19.07.2017 yildagi 517-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.07.2017 yildagi 517-son
Date of entry into force
25.07.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2021-yillarda yilqichilik va ot sportini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 15-iyundagi PQ-3057-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2017 — 2021-yillarda yilqichilik va ot sportini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi belgilangan tartibda “Markaziy ippodrom” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga ishonchli boshqaruvga berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Markaziy ippodrom” AJ boshqaruv organlarining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Markaziy ippodrom” AJ ustav kapitalini jamiyatdagi qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini yakunlash boʻyicha tayyorlanadigan loyiha-smeta hujjatlarida aniqlangan qiymatga (miqdorga) qoʻshimcha aksiyalar chiqarish yoʻli bilan oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Markaziy ippodrom” AJning qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalarini “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan sotib olish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Markaziy ippodrom” AJ obyektidagi qoldiq qurilish-montaj ishlari hajmini aniqlash boʻyicha ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruhi (Z.T. Mirzayev) (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) bir oy muddatda “Markaziy ippodrom” AJ obyektidagi qoldiq qurilish-montaj ishlari hajmini aniqlab, loyiha-smeta hujjatlarini Xalqaro va Osiyo ot sporti federatsiyasi talablariga muvofiq tayyorlash boʻyicha loyihalash tashkilotlariga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Markaziy ippodrom” AJ obyektidagi qoldiq qurilishi boʻyicha quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Markaziy ippodrom” AJ — buyurtmachi etib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“SDS Proekt” MChJ— bosh loyihalash tashkiloti etib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Binokor maxsus ta`mir qurilish” MChJ — bosh pudratchi etib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniya markazining qurilayotgan obyektlar direksiyasi” DUK — shartnoma asosida texnik nazoratni olib boruvchi etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xalqaro va Osiyo ot sporti federatsiyasining ot sporti boʻyicha talablari shaharsozlik normalari va qoidalarini hisobga olgan holda, “Markaziy ippodrom” AJ obyektidagi qurilish ishlarini birinchi bosqichini joriy yilda yakunlash uchun istisno tariqasida “Markaziy ippodrom” AJ obyektidagi qurilish-montaj va loyihalash ishlarini bir vaqtda amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bilan birgalikda “Markaziy Ippodrom” AJ obyektidagi qurilish ishlarini zamonaviy arxitektura talablari hamda Xalqaro va Osiyo ot sporti federatsiyalari talablariga muvofiq amalga oshirilishini nazorat qilib borish vazifasi yuklatilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bilan birgalikda ot sporti boʻyicha respublika terma jamoasini jahon arenalaridagi xalqaro turnirlarga puxta tayyorgarlik koʻrishi uchun “Markaziy ippodrom” AJ va Ot sporti boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi tarkibida Ot sporti boʻyicha respublika terma jamoasi aʼzolarini tayyorlash markazini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga belgilangan qabul kvotasi doirasida hamda Nukus Olimpiya zaxiralari kolleji, Namangan Olimpiya zaxiralari kolleji hamda Toyloq Olimpiya zaxiralari kollejida umumiy kontingent doirasida ot sporti yoʻnalishi ochilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Markaziy ippodrom” AJning ot sporti boʻyicha asosiy bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 27-dekabrdagi 317-son qarorining 4-bandi ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 19-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
517-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 517-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2021-yillarda yilqichilik va ot sportini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish
manbai

Amalga oshirish shakli

Masʼullar

I. Yilqichilik va ot sporti sohasida normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish boʻyicha

1.

Respublikadagi ot zotlari boʻyicha talablar, zotlar oʻrtasida farqlanish, oʻxshashlik va ularning barqarorlik talablari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartini ishlab chiqish va tasdiqlash

2018-yil
IV chorak

-

Oʻzbekiston Respublikasi davlat standarti

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi “Oʻzstandart” agentligi

2.

Anʼanaviy ravishda uloq-koʻpkari va boshqa milliy hamda klassik ot oʻyinlarini tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash

2017-yil
IV chorak

-

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi,

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

II. Nasldor ot zotlarini koʻpaytirish boʻyicha

3.

Respublikadagi barcha toifada xoʻjaliklarda mavjud naslli otlarni roʻyxatga olish va ularni pasportlashtirish

2018-yil
I yarim yillikda

(har 5 yilda)

Oʻz mablagʻlari hisobidan

Kompleks chora-tadbirlar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

4.

Qorabayir zotli otlarning naslini yaxshilash, yangi liniya va oilalarini yaratish boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish

Doimiy

Loyiha uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan

Kompleks chora-tadbirlar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

5.

Otlarni sunʼiy urugʻlantirish va embrionlar transplantatsiyasini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish

2018-yil
II chorak

-

Kompleks chora-tadbirlar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

6.

Yilqichilik yoʻnalishidagi naslchilik xoʻjaliklaridagi seleksiya ishlari natijalarini baholash maqsadida nasldor va sport otlarini tanlash boʻyicha koʻrgazma hamda musobaqalar oʻtkazish

2017 — 2021 yillarda

Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi

Kompleks chora-tadbirlar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

7.

Xalqaro ot sporti federatsiyasi reglamenti boʻyicha respublika va xalqaro miqyosida ot sporti oʻyinlarida ishtirok etuvchi otlarni kasalliklarga qarshi emlash

2017 — 2021-yillarda

Budjet mablagʻlari va ot egalari mablagʻlari

Kompleks chora-tadbirlar

Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

8.

Otlarning kasalliklariga tezkor tashxis qoʻyish boʻyicha zamonaviy diagnostika laboratoriyasini tashkil etish

2019-yil

II chorak

Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi

Kompleks chora-tadbirlar

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, “Markaziy ippodrom” AJ

9.

Otlarning kasalliklariga tezkor tashxis qoʻyish va uni samarali usullar bilan davolash maqsadida zamonaviy veterinariya klinikasini tashkil etish

2018-yil
II chorak

Oʻz mablagʻlari va tijorat bank kreditlari

Kompleks chora-tadbirlar

Toshkent viloyati hokimligi

“Asaka bank” ATB, “Diyora fayz gulshani” XK

III. Ot sporti turlarini rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Kubogi uchun xalqaro ot sporti musobaqasini oʻtkazish va uni Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) musobaqalari reyestriga kiritish

2018 — 2021-yillarda

Davlat budjeti hamda Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi

Vazirlar Mahkamasining qarori

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

11

Toshkent shahrida Xalqaro ot sporti federatsiyasining Bosh assambleyasi yigʻilishi oʻtkazilishini tashkil qilish

2019-yil

Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi

Kompleks chora-tadbirlar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

12.

Sayyohlik yoʻnalishi boʻyicha turlar tashkil etish uchun respublika hududidagi ot sporti klublari va otchoparlarda oʻtkaziladigan xalqaro va respublika musobaqalari reja-jadvalini ishlab chiqish va sayyohlik sohasi subyektlariga taqdim qilish

2017 — 2021-yillarda

-

Reja-jadval

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

13.

Respublikamizdagi barcha ot sporti klublarida ippoterapiya markazlarini tashkil etish

2017-yil
IV chorak

Oʻz mablagʻlari hisobidan

Kompleks chora-tadbirlar

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

14.

Ot sporti tarixi va unda erishilgan yutuqlar, sohani rivojlantirishga oid tadbirlar, klublar, maktablar, murabbiylar va yilqichilik mutaxassislari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish

2017 — 2021-yillarda

-

Kompleks chora-tadbirlar

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

IV. Yilqichilik va ot sporti mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, xorijiy davlatlarning yilqichilik va ot sporti boʻyicha ilgʻor tajribalarini joriy etish boʻyicha

15.

Ot sporti murabbiylari, hakamlar, veterinarlar va taqachilar respublika maktabini tashkil etish

2018-yil

I chorak

Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi

Idoraviy hujjat

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, “Markaziy ippodrom” AJ

16.

Yilqichilik mutaxassislari va ot sporti murabbiylarini tayyorlash talablari, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish

2018-yil

I chorak

-

Idoraviy hujjat

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

17.

Yilqichilikda naslchilik ishlarini yoʻlga qoʻyish va otlar kasalliklarini diagnostika qilish boʻyicha xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish maqsadida ular bilan muzokaralar olib borish va mutaxassislarni chet ellarga yuborish boʻyicha har yili reja-grafik ishlab chiqish.

Har yili oktyabr-noyabr oylarida

Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi

Reja grafik

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

18.

Qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalarida hamda veterinariya yoʻnalishidagi kollejlarda yilqichilik boʻyicha zootexnik va veterinar vrach mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha boʻlimlarini ochish

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab

-

Idoraviy hujjat

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

19.

Respublika hududlarida ot sport klublarini bosqichma-bosqich �ashkil etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zarur inventarlar (egar-jabduq, maxsus bosh kiyim va boshqalar) va jihozlar bilan taʼminlash

2017 — 2021-yillarda

Mahalliy budjet mablagʻlari hamda Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi

Kompleks chora-tadbirlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

V. Yilqichilik va ot sportining moddiy-texnika va ozuqa bazasini mustahkamlash boʻyicha

20.

Qashqadaryo viloyatida “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” MChJ tomonidan Qorabayir zotli otlarni koʻpaytirishga ixtisoslashgan naslchilik ot zavodini ishga tushirish

2018-yil I chorak

Oʻz mablagʻlari

“Oʻzbekneftgaz” AJ,

“Shoʻrtangaz-kimyo majmuasi” MChJ

21.

Toshkent viloyatidagi “Oʻzbegim otlari” MChJ ot zavodi bazasida Axaltaka zotli otlarning sof zotli liniyalariga mansub avlodlarini koʻpaytirishni yoʻlga qoʻyish

2018-yil
II chorak

Oʻz mablagʻlari

-

Toshkent viloyati hokimligi

22.

Toshkent viloyati Boʻstonlik tumani togʻ oldi hududlaridan “Oʻzbek sport otlari” MChJ sport otlarini koʻpaytirish boʻyicha majmua qurilishi va xalqaro musobaqalarni oʻtkazishga moʻljallangan bino va inshootlarni qurilish uchun yer maydoni ajratish

2017-yil

III chorak

Oʻz mablagʻlari va

tijorat bank kreditlari

-

Toshkent viloyati hokimligi,

“Asaka bank” ATB, “Oʻzbek sport otlari” MChJ

23.

Hududlardagi mavjud otchoparlar va ot sporti klublarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish

2018 — 2021-yillarda

Mahalliy budjet mablagʻlari hamda Yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jamgʻarmasi

Kompleks chora-tadbirlar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbe�iston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

24.

Yilqichilikda mustahkam ozuqa bazasini tashkil etish maqsadida suli, arpa va boshqa donli ekinlar ajratish va ozuqa ekin maydonlarini kengaytirish yuzasidan taklif tayyorlash

Har yili
1-iyulgacha

-

Kompleks chora-tadbirlar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 517-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Markaziy ippodrom” AJ obyektidagi qoldiq qurilish-montaj ishlari hajmini aniqlash boʻyicha ishchi guruhi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Mirzayev Z.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, ishchi guruhi rahbari

2.

Zokirov B.

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi, ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari

3.

Qurbanov R.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi

4.

Usmonov R.

Toshkent shahar xokimi

5.

Gʻulomov R.

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

6.

Mirsoatov A.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi

7.

Abduraxmonov M.

“Aloqabank” ATB raisi

8.

Uzakov A.

“Markaziy ippodrom” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori

9.

Shmelyov S.

Ot sportining toʻsiqlardan sakrash turi boʻyicha murabbiy

10.

Nazarov Gʻ.

Ot sportining toʻsiqlardan sakrash turi boʻyicha Xalqaro toifadagi sport ustasi

11.

Azizov A.

Ot sportining toʻsiqlardan sakrash turi boʻyicha murabbiy

12.

Homidov T.

“Binokor maxsus ta`mir qurilish” MChJ direktori

13.

Murtazoxoʻjayev S.

“SDS Proekt” MChJ direktori

14.

Nizomov Sh.

“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazining qurilayotgan obyektlar direksiyasi” DUK rahbari

15.

Bayazitov K.

Vazirlar Mahkamasining jismoniy tarbiya va sport masalalari shuʼbasi mudiri

16.

Anarboyev E.

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisining oʻrinbosari, ishchi guruhi kotibi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga yangidan tayinlangan yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 700-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)