22.08.2017 yildagi 655-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.08.2017 yildagi 655-son
Date of entry into force
28.08.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik tadbirkorlik subyektlariga mikromoliyaviy yordam koʻrsatish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish va kam taʼminlangan oilalarga mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishni nazarda tutadigan loyihalarni moliyalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmonini bajarish yuzasidan, kichik tadbirkorlik subyektlariga mikromoliyaviy yordam koʻrsatish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish va kam taʼminlangan oilalarga mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishni nazarda tutadigan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining (keyingi oʻrinlarda “Mikrokreditbank” ATB deb ataladi) qoʻshimcha vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida kichik tadbirkorlik subyektlariga mikromoliyaviy yordam koʻrsatish, boshlangʻich kapitalni shakllantirish uchun kredit berish, oilaviy tadbirkorlik, xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyati, kasanachilik, hunarmandchilik va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirish uchun mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kam taʼminlangan oilalar daromadini oshirishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirish, ishga joylashmagan aholi bandligini taʼminlash maqsadida mehnat va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikni kuchaytirish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining, ayniqsa, qishloq joylarda bandligini taʼminlash va daromadini oshirishni koʻzda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirish, yangi ish oʻrinlari tashkil qilayotgan korxonalar faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan ularga texnologik jihozlash va modernizatsiyalash uchun zamonaviy uskunalar va mini-texnologiyalar xarid qilishga kreditlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro va xorijiy moliya institutlari hamda tashkilotlari bilan, shu jumladan kredit liniyalari va investitsiyalarni jalb etish maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va kapitallashuvi darajasini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 16-iyundagi PQ-3066-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan “Mikrokreditbank” ATBni qoʻshimcha kapitallashtirish maqsadida 30,0 million AQSh dollari miqdorida mablagʻ oʻtkazilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yildan boshlab, “Mikrokreditbank” ATB ustav kapitalini har yili oshirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatini boshlayotgan tadbirkorlar uchun mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish joylari, ularning koʻlami va hajmlarini kengaytirish boʻyicha 2017 — 2020-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Mikrokreditbank” ATB Kuzatuv kengashi va boshqaruvi bank boshqaruv tizimini takomillashtirish va filiallarini joylashtirishni optimallashtirishni hisobga olib hamda aholi bandligini taʼminlash masalalarida uning rolini tubdan oshirishni taʼminlaydigan bank faoliyati samaradorligini baholash mezonlari va koʻrsatkichlarini ishlab chiqqan holda, “Mikrokreditbank” ATBning yangilangan tuzilmasini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Mikrokreditbank” ATB qonun hujjatlarida belgilangan qatʼiy hajm doirasida xayriya uchun har yilgi xarajatlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Savdo-sanoat palatasi va “Mikrokreditbank” ATBga 2017-2018-yillarda ommaviy axborot vositalarida aholi bandligini taʼminlash sohasida toʻlov undirmasdan mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha “Mikrokreditbank” ATB faoliyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 22-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
655-son
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-avgustdagi 655-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faoliyatini boshlayotgan tadbirkorlar uchun mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish joylari, ularning koʻlami va hajmlarini kengaytirish boʻyicha 2017 — 2020-yillarga moʻljallangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Mikromoliyaviy xizmatlar hajmini koʻpaytirish

1.1. Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, oʻquv muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning bandligini taʼminlash, oilaviy tadbirkorlik, xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyati, kasanachilik, hunarmandchilik va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirish uchun mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish

1.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotganlarga boshlangʻich kapitalni shakllantirish uchun mikrokreditlar ajratish.

Tashkil etilganiga 6 oydan oshmagan tadbirkorlik subyektlariga 24 oygacha mikrokreditlar ajratish:

yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlariga — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha;

mikrofirmalar va dehqon xoʻjaliklariga (yuridik shaxs maqomiga ega), kam taʼminlangan oilalar va oʻquv muassasalari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyati, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha.

2017 — 2020-yillar

“Mikrokreditbank” ATB, Savdo-sanoat palatasi

2.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotganlarga oʻz faoliyatini kengaytirish uchun mikrokreditlar ajratish.

Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun yangi ish oʻrinlari yaratish sharti bilan 24 oygacha bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha beriladigan mikrokreditlar hajmini koʻpaytirish.

2017 — 2020-yillar

“Mikrokreditbank” ATB, Savdo-sanoat palatasi

3.

Oʻquv muassasalarining tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan bitiruvchilarining “Start-up” loyihalarini amalga oshirishini qoʻllab-quvvatlash.

Oliy oʻquv muassasalari va kollejlar bitiruvchilari — “Start-up haftaliklari” dasturi doirasida taqdim etilgan va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “bisnes.mehnat.uz.” saytida joylashtirilgan istiqbolli loyihalar mualliflari uchun mikrokreditlar ajratish.

2017 — 2020-yillar

“Mikrokreditbank” ATB, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

4.

Oʻquv muassasalari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun mikrokreditlarni koʻpaytirish.

Oliy oʻquv muassasalari va kasb-hunar kollejlarining biznes bilan shugʻullanish istagida boʻlgan bitiruvchilariga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “college.mehnat.uz” va “otm.mehnat.uz.” saytlari koʻmagida mikrokreditlar ajratish.

2017 — 2020-yillar

“Mikrokreditbank” ATB, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

5.

Oʻquv muassasalari bitiruvchilariga ajratiladigan mikrokreditlarni monitoring qilish va ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini taʼminlashni takomillashtirish.

“college.mehnat.uz” i “otm.mehnat.uz” saytlarining axborot bazasini birlashtirish choralarini koʻrish.

2017-yilning.IV choragi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

6.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotganlarga birgalikdagi javobgarlik (guruh kafolati) asosida mikrokreditlar ajratish.

Ilgʻor jahon tajribasiga muvofiq birgalikdagi javobgarlik asosida mikrokreditlar ajratish, jumladan:

3 — 5 kishidan iborat guruh tashkil etilganidan qatʼi nazar, birgalikdagi javobgarlik asosida kafolat taʼminotisiz kredit ajratish;

guruhning har bir aʼzosiga bir yilgacha bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha bir xil miqdorda mikrokredit ajratish.

2017 — 2020-yillar

“Mikrokreditbank” ATB, Savdo-sanoat palatasi,
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi

7.

Hunarmandlik faoliyatini tashkil etish uchun mikromoliyaviy xizmatlarni kengaytirish.

Milliy matolar (adras, atlas va boshqalar), milliy poyabzal, doʻppi, yogʻoch buyumlar tayyorlash yoʻnalishlarida faoliyat koʻrsatayotgan hunarmandchilik ustaxonalarini jihozlash uchun tegishli uskunalar xarid qilish, shuningdek hunarmandlarning bozorlar va savdo rastalaridagi savdo qilish joylarini taʼmirlash uchun hunarmandchilikni rivojlantirishga mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish.

2017 — 2020-yillar

Tijorat banklari, “Hunarmand”uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

8.

Kasanachilikni rivojlantirish uchun mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish.

Yirik sanoat korxonalari, davlat ulushiga ega kompaniyalar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining buyurtmalarini bajaradigan, uyida tikuvchilik, attorlik, pillachilik, mebel, elektronika mahsulotlari, shu jumladan telekommunikatsiyalar va servis xizmatlari koʻrsatish uchun zarur uskuna hamda asboblar toʻplami ishlab chiqaradigan, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlaydigan kasanachilarni uskuna, xom ashyo va materiallar bilan taʼminlash uchun kredit ajratish mexanizmini yaratish.

2017 — 2020-yillar

“Mikrokreditbank” ATB, Savdo-sanoat palatasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1.2. Kam taʼminlangan oilalar va ayrim toifadagi shaxslar bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish

9.

Mehnat organlari bilan hamkorlikda oilalar daromadini koʻpaytirish va ularning kam taʼminlanganlik darajasidan chiqishi boʻyicha alohida dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Bandlikka koʻmaklashish tuman (shahar) markazlari bilan birgalikda kam taʼminlangan oilalar uchun quyidagilarni amalga oshirish orqali alohida dasturlarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish:

kam taʼminlangan oilalarni mikrokreditlar bilan kafolatli taʼminlash uchun beriladigan sugʻurta polislari boʻyicha 1 foizgacha sugʻurta mukofoti undirishni amaliyotga joriy qilish;

uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun isteʼmol kreditlari ajratish.

2017-yil III chorak

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, sugʻurta kompaniyalari, Moliya vazirligi,
“Mikrokreditbank” ATB

10.

Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirish orqali kam taʼminlangan oilalar aʼzolarining bandligini taʼminlash uchun ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish.

Aholiga, birinchi navbatda, kam taʼminlangan oilalarga shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirish uchun mikrokreditlar ajratish.

2017 — 2020-yillar

Tijorat banklari,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

11.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, shu jumladan muddatli harbiy xizmatdan zaxiraga boʻshatilgan, ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan qatlamlarini, mehnat migrantlari, chekka qishloq joylarida yashaydigan xotin-qizlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga koʻrsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlar hajmini oshirish, jumladan:

Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan hamkorlikda asosan qishloq joylardagi olis aholi punktlarida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida;

muddatli harbiy xizmatdan zaxiraga boʻshatilgan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “military.mehnat.uz” sayti axboroti boʻyicha tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlganlar uchun;

ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan va zararli taʼsirlarga berilmagan fuqarolar uchun.

2017 — 2020-yillar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tijorat banklari, Xotin-qizlar qoʻmitasi

12.

Zamonaviy mini-texnologiyalarni joriy qilish asosida qishloq joylarda ish oʻrinlari yaratish loyihalarini moliyalashtirish.

Qishloq joylarda yangi mini-texnologiyalarni joriy etish loyihalarini moliyalashtirish, jumladan:

quyosh panellari (batareyalari);

suv isitgich quyosh qurilmalari;

sizot suvlarni chiqarish uchun suv nasoslarini oʻrnatish;

kam quvvatli texnologik uskunalar (motoblok, minitexnika, boshqa bogʻdorchilik texnikasi).

2017 — 2020-yillar

Tijorat banklari,

Savdo-sanoat palatasi

II. Aholi bandligini taʼminlash mexanizmini yaratish

2.1 Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarga mikromoliyalashtirish tarkibiy qismlarini joriy etish

13.

Aholi bandligini taʼminlash maqsadida respublikaning aholi yashash joylarini bank xizmatlari bilan qamrab olishni kengaytirish.

Kam taʼminlangan oilalarni aniqlash va ularning roʻyxatini shakllantirish.

Tijorat banklari tomonidan kam taʼminlangan oilalar aʼzolarining tadbirkorlik bilan shugʻullanishi uchun moliyaviy yordamni maqsadli taqsimlashni tashkil etish.

2017-yil III chorak

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

tijorat banklari

14.

Tadbirkorlik faoliyatining asoslari, biznes-rejalar tuzish, ushbu sohadagi qonunchilik boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etish.

Joylarda tadbirkorlik sohasidagi sharoitlar va qonunchilikni, biznes-reja tuzish, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlganlar uchun tijorat banklarining mikrokreditlarini olish shartlari va mexanizmlarini takomillashtirish masalalari boʻyicha ikki haftalik seminarlar tashkil qilish.

2017-yil IV chorak

Savdo-sanoat palatasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

tijorat banklari

15.

Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarda bank xizmatlarining roli va ishtirokini kengaytirish.

Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarda bank xizmatlarining ahamiyati va rolini oshirish, ishtirokini kengaytirish boʻyicha yangi mexanizmni yaratish, jumladan:

Tijorat banklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi

“Mahalla” jamgʻarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan hamkorlikda aholi bandligini taʼminlash boʻyicha yaratilayotgan tizimda tijorat banklarining ishtirok etishi;

2017-yil IV-chorak

mikrokreditlar ajratish mexanizmi doirasida tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlganlar uchun bank filiallarida ikki kunlik kurslar tashkil qilish;

2018-yil I-chorak

bandlikka koʻmaklashish markazlarida roʻyxatdan oʻtgan va mutaxassisligi boʻyicha ish topa olmagan fuqarolarni tadbirkorlik bilan shugʻullanishini qoʻllab-quvvatlash;

2017 — 2020-yillar

jamoatchilik vakillari, mahalla fuqarolar yigʻinlarining aʼzolari ishtirokida kredit olgan tadbirkorlar faoliyatini qiyosiy tahlil va monitoring qilish mexanizmini yaratish.

2018-yil I-chorak

16.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va “Mikrokreditbank” ATBning yagona axborot-kommunikatsiya bazasini tashkil qilish.

“Mikrokreditbank” ATB hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi oʻrtasida kredit berish boʻyicha elektron axborot almashish bazasini tashkil etish.

“Mikrokreditbank” ATBning aholi bandligini taʼminlashni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha markazlashtirilgan Call-markazini tashkil qilish.

2017-yil III chorak

“Mikrokreditbank” ATB, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

17.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda “Mikrokreditbank” ATB oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda “Mikrokreditbank” ATB oʻrtasidagi tashkiliy hamkorlikni quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali kuchaytirish:

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
“Mikrokreditbank” ATB

normativ hujjatlar va loyihalarni amalga oshirish uchun vazirliklar va banklar mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etishni amaliyotga joriy qilish;

2017-yil III chorak

zarur hollarda, bank tashkiliy tuzilmasini oʻzgartirish, ishga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, bank tarmogʻi xodimlari mehnatining samaradorlik koʻrsatkichlari tamoyili boʻyicha (KPI) ularning mehnatiga haq toʻlashga bosqichma-bosqich oʻtishga doir tegishli takliflarni ishlab chiqish.

2017 — 2020-yillar

2.2 Aholi keng qatlamlari oʻrtasida aholi bandligini taʼminlashni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash haqida tushuntirish ishlarini oʻtkazish

18.

Axborot materiallari bazasini shakllantirish.

Bandlikka koʻmaklashish markazlari va mahalla fuqarolar yigʻinlarida quyidagi axborot materiallarini joylashtirish:

mikromoliyaviy xizmatlar turlari va mexanizmlari toʻgʻrisida standartlashtirilgan koʻrgazmali qoʻllanmalar, tadbirkorlik faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha kredit olish uchun zarur hujjatlar namunalari;

biznes-rejalar namunalari, zarur va ixcham uskunalar, ularni mahalliy yetkazib beruvchilar yoki dilerlar haqida axborot;

xom ashyo turlarini yetkazib beruvchilar va turli yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatayotgan kichik biznes subyektlari tayyor mahsulotlarining isteʼmolchi tashkilotlari toʻgʻrisida axborot;

tijorat banklari mutaxassislarining aholi bilan uchrashuvlari jadvallari, bogʻlanish uchun maʼlumotlar, mikrokredit shartlari (bukletlar), savolnoma nusxalari;

muayyan tumanda transport xizmatlari koʻrsatadigan tashkilot haqida maʼlumotlar.

2017-yil IV chorak

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Savdo-sanoat palatasi

19.

Aholi oʻrtasida bandlikni taʼminlashni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini keng yoritish.

Aholi bandligini taʼminlashni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali yoritish:

joylardagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida aholini tadbirkorlik bilan shugʻullanishga qiziqtiradigan uchrashuv va seminarlar tashkil etish;

Milliy teleradiokompaniya kanallarida, xususan, “Mahalla” kanalida mikromoliya xizmatlari haqida reklama va telekoʻrsatuvlari tayyorlash;

shahar va tumanlarning odamlar gavjum boʻladigan markaziy joylarida, jamoat transporti, savdo muassasalarida imtiyozli mikrokreditlarga eʼtiborni jalb qiladigan reklama materiallarini joylashtirish;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda tijorat banklarining veb-saytlarida mikrokreditlar afzalliklarini batafsil yoritish.

2017 — 2020-yillar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi, Milliy teleradiokompaniya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

20.

Tadbirkorlik subyektlari mahsulotlarini sotish shoxobchalarini tashkil etish.

Oʻquv muassasalarining mikrokreditlar olgan bitiruvchilari, oilaviy tadbirkorlar, kasanachilar, hunarmandlar, shaxsiy yordamchi xoʻjalik egalarining tovar va xizmatlari sotilishini maqsadli qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashish.

2017 — 2020-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

21.

Mikrokreditlar ajratish tizimiga aholining eʼtiborini keng jalb qilishni ragʻbatlantirish.

Mikrokreditlar ajratish tizimiga aholining eʼtiborini keng jalb qilish maqsadida koʻrik-tanlovlar, xususan, “Mikromoliyalashtirish tizimida eng faol mijoz”, “Mikromoliyalashtirish tizimida eng faol mahalla fuqarolar yigʻini”, “Bandlikka koʻmaklashuvchi eng yaxshi markaz”, “Bankning eng yaxshi boʻlimi” koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish va gʻoliblarni tantanali taqdirlash.

2018 — 2020-yillar

“Mikrokreditbank” ATB, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

III. Bank faoliyati samaradorligini oshirish uchun resurslarni va moddiy-texnik bazani kengaytirish choralarini koʻrish

22.

Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish uchun resurs bazasini mustahkamlash.

“Mikrokreditbank” ATB resurs bazasini quyidagilarni amalga oshirish orqali mustahkamlash:

yangi jozibador omonat turlarini joriy etish hisobidan bank depozit bazasini muntazam kengaytirish;

yuridik shaxslar depozitlarini jalb etish ishlarini amalga oshirish;

bank ustav kapitalini Moliya vazirligi mablagʻlari hisobidan har yili 10 foizga oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrish.

2017 — 2019-yillar

“Mikrokreditbank” ATB,

Moliya vazirligi

23.

“Mikrokreditbank” ATBning tashkiliy tuzilmasi va filiallari tarmogʻini optimallashtirish.

“Mikrokreditbank” ATBning, jumladan, quyidagilarni koʻzda tutuvchi yangilangan tuzilmasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish:

“Mikrokreditbank” ATBning 14 ta filiali negizida zamonaviy va qulay mini-banklar tashkil etish;

bankning zarar koʻrib ishlayotgan filiallarining moliyaviy ahvolini kassa xizmatlarini vaqtinchalik toʻxtatish orqali yaxshilash.

2017-yil 1-noyabr

“Mikrokreditbank” ATB

24.

Bankning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va moliyaviy barqarorligini yaxshilash.

Berilgan imtiyozlar tufayli boʻshagan mablagʻlar hisobidan bankning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga doir uch yilga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va bankning moliyaviy barqarorligini taʼminlash;

2017-yil III chorak

“Mikrokreditbank” ATB

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankiga berilgan imtiyozlar tufayli boʻshagan mablagʻlardan foydalanish boʻyicha yillik hisobotni har yili taqdim etish.

Har yili mart oyida

25.

Bank aktivlari sifatini yaxshilash.

Sudning uzoq vaqt ijrosi taʼminlangan qarorlarini bajarish va “Mikrokreditbank” ATBning qaytarilmagan kredit qarzlarini undirishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan amaliy yordam koʻrsatish.

Doimiy asosda

“Mikrokreditbank” ATB

26.

Kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish va oʻtkazish.

Mikromoliyalashtirish sohasining yangi yoʻnalishlari va aholi bandligini taʼminlashning samarali dasturlarini ishlab chiqishni inobatga olgan holda bank xodimlari malakasini oshirish, jumladan:

mikromoliyalashtirish sohasida xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish va joriy qilish dasturini ishlab chiqish;

Butunjahon mikromoliyalashtirish markazi bilan aloqalarni kengaytirish, xususan, kadrlarni oʻqitish va qayta tayyorlash boʻyicha yangi loyihalarni ishlab chiqish;

Kadrlar tayyorlash uchun xalqaro tashkilotlar — Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, BMT Taraqqiyot dasturi, Butunjahon mikromoliyalashtirish markazining texnik koʻmagi va grantlarini jalb etish;

“Mikrokreditbank” ATBnng kredit inspektorlari va xodimlari uchun mikrokreditlar ajratish va aholi bandligini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha treninglar tashkil etish.

2017 — 2020-yillar

“Mikrokreditbank” ATB, Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 894-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)