Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2019 09.06.2017 yildagi 370-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.06.2017 yildagi 370-son
Date of entry into force
19.06.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PF–5024-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ–2915-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiya faoliyatining huquqiy asoslarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Bioinspeksiya deb ataladi) va hududiy bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyalari (keyingi o‘rinlarda hududiy inspeksiyalar deb ataladi) malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini, ularning zarur yengil va maxsus avtotransport vositalari, mebel, asbob-uskunalar, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, aloqa va himoya vositalari bilan jihozlanishi ta’minlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy inspeksiyalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari binolarida bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirish uchun xonalar ajratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyani hamda uning hududiy inspeksiyalarini moddiy-texnik jihozlash Dasturini tasdiqlash uchun uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining budjetdan tashqari jamg‘armasini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin, Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bioinspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari faoliyatini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bioinspeksiya va uning hududiy inspeksiyalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini, ilmiy-tadqiqot tadbirlarini, shu jumladan o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari kadastrini yuritish tadbirlarini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simlik va hayvonot dunyosini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini aniqlagan shaxslarni taqdirlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolar va inshootlarni kapital qurish va joriy ta’mirlash bo‘yicha xarajatlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tadbirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi har yili O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha Bioinspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari faoliyatini tashkil etish uchun avtomobil benzini va dizel yonilg‘isi uchun limitni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Qo‘chqorov zimmasiga va Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 9-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
370-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 370-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda Bioinspeksiya deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bioinspeksiya O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb ataladi) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bioinspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bioinspeksiya o‘z faoliyatini Davlat ekologiya qo‘mitasining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirliklar va idoralar, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyalari to‘g‘risidagi nizom Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bioinspeksiyaning markaziy apparati faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Bioinspeksiyaning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy inspeksiyalar Bioinspeksiyaning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Bioinspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, bank hisobvaraqalariga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Bioinspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar Bioinspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bioresurslar, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish, tiklash va ulardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar davlat organlari, boshqa tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarining mavjud bo‘lishi, turlarining xilma-xilligini, tabiiy turkumlari yaxlitligini va ularning yashash muhitini saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘ziga xos, noyob, qimmatbaho tabiat obyektlari va majmualari, o‘simlik va hayvonlarning genetik fondi saqlanib qolishini ta’minlash, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirining oldini olish, o‘simlik va hayvonot dunyosiga doir atrof tabiiy-muhit monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastrlarini, shuningdek yovvoyi hayvonlar, yovvoyi o‘simliklarni ko‘paytirish va ularni saqlash pitomniklarining, zoologik va botanik kolleksiyalarning davlat hisobini yuritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Bioinspeksiya o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bioresurslar, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish, tiklash va ulardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar davlat organlari, boshqa tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, tiklash va ulardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar davlat organlari, boshqa tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan barqaror foydalanish va ularni tiklash sohasiga doir dasturlar va rejalar ishlab chiqilishi va ularning bajarilishi bo‘yicha davlat organlari, boshqa tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqxona ishlarini yuritish va ularning rejimini ta’minlash, shuningdek baliqchilik va ovchilik xo‘jaliklarining, baliq zaxiralari va ovlanadigan hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish va ularni tiklash bo‘yicha baliqchilik va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va tiklash, shuningdek pitomniklar tashkil qilinishi va ularning faoliyat yuritishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv havzalari, suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oqbo‘yi polosasida o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari holatiga ta’sir etuvchi ishlarning bajarilishi ustidan nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobini yuritish va nashr qilish ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat ekologik nazorat inspektorlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, ularga o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan nazorat sohasida metodik yordam beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mustaqil ravishda yoki o‘zaro kelishuv bo‘yicha ichki ishlar organlari, davlat soliq, bojxona va boshqa davlat organlarini jalb qilgan holda, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, tiklash, ulardan oqilona foydalanish sohasidagi tabiatni muhofaza qilish qonun hujjatlari buzilishi holatlarini aniqlash, ularning oldini olish bo‘yicha tezkor tadbirlar (reydlar) o‘tkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarining mavjud bo‘lishi, turlarining xilma-xilligini, tabiiy turkumlari yaxlitligini va ularning yashash muhitini saqlash uchun shart-sharoitlar yaratish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ularni tiklash bo‘yicha chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, tegishli dasturlar va rejalar bajarilishi ustidan nazorat olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baliqchilik va ovchilik xo‘jaliklari, baliq pitomniklari, baliqni himoyalash inshootlari faoliyati va holati, suv havzalarida, suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oqbo‘yi polosasida o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishlarning bajarilishi, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlariga yetkazilgan zarar o‘rnini to‘ldirish bo‘yicha choralar ko‘rilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy suv havzalarida baliq yetishtirilishi va ovchilik xo‘jaliklarida biotexnik tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsatnomalar beradi hamda ruxsat beruvchi talab va shartlarga rioya etilishi yuzasidan monitoring olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklanish va taqiqlovlarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) o‘ziga xos, noyob, qimmatbaho tabiat obyektlari va majmualari, o‘simliklar hamda hayvonlarning genetik fondi saqlanib qolishini ta’minlash, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirining oldini olish, o‘simlik va hayvonot dunyosiga doir atrof tabiiy muhit monitoringini olib borish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
flora va fauna turli tarkibini, ularning genetik fondi, yovvoyi hayvonlarning yashashi va yovvoyi o‘simliklarning unib chiqishi muhiti muhofaza qilinishini va tabiiy sharoitlarda saqlanishini, shuningdek o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari tiklanishini ta’minlash maqsadlarida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarni barpo qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovchilik va baliqchilik xo‘jaliklarini tashkil qilish va yuritish, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, tiklash va ulardan oqilona foydalanish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shuningdek davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatini ularning belgilangan muhofaza qilish va foydalanish rejimiga rioya qilishi yuzasidan tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini tiklash bo‘yicha pitomniklar, plantatsiyalar faoliyatini tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatdan foydalanuvchilarga o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, tiklash va ulardan oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatdan foydalanuvchilarning o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini tabiatdan chiqarish uchun kvotalar ajratish bo‘yicha har yilgi arizalarini kelgusida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlash uchun to‘playdi va umumlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastrlarini, shuningdek yovvoyi hayvonlar, yovvoyi o‘simliklarni, ko‘paytirish va saqlash bo‘yicha pitomniklarning, zoologik va botanik kolleksiyalarning davlat hisobini yuritish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va davlat boshqa organlari bilan birgalikda o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan oqilona foydalanishni tashkil etish maqsadida o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zoologik va botanik kolleksiyalarni, yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish va saqlash bo‘yicha pitomniklarni va yovvoyi o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha plantatsiyalarning davlat hisobini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada qo‘riqxona ishiga rahbarlik qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastrini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarining holatini kuzatadi, u bo‘yicha axborot to‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ularni tiklash chora-tadbirlarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, dasturlar va rejalar bajarilishi ustidan monitoring olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Bioinspeksiya faoliyatini tashkil qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Bioinspeksiyaga Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bioinspeksiya boshlig‘ining Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy bioinspeksiyalarga Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi bilan kelishgan holda Bioinspeksiya boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliqlar boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bioinspeksiya boshlig‘i:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy bo‘linmalar ishiga rahbarlik qiladi hamda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya, mehnat va shartnoma intizomiga rioya etilishi uchun javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy apparat xodimlarini hamda hududiy inspeksiyalarning boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bioinspeksiya xodimlarining lavozim vazifalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, formali kiyim-bosh, aloqa vositalari, maxsus anjomlar saqlanishini, shuningdek ularning to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z vakolatlari doirasida o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z vakolatlari doirasida Bioinspeksiyaning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va topshiriqlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bioinspeksiya tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, fuqarolarni, ularning vakillari, yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bioinspeksiyaning malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlaydi, ularning malakasini oshirish, tayyorlash, qayta tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazilishini tashkil etadi, shuningdek kadrlar zaxirasini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bioinspeksiya xodimlarini belgilangan tartibda rag‘batlantiradi va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini ko‘radi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi bilan kelishgan holda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarda Bioinspeksiya manfaatlarini ifodalaydi, shuningdek Bioinspeksiya nomidan shartnomalar tuzadi va belgilangan tartibda mablag‘lar va mol-mulkni tasarruf qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq boshqa masalalarni hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Bioinspeksiya mansabdor shaxslarining huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bioinspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosari, bo‘lim boshliqlari, Bioinspeksiyaning bosh va yetakchi mutaxassislari, hududiy inspeksiyalar boshliqlari, bo‘lim boshliqlari, bosh va yetakchi mutaxassislari, hududiy inspeksiyalarning ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat inspektorlari Bioinspeksiyaning o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bioinspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosari, Bioinspeksiya bo‘limlari boshliqlari, hududiy inspeksiyalar boshliqlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish, Davlat ekologiya qo‘mitasi nomidan mansabdor shaxslar va fuqarolarga jarimalar solish, shuningdek ushbu ma’muriy huquqbuzarliklar oqibatida atrof muhit va tabiiy resurslarga yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirishga qaratilgan choralarni ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simlik va hayvonot dunyosini hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha davlat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish, to‘xtatish va (yoki) faoliyat turini o‘zgartirishga, shuningdek atrof muhitga yetkazilgan zararni undirishga qaratilgan choralarni ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan tashkilotlar, shuningdek korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yish, to‘xtatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish, shuningdek atrof muhitga yetkazilgan zararni undirish yuzasidan da’vo arizalari bilan sudga murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda alohida faoliyat turlarini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnomalar, litsenziyalarni, agar bunday faoliyat o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi talablar buzilishi bilan amalga oshirilsa, ularni to‘xtatib qo‘yish yoki bekor qilish to‘g‘risida ushbu ruxsatnomalarni litsenziyalarni bergan organlarga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi tabiatni muhofaza qilish qonun hujjatlari buzilishi holatlari bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqishda, ushbu ish bo‘yicha aniqlanadigan bironta vaziyatdan xabardor bo‘lgan istalgan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha guvoh sifatida chaqirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish masalasini hal qilish uchun o‘tkazilgan tekshiruvlar to‘g‘risidagi materiallarni va boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bioinspeksiyaning belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan va tekshiruvlarni o‘tkazishga huquq beruvchi maxsus guvohnomaga ega bo‘lgan mansabdor shaxslari o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun tekshiruvlar o‘tkazish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanilishini aniqlash uchun, tadbirkorlik subyektlari tomonidan ular faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar va boshqa qonun hujjatlari ijro etilishini nazorat qilmasdan, o‘simliklarning unib chiqishi va hayvonlarning yashash muhitiga to‘sqinliksiz kirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda chegara hududlarga tutashgan zonalarga kirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovchilik va baliqchilik hududlarida ovchilik va baliqchilik qurollari, ovchi qushlar va ov itlari, ovchilik va baliqchilik mahsulotlariga ega bo‘lgan shaxslardan ov qilish huquqini beruvchi hujjatlar ko‘rsatilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni tekshirish, transport, suzish vositalarini ma’muriy to‘xtatib turish, buyumlar, transport vositalar va kemalar, ov va baliqchilik vositalari, tayyorlangan yovvoyi o‘simliklarni, ovlangan va tayyorlab qo‘yilgan mahsulotlarni va boshqa buyumlarni ko‘zdan kechirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari, o‘zga tashkilotlarning mansabdor shaxslaridan, shuningdek jismoniy shaxslardan, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlardan o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida aniqlangan qonun hujjatlari buzilishlari holatlari, shuningdek ularning sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va sharoitlar bo‘yicha tushuntirish xatlarini talab qilish va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlar natijasi bo‘yicha dalolatnomalar tuzish hamda o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida aniqlangan qonun hujjatlari buzilishlarini, shuningdek ularning sodir etilishiga imkon yaratayotgan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organlari, boshqa yuridik, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, ovchilik, o‘rmon ovchiligi va baliqchilik xo‘jaliklarning kordonlari, binolari, omborxonalari hamda o‘rmon nazoratchilari va malakali ovchilar (egyerlari)ning boshqa inshootlarini ko‘zdan kechirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida huquqni buzishlar sodir etilgan holatlarda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barcha turdagi transport vositalarini to‘xtatib turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noqonuniy tartibda yig‘ib olingan, tayyorlangan, ovlangan yoki qonunga xilof ravishda olib ketish, sotish, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketishda ushlangan o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari va uning qismlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yish va tasarruf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noqonuniy tayyorlangan va ovlangan mahsulotlarni olib qo‘yish va belgilangan tartibda tayyorlash, qayta ishlab chiqarish va savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga (shartnomaviy narxlar bo‘yicha), “Mehribonlik”, “Muruvvat”, “Saxovat” uylariga, internat, maktablar va shifoxonalarga (bepul asosda) topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarlik sodir etilishi vositalari hisoblangan qurol, unga o‘q-dorilar hamda ovchilik va baliqchilikning boshqa buyumlarini belgilangan tartibda olib qo‘yish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, saqlash, tiklash va ulardan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishiga olib keladigan ishlarni belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni ichki ishlar organlariga yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallarni ko‘rib chiqish hamda Davlat ekologiya qo‘mitasi nomidan aybdor shaxslarga nisbatan jarimalar solish tarzida ma’muriy choralar ko‘rish, zarur hollarda materiallarni ko‘rib chiqish uchun huquqni muhofaza qiluvchi hamda sud organlariga taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarga o‘simlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan ziyon uchun zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda da’vo arizalari berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda obyektni tekshirish jarayonida tashkilotlardan xona, telefon va boshqa aloqa vositalari, maxsus kiyim, shuningdek, maxsus himoya vositalari berilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat vazifalarini bajarish jarayonida formali kiyim-bosh kiyish, shaxsiy biriktirilgan xizmat qurolini va maxsus vositalarni olib yurish, saqlash, shuningdek faqat qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda jismoniy kuchni, maxsus vositalar va xizmat qurolini ishlatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bioinspeksiyaning mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga xam ega bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bioinspeksiyaning mansabdor shaxslari quyidagilarga majburdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlarining oldini olish, aniqlash hamda bartaraf qilish bo‘yicha vazifalar va funksiyalarni o‘z vaqtida va to‘liq darajada bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat, tijorat sirini va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa sirni saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanish madaniyatini oshirishga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini fuqarolarga tushuntirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Bioinspeksiyaning mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarishda davlat hokimiyati vakillari hisoblanadi va davlatning himoyasi ostida bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etilgan mansabdor shaxslarga, ular tomonidan xizmat vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qiluvchi har qaysi shakldagi har qanday ta’sir ko‘rsatish yoxud ular faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Bioinspeksiya xodimlari uchun mo‘ljallangan xizmat quroli va unga o‘q-dorilari turlari, turkumlari (modellari), miqdori, shuningdek ularni xarid qilish, saqlash, tashish, topshirish, qabul qilib olish va hisobga qo‘yish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Bioinspeksiyaning mansabdor shaxslari o‘z vazifalari zarur tarzda bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Moddiy rag‘batlantirish choralari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Bioinspeksiya xodimlarini moddiy rag‘batlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va Bioinspeksiyaning budjetdan tashqari fondi hisobiga shakllantiriladigan mehnatga haq to‘lash fondi, budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi mablag‘lari Bioinspeksiya xodimlariga ish haqi to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish manbai hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Bioinspeksiyani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 24-son, 500-modda)