Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2017 24.06.2004 yildagi 293-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 24.06.2004 yildagi 293-son
Date of entry into force
24.06.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-iyuldagi 508-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat test markaziga abituriyentlarning oliy o‘quv yurtlariga sifatli qabul qilinishini ta’minlash, mutaxassislarni, shuningdek ta’limning barcha turlari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini tayyorlash sifatini, respublika ta’lim muassasalarida test va reyting ballarining xolisonaligini nazorat qilish yuzasidan javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovi orqali tanlab olish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligi xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

abituriyentlar, o‘quvchilar, talabalar bilimlarining O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlariga va davlat talablariga muvofiqligini tahlil qilish;

test sinovi natijalarining xolisonaligi, ishonchliligi va adolatliligini ta’minlash;

uzluksiz ta’lim tizimida band bo‘lgan pedagoglar, professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish;

idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish, ta’lim muassasalari reytingini aniqlash;

Vazirlar Mahkamasining Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasining ishchi organi funksiyalarini bajarish;

xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni e’tirof etish va nostrifikatsiyalash (tengligini aniqlash) tartibi amalga oshirilishini tashkil etish va ta’minlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi to‘g‘risidagi nizom va uning tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi xodimlarining cheklangan umumiy soni 104 nafar etib, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 89 nafar etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktoriga, zarurat bo‘lganda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 14-maydagi 258-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 5-son, 28-modda) 3 va 5-bandlari, 6-bandining birinchi xatboshi va 7-bandi hamda ushbu qarorga 3-ilovaning 3-bandi to‘qqizinchi xatboshi, shuningdek 4 va 5-ilovalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Davlat test markazi tarkibida Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 11-martdagi 109-son qarori 1-bandining ikkinchi—yettinchi xatboshi, 3 va 6-bandlari hamda mazkur qarorga 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 24-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
293-son

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 24-iyundagi 293-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Markaz o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Markaz faoliyatini moliyalashtirish, shuningdek xodimlar mehnatiga haq to‘lash Markazga ajratiladigan mablag‘lar doirasida davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Markazning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovi orqali tanlab olish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligi xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abituriyentlar, o‘quvchilar, talabalar bilimlarining O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlariga va davlat talablariga muvofiqligini tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qobiliyatli yoshlarni izlash va tanlash tizimini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murakkablik darajasi ta’lim dasturlariga muvofiq bo‘lgan test materiallarini ishlab chiqish hamda ular asosida ta’lim muassasalariga kirayotgan abituriyentlarni test sinovlaridan o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovi natijalarining xolisonaligi, ishonchliligi va adolatliligini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim va o‘qitish sifatini, test baholari va reyting ballarining xolisonaligini tekshirishni tashkil etish va nazorat qilishni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzluksiz ta’lim tizimida band bo‘lgan pedagoglar, professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish, ta’lim muassasalari reytingini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ta’lim tizimi rahbar organlari va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasining ishchi organi funksiyalarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasining ishchi organi sifatida nodavlat ta’lim muassasalariga litsenziyalarni rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagoglar, professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar kadrlarni, shuningdek ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun talablar va mezonlarni ishlab chiqish va takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni e’tirof etish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini aniqlash) tartibi amalga oshirilishini tashkil etish va ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ta’lim standartlari va davlat talablarini, shuningdek ular asosida ta’limning barcha turlari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini ularni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun ekspertizadan o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlar tayyorlash sifati monitoringi tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududida xorijiy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini yuritish huquqiga litsenziyalar (ruxsatnomalar) berishda ekspertiza o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi va qoidalari to‘g‘risidagi nizomlarga takliflarni ishlab chiqadi hamda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda test sinovlari natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murakkablik darajasi ta’lim dasturlariga muvofiq bo‘lgan test materiallarini ishlab chiqadi va ular asosida ta’lim muassasalariga kirayotgan abituriyentlarni test sinovlaridan o‘tkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilar va talabalar bilimlarining joriy va yakuniy baholarini tahlil qilish asosida test va reyting ballarining xolisonaligini, respublikaning barcha ta’lim muassasalarida ta’lim, o‘qitish, o‘quv rejalari va dasturlari sifatini baholaydi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovlaridan o‘tuvchi shaxslar uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqadi va nashr qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test materiallarini tayyorlash va test sinovlarini tashkil etishda qatnashadigan shaxslarni o‘qitishni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon tajribasini o‘rganish asosida test sinovlari texnologiyasini takomillashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test materiallarini ishlab chiqishda hamda ulardan foydalanishda ta’lim muassasalariga va boshqa muassasalarga maslahat yordami ko‘rsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovlari tartibotlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan test materiallari mazmunining maxfiyligini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini bajaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlar va muassasalarning buyurtmanomalariga binoan test sinovlarini o‘tkazish uchun to‘lov normativlarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasalaridagi test sinovlari yakunlarini umumlashtiradi va o‘qitish sifatini takomillashtirish ishlarida foydalanish uchun ularni manfaatdor vazirliklar va idoralarga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovlari o‘tkazish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xorijiy ta’limni boshqarish organlari va tashkilotlari bilan bevosita aloqalar o‘rnatadi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlari asosida ular bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ta’lim to‘g‘risidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning kadrlar tayyorlash sifatiga taalluqli talablarining bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiyadan o‘tkazish va kadrlar tayyorlash sifatining ahvoliga doir masalalar bo‘yicha muntazam ravishda ekspert xulosalari, hisobotlar, tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlaydi hamda ularni ishda foydalanish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga, manfaatdor vazirliklar va idoralarga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagoglar, professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar kadrlarni, shuningdek ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvallarini tuzadi hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etish ustidan nazoratni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yadi;
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 307-sonli qaroriga asosan o‘n sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 47-son, 489-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasalarining maqomi va yo‘nalishlarini o‘zgartirish, shuningdek o‘z faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha belgilangan tartibda zarur takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini tashkil etish (qayta tashkil etish, tugatish) hamda ularning maqomini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha materiallar ekspertizasini va tegishli xulosalar tayyorlashni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Markazning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun vazirliklar, idoralar, ta’lim muassasalaridan zarur ma’lumotlar va materiallarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa qarorlarning amal qilishini o‘z vakolatlari doirasida to‘xtatib qo‘yish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasalarida ta’lim hamda o‘quvchilar va talabalarni o‘qitish sifatini, ta’limning barcha turlari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarining muvofiqligini belgilangan tartibda tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma asosida ilmiy-metodik va axborot konsalting xizmatlari ko‘rsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga yuklangan vazifalarni hal etish uchun olimlar, yetakchi pedagog-mutaxassislar va xorijiy ekspertlarni jalb etish, shuningdek ixtisoslashtirilgan, maqsadli va vaqtinchalik ilmiy-tadqiqot guruhlari va ijodiy guruhlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar va idoralar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar va yig‘lishlar ishida ishtirok etish, shuningdek davlatlararo va hukumatlararo hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralarda qatnashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Markaz abituriyentlarning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘quv yurtlariga sifatli qabul qilinishi ta’minlanishi, mutaxassislarni, ta’limning barcha turlari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini tayyorlash sifati, respublika ta’lim muassasalarida yakuniy testlar va reyting baholarining xolisonaligi nazorat qilinishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Markaz o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarish majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birga qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Markaz faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Markazni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshqaradi.
(12-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktorning ikki nafar o‘rinbosari, shu jumladan direktor o‘rinbosari — Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi boshlig‘i bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor maqomiga ko‘ra Vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz direktorining o‘rinbosarlari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Markaz direktori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz xodimlari va uning hududiy vakillari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi shtatlari asosan ilmiy darajaga, ilmiy-pedagogik stajga va kamida 5 yil metodik ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar bilan to‘ldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Markazda 15 kishi — Markazning direktori, direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim rahbarlari va yuqori malakali xodimlaridan iborat tarkibda Ilmiy-metodik kengash (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) tashkil etiladi. Kengashning shaxsiy tarkibi direktor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash mazkur Nizomga muvofiq Markazga yuklangan vazifalarni ilmiy va normativ-huquqiy ta’minlashning asosiy masalalarini ko‘rib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash qarorlari direktor buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Markaz apparati tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur Nizomga o‘zgartirishlar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 24-iyundagi 293-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 289-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2011-y., 47-son, 489-modda)