23.08.2017 yildagi PQ-3240-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 23.08.2017 yildagi PQ-3240-son
Date of entry into force
04.09.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hokimiyatining mustaqilligini yanada ta’minlash, sudlar, adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash, ular faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligining Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda uning Ijro etuvchi direksiyasini tugatib, quyidagilarni tashkil etish bo‘yicha taklifiga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, quyidagilar Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy, fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlar bo‘yicha davlat bojlari to‘lashdan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushayotgan summalarning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy, fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlar bo‘yicha jarimalar to‘lashdan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushayotgan summalarning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undirilgan summaning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ajratmalar miqdori haqiqiy tushum va xarajatlarni inobatga olib, 2026-yil 1-yanvardan 2030-yil 31-dekabrga qadar har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan kelishilgan miqdorlarda belgilanadi. Belgilangan miqdorlardan ortiqcha tushgan mablag‘lar kelgusi yil dastur xarajatlarini moliyalashtirishda inobatga olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qo‘yilsinki, Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi boshqaradigan Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi Kuzatuv kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kuzatuv kengashi) tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti (keyingi o‘rinlarda — Departament) direktori va O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) rektori kiradi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/141/0772-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2017-yilning 1-sentabridan boshlab malaka darajalari, martaba darajalari va uzoq muddat xizmat qilganligi uchun sudyalar hamda sudlar va Departament xodimlari lavozim maoshlariga ustama va har oylik qo‘shimcha haq to‘lash, sudlar va Departamentning yordamchi xodimlarini ta’minlash, sudyalar hamda sudlar, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Departament va Akademiya xodimlari tomonidan belgilangan tartibda uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish), sudlar, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Departament va Akademiya binolari va xonalarini qurish va ta’mirlash sudlarni transport vositalari bilan ta’minlash xarajatlari, sudlar, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Departament va Akademiya xodimlarining xizmat safari xarajatlari, shuningdek sudlar, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Departament va Akademiyaning kommunal-foydalanish hamda boshqa joriy xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/141/0772-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, quyidagilar budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FHDY organlari hamda notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan 16 foiz miqdoridagi ajratmalar;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarini, advokatlik byurolarini, firmalarini, hay’atlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik, nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy fuqarolar bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazganlik, nodavlat notijorat tashkiloti, uning ramzi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning va nodavlat notijorat tashkilotining ta’sis hujjatlarining dublikatini berganlik uchun, akkreditatsiya kartochkasi dublikatini berganlik uchun, advokatlik faoliyatini litsenziyalaganlik uchun undiriladigan mablag‘larning, shuningdek adliya organlari tomonidan undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilansinki, budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalarini moddiy-texnik ta’minotiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalarini bino, uskunalarini qurish va ta’mirlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga va ijtimoiy muhofaza qilishga (adliya organlari xodimlari uchun uy-joy qurish, sanatoriya-kurort va tibbiy xizmat ko‘rsatish, mukofotlar to‘lash, maoshlarga ustamalar belgilash, moddiy yordam ko‘rsatish va hokazo);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalari xodimlarini xizmat safar xarajatlariga, shu jumladan xorijiy davlatlardagi xizmat safarlariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan adliya organlari xodimlariga uy-joy sotib olish uchun besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga va bazaviy hisoblash miqdorining ming barobaridan oshmagan miqdorda foizsiz qarz ajratishga;
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalari xodimlariga martaba darajalari hamda uzoq muddatli xizmati uchun ustamalar va qo‘shimcha haq to‘lashga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda adliya organlari va muassasalari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun to‘lovlarni kompensatsiya qilishga;
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalari xodimlarini o‘qitish, malakasini oshirish hamda stajirovka o‘tashiga, shu jumladan, ularning xorijiy davlatlarga tashriflarini tashkil etishga va chet davlatlarda o‘tkaziladigan konferensiya, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalari faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlarining kommunal-foydalanish hamda boshqa joriy xarajatlariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi” davlat muassasasi, “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi hamda “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasini moliyalashtirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarius tomonidan o‘z kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni va tegishli xarajatlarni qoplashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasini yuritish, texnik jihatdan saqlab turish va modernizatsiya qilishni moliyalashtirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalarining boshqaruv va yordamchi xodimlari ta’minotiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Bosh vazirining topshiriqlarida nazarda tutilgan boshqa tadbirlarga yo‘naltiriladi.
(7-bandning o‘n ikkinchi — o‘n oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasining faoliyati tugatilganligi bois uning 2 shtat birligini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va 2 shtat birligini Departamentga ajratish va ularning tegishincha budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi va Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan saqlanishi ta’minlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari qoldig‘ini, shu jumladan, kreditorlik va debitorlik qarzdorligini Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi va budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasida hamda tugatilayotgan Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasini mulkini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Departament o‘rtasida taqsimlanishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda tugatilayotgan Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasining hisobidan sudyalar, sud va Departament xodimlariga o‘tgan davr uchun to‘lanmagan malaka darajalari, martaba darajalari hamda uzoq muddatli xizmati uchun ustamalar va qo‘shimcha haqlarni to‘lanishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Oliy sudi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmalariga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 23-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3240-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom

1. Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) sudlar, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti (keyingi o‘rinlarda — Departament) faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash, shuningdek ular faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamg‘arma mablag‘lari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy, fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlar bo‘yicha davlat bojlari to‘lashdan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushayotgan summalarning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy, fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlar bo‘yicha jarimalar to‘lashdan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushayotgan summalarning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undirilgan summadan 5 foiz miqdoridagi ajratmalar, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ajratmalar miqdori haqiqiy tushum va xarajatlar miqdorlarini inobatga olib, 2026-yil 1-yanvardan 2030-yil 31-dekabrga qadar har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan kelishilgan miqdorlarda belgilanadi. Belgilangan miqdorlardan ortiqcha tushgan mablag‘lar kelgusi yil dastur xarajatlarini moliyalashtirishda inobatga olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamg‘arma mablag‘lari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlar, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Departament (keyingi o‘rinlarda — sud organlari) binolari va xonalarini qurish, ta’mirlash va jihozlash, sudyalar va sud organlari xodimlarining xizmat safari xarajatlari, sud organlarining kommunal-foydalanish va boshqa joriy xarajatlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanmagan qismiga;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud organlarini zarur anjomlar, kompyuterlar va boshqa zamonaviy tashkiliy-texnika vositalari bilan ta’minlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud organlarining texnika vositalariga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlar, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga lavozim okladining bir baravari miqdorida (alohida sharoitlarini inobatga olinmagan holda) yilda beshta bayramlarga mukofot puli to‘lashga, sud organlari xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishga (uy-joy qurish va (yoki) sotib olish, sanatoriya-kurort va tibbiy xizmat ko‘rsatish);
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari va sud organlari xodimlari tomonidan belgilangan tartibda uy-joy sotib olishga dastlabki badalni to‘lashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud organlari xodimlarini tegishli adabiyotlar va matbaa nashrlari bilan ta’minlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalarni formali kiyim-boshlar bilan ta’minlash xarajatlarini moliyalashtirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud organlari xodimlarining malakasini oshirishga, ularni o‘qitishga va stajirovka o‘tashiga, shu jumladan ularning xorijiy davlatlarga tashriflarini tashkillashtirishga, xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma zaxirasini yaratishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy sud va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamentining yuqori malakali, tashabbuskor, xizmat majburiyatlarini halol va samarali bajarayotgan sudyalari va xodimlariga oylik mehnatga haq to‘lash fondining 100 foizigacha miqdorda ustama (pul ta’minoti) to‘lashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlar, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga lavozim maoshlariga 40 foizgacha har oylik ustama (pul ta’minoti) to‘lashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar sudyalari va ularning apparati xodimlari, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga lavozim okladining bir baravari miqdorida (alohida mehnat sharoitlari inobatga olinmagan holda) yilda bir marta moddiy yordam to‘lashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan belgilangan ustama va boshqa to‘lovlarni to‘lashga;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-sonli Farmoniga asosan o‘n ikkinchi — o‘n beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud organlari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarga va maqsadlarga qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda yo‘naltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish har yili mablag‘lar va buyurtmanomalar tushishi prognozi asosida shakllantiriladigan sud organlarini rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud organlarini rivojlantirish dasturida sud organlari binolari va xonalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, jihozlash muddatlari va hajmlari; ularni jihozlar, transport vositalari, kompyuterlar va boshqa zamonaviy tashkiliy-texnika vositalari bilan ta’minlash, shuningdek ularni rivojlantirish bo‘yicha boshqa tadbirlar nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud organlarini rivojlantirish dasturi, ularni mablag‘ bilan ta’minlash hajmlari hamda Jamg‘armaning zaxiraga qo‘yiladigan har yilgi qismi miqdori Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kuzatuv kengashi) tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi boshqaradigan Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi va Departament direktori kiradi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv kengashi har chorakda kamida bir marta majlis o‘tkazadi. Zarur hollarda Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari majlislari chaqirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv kengashi majlisi unda Kuzatuv kengashi a’zolarining kamida to‘rtdan uch qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha qaror Kuzatuv kengashi a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Kuzatuv kengashi raisi tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamg‘arma mablag‘lari to‘planishi va sarflanishini tezkor boshqarish Departament tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Departament quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmanomalarni yig‘ish va Kuzatuv kengashi tomonidan ko‘rib chiqish uchun materiallarni tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv kengashi qarorlarini sud organlariga yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv kengashi qarorlarini o‘z vaqtida ijro etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘armaning ajratilgan mablag‘laridan foydalanilishini nazorat qilish va uning monitoringini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv kengashiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi bo‘yicha hisobot taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Departament quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda mablag‘lar ajratishga tushgan buyurtmanomalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘armaning ajratilgan mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanilmagan taqdirda moliyalashtirishni to‘xtatib turish, keyinchalik ushbu masalani Kuzatuv kengashga ko‘rib chiqish uchun kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamg‘armadan mablag‘lar ajratish yuzasidan buyurtmanomalar Departamentga O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oliy sudi va Departamentning hududiy bo‘limlari tomonidan tushadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament tushgan buyurtmanomalarni umumlashtiradi va ularni ko‘rib chiqish uchun Kuzatuv kengashiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv kengashining qarorlari bo‘yicha Departament Jamg‘armadan mablag‘larni qabul qilingan qarorga muvofiq foydalanish uchun o‘tkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oliy sudi va Departamentning hududiy bo‘limlari Departamentga Jamg‘armaning ajratilgan mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi hisobot har chorakda Kuzatuv kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jamg‘arma mablag‘larini to‘plash va ulardan foydalanish tartibi Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-sonli qarorining 8-bandi hamda uning 7-ilovasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qarori 7-ilovasining 4-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori 36-ilovasining 22-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2003-yil 18-martdagi 147-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 26-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 19-noyabrdagi 520-son qarori 2-ilovasining 13-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 123-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2008-yil 23-iyundagi PQ-896-son qarori)” 2008-yil 11-oktabrdagi 224-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 10-son, 54-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-son qarori)” 2009-yil 11-martdagi 63-son qarori 1-ilovasining 13-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 20-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 9-dekabrdagi 308-son qarorining 3-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasidan keng foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 31-dekabrdagi 340-son qarorining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 83-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori 2-ilovasining 11-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2010-yil 2-iyundagi 104-son qarori 3-ilovasining 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 25-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi “Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-257-sonli Qonuni)” 2010-yil 9-noyabrdagi 248-son qarori ilovasining 6-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 11-son, 58-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlar Mahkamasining “Notarius tomonidan o‘z kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2010-yil 28-dekabrdagi 318-son qarorining 2-bandi hamda uning 2-ilovasi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 73-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida” 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-269-sonli Qonuni)” 2012-yil 27-fevraldagi 52-son qarori ilovasining 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 13-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining notariat faoliyatini tashkil etishga doir ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 10-apreldagi 105-son qarori ilovasining 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 24-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Vazirlar Mahkamasining “Sud ijrochilari tomonidan soliq qarzdorligini undirish tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 11-oktabrdagi 290-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 74-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Vazirlar Mahkamasining “Sudyalarga, prokuratura organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda Sudyalarga, prokuratura organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qarorining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 78-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori 5-ilovasining 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 25-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qarori)” 2017-yil 1-maydagi 252-son qarori 1-ilovasining 5-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 35-son, 922-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son, 14.07.2018-y., 06/18/5482/1506-son, 07.01.2019-y., 07/19/4096/2427-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son; 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son; 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son; 23.08.2025-y., 06/25/141/0772-son)