21.06.2017 yildagi PQ-3077-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 21.06.2017 yildagi PQ-3077-son
Date of entry into force
27.06.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallashtirish, eksportga mahsulot yetkazib berishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish, mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarning raqobatdoshligini va moliyaviy barqarorligini oshirish, ortiqcha va eskirgan ruxsat berish tartibotlarini bekor qilish orqali ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2017-yilning 1-iyulidan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi PQ-417-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2022-y., 07/22/417/1004-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zi ishlab chiqargan tovarlarni xorijiy valyutaga ularning tannarxidan past narxlar bo‘yicha mustaqil ravishda yoki vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining tashqi savdo tashkilotlari orqali eksport qiluvchi tashkilotlarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 26-martdagi PQ-1731-sonli qarori bilan tashkil etilgan Mahsulotlarni jahon bozorida haqiqiy vujudga kelgan, shu jumladan tannarxidan past narxlar bo‘yicha eksport qilish masalalarini ko‘rib chiquvchi Maxsus ekspert komissiyasi qarorlari asosida, soliq solish maqsadida tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotishdan olingan tushumlar miqdori tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotishning haqiqiy narxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qiluvchi tashkilotlar uchun amalda bo‘lgan imtiyozlar va preferensiyalar o‘zlari egasi bo‘lgan mahsulotlarni eksport qiluvchi tashkilotlarga tatbiq etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PF-5459-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2018-y., 06/18/5459/1374-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keltirilayotgan va ishlab chiqarilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish muddatlari 3 ish kunigacha qisqartiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi xalqaro karantin qoidalarining o‘simliklar karantini sohasidagi milliy normativ hujjatlarga joriy etilishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PF-5459-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2018-y., 06/18/5459/1374-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari ishlatilgan mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarni eksport qilishga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi haqidagi Nizom loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 21-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3077-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 25-son, 535-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2018-y., 06/18/5459/1374-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2022-y., 07/22/417/1004-son)