Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.07.2019 23.06.2017 yildagi 421-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.06.2017 yildagi 421-son
Date of entry into force
03.07.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.07.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 555-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmatining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoni talablariga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlarining yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkini qo‘riqlash sohasidagi faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarining mol-mulkni va obyektlarni qo‘riqlash samaradorligini oshirish sohasidagi muhim yo‘nalishlari hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi — davlat obyektlarining, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarning, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qo‘riqlanishini tashkil etish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi — qo‘riqlash turlarini kengaytirish, qo‘riqlash xizmati faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali ko‘rsatilayotgan qo‘riqlash va boshqa xizmatlarning hammabopligini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi — qo‘riqlanayotgan obyektlar, shuningdek idoraviy qo‘riqlash obyektlariga ruxsat berish rejimini, obyekt ichki rejimini ta’minlash va muvofiqlashtirishing ta’sirchan tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘rtinchi — qo‘riqlanayotgan obyektlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi mexanizmini takomillashtirish, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qilish orqali jinoyatlarni bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi — davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ularning tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar, shuningdek budjet tashkilotlari obyektlari qo‘riqlanishini ta’minlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan kompleks choralarni amalga oshirish, idoraviy qo‘riqlashni muvofiqlashtirish va nazorat tekshiruvidan o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi — qo‘riqlanayotgan obyektlarning xavfsizligini ta’minlash sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va qo‘riqlash texnologiyalarini joriy etish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarga qo‘riqlash xizmatlari ko‘rsatish, ushbu yo‘nalishda yagona texnik siyosatni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati haqidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi haqidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmatining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari qo‘riqlash boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari qo‘riqlash boshqarmalari alohida batalon (otryad)larning namunaviy tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (bo‘lim)lari qo‘riqlash bo‘lim (bo‘linma)larining namunaviy tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriga quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tuzilmasiga ularning umumiy shtat birliklari doirasida belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda mol-mulk va obyektlarni qo‘riqlash sohasida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarga asosan tushayotgan mablag‘lar hisobiga O‘zbekiston Respublikasi IIV Qo‘riqlash bosh boshqarmasiga shtat birliklarini kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi bilan birgalikda 2017-yil 1-sentabrga qadar qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish bo‘yicha tariflarni, ularni kamaytirishni e’tiborga olgan holda, qo‘riqlash xizmatidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish maqsadida, qayta ko‘rib chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzgan jismoniy va yuridik shaxslar bilan birgalikda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali qo‘riqlash tizimlarini tashkil etish choralarini ko‘rsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Respublika “Qo‘riqlash” birlashmasini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining muassasadan tashqari qo‘riqlash bosh boshqarmasi etib qayta tashkil qilish to‘g‘risida” 1993-yil 1-martdagi 110-son qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ–352-sonli Qonuni)” 2014-yil 3-martdagi 45-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 16-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 23-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
421-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 421-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari qo‘riqlash bo‘linmalarining (keyingi o‘rinlarda qo‘riqlash xizmati deb ataladi) tashkiliy tuzilishi, vazifalari, majburiyatlari va huquqlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash xizmati — respublika ichki ishlar organlarining davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini shartnoma asosida qo‘riqlashni tashkil etuvchi tarkibiy bo‘linmalari tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy qo‘riqlash — respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda obyektlar va mol-mulkni huquqqa zid tajovuzlardan qo‘riqlash, himoya qilish bo‘yicha maxsus vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan, yuridik shaxs bo‘lmagan tarkibiy bo‘linma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlanadigan obyektlar — huquqqa zid tajovuzlardan qo‘riqlanishi va himoya qilinishi kerak bo‘lgan binolar, imoratlar, inshootlar, ularga tutash hududlar va akvatoriyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naryad — obyekt yoki uning bir qismini qo‘riqlashni ta’minlayotgan, moddiy-tovar boyliklarni kuzatib borayotgan, qo‘riqlanayotgan obyektlardan tushgan tashvishli xabarga tezkor ta’sir ko‘rsatish borasidagi tadbirlarni amalga oshirayotgan qo‘riqlash xizmati xodimi (xodimlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyekt ichki rejimi — qo‘riqlanadigan obyektda belgilangan ichki tartib va yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda tadbirlarini amalga oshirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsat berish rejimi — qo‘riqlanadigan obyektda shaxslarning kirishi (chiqishi), transport vositalarining chiqishi (kirishi), qo‘riqlanadigan obyektlarga mol-mulkni olib kirish va ulardan olib chiqishni nazorat qilish, nazoratsiz kirib-chiqishning oldini olish va unga barham berishning belgilangan tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat tekshiruvi — qo‘riqlash xizmatining davlat, xo‘jalik subyektlariga obyektlar xavfsizligi va qo‘riqlash tizimini tashkil etish yo‘nalishida amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek ehtimoli mavjud huquqbuzarliklarning oldini olish, idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalarida ushbu sohada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va takomillashtirish borasidagi faoliyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Respublika ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari shartnomalar asosida o‘ta muhim, toifalangan va davlat organlarining boshqa obyektlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini qo‘riqlash, moddiy va pul boyliklarini qo‘riqlash-kuzatib borish uchun mo‘ljallangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qo‘riqlash xizmati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Bosh boshqarma deb ataladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mustaqillik maydoni va u erda joylashgan binolarni qo‘riqlash bo‘yicha Komendatura (keyingi o‘rinlarda Komendatura deb ataladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari obyektlarini qo‘riqlash bo‘yicha alohida batalon;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari qo‘riqlash boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda qo‘riqlash boshqarmalari deb ataladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik qo‘riqlash vositalarini monitoring va nazorat qilish markazlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
batalonlar, alohida otryadlar, komanda, guruhlar (keyingi o‘rinlarda saf bo‘linmalari deb ataladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining tuman (shahar)lar ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) qo‘riqlash bo‘limlari (bo‘linmalari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qo‘riqlash xizmati faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlari hamda ushbu Nizom asosida tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qo‘riqlash xizmati naryadlarining ichki tartibi, saf tayyorgarligi va qorovul tartibida xizmatni o‘tashi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy ustavlariga muvofiq va Ichki ishlar vazirining buyruqlariga asosan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Qo‘riqlash xizmatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qo‘riqlash xizmati o‘z faoliyatini jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuzilgan qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etadi, o‘z faoliyatini o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash tamoyili asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish faoliyatidan kelib tushgan mablag‘lar maqsadli ravishda — faqat qo‘riqlash xizmatini ta’minlash va rivojlantirish uchun sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish saf, harbiylashtirilgan va qorovullik bo‘linmalari naryadlari faoliyatini tashkil etish, shuningdek texnik qo‘riqlash vositalari orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qo‘riqlash xizmati saf bo‘linmalarida qo‘mondonlik tarkibi shtat birliklari soni qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq kiritilgan shtat birliklari sonining yigirma foizidan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qo‘riqlash bo‘linmalari boshqaruv apparatlari shtatlari soni qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq kiritilgan shtat birliklari umumiy sonining to‘rt foizi miqdorida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning tariflari (narxi) Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Qo‘riqlash xizmatining asosiy vazifalari, majburiyatlari va huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qo‘riqlash xizmati shaxsiy tarkibiga qonun hujjatlarida ichki ishlar organlari xodimlariga belgilangan huquq va majburiyatlar joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagilar Qo‘riqlash xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma asosida davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash bo‘linmalarida nazorat tekshiruvlari o‘tkazish, idoraviy qo‘riqlanadigan obyektda ichki, ruxsat berish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlanayotgan obyektlarda obyektning ichki va ruxsat berish rejimiga rioya etilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma asosida qo‘riqlanayotgan obyektlarda o‘rnatilgan texnik qo‘riqlash vositalariga xizmat ko‘rsatish, ularni o‘rnatish (sozlash) va ulardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining kadrlar, moliya-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qo‘riqlash xizmati quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulkni qonunga zid tajovuzlardan himoyalash, qo‘riqlash xizmati rahbarlari bilan kelishgan holda obyekt ma’muriyati tasdiqlagan kirib-chiqish yo‘riqnomasiga asosan obyektda ichki va ruxsat berish rejimiga rioya etilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlanayotgan mol-mulkning o‘g‘irlanishi yoki buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xo‘jasizlik va beparvolik namoyon bo‘lishining har qanday ko‘rinishiga o‘z vaqtida munosabat bildirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat o‘tash joylarida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qo‘yish tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlanadigan obyektlarda tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda hodisa va holatlarning oldini olish, ularni bartaraf etishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonib topshirilgan tabel qurollari, maxsus va texnik vositalar, shaxsiy himoya vositalari, xizmat kiyim-boshlari, mol-mulkni ehtiyot qilish va ularning soz holda saqlanishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligini ta’minlash, shuningdek xizmat-jangovar, ijtimoiy-huquqiy, ma’naviy-ruhiy va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha tegishli dasturlarda belgilangan mashg‘ulotlarning shaxsiy tarkib bilan o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi zamonaviy xavfsizlik texnika vositalarini ishlab chiqish, qo‘riqlanayotgan obyektlarga joriy etish va o‘zlashtirish faoliyatini tashkil etish, obyektlarni ehtimoli mavjud bo‘lgan huquqbuzarliklardan ishonchli himoya qilishni ta’minlash uchun ularning monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni tanlashni, joy-joyiga qo‘yish, qo‘nimsizligining oldini olishni va ularning kasbiy tayyorgarligi, xizmat intizomiga rioya etilishini tashkil etish, belgilangan tartibda xodimlarni qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarida belgilangan tartibda safarbarlik tayyorgarligini tashkil etish va ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat sirini saqlash choralarini ko‘rish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qo‘riqlash xizmati xodimlarining xizmat vazifalarini bajarish vaqtidagi huquqlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlanayotgan obyektlar mansabdor shaxslari, ishchi-xizmatchilari va obyekt hududidagi boshqa shaxslardan belgilangan tartibda ruxsat berish va obyekt ichki rejimiga rioya qilishni hamda jamoat tartibini saqlashni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlanayotgan obyektlardagi mol-mulkni saqlash shart-sharoitlari, muhandislik-texnik vositalari holatini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlanayotgan obyektdan mol-mulk, moddiy boyliklar va turli yuklarni noqonuniy olib chiqishga yoki olib kirishga urinayotgan shaxslarni ushlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlanayotgan obyektlarga noqonuniy kirganlar yoki qonunbuzarlik qilganlarning shaxsini aniqlash va ma’muriy protokol tuzish maqsadida ushlash va qo‘riqlash xizmat xonalariga olib kelish, ushlab turish, zarur holatlarda esa ularni tegishli qaror qabul qilish uchun hududiy ichki ishlar organlariga topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari talablariga muvofiq qo‘riqlash posti hududida fuqarolarning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlarini tekshirish, agar ularda qurol, o‘q-dorilar, portlovchi, radioaktiv yoki zaharli moddalar, portlatish qurilmalari, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari yoxud muomalada bo‘lishi taqiqlangan yoki cheklangan boshqa narsalar, qo‘riqlanayotgan obyekt hududiga olib kirilishi va undan olib chiqib ketilishi taqiqlangan ashyolar, buyumlar, vositalar bor deb hisoblashga asoslar mavjud bo‘lsa, fuqarolarni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazishni, ularning ashyolarini, qo‘l yukini, bagajini ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshirish hamda mazkur narsalar, vositalarni va moddalarni olib yurish hamda saqlash uchun qonuniy asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda ularni olib qo‘yish, transport vositalarini ko‘zdan kechirish va tashib o‘tilayotgan yuklarning tovar-transport hujjatlariga muvofiqligini aniqlash. Qo‘riqlanayotgan obyekt hududiga olib kirilishi va undan olib chiqib ketilishi taqiqlangan ashyolar, buyumlar, vositalar ro‘yxati qo‘riqlanayotgan obyekt ma’muriyati tomonidan tasdiqlanadi va kirib-chiqish yo‘riqnomasining ajralmas qismi hisoblanadi;
(16-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar va mansabdor shaxslardan xizmat vazifalari bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi huquqbuzarliklar va xatti-harakatlarni to‘xtatishni talab qilish. Ushbu talablar bajarilmagan taqdirda, huquqqa zid xatti-harakatlar, huquqbuzarliklarga barham berish yuzasidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli choralarni qo‘llash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlanayotgan obyektlar nazorat-o‘tkazish joylari va hududlarida noqonuniy olib chiqilayotgan, olib kirilayotgan mol-mulkni aniqlash va olib qo‘yish uchun, shuningdek g‘ayriqonuniy harakatlarni aniqlash uchun, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, tekshirilayotgan mol-mulk va atrof muhitga ziyon yetkazmaydigan zamonaviy texnik vositalardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlanadigan obyektlarga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan yoki kirishga uringan shaxslarni aniqlash, bunday xatti-harakatlarning oldini olishda xizmat itlaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq qo‘riqlanayotgan obyektlarda huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar va belgilangan tartibga muvofiq jismoniy kuch ishlatish, xizmat hayvonlarini qo‘llash, o‘qotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish va ulardan foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qo‘riqlash xizmati xodimlari va bo‘linmalarining faoliyati quyidagi asosiy normativlar va mezonlar bilan baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naryadlarning obyektlarni qo‘riqlash bo‘yicha faoliyati samaradorligi va jismoniy, yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati (o‘g‘rilikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘g‘rilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish), shartnomaviy majburiyatlarga rioya etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy qo‘riqlash axborot-kommunikatsiya texnologik tizimi (vositalari)ni joriy etish va ko‘rsatilayotgan texnik xizmatning sifati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish, qo‘riqlanayotgan obyekt va fuqaro xonadonlari sonining oshishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalarining nazorat tekshiruvini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish, ularning faoliyatini samarali tarzda muvofiqlashtirish, aniqlangan kamchilik va xatolarni aniq bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan xavfsizlik, videokuzatuv vositalarini o‘rnatish va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida hamkorlik qilishning holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bo‘linmalarning jangovar tayyorgarlik holati, o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarining sifati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy tarkibning kasbiy tayyorgarligi sifati va axloqiy-ruhiy holati, bo‘linmalarda intizom va qonunchilikka rioya etilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati mansabdor shaxslarga obyektlarning muhandislik-texnik mustahkamligidagi kamchiliklarni bartaraf etish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shartnomaviy majburiyatlarni bajarishga, moddiy boyliklar saqlanishini ta’minlash va qo‘riqlash xizmati xodimlari, ishchi-xizmatchilarining mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan taqdimnomalar kiritish huquqiga ega. Belgilangan tartibda rasmiy ogohlantirish, shuningdek huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarga ogohlantirish xati kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qo‘riqlash postida xizmatni o‘tayotgan xodim (patrul) bevosita boshliqlariga va mas’ul navbatchiga bo‘ysunadi. Faqat ushbu shaxslar uni naryaddan ozod qilish yoki almashtirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qo‘riqlash postida xizmatni o‘tayotgan xodim (patrul) qonunga zid bo‘lgan buyruq yoki farmoyish olganda uni bajarishni rad etishi va belgilangan tartibda bu haqda yuqori turuvchi boshlig‘i (komandiri)ga axborot berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qo‘riqlash xizmati shaxsiy tarkibidan faqat belgilangan maqsadlarda — shartnomalar asosida qo‘riqlash faoliyati bilan bog‘liq vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qo‘riqlash xizmati naryadlarining vazifalari, ularning faoliyatini tashkil etish, xizmatni o‘tash, uni nazorat qilish tartib-qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Qo‘riqlash xizmati naryadlari faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan obyektlar hamda ixtiyoriy ravishda murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki, obyektlari shartnomaga asosan qo‘riqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Obyektni qo‘riqlashni tashkil etish masalasi obyektlar ma’muriyati va qo‘riqlash xizmati vakillarining hamkorligida belgilanadi. Bunda obyektning joylashuvi, muhandislik-texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlanganlik darajasi, hududdagi kriminogen vaziyat va boshqa holatlar e’tiborga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Qo‘riqlash xizmati xodimi maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar va o‘qotar qurolni qo‘llash bilan bog‘liq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini ta’minlash uchun maxsus tayyorgarlikdan va davriy tekshiruvlardan o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Qo‘riqlash xizmati naryadlarining xizmati 8 soatlik yoki 12 soatlik smenalar asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektning joylashuvi, uning va xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, naryadlarning xizmati sutkalik va vaxta usulida tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Naryadlar xizmati 24 soatli smenalar bo‘yicha tashkil etilganda, naryad a’zolarining har biriga navbatma-navbat ovqatlanish va qisqa muddatli dam olish uchun uch smenali rejimda sakkiz soat, to‘rt smenali rejimda olti soat vaqt ajratiladi. Ushbu vaqt ish vaqtiga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Vaxtaning davomiyligi yetti sutkagacha belgilanadi va bunda xizmat qorovullik tartibida tashkil etiladi. Qorovullik xizmati tashkil etilganda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik xizmati to‘g‘risidagi ustavda belgilangan tartibga amal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaxta usulida xizmat tashkil etilganda, xodimlarning dam olishi, ovqatlanishi, yuvinishi va ular bilan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish, ularning tabel qurollarini saqlash bo‘yicha tegishli shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. O‘ta muhim va toifalangan obyektlarda naryadlar xizmatini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Banklarni qo‘riqlash bo‘yicha naryadlar xizmatini tashkil etish shart-sharoitlari o‘ziga xos tomonlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatga asosan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Texnik qo‘riqlash punktlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatning hammabopligini ta’minlash maqsadida obyektlar alohida guruhlarga (ijtimoiy ahamiyati, saqlanayotgan moddiy-tovar boyliklar miqdori va soni va shu kabilarga asosan) tasniflanadi. Qo‘riqlash bo‘linmalariga amaldagi tariflarini foiz hisobida kamaytirgan holda xizmat ko‘rsatishga ruxsat etiladi. Obyektlarni guruhlarga klassifikatsiyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri buyrug‘i asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalarida nazorat tekshiruvlarini o‘tkazish va muvofiqlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Nazorat tekshiruvlari qo‘riqlash xizmati tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini himoya qilish va daxlsizligini ta’minlashda yagona siyosat yuritilishini ta’minlash hamda idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanayotgan obyektlarda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar obyektlarining (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, ularga bo‘ysunuvchi yuridik shaxslar va ular tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlar bundan mustasno) nazorat tekshiruvi reja asosida, har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladi.
(32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxslarning tashabbusi bilan, shartnoma asosida, ularga tegishli obyektlarda ham nazorat tekshiruvlari o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Nazorat tekshiruvida ichki ishlar organlarining yong‘in xavfsizligi xizmati va hududiy profilaktika inspektorlari ishtirok etadi hamda ichki ishlar organlarining manfaatdor xizmatlari vakillari va boshqa mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Nazorat tekshiruvi obyekt qo‘riqlash bo‘linmasi rahbarlari va obyekt ma’muriyati vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Nazorat tekshiruvi jarayonida quyidagilar o‘rganiladi va muvofiqlashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy qo‘riqlashning tashkil etilganligi holati, qo‘riqlash shtat birliklarining jamlanganligi, qo‘riqlash xodimlarining xizmat va jangovar tayyorgarligi, ular bilan o‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazilishi; postlar soni, xususiyati, ularning yopilishi; xizmatni o‘tash tartibi, post hujjatlarining yuritilishi (post joylashuvi, xizmat vazifalari, ish jadvallari, yo‘riqnoma, xizmatga tarqatish kitobi va shu kabilar); xodimlarning huquq va burchlari, xizmat o‘talishining tekshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektning qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi va videokuzatuv tizimlari holati, ularning belgilangan me’yorlarga mosligi, obyektning muhandislik-texnik vositalar bilan jihozlanganligi, turniketlar mavjudligi, eshiklar, derazalar, devorlar, to‘siqlar, yoritish tizimining holati va hokazolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy qo‘riqlash xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat, tekshiruv xonalarining jihozlanishi, telefon va boshqa aloqaning mavjudligi, xodimlarning xizmat kiyim-bosh bilan ta’minlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud maxsus vositalar, qurol-aslahalarga ruxsatnomalarning mavjudligi, ularning holati, hisob-kitobi, saqlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektda ichki rejim va ruxsat berish rejimi o‘rnatilganligi, uning tartibini belgilovchi hujjatlarning mavjudligi, ruxsatnoma tizimining mavjudligi va unga amal qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyekt xodimlari va xizmatchilari va obyekt atrofida yashovchi fuqarolar bilan huquqbuzarliklarning oldini olish borasida o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar va yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir olib borilayotgan ishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qorovul itlardan foydalanish tartibi, ularning xizmat sifatlari, ularning saqlanishi va parvarish qilinishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari faoliyatini nazorat tartibida tekshirish va muvofiqlashtirish jarayonida obyektning qo‘riqlanishini tashkil etish, xavfsizligini ta’minlashga doir boshqa masalalar ham o‘rganiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Nazorat tekshiruvi natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi va ishtirok etgan vakillar tomonidan imzolanadi. Dalolatnomada obyektning qo‘riqlash-xavfsizlik tizimida aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatilib, ularni bartaraf etish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildiriladi, buning uchun aniq muddatlar belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Obyekt ma’muriyati aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tegishli obyektlarning ichki va ruxsat berish rejimi, qo‘riqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha reja (dastur) ishlab chiqadi. Kamchiliklarni bartaraf etish va qo‘riqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan muddatlarda ma’lumot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘riqlash xizmati kamchiliklarni bartaraf etish, tegishli obyektlarning ichki va ruxsat berish rejimi, qo‘riqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha reja (dastur) ijrosini muvofiqlashtiradi va belgilangan muddatdan so‘ng nazorat tariqasida tekshiruv tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. O‘tkazilgan nazorat tekshiruvlari natijalari Bosh boshqarma tomonidan umumlashtirilib, tekshirilgan obyektlarning tegishli respublika boshqaruv organlariga zarur tavsiyalar bilan birgalikda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Nazorat tekshiruvini rejalashtirish, o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Qo‘riqlash xizmatining moddiy-texnik ta’minoti, xodimlarning ijtimoiy himoyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Qo‘riqlash xizmatiga moddiy-texnika vositalari, xizmat xonalari qo‘riqlanayotgan obyektlarning korxonalari va muassasalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Qo‘riqlash xizmati o‘z mablag‘lari hisobiga xizmat binolarini belgilangan tartibda loyihalashtirishi va qurishi hamda xizmat binolarini qurishda ulush hisobida ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Qo‘riqlash xizmati xodimlariga xizmatni o‘tash davri davomida uy-joy quyidagilar hisobidan beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlari hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlari va mol-mulki qo‘riqlanayotgan tashkilotlar tomonidan ularning xodimlari va xizmatchilari bilan umumiy asoslarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash xizmatining o‘z mablag‘lariga qurilgan uy-joy fondi hisobidan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yotoqxonaga ega bo‘lgan tashkilotlar shartnoma asosida ulardan qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari xodimlariga turar joy beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Qo‘riqlash xizmati xodimlariga va ularning oila a’zolariga ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalari, maktabgacha ta’lim muassasalari, shuningdek qo‘riqlanayotgan obyektlarning poliklinikalari, kasalxonalari, sanatoriylari, dam olish uylari, maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Mehnat sharoitlari sog‘liq uchun zararli bo‘lgan obyektlarda xizmat qiluvchi qo‘riqlash xizmati xodimlari shu obyektlarning ishchi va xizmatchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyoz va qulayliklardan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Komendaturaning moliya-xo‘jalik ta’minoti tegishli qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Qo‘riqlash xizmati xodimlarining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Qo‘riqlash xizmati xodimi g‘ayriqonuniy harakati yoki harakatsizligi, shuningdek xizmat vazifasini to‘laqonli bajarmagani uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Qo‘riqlash xizmati xodimi xizmat intizomini buzganligi uchun Ichki ishlar organlarining Intizom ustaviga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 421-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) o‘z vakolati doirasida davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlashga doir ichki ishlar organlari funksiyalarini amalga oshiradigan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining (keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston Respublikasi IIV deb ataladi) mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va O‘zbekiston Respublikasi IIVning buyruqlari va farmoyishlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bosh boshqarma Mustaqillik maydonini va u erda joylashgan binolarni qo‘riqlash bo‘yicha Komendatura, Toshkent shahrida joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari obyektlarini qo‘riqlash bo‘yicha alohida batalon, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari qo‘riqlash boshqarmalari, texnik qo‘riqlash vositalari monitoring va nazorat markazlari, saf bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, shaharlar va tumanlar ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning qo‘riqlash bo‘limlari (bo‘linmalari) (keyingi o‘rinlarda qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari deb ataladi)ga rahbarlik qiladi va ularning faoliyatini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bosh boshqarma tarkibida qo‘riqlash, moliya-xo‘jalik, xizmat faoliyatini tashkil etish va rahbarlik qilish bo‘yicha boshqarmalar, bo‘limlar va bo‘linmalar tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri zarur holatlarda Bosh boshqarmaning tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bosh boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘zining nomi davlat tilida yozilgan muhrga, O‘zbekiston Respublikasining bank hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bosh boshqarmada ish yuritish va maxfiylik tartibi bo‘yicha tadbirlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Bosh boshqarma va qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari o‘z faoliyatini shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilgan qo‘riqlash xizmati evaziga tushadigan mablag‘lardan samarali foydalanish, o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash, xarajatlarini qoplash va mustaqil xo‘jalik yuritish tamoyili asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh boshqarma va qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining shtatlari va xarajatlar smetalari moliya organlarida qayd etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarni IIVning boshqa tarkibiy bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari va boshqa tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikda hal etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatini tashkil etishi va metodik rahbarlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini shartnoma asosida qo‘riqlashni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash bo‘linmalarida nazorat tekshiruvlarini o‘tkazish, idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari obyektlarida ichki va ruxsat berish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlanayotgan obyektlarda ichki va ruxsat berish rejimini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashga doir tadbirlarda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlanayotgan obyektlardagi texnik qo‘riqlash vositalaridan foydalanish, ularni o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatishni shartnoma asosida amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya-xo‘jalik faoliyatini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkiliy-shtatlar va kadrlar ishlarini muvofiqlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yuklangan vazifalariga muvofiq Bosh boshqarma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish va ularga metodik rahbarlik qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminologik prognozlarni, statistik ma’lumotlarni, axborot materiallari va boshqa materiallarni to‘plash, umumlashtirish, tahlil qilishni amalga oshiradi, qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari xizmat faoliyati masalalari bo‘yicha ma’lumotlar bankini yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatini monitoring, nazorat qilishni, metodik boshqarishni, joriy va istiqbolli rejalashtirishni amalga oshiradi, shartnoma asosida mol-mulk va obyektlarni qo‘riqlash doirasida ularga yuklangan vazifalarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari shaxsiy tarkibi bilan real holatga yaqinlashtirilgan sharoitlarda harakatlanish jarayonida har tomonlama ta’minot, boshqaruv, shuningdek amaliy harakatlar yuzasidan qo‘mondonlik-shtab, maxsus-taktik va operativ-taktik mashqlar, mashg‘ulotlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatini kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, shuningdek axborot xavfsizligini ta’minlashning samarali mexanizmini yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulk va obyektlarning qo‘riqlanishini ta’minlashda jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik shakllari va usullarini takomillashtiradi, shuningdek Bosh boshqarmaning vakolati doirasidagi boshqa masalalar bo‘yicha turli tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlashni muvofiqlashtirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning obyektlari va mol-mulkining qo‘riqlash uchun qabul qilinishiga, mol-mulkni qo‘riqlash, moddiy boyliklarni qo‘riqlash-kuzatish bilan bog‘liq pulli xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etishga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning obyektlarini qo‘riqlashni ta’minlayotgan qo‘riqlash xizmati saf bo‘linmalari, harbiylashtirilgan qo‘riqlash va qorovullik bo‘linmalari naryadlari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulk, moddiy boyliklar, pul va boshqa boyliklarni samarali qo‘riqlash va ularni qo‘riqlash-kuzatish bo‘yicha qo‘riqlash xizmati faoliyatining shakl va usullarini shakllantiradi va amaliyotga tatbiq etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriminogen, terrorchilik, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlarda harakatlanish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab va maxsus-taktik o‘quv-mashg‘ulotlari, mashqlarni rejalashtiradi, tayyorgarlik ko‘radi va o‘tkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlari boshqa xizmatlari bilan hamkorlikda o‘z vakolatlari doirasida qo‘riqlanayotgan obyektlar, ularning hududlarida qonunga zid tajovuzlar va huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qo‘yish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qo‘riqlash bo‘linmalarini nazorat tekshiruvidan o‘tkazish, idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari obyektlarida ichki va ruxsat berish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash bo‘linmalarida nazorat tekshiruvlari o‘tkazadi, idoraviy qo‘riqlash tashkil etilishini, xodimlarning xizmatni o‘tashini, ularning kasbiy tayyorgarligini, obyektlarning texnik mustahkamligi va jihozlanishini o‘rganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, ularga bo‘ysunuvchi yuridik shaxslar va ular tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlardan tashqari, boshqa idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlarning ichki va ruxsat berish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
(10-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy qo‘riqlash tizimini takomillashtirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) qo‘riqlanayotgan obyektlarda ichki va ruxsat berish rejimini ta’minlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlanayotgan obyektlardagi ichki va ruxsat berish rejimga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari ishlarini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlarining boshqa xizmatlari bilan hamkorlikda o‘z vakolatlari doirasida qo‘riqlanayotgan obyektlar, ularning hududlarida qonunga zid tajovuzlar va huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qo‘yish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xolisona nazorat qilishning zamonaviy texnologiyalari va vositalarini qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatiga joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) jamoat tartibini saqlashda va jamoat xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat tartibini saqlashni va qo‘riqlanadigan obyektlarda va yondosh hududlarda xavfsizlikni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlanadigan obyektlar hududlarida huquqbuzarliklarni aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘radi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlari, shu jumladan yo‘l-patrul xizmati, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyat-qidiruv, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘linmalari, shuningdek jamoat tartibini saqlash va qo‘riqlanayotgan obyektlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy tadbirlarni, shu jumladan bayramlar, xalq sayllarini o‘tkazish davomida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yagona dislokatsiyaga muvofiq ishtirok etishni ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) shartnoma asosida qo‘riqlanayotgan obyektlardagi texnik qo‘riqlash vositalaridan foydalanish, ularni o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlanayotgan obyektlarda texnik qo‘riqlash vositalarini qo‘llash bo‘yicha yagona texnik siyosat yuritilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulk va obyektlarni qo‘riqlash bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish hamda texnik qo‘riqlash vositalari yordamida jismoniy shaxslarning xavfsizligini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik qo‘riqlash vositalaridan foydalanish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari muhandis-texnik tarkibi xodimlari ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi zamonaviy xavfsizlik texnika vositalarini ishlab chiqish, o‘zlashtirish va qo‘riqlanayotgan obyektlarga joriy etish faoliyatini muvofiqlashtiradi, obyektlarni bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqqa zid harakatlardan ishonchli himoya qilishni ta’minlash uchun ularning monitoringini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash texnik vositalarini sinovi va tekshiruvini tashkil etadi, O‘zbekiston Respublikasida qo‘riqlash asbob-uskunalaridan foydalanish borasida tavsiyalar beradi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari foydalanishiga ruxsat berilgan qo‘riqlash texnik vositalari ro‘yxatini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
montaj ishlari hajmiga nisbatan shtatlari soni belgilanadigan, o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash, qoplash tamoyillari asosida montaj brigadalari (guruhlari) tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash faoliyati masalalari bo‘yicha maslahat-texnik kengashlar, amaliy uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar o‘tkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatlashtirilgan xabarlar uzatish tizimi texnik asbob-uskunalarni modernizatsiyalash va ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar o‘tkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) moliya-xo‘jalik faoliyatini tashkil etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining buxgalteriya hisoboti, moliya-xo‘jalik faoliyati tahlilini yuritadi, moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha yig‘ma va umumlashtirilgan statistika hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzadi va belgilangan muddatlarda tegishli idoralarga taqdim etadi, qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining daromadlar va xarajatlar smetasini rejalashtiradi, tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalariga debitorlik qarzlarni undirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatadi va ularning faoliyatini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatga haq to‘lash, mukofotlash shartlari, imtiyozlar, oylik pul maoshlari, qo‘shimcha maoshlar, tarif stavkalari, qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari xodimlariga haq to‘lashning boshqa shartlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarida hisob-kitob va hisobotlarning holatini, pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning sarflanishi va saqlanishini, iqtisod tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi, foydalanilmayotgan tovar-moddiy boyliklarni belgilangan tartibda qayta taqsimlash choralarini ko‘radi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari ehtiyojini hisobga olgan holda shaxsiy tarkibga forma kiyim-kechagi va boshqa zarur moddiy-texnika resurslari bo‘yicha buyurtmanomalarni ishlab chiqadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli xizmatlariga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy-texnika vositalari (qurol-yarog‘lar, transport vositalari, yoqilg‘i-moylash materiallari, maxsus vositalar, tashkiliy texnika, radiostansiyalar, aloqa vositalari va shaxsiy himoya vositalari) tegishlilik tabelini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek ularning hisobini amalga oshiradi va oqilona foydalanilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash boshqarmalari tasarrufidagi bino, inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etadi hamda nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) tashkiliy-shtat va kadrlar ishlari sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining tuzilmalari va shtatlarini ishlab chiqadi, shtatlar sonini kiritish (qisqartirish) va qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarini qayta tashkil etish to‘g‘risida buyruqlar loyihalarini tayyorlaydi, shtat intizomiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi va aniqlaydi, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi IIV ixtisoslashgan ta’lim muassasalari bazalarida xodimlarni boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi va shu maqsadda zaruratga ko‘ra xorijiy davlatlarga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari xodimlarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, harbiylashgan qo‘riqlash va qorovullik, muhandis-texnik bo‘linmalari uchun kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarida demokratik asoslarni rivojlantirish, ularni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga, ushbu Nizomga va lavozimlar nomenklaturasiga asosan belgilangan tartibda ichki ishlar organlariga kadrlarni tanlash, tanlov asosida qabul qilish, tayinlash, joy-joyiga qo‘yish, rotatsiya qilish, egallab turgan lavozimidan ozod etish va xizmatdan bo‘shatish, attestatsiyadan o‘tkazish, ta’tillar berish va boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari xodimlarining ma’naviy-ruhiy holatini nazorat qiladi va doimiy monitoring olib boradi, ularni o‘qitish, tarbiyalash va shaxsiy tarkib o‘rtasida favqulodda hodisalar ro‘y berishining oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat vazifalarini bajarish vaqtida vafot etgan xodimlarning oila a’zolariga ijtimoiy hamda ma’naviy yordam ko‘rsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari xodimlarining huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy bilimlarini oshirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etadi hamda ular tomonidan ichki ishlar organlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy tarkibning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, ma’naviy-psixologik sog‘lomlashtirish, ruhiy barqarorligini shakllantirish borasidagi ishlarni tashkil etadi va amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh boshqarma qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Bosh boshqarmaning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun Bosh boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tomonidan majburiy qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan obyektlar ro‘yxati hamda idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlashni tashkil etish huquqiga ega bo‘lgan respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 907-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda qo‘riqlash-yong‘indan ogohlantirish signalizatsiyasi apparatlari, boshqa texnik vositalar va materiallarni sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash faoliyatini takomillashtirish va yanada rivojlantirish masalalarida boshqa davlatlarning tashkilotlari va huquqni muhofaza qilish organlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama amaliy hamkorlik va xalqaro amaliy hamkorlikni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash faoliyati sohasida qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotnoma axborot va boshqa materiallarni O‘zbekiston Respublikasi IIV tizimidagi organlar va bo‘linmalardan belgilangan tartibda so‘rab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi IIV va uning bo‘linmalarining ma’lumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiyalar, kengashlar va boshqa maslahat organlarini, shu jumladan manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tegishli tuzilmalari vakillari ishtirokida tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
byulleten, normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamlarini, konferensiyalar materiallarini nashr etish orqali qo‘riqlash faoliyati masalalariga doir axborotni taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bosh boshqarma quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z vakolatlari doirasida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini himoya qilish choralarini ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari ishi to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bosh boshqarmaga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh boshqarma boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bosh boshqarma boshlig‘i:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Bosh boshqarma ishlarini tashkil etadi va unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Bosh boshqarma vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha respublika davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi IIV nomidan vakillik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Bosh boshqarma bo‘limlari (bo‘linmalari), Alohida batalonning nizomlari, funksional majburiyatlari va ish rejalarini, Komendaturaning funksional majburiyatlari va ish rejalarini tasdiqlaydi, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahri IIBB, viloyatlar IIB qo‘riqlash boshqarmalari nizomlari (ustavlari)ni kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) o‘z o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning yuklatilgan xizmat yo‘nalishlari bo‘yicha bajariladigan ishlar uchun shaxsiy javobgarligini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) tinchlik va favqulodda holat davri, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzasidan maxsus rejalashtirish va harbiy safarbarlik masalalarini tashkil etadi va nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) tasdiqlangan smeta doirasida pul mablag‘lari sarflanishini boshqaradi, belgilangan tartibda banklarda va ularning filiallarida joriy va boshqa hisob raqamlari ochadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) kamomaddan, rastratadan, o‘g‘irlikdan ko‘rilgan va sud tomonidan undirib olish rad etilgan zararlarni, qaytarib olishning iloji yo‘q deb hisoblangan boshqa qarzlarni, aniq aybdorlarni aniqlash mumkin bo‘lmagan holatlarda boyliklarning me’yordan ortiqcha miqdorda tabiiy buzilishi tufayli ko‘rilgan zarar va yo‘qotishlar tufayli yetishmagan boyliklarni, shuningdek asosiy fondlar hisobida bo‘lgan ma’naviy eskirgan va kelgusida foydalanishga yaroqsiz asbob-uskunalarni qonun hujjatlariga muvofiq hisobdan chiqarishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) ishlab chiqilayotgan qo‘riqlash signalizatsiyasi asbob-uskunalari, texnik qo‘riqlash markaz (punkt)lari qurilishining namunaviy loyihalari texnik shartlarini kelishadi, texnik topshiriqlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatining barcha masalalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qo‘rib chiqadi, kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi, kiritilgan takliflarni amalga oshiradi, ushbu ishlar tashkil etilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) shaxsiy tarkibni tanlash, joy-joyiga quyish, o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha ishlarni tashkil etish, Bosh boshqarmada va uning joylardagi bo‘linmalarida shtat-moliya intizomiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga quyidagilar to‘g‘risida takliflar va taqdimnomalar kiritadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari tashkiliy tuzilmasi va shtatlarini o‘zgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, bo‘lim boshliqlarining o‘rinbosarlari, Komendatura boshlig‘i, Alohida batalon komandirini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahri IIBB va viloyatlar IIBlari rahbariyati bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahri IIBB va viloyatlar IIBlari qo‘riqlash boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh boshqarma, Komendatura, Alohida batalonning ofitserlar tarkibiga maxsus unvonlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari xodimlarini davlat va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) Bosh boshqarma va uning saf bo‘linmalari xizmatiga nomzodlarni tanlov asosida saralab olish bo‘yicha belgilangan tartibda komissiya tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) harbiylashtirilgan qo‘riqlash, qorovullik bo‘linmalari shtatlarini kiritish (qisqartirish) va qayta tashkil etish bo‘yicha buyruqlar chiqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) Bosh boshqarma, Alohida batalonning safdorlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi, ishchi va xizmatchilarini xizmat (ish)ga qabul qilish, tayinlash, joy-joyiga qo‘yish, vaqtincha chetlatish, lavozimdan ozod etish va xizmat (ish)dan bo‘shatishni amalga oshiradi, Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, Alohida batalon komandiri bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xavfsizlik xizmati bilan kelishgan holda Komendaturaning safdorlar, serjantlar va ofitserlar tarkibini (Komendatura boshlig‘idan tashqari), ishchi va xizmatchilarini xizmat (ish)ga qabul qilish, tayinlash, joy-joyiga qo‘yish, vaqtincha chetlatish, lavozimdan ozod etish va xizmat (ish)dan bo‘shatishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) Bosh boshqarma, Komendatura va Alohida batalonning safdorlar tarkibiga “safdor”, serjantlar tarkibiga “serjant”, “katta serjant”, ichki ishlar organlariga yangidan qabul qilinib, ofitserlik lavozimlariga tayinlanayotganlarga “katta serjant” maxsus unvonlarini beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18) qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari xodimlarini belgilangan tartibda rag‘batlantiradi va intizomiy jazo beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19) lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20) o‘z vakolati doirasida, qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarida yo‘l qo‘yilgan qonuniylik, xizmat va mehnat intizomi buzilishi holatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazishni tayinlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21) Bosh boshqarma xodimlarini belgilangan tartibda xizmat safarlariga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22) Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahri IIBB, viloyatlar IIBlari qo‘riqlash boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalariga ko‘ra quyidagilarni lavozimga tayinlaydi, lavozimdan ozod etadi, vaqtincha chetlatadi va xizmatdan bo‘shatadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahri IIBB, viloyatlar IIBlari qo‘riqlash boshqarmalari-bo‘limlari boshliqlarining o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, bo‘lim boshliqlarining o‘rinbosarlari, bo‘linma boshliqlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar markazlari va Nukus shahri, Toshkent shahri tumanlari qo‘riqlash bo‘limlarining boshliqlarini, batalonlar komandirlari va ularning o‘rinbosarlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichki ishlar organlari tuman qo‘riqlash bo‘limlari bo‘linmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishni kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24) qonun hujjatlariga muvofiq Bosh boshqarma vakolatiga tegishli bo‘lgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Bosh boshqarma boshlig‘i bo‘lmaganda, uning vakolatlarini Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari — qo‘riqlash faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Bosh boshqarma boshlig‘i huzurida xizmat hamda moliya-xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish istiqbolining muhim masalalari, signalizatsiyaning arzon va ishonchli vositalarini rivojlantirish va joriy etish bo‘yicha qarorlar ishlab chiqish uchun Kengash tuziladi, uning tarkibiga Bosh boshqarma xodimlari va qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining eng tajribali xodimlari kiradi. Kengash qarorlari tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etishning ushbu Nizomda nazarda tutilmagan masalalari qonun hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 421-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAShKILIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 421-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 421-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari Qo‘riqlash boshqarmalarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 421-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahari Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmasi Qo‘riqlash boshqarmalari alohida batalon (otryad)larining namunaviy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 421-son qaroriga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahari Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari tuman va shahar Ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) qo‘riqlash bo‘limlari (bo‘linmalari)ning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 421-son qaroriga
8-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 322-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 09/18/322/1172-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-yanvardagi 16-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-yil, 1-son, 8-modda) 5-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilarning ruscha matnidagi “Respublikanskogo obyedineniya “Oxrana” pri Ministerstve” va “Respublikanskim obyedineniyem “Oxrana” pri Ministerstve” so‘zlari “Glavnogo upravleniya oxrani Ministerstva” va “Glavnim upravleniyem oxrani Ministerstva” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 26-son, 589-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son, 08.05.2018-y., 09/18/322/1172-son, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son)