24.07.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2902
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Qarori, 24.07.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2902
Date of entry into force
31.07.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni milliy valyutada sotishdan tushadigan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbasi sifatida belgilangan mablagʻlarni hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 24-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2902]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni milliy valyutada sotishdan tushadigan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbasi sifatida belgilangan mablagʻlarni hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 20-iyul,

85-son

Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 20-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-33-son

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 20-iyuldagi 85 va 2017-33-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni milliy valyutada sotishdan tushadigan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbasi sifatida belgilangan mablagʻlarni hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni milliy valyutada sotishdan kelib tushadigan, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasini (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) shakllantirish manbasi sifatida belgilangan mablagʻlarni hisob-kitob qilish tartibini belgilaydi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF–5059-son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 6-bandiga muvofiq respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni sotishdan tushgan mablagʻlarning 10 foizi Jamgʻarmani shakllantirish manbalaridan biri sifatida belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni sotishdan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasini sotishdan tushadigan mablagʻlar, mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar bundan mustasno, hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr energiyasidan tushadigan pul mablagʻlarini jamlaydigan yagona maxsus hisobvaragʻiga (22636) oʻtkaziladi va qoʻshilgan qiymat soligʻini chegirgan holda quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻlarning 10 foizi har kuni keyingi bank kunidan kechiktirmay, memorial order asosida, “toʻlov maqsadi” grafasida toʻlov mazkur Nizomga muvofiq amalga oshirilganligini koʻrsatgan holda, Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻlarning 90 foizi har kuni memorial order asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining maxsus hisobvaragʻiga (22604) keyinchalik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mutanosiblikka muvofiq taqsimlash uchun oʻtkaziladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chegirilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va “Oʻzbekenergo” AJning elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalari soliq majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Respublika isteʼmolchilariga tabiiy gazni sotishdan tushadigan mablagʻlar, mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar bundan mustasno, “Oʻztransgaz” AJning tabiiy gazdan tushadigan pul mablagʻlarini jamlaydigan yagona maxsus hisobvaragʻiga (22634) oʻtkaziladi va qoʻshilgan qiymat soligʻini chegirgan holda quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻlarning 10 foizi har kuni, keyingi bank kunidan kechiktirmay memorial order asosida, “toʻlov maqsadi” grafasida toʻlov mazkur Nizomga muvofiq amalga oshirilganligini koʻrsatgan holda, Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻlarning 90 foizi har kuni memorial order asosida “Oʻztransgaz” AJning asosiy hisobvaragʻiga (20210) keyinchalik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mutanosiblikka muvofiq taqsimlash uchun oʻtkaziladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chegirilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi “Oʻztransgaz” AJ va “Oʻzbekneftegaz” AJ korxonalarining soliq majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur Nizomning 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni kuchga kirgan paytdan Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur Nizomning 2 va 3-bandlarida oʻrnatilgan tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga muvofiq ajratiladigan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi haqini toʻlashdan kelib tushadigan maqsadli mablagʻlarga tatbiq etilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni sotishdan tushgan mablagʻlar boʻyicha Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ortiqcha (xato) oʻtkazilgan mablagʻlar respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni sotishdan kelgusida tushadigan mablagʻlar hisobidan qayta hisob-kitob qilinadi yoki oʻzaro hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 28-sentabrdagi 129 va 2018-73-sonli qarori (roʻyxat raqami 2902-1, 11.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 10/18/2902-1/2040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Ortiqcha (xato) oʻtkazilgan mablagʻlarning oʻzaro hisob-kitob qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilar, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun ortiqcha (xato) oʻtkazilgan mablagʻlarni qaytarish yuzasidan “Oʻzbekenergo” AJ yoki “Oʻztransgaz” AJga hamda uning hududiy boʻlinmalariga yozma yoki elektron shaklda (“Oʻzbekenergo” AJ yoki “Oʻztransgaz” AJning rasmiy veb-sayti) ariza (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) bilan murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilarning mazkur arizasiga asosan “Oʻzbekenergo” AJ yoki “Oʻztransgaz” AJning hududiy boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy boʻlimi tomonidan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun ortiqcha (xato) toʻlangan mablagʻlarni qaytarish toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi hamda mazkur boʻlinmalarning rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ortiqcha (xato) toʻlangan mablagʻlarni qaytarish toʻgʻrisida dalolatnoma ikki ish kuni ichida “Oʻzbekenergo” AJ yoki “Oʻztransgaz” AJga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan dalolatnomalar asosida, bir ish kuni ichida “Oʻzbekenergo” AJ yoki “Oʻztransgaz” AJ tomonidan isteʼmolchilarning ortiqcha (xato) toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarish toʻgʻrisidagi dalolatnomalar roʻyxati tuziladi va mazkur roʻyxat Jamgʻarmaga taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma, taqdim etilgan roʻyxat asosida ikki ish kuni davomida “Oʻzbekenergo” AJ hududiy boʻlinmalarining maxsus hisobvaragʻiga (22604) yoki “Oʻztransgaz” AJning asosiy hisobvaragʻiga (20210) mazkur Nizomning 62-bandida keltirilgan formulaga muvofiq hisob-kitob qilib, ortiqcha (xato) toʻlangan mablagʻlarni qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekenergo” AJ yoki “Oʻztransgaz” AJ bir ish kuni davomida Jamgʻarma tomonidan qaytarilgan mablagʻlarga ortiqcha (xato) toʻlangan mablagʻlarning qolgan qismini qoʻshgan holda (dalolatnomada koʻrsatilgan mablagʻ) isteʼmolchilarning hisobvaragʻlariga oʻtkazib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekenergo” AJ yoki “Oʻztransgaz” AJ va ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan ortiqcha (xato) toʻlangan mablagʻlar isteʼmolchilarning hisobvaragʻiga qaytarishda banklar tomonidan xizmat haqi undirimaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Jamgʻarma tomonidan qaytiralidigan mablagʻ miqdori quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
S (qaytarish) = (S ortiqcha(xato) ) — ((S ortiqcha(xato)) x 20/120) x 10/100
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:

S (qaytarish) = Jamgʻarma tomonidan qaytarib berish lozim boʻlgan mablagʻ miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
S ortiqcha(xato) = isteʼmolchi tomonidan ortiqcha (xato) oʻtkazilgan mablagʻ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20/120 = isteʼmolchi tomonidan ortiqcha (xato) oʻtkazilgan mablagʻda qoʻshimcha qiymat soligʻi hissasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10/100 = isteʼmolchi tomonidan ortiqcha (xato) oʻtkazilgan mablagʻda Jamgʻarma hissasi.
(61-62-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 28-sentabrdagi 129 va 2018-73-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2902-1, 11.10.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 10/18/2902-1/2040-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. “Oʻzbekenergo” AJ va uning hududiy elektr tarmoqlari korxonalari hamda “Oʻztransgaz” AJning pul mablagʻlari harakati boʻyicha monitoring
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Byuro deb yuritiladi) mazkur Nizomning 2, 3 va 5-bandlaridagi mablagʻlarning harakati boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hisobvaraqlari boʻyicha bank operatsiyalarini toʻliq koʻrib turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat tugʻilganda “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AJlardan ularning bank hisobvaraqlaridan qilingan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu xarajatlarning maqsadli yoʻnaltirilganligini toʻliq koʻrsatgan holda olish orqali monitoringni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzbekenergo” AJ, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va “Oʻztransgaz” AJ tomonidan boshqa bank hisobvaraqlarini ochish va ulardan xarajat qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AJ har oyda, keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmagan holda Byuroga barcha hisobvaraqlaridan qilingan xarajatlar toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumotlarda xarajatlarning toʻliq maqsadi, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan kreditlarga xizmat koʻrsatish va qaytarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dividendlarning toʻlovi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarning, shuningdek, ular boʻyicha ajratmalarning toʻlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz qazib oluvchi korxonalarga ishlab chiqarilgan elektr energiyasi va ularni yetkazib berish uchun qilingan xarajatlarning toʻlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AJ obyektlarini qoʻriqlash xizmati boʻyicha toʻlovlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish boʻyicha dasturlarning amalga oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xato oʻtkazilgan mablagʻlarining qaytarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa xarajatlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda taqdim etilgan maʼlumot oʻzida tegishli oydagi barcha bank hisobvaraqlaridan amalga oshirilgan xarajat operatsiyalarining toʻliq hajmini oʻz ichiga olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda, Byuro yuqorida koʻrsatilgan yoʻnalishlardagi xarajatlarning mazmunini talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oʻzbekenergo” AJ, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va “Oʻztransgaz” AJning pul mablagʻlari harakatlarini monitoring qilish davomida qonunchilik talablari buzilganligi aniqlanganda, Byuro oʻzining vakolati doirasida ularni bartaraf etish hamda aybdor shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni sotishdan tushgan mablagʻlarni mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hisobvaraqlarga oʻtkazish va pul oʻtkazmalarini amalga oshirish bilan bogʻliq amaliyotlarni bajarish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona maxsus hisobvaraqlarga (22636) va (22634) kelib tushadigan mablagʻlarga nisbatan taqiq qoʻyilmaydi va ularga qonunchilikda belgilangan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Nizomga rioya qilinishi uchun javobgarlik “Oʻzbekenergo” AJ korxonalarining va hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining, shuningdek, “Oʻztransgaz” AJning bevosita rahbarlari va bosh hisobchilari (hisobchilari) zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xizmat koʻrsatuvchi banklar mablagʻlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq memorial order asosida oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishi uchun javobgar hisoblanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Geologiya, yoqilgʻi-energetika majmuasi, kimyo, neftkimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekneftegaz” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari —– Geologiya, yoqilgʻi-energetika majmuasi, kimyo, neftkimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari G. IBRAGIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 20-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 20-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekenergo” AJ raisi U. MUSTAFOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 20-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekneftegaz” AJ raisi A. SULTANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 20-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻztransgaz” AJ raisi oʻrinbosari U. ASHUROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 20-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari — Jamgʻarma kuzatuv kengashi raisi M. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 20-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori B. KUDRATXODJAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 20-iyul,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 749-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 10/18/2902-1/2040-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)