorlarni hamda kichik va oʻrta biznes boshqa subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 4-martdagi 75-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 3-son, 11-modda) 4-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi ular tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi va koʻrsatib oʻtilgan subyektlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida qoʻshimcha ravishda roʻyxatdan oʻtkazmasdan vakolatli banklarda valyuta hisob raqamlari ochish uchun asos hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“valyuta hisob raqamlari ochilgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi axborot, oyning 5-kunidan kechikmay, har oyda vakolatli banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga taqdim etiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjetining parametrlari toʻgʻrisida” 2000-yil 26-dekabrdagi 500-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bandning toʻrtinchi xatboshida “kichik korxonalar” soʻzlari “mikrofirmalar va kichik korxonalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bandning toʻrtinchi xatboshida “kichik korxonalar” soʻzlari “mikrofirmalar va kichik korxonalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-ilovaning nomlanishida “kichik korxonalar” soʻzlari “mikrofirmalar va kichik korxonalar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 12-son, 83-modda; 15-16-son, 106-modda; 2004-y., 29-son, 335-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda; 2012-y., 39-son, 450-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son, 29.09.2022-y., 09/22/542/0860-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)