23.06.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2443-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining Qarori, 23.06.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2443-2
Date of entry into force
27.06.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2443-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/5-son qarori (roʻyxat raqami 2443, 2013-yil 25-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 13-son, 169-modda) bilan tasdiqlangan Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A. YUSUPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 31-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
239/7-son

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/7-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF–4958-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) ekspert kengashi faoliyatini tartibga soladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ekspertiza — hujjatlarning mohiyati va amalga oshirilgan attestatsiya tadbirlarining oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosa berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy ekspertiza — dissertatsiya va nashr qilingan ishlar ilmiy natijalarining yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyatini baholash, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosa berish.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 4-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarning va ilmiy unvonlar beruvchi kengashlarning ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish ishlarini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Ekspert kengashi oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarning eng maqbul (optimal) tarmogʻini shakllantirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarni tuzish va qayta tasdiqlashga oid hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda ularni tuzish (qayta tasdiqlash)ning maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar beruvchi kengashlarning ish tajribasini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish boʻyicha murojaatnomalarni koʻrib chiqadi va OAK Rayosati majlisida koʻrib chiqish uchun tegishli tavsiyalar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nostrifikatsiya qilish boʻyicha murojaatnomalarni koʻrib chiqadi va OAK Rayosati majlisida koʻrib chiqish uchun tegishli tavsiyalar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy darajalar va ilmiy unvonlardan mahrum etish va ularni tiklash masalalarini koʻrib chiqadi va OAK Rayosati majlisida koʻrib chiqish uchun tegishli tavsiyalar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar beruvchi kengashlarning qarorlari yuzasidan berilgan apellatsiyalarni koʻrib chiqadi va OAK Rayosati majlisida koʻrib chiqish uchun tegishli tavsiyalar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoya qilingan dissertatsiyalarning ilmiy va amaliy natijalarini tahlil qiladi va ular yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar va Fanlar akademiyasiga tegishli materiallar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari roʻyxatini takomillashtirishga, yangi ixtisosliklar pasportlari va malakaviy imtihonlar dasturlarini tayyorlashga oid takliflarni koʻrib chiqishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar va tashkilotlarning murojaatlarini, jumladan apellatsiyalarni koʻrib chiqishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OAK Rayosatiga ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar beruvchi u yoki bu kengash faoliyatini davom ettirishi maqsadga muvofiqligiga yoxud kengash rahbariyatini oʻzgartirishga doir tavsiyalar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OAK rahbariyati topshirigʻiga asosan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil tadqiqotchilik institutlari tomonidan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash sifatining monitoringini oʻtkazishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazishga aloqador boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Ekspert kengashi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarga qoʻshimcha xulosa olish uchun dissertatsiyalarni yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetarlicha asoslanmagan xulosani qayta ishlash uchun ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashga qaytarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy daraja talabgorlarini, dissertatsiya himoyasi yoki uning jamoaviy taqrizi oʻtkazilgan ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash rahbarini, rasmiy opponentlarni, ilmiy rahbarlarni (maslahatchilarni), shuningdek yetakchi tashkilot vakillarini oʻz majlislariga taklif qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz majlislarida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar va ilmiy unvonlar beruvchi kengash rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakillarini ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar majlislariga yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda dissertatsiya boʻyicha rasmiy opponentlarni tavsiya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyatini tekshirishda OAK nomidan ishtirok etish.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Ekspert kengashi tarkibiga kamida 5 yillik ilmiy va pedagogik ish tajribasiga ega boʻlgan hamda ilmiy daraja olgan mutaxassis tayyorlagan fan doktorlari kiritiladi. Fan nomzodi yoxud falsafa doktori (Doctor of Philosophy) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajaga ega mutaxassisning ekspert kengashining ilmiy kotibi etib tayinlanishiga istisno tariqasida yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert kengashi kamida 9 nafar va koʻpi bilan 21 nafar mutaxassis-olimlardan iborat tarkibda shakllantiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 10-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarayotgan ekspert kengashi raisi, rais oʻrinbosari (oʻrinbosarlari) va ilmiy kotibi oʻz vazifasini keyingi muddatda OAK Rayosatining qarori asosida davom ettirishi mumkin.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 11-banddagi “fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash” degan soʻzlar “ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash aʼzosi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 12-banddagi “tarmoqlari” degan soʻz “sohalari” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 17-banddan “attestatsiya ishini, shu jumladan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“23. Ekspert kengashi tomonidan fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini va professor ilmiy unvonini berish boʻyicha murojaatlar 2 oy ichida, falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini hamda dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlarini berish boʻyicha murojaatlar 1,5 oy ichida koʻrib chiqiladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“26. Iyul-avgust oylari ekspert kengashi tomonidan attestatsiya ishlarini koʻrib chiqish muddatlarini hisoblashda inobatga olinmaydi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 32-banddagi “Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash yoki ilmiy unvon” degan soʻzlar “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar yoki ilmiy unvonlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. 33-banddan “ilmiy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. 34-banddagi “maslahatchisi” degan soʻz “rahbari (maslahatchisi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. 35-banddagi “Ekspert kengashi majlisining xulosasi unda ishtirok etgan” degan soʻzlar “Ekspert kengashining xulosasi uning majlisda ishtirok etgan va ovoz berish huquqiga ega boʻlgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi hamda Fan va texnologiyalar agentligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. MIRZAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 29-may

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri R. KASIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 29-may
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 29-may
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 29-may
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 29-may
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Madaniyat vaziri M. MURATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 30-may

Fanlar akademiyasi prezidenti v.v.b B. IBRAGIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 30-may
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R. KURBANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 30-may
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori M. BOLTABAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 30-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 572-modda)