23.06.2017 yildagi 414-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.06.2017 yildagi 414-son
Date of entry into force
27.06.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 23-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
414-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 414-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni (keyingi o‘rinlarda terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslar deb ataladi) ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomning amal qilishi terrorchilikka qarshi operatsiyalar o‘tkazilgan zonada zarar ko‘rgan shaxslarga tez tibbiy yoki boshqa shoshilinch yordam ko‘rsatishga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish ularni normal hayot faoliyatiga qaytarish maqsadida o‘tkaziladi va huquqiy yordam berishni, ularning ruhiy, tibbiy, kasbiy reabilitatsiyasini, ularni ishga joylashtirishni, zarur hollarda ularga obod turar joy va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa yordam berishni o‘z ichiga oladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarga bir vaqtning o‘zida ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha yordamning ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan bir nechta turi (keyingi o‘rinlarda ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha yordam berish deb ataladi) ko‘rsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xorijiy davlatlarda sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida zarar ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ijtimoiy reabilitatsiya qilish, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsni jabrlangan deb e’tirof etish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi ijtimoiy reabilitatsiyani amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Ijtimoiy reabilitatsiya qilish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha yordamning tegishli turi ko‘rsatilishini ta’minlash uchun terrorchilikka qarshi kurashuvchi davlat organlari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti vakillaridan iborat tarkibda Ijtimoiy reabilitatsiya qilish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiya (keyingi o‘rinlarda Idoralararo komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoralararo komissiya tarkibiga ko‘rib chiqilayotgan masalaning o‘ziga xosligidan (huquqiy yordam, ruhiy, tibbiy, kasbiy reabilitatsiya, ishga joylashtirish, obod uy-joy berish va shu kabilar) kelib chiqib tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari kiritilishi mumkin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Terrorizmga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek Idoralararo komissiya faoliyatini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari Idoralararo komissiyaning raisi hisoblanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Idoralararo komissiyaning shaxsiy tarkibi va ish reglamenti uning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha yordam olish uchun terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslar yoki ularning vakillari Idoralararo komissiyaga yozma tarzda murojaat qiladilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili va talab etiladigan yordam turi ko‘rsatilgan holda ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha yordamning tegishli turi ko‘rsatilishini ta’minlash uchun ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha yordam berish to‘g‘risidagi ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsning pasporti yoki uning shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjatning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsning vakili murojaat qilgan taqdirda vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatning asl nusxasi va uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsni terrorchilik oqibatida zarar ko‘rgan deb e’tirof etish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sud ajrimining nusxasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish zarar ko‘rgan shaxslar yoki ular vakillarining yozma murojaatisiz davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarning tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tegishli davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar Idoralararo komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili va talab etiladigan yordam turi ko‘rsatilgan holda ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha yordam berish to‘g‘risidagi xat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjatning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsni terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan jabrlanuvchi deb e’tirof etish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sud ajrimining nusxasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsning yoki uning vakilining, shuningdek ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarning murojaati Idoralararo komissiya tomonidan besh ish kuni mobaynida ko‘rib chiqilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ushbu Nizomning 10 va 11-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilgan, shuningdek hujjatlarni rasmiylashtirishda noaniqliklar aniqlangan taqdirda Idoralararo komissiya ikki kun mobaynida murojaat qilgan shaxslardan yoki davlat organlari va boshqa tashkilotlardan yetishmayotgan hujjatlarni yoki aniqlangan noaniqliklarni bartaraf etish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Taqdim etilgan hujjatlarda yolg‘on ma’lumot ko‘rsatilishi holati aniqlanganda Idoralararo komissiya ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha yordam ko‘rsatishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoralararo komissiya terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsni yoki uning vakilini yoxud tegishli davlat organi va boshqa tashkilotni ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha yordam berish rad etilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida bunday qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida rad etish sabablarini ko‘rsatib yozma shaklda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Idoralararo komissiya terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsning yoki uning vakilining yoxud davlat organi yoki boshqa tashkilotning murojaatini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha talab etiladigan yordam turidan kelib chiqib ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha yordam beradigan mas’ul davlat organi yoki muassasani (keyingi o‘rinlarda ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha mas’ul organ deb ataladi) belgilaydi va shaxsni unga ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha yordam berish uchun yo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Idoralararo komissiya tomonidan qabul qilingan qaror bunday qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha mas’ul organga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Idoralararo komissiya terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsni yoki uning vakilini, shuningdek ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan holatda tegishli davlat organi va boshqa tashkilotni ham qabul qilingan qaror to‘g‘risida u qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida yozma shaklda xabardor qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xatda ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha mas’ul organning nomi, u joylashgan joy, ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha mas’ul organ rahbarining (mas’ul xodimning) familiyasi, ismi, otasining ismi va uning xizmat telefoni raqami ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha mas’ul organ Idoralararo komissiyaning qarori olingandan keyin bir ish kuni mobaynida uning ijro etilishini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarga ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha yordam belgilangan tartibda ko‘rsatiladi. Bunda ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha mas’ul organlar tomonidan byurokratizm va sansalorlik qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha mas’ul organ bir ish kuni mobaynida Idoralararo komissiyaga ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha yordam berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni yozma shaklda yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxs yoki uning vakili ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha berilgan yordamdan qoniqmagan taqdirda Idoralararo komissiyaga ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha tegishli yordam bergan ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha mas’ul organ ustidan shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda Idoralararo komissiya tomonidan terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsning yoki uning vakilining asoslangan va qonuniy talablarini qondirish yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha mas’ul organning rahbari ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha beriladigan yordamning o‘z vaqtidaligi va sifati uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 25-son, 553-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)