17.07.2017 yildagi 502-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.07.2017 yildagi 502-son
Date of entry into force
25.07.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli teleeshittirishlarga oʻtish va yer usti analog teleeshittirishlarni toʻxtatishga doir amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli teleeshittirishlarga texnik va texnologik jihatdan oʻtish davlat dasturi toʻgʻrisida” 2012-yil 17-apreldagi PQ-1741-son qarorini bajarish yuzasidan, raqamli teleeshittirishlarga toʻliq oʻtishni taʼminlash va yer usti analog teleeshittirishlarni bosqichma-bosqich toʻxtatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yer usti raqamli televideniyeni rivojlantirish uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklarining imtiyozli kreditini jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 3-apreldagi PQ-2157-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye” DUK tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida yer usti raqamli eshittirish tarmogʻini rivojlantirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida 2017-yil oxirigacha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning barcha hududlarida 90 komplekt yuqori quvvatli va 404 komplekt kam quvvatli raqamli teleeshittirish uzatkichlarini oʻrnatish va foydalanishga topshirish hisobiga respublikaning barcha aholi punktlari raqamli teleeshittirishlar bilan qamrab olinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi raqamli teleeshittirish xizmatlaridan keng foydalanishini, shu jumladan xorijiy yoʻldosh aloqasi operatoridan yoʻldosh segmentini ijaraga olish hisobiga davlat teleradiodasturlarining umumfoydalanishdagi ijtimoiy paketini uzoq va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarigacha yetkazishni taʼminlash nazarda tutilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda elektrotexnika sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, jadal rivojlantirish va diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-fevraldagi PQ-2772-son qaroriga muvofiq “Oʻzeltexsanoat” AK korxonalari tomonidan 5 yil mobaynida 3,0 mln ta raqamli televizorlar ishlab chiqarish va yigʻish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasida yer usti analog teleeshittirishlarni bosqichma-bosqich toʻxtatish jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik subyektlarining respublikada analog teleeshittirishlarni toʻxtatishni samarali tashkil etish masalalari boʻyicha faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlasin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda xoʻjalik subyektlarining nodavlat telekanallarini yer usti raqamli teleeshittirishlar tarmogʻiga kiritish tartibini belgilasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, hududlarda analog teleeshittirishlarni oʻchirishning ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan yakuniy muddatlarining oʻzgarishiga yoʻl qoʻymagan holda, yer usti analog teleeshittirishlarni toʻxtatish muddatlariga oʻzgartirish kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalla” xayriya jamoat fondini jalb etgan holda aholiga, shu jumladan aholining kam taʼminlangan qatlamlariga va pensionerlarga raqamli teleeshittirishlarni qabul qiluvchi televizorlar, tyunerlar va boshqa qurilmalarni xarid qilish uchun imtiyozli isteʼmol kreditlari berilishini kengaytirish tavsiya etilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari raqamli teleeshittirishlarga oʻtishning maqsad va afzalliklari aholi orasida keng tushuntirilishini, respublika hududida raqamli teleeshittirishlar qamrovini kengaytirishi va yer usti analog teleeshittirishlarni bosqichma-bosqich toʻxtatishni taʼminlashga doir amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek raqamli teleeshittirishlar dasturlarini qabul qilishning zarur shartlari muntazam yoritib borilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 17-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
502-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 695-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)