16.08.2017 yildagi PQ-3216-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 16.08.2017 yildagi PQ-3216-son
Date of entry into force
21.08.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirishning quyidagi ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ichki ishlar vazirligi) va uning taʼlim muassasalarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan — xodimlarni, shu jumladan ularni xizmat faoliyatidan ajratmagan holda oʻqitish va maxsus kasbiy tayyorlash, majburiy qayta tayyorlash va doimiy malakasini oshirib borishning ichki ishlar organlari kadrlar salohiyatini oshirishga imkon beradigan sifat jihatdan yangi tizimini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan — yoshlarda ichki ishlar organlari xodimlari uchun zarur boʻlgan dastlabki kasbiy bilim, yuksak vatanparvarlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishni nazarda tutadigan idoraviy oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash boʻyicha samarali tartibni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan — asosiy qismi sohaviy fanlarni oʻqitishdan tarkib topgan, shuningdek hududiy ichki ishlar organlariga bevosita chiqishni va tergov-tezkor tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etishni nazarda tutgan amaliy mashgʻulotlarni tashkil etishni oʻz ichiga olgan yangilangan taʼlim standartlar va oʻquv dasturlarni ishlab chiqish va kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchidan — taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibini malakali ilmiy-pedagogik, birinchi navbatda sohaviy fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan kadrlar bilan jamlash, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan mutaxassislarni oʻquv jarayoniga keng jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan — oʻqitishning zamonaviy shakl va usullarini, eng yangi pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni, shu jumladan situatsion mashgʻulotlarni, masofadan oʻqitish tizimini keng joriy etish, taʼlim oluvchilar va oʻqituvchilarni global axborot-huquqiy va taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchidan — idoraviy taʼlim muassasalarida oʻqitish yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini amaliyot ehtiyojini hamda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyatini takomillashtirish istiqbollarini inobatga olgan holda tizimli ravishda maqbullashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchidan — ichki ishlar organlari faoliyatida, birinchi navbatda huquqbuzarliklar profilaktikasi, tezkor-qidiruv faoliyati va jinoyatlarni tergov qilish sohasida mavjud boʻlgan muammolar boʻyicha fundamental va amaliyotga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishi samaradorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchidan — yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari bilan kadrlar tayyorlash boʻyicha tajriba almashish, hamkorlikdagi taʼlim dasturlarini joriy etish, professor-oʻqituvchilar tarkibini, xorijiy tillarni oʻqitishni nazarda tutgan holda, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish orqali xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlashga ixtisoslashgan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan chiqariladi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan chiqariladi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Akademiyada ichki ishlar organlarida kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlari uchun masofaviy taʼlim shakli joriy etilib, unda oʻqitish muddati oliy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslar uchun toʻrt yil, oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar uchun toʻlov-kontrakt asosida uch yilni tashkil etadi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan chiqariladi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya kunduzgi taʼlim shakliga har yilgi qabul kvotasi 2025/2026 oʻquv yilidan 900 kishini, 2026/2027-yildan boshlab 1 100 kishini, masofaviy taʼlim shakliga esa 400 nafar ichki ishlar organlari xodimlarini tashkil etadi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya professor-oʻqituvchilari tarkibi kafedralar (fakultetlar va sikllar) rahbarlaridan tashqari, lavozimlariga tegishli sohada kamida oʻn yillik ilmiy, pedagogik yoki amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar shahodatlangan lavozimlar hisobidan tayinlanishi mumkin.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Akademiya tuzilmasida quyidagilar tashkil etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Chet tillar markazi, uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-oʻqituvchilar tarkibi, tadqiqotchilar va kursantlar tomonidan chet tillarini oʻrganishi uchun shartnoma asosida mazkur sohadagi yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda qoʻshimcha oʻquv kurslarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-oʻqituvchilar tarkibi, tadqiqotchilar va kursantlarni xorijiy ilmiy-maʼrifiy tadbirlar va seminar-treninglarda ishtirok etishga, tajriba almashishga, xorijiy taʼlim muassasalarida malaka oshirish va stajirovka oʻtashga tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim jarayonida chet tillarni qoʻllash asoslari boʻyicha dasturiy oʻqitishni tashkil etish orqali oʻqituvchilarning pedagogik salohiyatini oshirishda koʻmaklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2-ilovada keltirilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga (keyingi oʻrinlarda — idoraviy akademik litseylar) aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va quyidagilar ularning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlari xodimlari uchun zarur boʻlgan yuksak vatanparvarlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga, dastlabki kasbiy bilim va koʻnikmalarga ega aqlan va jismonan yetuk yoshlarni tarbiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarni Ichki ishlar vazirligining oliy taʼlim muassasalariga kirishlari uchun maqsadli chuqur tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi tartib oʻrnatilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy akademik litseylarining oʻquv-metodik jarayonni muvofiqlashtirish, ularga amaliy jihatdan va axborot-resurslari orqali koʻmaklashish — Akademiya va Malaka oshirish instituti tomonidan, ularning faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish, tashkiliy-kadrlar va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda hududiy ichki ishlar organlari bilan hamkorligini taʼminlash esa — Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti tomonidan amalga oshiriladi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy akademik litseylar direktorlarining lavozimlari Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakulteti boshligʻiga tenglashtiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan xodimlar bilan jamlanadi;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy akademik litseylarning maʼmuriy-xoʻjalik xodimlari va oʻqituvchilar tarkibiga akademik litseylarning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlari tatbiq etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy akademik litseylarni zarur oʻquv va sport uskunalari, kompyuter texnikasi va axborot-resurs fondlari bilan jihozlash xarajatlari taʼlimga ajratiladigan budjet mablagʻlari, shuningdek Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy akademik litseylarga qabul Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan ichki ishlar organlarining ehtiyojini inobatga olgan holda belgilanadigan kvotalar boʻyicha tanlov asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiyaning bakalavriat dasturi boʻyicha kunduzgi taʼlim shakliga qabul kvotasining 80 foizi boʻyicha qabul faqat idoraviy akademik litseylar, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari orasidan amalga oshiriladi (“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qabul bundan mustasno);
(6-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda idoraviy akademik litseylarning bitiruvchilari uchun ularning test sinovlari davomida toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 10 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar tarzida imtiyozli shartlar nazarda tutiladi;
(6-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy akademik litseylarning bitiruvchilari vazirliklar va idoralar rahbarlari tomonidan belgilanadigan tartibda ustunlik asosida tegishlicha ichki ishlar organlariga va Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalariga xizmatga qabul qilinadi.
(6-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga oʻqishga kirgan shaxslar kursantlar safiga, masofaviy taʼlim shakliga, magistraturaga, shuningdek, Malaka oshirish institutining maxsus kasbiy tayyorgarlik va boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik kurslariga oʻqishga kirgan (yuborilgan)lar esa tinglovchilar safiga qabul qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi idoraviy akademik litseyi, shuningdek ushbu taʼlim muassasasiga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislik fanlari koʻpaytirilishini nazarda tutgan holda Akademiyada oʻqitiladigan fanlar uchun yangilangan oʻquv yuklamasining hajmi tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi huquqbuzarliklar profilaktikasi, tezkor-qidiruv faoliyati va jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi muammolarni tadqiq etish uchun 2018-yil 1-yanvardan boshlab Akademiyada Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash ochilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2017-yil 1-sentabrgacha 2-ilovaga muvofiq akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini bino va inshootlari, moddiy-texnik vositalari, oʻquv uskunalari va boshqa mulklari bilan birga, ularning maʼmuriy-xoʻjalik xodimlari va oʻqituvchilar tarkibini saqlab qolgan holda, operativ boshqarish huquqi bilan bepul topshirsin, Ichki ishlar vazirligi esa ularni qabul qilib olsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda idoraviy akademik litseylarga aylanayotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining boʻshatilayotgan pedagog kadrlarining mutaxassisligiga muvofiq ishga joylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ichki ishlar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Akademiya professor-oʻqituvchilar tarkibini malaka oshirish va stajirovka oʻtashi uchun, birinchi navbatda iqtidorli ilmiy-pedagogik kadrlar qatoridan, yetakchi xorijiy taʼlim muassasalariga yuborishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini taʼminlasin, bunda nomzodlarga chet tillarni oʻrgatish nazarda tutilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda oʻrta-maxsus, kasbiy taʼlim davlat taʼlim standarti asosida idoraviy akademik litseylarning chuqur oʻrgatilishi lozim boʻlgan mutaxassislik fanlarini nazarda tutgan holda oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017/2018 oʻquv yilidan boshlab idoraviy akademik litseylarda taʼlim jarayonini samarali tashkil etish taʼminlasin, bunda belgilangan talablar ijrosining taʼsirchan monitoringini amalga oshirish, oʻquv-tarbiya jarayonining yuqori sifatli boʻlishini taʼminlash va oʻqituvchilar tarkibining malakasini oshirishda ularga tizimli ravishda zarur metodik va amaliy yordam koʻrsatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 1-noyabrgacha akademik litseylar oʻqituvchilar tarkibi ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini va yangi belgilangan talablarga mos kelishini aniqlash maqsadida attestatsiyadan oʻtkazsin va uning natijasiga koʻra lavozimlarni yuqori malakali pedagogik kadrlar bilan jamlashni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etilayotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 3-bosqich oʻquvchilari belgilangan tartibda amaldagi oʻquv dasturlari va taʼlim shart-sharoitlari boʻyicha, ushbu taʼlim muassasalarining oʻquv binolarida oʻqishni yakunlanishini taʼminlasin, bunda ular yaqin atrofdagi shunga oʻxshash taʼlim yoʻnalishlaridagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari roʻyxatiga kiritilib, ularning rahbariyatiga oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va nazorat qilish yuklatilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy akademik litseylarga oʻquvchilarda ichki ishlar organlari faoliyati toʻgʻrisidagi tasavvurni hosil qilish, oʻquv dasturlarni ishlab chiqish, oʻquv mashgʻulotlarini sifatli tashkil etish va oʻtkazish masalalarida, Ichki ishlar vazirligining tajribali amaliyot xodimlari va oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibini jalb etgan holda, har tomonlama koʻmaklashsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi mutaxassisliklar joriy etilgani va taʼlim muddati qisqarganini inobatga olgan holda, 2017-yil 1-noyabrgacha Akademiyada kadrlarni tayyorlash boʻyicha yangilangan davlat taʼlim standartlari va dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga test sinovlari bekor qilinishi va idoraviy akademik litseylarda nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimi joriy etilishini inobatga olgan holda, Akademiyaga, shu jumladan sirtqi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash tartibi va oʻqishga qabul qilish qoidalarini tasdiqlashni nazarda tutadigan Hukumat qarorining loyihasini kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda, ikki oy muddatda moliyalashtirilishining aniq manbalarini belgilagan holda Akademiyada situatsion poligon qurish hamda Modellashtirish va simulyatsiya markazi faoliyatini tashkil qilish boʻyicha takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrdan boshlab ichki ishlar organlari xodimlarini masofadan, shu jumladan konferensiya aloqani qoʻllagan holda, oʻqitish tizimini joriy etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Quyidagi rahbarlarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarining rahbarlari — ichki ishlar organlari xodimlarini sifatli va toʻlaqonli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy ichki ishlar organlarining rahbarlari — idoraviy akademik litseylarning samarali faoliyat koʻrsatish, oʻquv-tarbiya jarayonining tashkil etilishida ularga zarur amaliy yordam koʻrsatish, shuningdek oʻqishga nomzodlarning xolisona va sifatli tanlab olish boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ichki ishlar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiyada 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab yangi kiritilgan mutaxassisliklar boʻyicha oʻqitishni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oylik muddatda ushbu qaror talablariga muvofiq ravishda Akademiya hamda idoraviy akademik litseylarning ustavlarini, oʻquv markazlari toʻgʻrisidagi nizomini, shuningdek ularning shtat jadvalini va moddiy-texnik jihozlanish normativlarini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 20-sentabrgacha Akademiyaning kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi tasdiqlansin, bunda masofadan oʻqitish shakllari qoʻllanishi va sayyor oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilishi koʻzda tutilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda idoraviy akademik litseylar oʻquvchilari uchun kiyim namunalari, shuningdek ushbu taʼlim muassasalarining oʻziga xosligini aks ettiruvchi ramziy belgilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlarining, birinchi navbatda huquqbuzarliklar profilaktikasi, tezkor-qidiruv faoliyati va jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi ehtiyojni hisobga olgan holda muammolarni ilmiy tadqiq qilishni tashkil etish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrsin, bunda oʻz tadqiqotlarining natijalarini amaliyotga samarali joriy etgan izlanuvchilarning ragʻbatlantirilishi nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorga muvofiq akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining Ichki ishlar vazirligiga topshirilishini hisobga olgan holda, xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartishlar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy akademik litseylarda oʻquv-tarbiya jarayonining yanada yuqori tashkiliy va kasbiy darajada amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida, ularning oʻquv va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 2018-yildan boshlab har yili Ichki ishlar vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamgʻarmasidan zarur mablagʻlar ajratilishi nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan budjet mablagʻlari, Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, xorijiy davlatlar davlat kreditlari va xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri A.A. Azizov zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 16-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3216-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3216-sonli qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylariga aylantiriladigan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Oʻzgartiriladigan akademik litsey
va kasb-hunar kollejlarining nomi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining nomi

1.

Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi 2-sonli Nukus akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qoraqalpoq akademik litseyi

2.

Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Andijon akademik litseyi

3.

Buxoro davlat universiteti qoshidagi 4-sonli akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Buxoro akademik litseyi

4.

Jizzax pedagogik instituti qoshidagi 2-sonli akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jizzax akademik litseyi

5.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi 2-sonli akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qashqadaryo akademik litseyi

6.

Navoiy informatika va elektron sanoat kasb-hunar kolleji

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Navoiy akademik litseyi

7.

Namangan davlat universiteti qoshidagi 2-sonli akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Namangan akademik litseyi

8.

Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Samarqand akademik litseyi

9.

Guliston davlat universiteti qoshidagi 4-sonli akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Sirdaryo akademik litseyi

10.

Termiz davlat universiteti qoshidagi 5-sonli Jarqoʻrgʻon akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Surxondaryo akademik litseyi

11.

Davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Uchtepa akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik litseyi

12.

Baytqoʻrgʻon xizmat koʻrsatish va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2-sonli Toshkent akademik litseyi

13.

Fargʻona politexnika instituti qoshidagi 3-sonli akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Fargʻona akademik litsey

14.

Urganch davlat universiteti qoshidagi 3‑sonli akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Xorazm akademik litseyi

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 844-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2018-y., 07/18/3919/1787-son, 30.05.2019-y., 07/19/4346/3213-son, 30.05.2019-y., 06/19/5732/3212-son, 26.07.2019-y., 06/20/5773/0248-son; 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son; 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son; 22.08.2023-y., 07/23/282/0631-son; 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son; 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)