01.06.2017 yildagi 333-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.06.2017 yildagi 333-son
Date of entry into force
01.06.2017
Norasmiy tarjima
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish choralari haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, Oʻzbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurgan holda “Mustaqillikning 25 yilligi” konini qoʻshimcha razvedka qilish va ishlatish toʻgʻrisida” 2017-yil 3-maydagi PQ-2948-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksi qurilishi bilan “Mustaqillikning 25 yilligi” konini razvedka qilish va qazib olish boʻyicha Mahsulot taqsimotiga oid bitim (keyingi oʻrinlarda Bitim deb ataladi) boʻyicha ishlarni bajarishni tashkil etish uchun “Altmax Nolding Ltd” kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi operator — “Surhan Gas Chemical Operating Company” MCHJ XK (keyingi oʻrinlarda operator deb ataladi) taʼsis etilgan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurgan holda “Mustaqillikning 25 yilligi” konini qayta qidirish va ishlatish bilan “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish boʻyicha boshqaruvchi qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimda nazarda tutilgan Bitimni bajarishda operator va marketing kompaniyasining yoʻl qoʻyiladigan xarajatlari tarkibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi “Altmax Nolding Ltd,” “Gas Project Development Central Asia AG” kompaniyalari, “Oʻzneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi va operator bilan birgalikda bir oy muddatda Bitimning amal qilish davrida operatorga bepul foydalanishga (tasarruf etish huquqisiz) beriladigan mol-mulk roʻyxatini aniqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Surxondaryo viloyati hokimligi Bitimni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini operatorga belgilangan tartibda ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda operatorga yer usti va yer osti manbalaridan suv olishning zarur limitini belgilangan tartibda ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurgan holda “Mustaqillikning 25 yilligi” konini razvedka qilish va ishlatish bilan “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Bitimni amalga oshirish doirasida operator, uning pudratchilari va subpudratchilariga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi operatorning “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan tasdiqlanadigan buyurtmanomalari boʻyicha Bitimni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari, shu jumladan koʻp martalik kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi operatorning “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan tasdiqlanadigan buyurtmanomalari boʻyicha Bitimni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi operatorning “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan tasdiqlanadigan buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda ishtirok etish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 1-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
333-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 1-iyundagi 333-son qarorga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan “Mustaqillikning 25 yilligi” konini qoʻshimcha razvedka qilish va ishlatish bilan “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish boʻyicha boshqaruv qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

F.I.Sh.

 

Lavozimi

1.

J.T. Mirzamaxmudov

Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari boʻyicha Axborot-tahlil departamenti mudiri

2.

U.X. Sayidov

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

3.

N.S. Jurayev

Adliya vaziri birinchi oʻrinbosari

4.

J.A. Kuchkarov

Moliya vaziri oʻrinbosari

5.

D.D. Asamov

Iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Boshqaruv qoʻmitasi aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda, ularning oʻrniga mazkur lavozimlarga tayinlangan shaxslar yoki tegishli vazifalarni bajaruvchi shaxslar kiritiladi.