09.08.2017 yildagi PQ-3190-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 09.08.2017 yildagi PQ-3190-son
Date of entry into force
14.08.2017
Norasmiy tarjima
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish, aholi va hududlarni seysmik xavfdan himoya qilish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, seysmologiya va seysmik chidamli qurilish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini jahon talablari darajasida o‘tkazish uchun shart-sharoitlar yaratish, yer qobig‘i shakli jiddiy o‘zgarishini kuzatuvchi, seysmik xavfni baholovchi va zilzilalarni prognoz qiluvchi stansiyalar tarmog‘ining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining seysmologiya, seysmik chidamli qurilish va seysmik xavfsizlik sohasidagi tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining (keyingi o‘rinlarda — Seysmologiya instituti deb yuritiladi). M.T. Urazbayev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti deb yuritiladi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazining eksperimental bazasini zamon talablari darajasida modernizatsiyalash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seysmologiya, binolar va inshootlarini seysmik chidamli qilib qurish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarning seysmik xavfsizligi darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi prezidenti B. Yo‘ldoshev, favqulodda vaziyatlar vaziri R. Jo‘rayev, innovatsion rivojlanish vaziri I. Abdurahmonov, Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori S. Xusomiddinov, Fanlar akademiyasi Mexnika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti R. Abirov zimmasiga 1-ilovada nazarda tutilgan tadbirlarning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seysmologiya instituti (S. Xusomiddinov) — turli miqyosda seysmik tahlil va xavfni baholash hamda tumanlarga bo‘lish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish uchun javobgar davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti (R. Abirov) — tuproq ustida quriladigan inshootlarning seysmik chidamliligi muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olish borish, seysmik xavfni baholash va kamaytirish uchun javobgar davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seysmoprognostik monitoring respublika markazi (K. Kuchkarov) — respublika va transchegaraviy zonalar hududida seysmik xavf ustidan monitoring o‘tkazish uchun javobgar davlat muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ToshuyjoyLITI” AJ (A. Azizov) — binolar va inshootlarning seysmik chidamliligi muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, aholi punktlariga oid yangi asosiy rejalarning seysmik xavfini baholash, ularni loyihalashtirishning samarali amaliy tizimlari va usullarini ishlab chiqish, shaharlardagi mavjud imoratlar binolarining seysmik ishonchliligi, standartlashtirish, binolar va inshootlarning seysmik xavfini kamaytirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish uchun javobgar ilmiy-tadqiqot tashkilotlari etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PF-72-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2023-y., 06/23/72/0283-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) zimmasiga quyidagi vazifalarni bajarish yuklansin:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PF-72-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2023-y., 06/23/72/0283-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seysmologiya, seysmik chidamli qurilish va seysmik xavfsizlik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish va muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seysmologiya va seysmik chidamli qurilish sohasidagi ilmiy loyihalarning va ular natijalarining ilmiy-texnik ekspertizasini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika tashkilotlari bilan tuziladigan shartnomalar asosida yangi ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar natijalarining amaliyotga tatbiq etilishiga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuksak ilmiy natijalarga erishgan va fan rivojiga munosib hissa qo‘shgan olimlarni, shu jumladan, yosh ilmiy xodimlarni qo‘llab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda respublika aholisi va hududning seysmik xavfsizligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalarini moddiy-texnik ta’minlash uchun homiylik beg‘araz yordamlarini jalb qilishga ko‘maklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi (M. Boltaboyev) bir oy muddatda Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududning seysmik xavfsizligi bo‘yicha idoralararo ilmiy-texnik kengash to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Moliya vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining moddiy-texnik bazasini 3-ilovaga* muvofiq, ro‘yxat bo‘yicha xarid qilinadigan ilmiy-texnik asbob-uskunalar bilan mustahkamlash to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. Urazbayev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining moddiy-texnik bazasini 4-ilovaga* muvofiq, ro‘yxat bo‘yicha xarid qilinadigan ilmiy-texnik asbob-uskunalar bilan mustahkamlash to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazining seysmologik va prognostika stansiyalarini yanada modernizatsiyalash hamda 5-ilovaga* muvofiq, ro‘yxat bo‘yicha zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar va hisoblash texnikasi vositalari bilan to‘liq ta’minlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3 — 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “O‘ztextreyd” DUK (X. Yusupov) Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi buyurtmanomalari bo‘yicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan, ushbu qarorning 3, 4, va 5-ilovalarida ko‘rsatilgan ilmiy asbob-uskunalar hamda hisoblash texnika vositalari belgilangan tartibda xarid qilinishini amalga oshirsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 06/23/117/0530-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, ushbu qarorning 3, 4, va 5-ilovalarida ko‘rsatilgan ilmiy asbob-uskunalar hamda hisoblash texnikasi vositalari xarid qilinishi bilan bog‘liq xarajatlar quyidagilar hisobidan qoplanishi belgilab qo‘yilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 7-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 256-sonli qarorning 2-bandiga muvofiq, ilmiy muassasalar obyektlarini sotishdan tushadigan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mablag‘lari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seysmologiya institutining hamda Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining budjetdan tashqari mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoni tahririda— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi ishlab chiqarilmaydigan, Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi uchun “O‘zmaxsusimpeks” davlat korxonasi tomonidan olib kiritiladigan, ushbu qarorning 3, 4, 5-ilovalarida ko‘rsatilgan ilmiy asbob-uskunalar va hisoblash texnikasi vositalari 2019-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlaridan bojxona rasmiylashtiruvchi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi (M. Mirzayev) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov) bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “O‘ztextreyd” DUK tomonidan ushbu qarorning 3, 4, 5-ilovalarida ko‘rsatilgan ro‘yxatlarga muvofiq olib kiriladigan ilmiy asbob-uskunalardan va hisoblash texnikasi vositalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 06/23/117/0530-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu qarorning 3, 4, 5-ilovalarida ko‘rsatilgan ro‘yxatlarga muvofiq, olib kirilgan ilmiy asbob-uskunalardan va hisoblash texnikasi vositalaridan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda, bojxona imtiyozlari taqdim etilishi munosabati bilan to‘lanmagan bojxona to‘lovlari summasi qonun hujjatlarida yanvarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qo‘llangan holda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undirilishi belgilab qo‘yilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yo‘ldoshev va favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 9-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3190-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi PQ-3190-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seysmologiya, binolar va inshootlarni seysmik chidamli qilib qurish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi darajasini oshirish bo‘yicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHORA-TADBIRLAR KOMPLEKSI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul bajaruvchilar

Seysmologiya sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari

1.

Yer qobig‘i shaklining jiddiy o‘zgarishini statsionar va dala sharoiti usullari bilan monitoring qilish tizimini yaratish, seysmik xavf-xatarning qaltis zonalarini aniqlash. Tabiatni va seysmogen jarayonlarning mexanizmlarini tadqiq etish sohasi va fundamental bazasini rivojlantirish.

Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Maqsad va vazifalarni asoslab berish. Ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini ishlab chiqish. “Turli darajalardagi tektonik tuzilmalar shaklining jiddiy o‘zgarishi namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlarini tatbiq etish hamda geologik-geofizik, gidrogeologik va geodinamik usullar kompleksi bilan ularni baholash metodologiyasini ishlab chiqish” loyihasini amalga oshirish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Seysmologiya instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi

2.

Seysmik tomografiya va yer qobig‘ini profillashtirish usullari bilan seysmogen zonalarning yupqa tuzilmasini o‘rganish texnologiyasini ishlab chiqish

Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Maqsad va vazifalarni asoslab berish. Ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini ishlab chiqish. Loyihani amalga oshirish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Seysmologiya instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi

3.

Kuchli zilzilalar to‘g‘risida barvaqt xabardor qilish va O‘zbekiston Respublikasi hududida yuz bergan zilzilalar haqida shoshilinch xabar tarqatish metodikasini ishlab chiqish.

Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Maqsad va vazifalarni asoslab berish. Ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini ishlab chiqish. Loyihani amalga oshirish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Seysmologiya instituti, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, FVV

4.

8-9 balli seysmik zonalarda joylashgan yirik suv omborlarining seysmik xavf-xatarini monitoring qilish mahalliy tarmoqlari loyihasini ishlab chiqish va yaratish.

Qurilish me’yorlari va qoidalari QMQ-2.01.03.96 “Seysmik rayonlarda qurilish” (QMQ-2.01.03.96)ga muvofiq mahalliy seysmologik monitoring tizimini joriy etish zarur bo‘lgan suv omborlari ro‘yxatini belgilash. Ilmiy-tadqiqotlarning maqsad, vazifa va jadvallarini aniqlash, 8-9 balli seysmik zonalarda joylashgan yirik gidrotexnika inshootlari zonalarining seysmikligini monitoring qilish mahalliy tizimlarini yaratishning texnik topshiriqlarini ishlab chiqish. “Yirik suv omborlari zonalarining shakli jiddiy o‘zgarishi geodinamikasi modellarini hamda ularning seysmik xavf-xatarini monitoring qilish metodologiyasini ishlab chiqish” ilmiy loyihasini amalga oshirish. Seysmologik monitoringning mahalliy tarmoqlarini yaratish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Seysmologiya instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Suv xo‘jaligi vazirligi, “Davsuvxo‘jaliknazorat” DI

5.

Binolar va inshootlarning seysmik zaifligini instrumental baholash metodikasini ishlab chiqish.

Hozirgi vaqtda qurilayotgan binolarning seysmik chidamliligini ekspress-baholash va ularning zilzila vaqtidagi holatini seysmometrik tadqiqotlar bilan prognoz qilish metodikasini yaratish. Metodikani tajriba loyihasida sinab ko‘rish.

2017-2018-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Seysmologiya instituti, “ToshuyjoyLITI” AJ,
FVV

6.

Seysmik xavf-xatarni baholash va rayonlashtirish sohasida zamonaviy ilm-fan yutuqlarini hisobga olgan holda “Seysmik rayonlarda qurilish” QMQ-2.01.03.96ga o‘zgartirishlar kiritish takliflarini ishlab chiqish.

Ishchi guruhini tuzish. QMQ -2.01.03.96ga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar loyihasini kelishib olish. Yangilangan QMQ loyihasini tasdiqlash uchun “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining Ilmiy-texnik kengashiga kiritish.

2018-yil dekabr

Seysmologiya instituti, Mexanika va seysmik chidamli qurilish instituti, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi,
FVV

7.

O‘zbekistonning seysmik jihatdan xatarli zonalarida joylashgan hududlarini batafsil seysmik rayonlashtirish va faol tektonik uzilishlar xaritasini yaratish.

Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Obyekt bo‘yicha fond materiallarini o‘rganish. Yuqori seysmik xatarli zonalarning kadastr xizmatini moliyalashtirish bazasini kengaytirish. Mintaqalar hududida geologik-geofizik tadqiqotlar o‘tkazish. 1:200000-250000 miqyosdagi batafsil seysmik rayonlashtirilgan xaritani va O‘zbekiston hududidagi hamda transchegara zonalari faol tektonik uzilishlar xaritasini tuzish.

2017 — 2022-yillar

Seysmologiya instituti mablag‘lari

Seysmologiya instituti, viloyat hokimliklari, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi

8.

Aholi punktlar, shu jumladan istiqboldagi sanoat va fuqarolar qurilishi zonasini seysmik mikrorayonlashtirish hududlarini kengaytirish.

Seysmologiya institutida seysmik mikrorayonlashtirish bo‘linmasini tashkil etish. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishgan holda respublika hududlarini ustuvor rayonlashtirish rejalarini ishlab chiqish. Obyekt bo‘yicha fond materiallarini o‘rganish. Dala sharoitida instrumental o‘lchovlarni o‘tkazish, respublika shaharlarini seysmik mikrorayonlashtirish xaritalarini tuzish.

2017 — 2022-yillar

Seysmologiya instituti mablag‘lari

Seysmologiya instituti, viloyat hokimliklari, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi

9.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprog-nostik monitoring markazining barcha seysmologik stansiyalari uchun muqim IP-manzillar ajratilgan holda seysmik xavf-xatar monitoringi tarmog‘ining barcha stansiyalari bilan ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash markazi o‘rtasida barqaror aloqani ta’minlash.

Texnik topshiriqni ishlab chiqish. Shartnoma tuzish. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.

2017-yil sentabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘z mablag‘lari

FVV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

10.

Seysmologik tadqiqotlarning eksperimental bazasini rivojlantirish maqsadida instrumental seysmologiya laboratoriyasini tashkil etish.

Laboratoriya vazifalarini, istiqboldagi tadqiqotlarning yo‘nalishlarini, shtat jadvalini belgilash.

2018-yil yanvar

Fan va texnologiyalar agentligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Fanlar akademiyasi,
Fan va texnologiyalar agentligi

11.

Loyiha tashkilotlari foydalana oladigan sintezlashtirilgan va real akselerogramma ma’lumotlar bazasini yaratish.

Qidirish tizimi bilan ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish, dasturiy ta’minotni yaratish va Seysmologiya institutining Axborot-tahliliy xizmatida ma’lumotlar bazasi yuritishini qo‘llab-quvvatlash.

2018-yil

Seysmologiya instituti, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi

12.

1.1 QMQ 2.01.03-96 “Seysmik rayonlarda qurilish” jadvaliga tuzatishlar kiritish uchun seysmik xususiyatlariga ko‘ra yerlarni toifalash maqsadida tuproq sharoitlar belgilarini aniqlash bo‘yicha geofizik tadqiqotlar o‘tkazish.

Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Maqsad va vazifalarni asoslab berish. Ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini ishlab chiqish. Loyihani amalga oshirish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Seysmologiya instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi

13.

Seysmologiya institutining Geofizika observatoriyasi quduqlari negizida gidrogeologik va gidrogeokimyoviy kuzatuvlar tayanch kompleksini yaratish.

Texnik topshiriq va bajarila-digan ishlar jadvalini ishlab chiqish. Respublika hududlarida suv osti quduqlari guruhini tozalash bo‘yicha bitimni ishlab chiqish va davlat Davlat geologiya qo‘mitasi bilan uni imzolash. Tayanch kompleksni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.

2017-yil dekabr

Seysmologiya institutining budjetdan tashqari mablag‘lari

Seysmologiya instituti, Davlat geologiya qo‘mitasi

14.

Seysmoprognostik monitoring respublika markazining seysmoprognostik stansiyalari tarmog‘ida zilzilalarning gidrogeologik darakchilari diagnostikasi samaradorligini oshirish.

Yer osti suvlarining quduqlar bo‘yicha nosozlik aktlarini, bajariladigan ishlarning texnik topshirig‘i va jadvalini ishlab chiqish. O‘zbekiston hududlarida yer osti suv quduqlari guruhini tozalash bo‘yicha Davlat geologiya qo‘mitasi bilan bitimni ishlab chiqish va imzolash.

2017-yil

FVV,
Davlat geologiya qo‘mitasi

Binolar va inshootlar qurilishi seysmik chidamliligi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

15.

Shakli o‘zgaradigan qattiq jism mexanikasi, tog‘ jismlari tuproqlari, zilzilaga chidamli qurilish mexanikasi sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda QMQ -2.01.03.96ni aktuallashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash

Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Maqsad va vazifalarni asoslab berish. Ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini ishlab chiqish. Loyihani amalga oshirish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, “ToshuyjoyLITI” AJ, Innovatsion rivojlanish vazirligi

16.

Arxitektura yodgorliklarini seysmik ta’sirlardan himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tadqiqot guruhini tuzish. Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash. Loyihani amalga oshirish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti,
Madaniyat vazirligi

17.

Yuqori seysmik faollik sharoitida amaldagi va barpo etilayotgan tuproq to‘g‘onlarining barqaror ishini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash. Loyihani amalga oshirish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, “Davsuvxo‘jaliknazorat” DI, FVV

18.

Respublika hududida bino va inshootlarning faol seysmik himoyasini qo‘llash sohasida texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.

Tadqiqot guruhini tuzish. Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash. Loyihani amalga oshirish.

2018-yil

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti,

“ToshuyjoyLITI” AJ,
FVV

O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar

19.

Davlat boshqaruvi organlarini viloyatlar kesimida sodir bo‘lgan zilzilalar intensivligi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.

Seysmologiya instituti, FVV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, MTRK va O‘zA. mutaxassislari-dan iborat ichki guruhini tuzish. Shoshilinch xabarlarni yetkazib berish tartibi to‘g‘risida Idoralararo yo‘riqnomani ishlab chiqish. Mavjud holatni va davlat organlarining sodir bo‘lgan zilzilalar intensivligi va ularning o‘chog‘i to‘g‘risidagi axborotga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini o‘rganish. Viloyatlarda zilzilalar intensivligini tezkor aniqlash bo‘yicha dasturiy ta’minotni ishlab chiqish. Xabardor qilishning infratuzilmasi va texnik vositalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2018-yil

FVVga va Seysmoprognostik monitoring Respublika markaziga, Seysmologiya institutiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida

FVV,
Seysmologiya instituti, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

20.

Kuchli zilzilalar paytida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tugatish bo‘yicha Davlat tizimi xatti-harakatlarining samarali ssenariylarini ishlab chiqish.

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, FVV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Seysmologiya instituti hamda Fanlar akademiyasining mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, “ToshuyjoyLITI” AJ mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish. Kuchli zilzilalarning oqibatlarini modellashtirish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish. Kuchli zilzilalarga qarshi tezkor chora ko‘rishning samarali ssenariylarini ishlab chiqish. Ssenariylari ishlab chiqilgan zilzilalar asosida tegishli xizmatlarning harakatlarini sinovdan o‘tkazish.

2018 — 2020-yillar

FVVga ajratiladigan mablag‘lar

Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti,
FVV,
“ToshuyjoyLITI” AJ

21.

Respublikaning urbanizatsiyalashgan hududlari uchun zilzila oqibatlarini baholash modellari va dasturiy komplekslarini ishlab chiqish, tajriba loyihasi misolida ularning metodikasini sinab ko‘rish.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, FVV, Fanlar akademiyasining mexanika va seysmik mustahkamligi instituti, “ToshuyjoyLITI” AJ mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish. Kuchli zilzilalarning oqibatlarini modellashtirish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish. “Seysmik xavf-xatarni baholash uchun seysmik jarayon dinamikasi va seysmiklikning yupqa tuzilmasini tadqiq qilish” va “Integratsiyalashgan GISlar asosida zilzilalar oqibatlarining matematik modelini ishlab chiqish” ilmiy loyihalarini amalga oshirish.

2017 — 2020-yillar

FVV tomonidan ajratiladigan mablag‘lar

Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Suv xo‘jaligi vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi,
“O‘zbekneftgaz” MXK,
“O‘zkimyosanoat” AK, “O‘zbekenergo” AJ,
FVV

22.

Kuchli zilzilalarni baholash va xavf-xatarlarini boshqarish metodikasini ishlab chiqish.

Zilzila xavf-xatarlarini boshqarish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish. “Kuchli zilzila ssenariysi misolida tabiiy ofatlarning yuqori xavf-xatari sharoitida geologik muhitning texnogen o‘zgarishlarini prognoz qilish metodikasini ishlab chiqish” ilmiy loyihasini amalga oshirish. Respublikada xavf-xatar omillarini e’tiborga olgan holda xavf-xatarlarni pasaytirish bo‘yicha tavsiyanoma (qo‘llanma) ishlab chiqish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Fanlar akademiyasi,
FVV, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi

23.

Tabiiy va texnogen omillar tufayli hosil bo‘ladigan kompleks xavf-xatarlar bo‘yicha respublika aholisi va hududlarining seysmik xavfsizligi darajasini oshirish texnologiyasini yaratish bo‘yicha maqsadli davlat dasturini ishlab chiqish.

Ishchi guruhini tuzish. Maqsadli davlat loyihasini ishlab chiqish. Davlat dasturini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishib olish. Davlat dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018 — 2022-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Fanlar akademiyasi, FVV, “ToshuyjoyLITI” AJ, “Yergeodezkadastr”

davlat qo‘mitasi,
Davlat geologiya qo‘mitasi

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PF-72-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2023-y., 06/23/72/0283-son)