Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
01.07.2021
30.06.2021
29.09.2020
18.09.2017
20.03.2017
09.03.2016
20.04.2012
24.03.2010
08.05.2007
28.02.2003
18.05.2001
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2021
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.08.00 Bandlikka koʻmaklashuvchi Davlat jamgʻarmasi (shuningdek, 06.03.03.00, 07.07.02.01larga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byurolarini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi 410-sonli “Vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarda band boʻlgan fuqarolarning mehnat faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 25-iyuldagi F-1218-son farmoyishi bilan tashkil etilgan fuqarolarning yollanib (kunbay) ishlashi toʻgʻrisidagi masalani oʻrganish boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan fuqarolar tomonidan vaqtinchalik bir martalik ishlar bajarilishi masalalari oʻrganib chiqildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tahlillar vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi koʻpchilik shaxslar, eng avvalo yoshlar, ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotganligini, zarur mehnat koʻnikmalari, kasblar va malakaga ega emasligini koʻrsatdi. Shu bilan birga fuqarolarning muayyan qismi vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish bahonasi bilan oʻz oilaviy majburiyatlarini bajarishdan, oʻz oilalarini moddiy taʼminlashdan bosh tortishining koʻplab hollari mavjud, ular pasport tizimi qoidalarini buzmoqdalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joylardagi hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan koʻrsatib oʻtilgan hodisalarni tugʻdiruvchi sabablarni oʻrganish boʻyicha ishlar juda qoniqarsiz olib borilayotganligini normal hol deb hisoblash mumkin emas, kichik va oʻrta biznesni, xizmat koʻrsatish sohasini, kasanachilik mehnatini hamda aholini mehnat faoliyatiga jalb etishning boshqa shakllarini keng rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar taʼminlanmayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishsizlikning sabablarini oʻrganish va uni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining va uning joylardagi organlarining ishini qoniqarli deb boʻlmaydi. Mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish mahalliy organlari tomonidan oʻtkazilayotgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari zarur samara bermayapti, ularda vaqtinchalik bir martalik ishlarni izlovchi shaxslar, shuningdek mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar faol qatnashmayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish bilan mashgʻul boʻlmagan aholi bilan ishlash, fuqarolarni ishga joylashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan ichki ishlar organlari, mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻzaro hamkorligi sust tashkil etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanadigan oʻz-oʻzidan shakllanayotgan joylarda zarur jamoat tartibi va zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarning yoʻqligiga toqat qilib boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarning mehnat faoliyatini tartibga solish, ular uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish va ularni ishga joylashtirishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (Obidov), Ichki ishlar vazirligi (Almatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuqorida bayon etilgan salbiy hollarni keltirib chiqargan sabablarni, shuningdek fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlar bilan taʼminlash bozorini tashkil etishdagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish masʼuliyati yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuzilmasida tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari huzurida filial shaklida Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byurolari tashkil qilinsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Vaqtinchalik ish bilan taʼminlash Byurolarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanishda fuqarolarga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarga yangidan tashkil etilgan va boʻsh ish joylarida ishga joylashish, kasb-kor tayyorgarligi, oʻz ishini tashkil etish va yuritish masalalari boʻyicha maslahat va kasbga yoʻllash xizmatlari koʻrsatish;

vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun fuqarolarni yollashda ish beruvchi xususiy shaxslarga koʻmaklashish;

vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarni keng xabardor qilish uchun xususiy ish beruvchilar tomonidan beriladigan ish turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bankini shakllantirish;

vaqtinchalik bir martalik ishga yollanuvchi fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishda jamoat tartibiga rioya qilish, pasport rejimi qoidalari, shuningdek mehnat xavfsizligining asosiy qoidalari toʻgʻrisida xabardor qilish;

manfaatdor ish beruvchilar va vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi shaxslar ishtirokida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini muntazam ravishda oʻtkazish;

vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, ovqatlanish shoxobchalari tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat tartibini saqlash, vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolar tomonidan qonun hujjatlari buzilishining oldini olish.

4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash Byuro toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash Byuroning namunaviy tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byurosi huzurida Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byurosi tashkil etilayotgan tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktorining rasmiy tavsiyasi asosida tegishli hududiy mehnat organi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan direktor rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byurosi xodimlari va Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byurosida doimiy ravishda boʻladigan shahar (tuman) ichki ishlar boʻlimining masʼul xodimi mehnatiga haq toʻlash tegishli ravishda tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi va ichki ishlar boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byurolarni tashkil etish va saqlab turish, shu jumladan, Byuro xodimlari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarga, shuningdek ish beruvchi xususiy shaxslarga xizmatlar Byuro tomonidan tekin koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byurosi tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori bilan oʻrnatiladigan va ularni saqlash xarajatlari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan qoʻshimcha xodimlari hisobidan butlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Byurolar xodimlari oʻz lavozim majburiyatlarini bajarishlari ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasinlar, ularning vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarga nisbatan oʻz xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilishlariga yoʻl qoʻymasinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanadigan joylarni hisobga olgan holda ikki hafta muddatda Markazlarning joylashtirilishini belgilasinlar va bir oy muddatda ushbu Markazlarni tashkil etsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byurolari huzurida ovqatlanish shoxobchalari tashkil etilishini va ish izlovchi fuqarolar uchun boshqa zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasinlar;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda aholining, birinchi navbatda kasb tayyorgarligiga ega boʻlmagan yoshlarning, ayollarning va sudning hukmi bilan jazoni oʻtagan shaxslarning ish bilan taʼminlanishi darajasini oshirish yuzasidan dasturiy maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar. Ushbu dasturlarda kichik va oʻrta biznesni, xususiy tadbirkorlikni, kasanachilik mehnatini rivojlantirish, maishiy xizmatlar sohasini kengaytirish yoʻli bilan fuqarolarni doimiy yashash joylarida ishga joylashtirish nazarda tutilsin;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun doimiy yashash joyidan tashqariga muntazam ravishda ketib qolayotgan, oilani moddiy taʼminlashga oid majburiyatlarini bajarishdan bosh tortib yurgan, jamoatga zid turmush tarzi olib borayotgan shaxslarni ular doimiy yashaydigan joylarda ish bilan taʼminlash maqsadida monitoring olib borsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyurtmalari boʻyicha Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazlarini zarur telefon aloqasi bilan jihozlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, basharti vaqtinchalik bir martalik ishlar Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazlari orqali bajarilsa, bunday ishlardan olingan fuqarolarning daromadlarini soliq solishdan ozod qilishni nazarda tutuvchi amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni oʻn kun muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudoyberganov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 18-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
223-son

Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-maydagi 223-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byuro toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byuroning vazifalari, funksiyalari va faoliyati tartibini belgilab beradi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byurosi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuzilmasida tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi huzurida fuqarolarning vaqtinchalik bir martalik mehnat faoliyatini tartibga solish maqsadida tashkil etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Byuro yuridik shaxs huquqlari bilan tashkil etiladi va oʻz faoliyatini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byurolarni joylashtirish vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollashning shakllangan joylari hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda belgilanadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtinchalik bir martalik ishga yollanishda fuqarolarga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarga yangidan tashkil etilgan va boʻsh ish joylarida ishga joylashish, kasb-kor tayyorgarligi, oʻz ishini tashkil etish va yuritish masalalari boʻyicha maslahat va kasbga yoʻllash xizmatlari koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun fuqarolarni yollashda ish beruvchi xususiy shaxslarga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarni keng xabardor qilish uchun xususiy ish beruvchilar tomonidan beriladigan ish turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bankini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtinchalik bir martalik ishga yollanuvchi fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishda jamoat tartibiga rioya qilish, pasport rejimi qoidalari, shuningdek mehnat xavfsizligining asosiy qoidalari toʻgʻrisida xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor ish beruvchilar va vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi shaxslar ishtirokida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini muntazam ravishda oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byuroda vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, ovqatlanish shoxobchalari tashkil etish;
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat tartibini saqlash, vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolar tomonidan qonun hujjatlari buzilishining oldini olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Byuroning ish vaqti va tartibi tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazining takliflari boʻyicha shahar, tuman hokimligi tomonidan mazkur joyda fuqarolar tomonidan vaqtinchalik bir martalik ishlarning bajarilishi borasida yuzaga kelgan xususiyatlar eʼtiborga olingan holda belgilanadi. Qoidaga koʻra, Byuroning ish vaqti soat 6.00 da boshlanadi, ishni tugatish vaqti soat 16.00. Byuro dam olish kunlarisiz ishlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaruratga qarab, tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazining taklifiga koʻra tuman (shahar) hokimligi Byuroning boshqacha ish tartibi va vaqtini belgilashi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byurosi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Markazda ichki ishlar organlarining bir nafar xodimi doimiy ravishda ishlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning qoʻshimcha xodimlariga sarflanadigan xarajatlar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazda doimiy boʻluvchi shahar (tuman) ichki ishlar boʻlimi xodimining mehnatiga tegishli shahar (tuman) ichki ishlar boʻlimi tomonidan haq toʻlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Byuroning shtatdagi xodimlari:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga xususiy ish beruvchilar va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bir martalik ishlarning muayyan turlarini bajarishga doir mavjud buyurtmanomalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy ish beruvchilar va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishga doir buyurtmanomalarini qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtinchalik bir martalik ishlarning aniq turlariga boʻlgan ehtiyoj toʻgʻrisida maʼlumotlar bankini shakllantirish va muntazam ravishda yangilab turishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishga yollanishda, shuningdek yangidan tashkil etilayotgan va boʻsh ish oʻrinlariga doimiy asosda ishga kirishda fuqarolarga koʻmaklashishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar, kasb-hunarga oʻqitish va qayta oʻqitish, oʻz ishini yoʻlga qoʻyishni tashkil etish masalalari boʻyicha fuqarolarga maslahat xizmatlari koʻrsatishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda aniq masalalarni hal etish uchun mehnat organlarining boshqa mutaxassislarini jalb etishga yoki yuzaga kelayotgan masalalarni hal etishda yordam olish uchun fuqarolarni tegishli mahalliy organlarga yoʻllashga;
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishning asosiy qoidalari bilan tanishtirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byuro tomonidan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi muntazam oʻtkazilishida bevosita ishtirok etishga;
(8-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollash masalalari yuzasidan Markazga murojaat qilgan hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalari rasmiylashtirilishida koʻmaklashishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Byuroda doimiy ravishda boʻluvchi ichki ishlar organlarining xodimi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarayotgan fuqarolar tomonidan jamoat tartibiga, pasport rejimiga rioya etilishini taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtinchalik bir martalik ish qidirayotgan fuqarolar tomonidan huquqni buzishlarning oldini olish yuzasidan profilaktika chora-tadbirlarini oʻtkazishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Byuro orqali vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanayotgan fuqarolar Byuroda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtinchalik bir martalik ishlarga doir takliflar va tuman (shahar) korxonalaridagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byuro xodimlarining mehnat va ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida amaldagi qonun normalari, shuningdek ayrim ish turlari boʻyicha xavfsiz ish usullari toʻgʻrisidagi maslahatni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollash masalalari yuzasidan Byuroga murojaat qilgan hollarda mehnat shartnomalarini rasmiylashtirishda koʻmakni tekin olish huquqiga egadirlar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma olishga ariza berishda fuqarolar vaqtincha turgan joyi yoki doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan boʻlishlari, qonun hujjatlarida belgilangan pasport rejimiga va jamoat tartibiga rioya etishlari shart.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Boshqa mintaqalardan kelgan fuqarolar uchun vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtish muddatiga, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha hisobga olish muddatiga beriladi. Bunda vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma muddati olti oydan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma olish uchun fuqaro tomonidan Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byuroga:
(112-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(112-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(112-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma ushbu Nizomning 112-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar taqdim etilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida beriladi.
(111 — 113-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 54-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 88-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishga yollayotgan ish beruvchilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yollangan fuqarolarga xavfsiz mehnat sharoitini yaratib berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar tomonidan bajarilgan ishlar uchun ish haqini ogʻzaki kelishuvga muvofiq toʻliq hajmda va oʻz vaqtida toʻlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishni bajarayotgan vaqtida ularga zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yollangan xodim tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablari buzilishi va xodim vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarayotgan vaqtida u bilan yuz bergan baxtsiz hodisalar toʻgʻrisida Byuroga yoki vakolatli organlarga zudlik bilan xabar berishga majburdir.
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida taqiqlangan faoliyat turlariga kiritilgan vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun fuqarolarni yollashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16 yoshga toʻlmagan shaxslarni vaqtinchalik bir martalik ishlarga mustaqil ravishda yollashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byuro koʻrgazmali axborotlar oʻrin olgan stendlar bilan jihozlanadi, ularda:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtinchalik bir martalik ishlarga oid takliflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) korxonalaridagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat va ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlaridan koʻchirmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat xavfsizligi qoidalariga doir yoʻriqnomalar, boshqa zarur maʼlumotlar joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vaqtinchalik bir martalik ish qidirayotgan fuqarolarni ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar bilan taʼminlash maqsadida tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori tadbirkorlik subyektlariga Byuro hududidagi boʻsh turgan bino va maydonlarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovqatlanish shoxobchasi, sanitariya uzellari, shuningdek oʻtiradigan joylarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun kerak boʻladigan inventarlar va uskunalarni sotish va ijaraga berish shoxobchasini tashkil etish uchun belgilangan minimal ijara stavkalari boʻyicha berish huquqiga ega.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Byuroni barpo etish va uni joriy taʼminlash xarajatlari Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik bir martalik ish qidirayotgan fuqarolarga, shuningdek ish beruvchi xususiy shaxslarga Byuro bepul xizmat koʻrsatadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur Nizom fuqarolar va ish beruvchilarni Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byuroning faoliyat koʻrsatish qoidalari bilan tanishtirish maqsadida qulay va koʻrinarli joyga joylashtiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byuro toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(old tomoni)
_____________________________________________________da (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri) vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi _______-son guvohnoma
Familiyasi
Muhr bilan tasdiqlangan fotosurat uchun joy
Ismi
Otasining ismi
Tugʻilgan yili
Tugʻilgan joyi
Doimiy yashash joyi manzili
Vaqtinchalik yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish manzili
Pasportning seriyasi va raqami, kim tomonidan va qachon berilgan
Guvohnomaning amal qilish muddati
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byuro rahbarining F.I.O.
imzo va muhr
(Orqa tomoni)
Guvohnoma egasiga eslatma
Guvohnoma egasi guvohnomani pasport bilan birgalikda olib yurishi, zarur tarzda saqlashi va uni uchinchi shaxslarga bermasligi shart. Guvohnoma egasining doimiy yoki vaqtincha yashash joyi yoxud turgan joyi boʻyicha hisobga olish manzili oʻzgargan taqdirda, u 5 kecha-kunduz mobaynida bu haqda Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byuroga maʼlum qilish shart. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish maqsadida guvohnoma egasi Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byuroga guvohnomaning amal qilish muddati tamom boʻlishidan 5 sutka oldin murojaat qilishi kerak. Agar Sizga nisbatan ish beruvchi tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgan taqdirda, Siz Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byuroga telefonlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOʻROVNOMA
Soʻrovnomaning tartib raqami _________
Soʻrovnoma toʻldirilgan sana 20 yil “___” ____________
Ismi
Familiyasi
vavavaiaivaiaivaivaivaaiva
Otasining ismi
Tugʻilgan sanasi
Tugʻilgan joyi
Jinsi
Doimiy yashash joyi manzili
Vaqtinchalik yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish manzili
Pasportning seriyasi va raqami
Kim tomonidan va qachon berilgan
Maʼlumoti
Mutaxassisligi
Mutaxassislik boʻyicha ish staji
Vaqtinchalik bir martalik ish izlash sababi
Qachon va qaysi xorijiy mamlakatlarga chiqqan
Xorijiy mamlakatlarga chiqishning maqsadi
Jinoiy javobgarlikka tortilganmi
Agar jinoiy javobgarlikka tortilgan boʻlsa, qachon va Jinoyat kodeksining qaysi moddasi boʻyicha javobgarlikka tortilgan
Soʻrovnomani qabul qilgan shaxsning F.I.O.
Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini kafolatlayman
Ariza beruvchining imzosi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-maydagi 223-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byurosining namunaviy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAShKILIY TUZILMASI

* Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byurosi mahalliy mehnat bozorining konyunkturasi va vaqtinchalik bir martalik ishlarning mavsumiyligini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori bilan qoʻshimcha xodimlar hisobidan butlanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 10-son, 61-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 2007-y., 19-20-son, 195-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; 2012-y., 17-son, 191-modda; 2016-y., 9-son, 88-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)