Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2019 09.06.2017 yildagi 368-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.06.2017 yildagi 368-son
Date of entry into force
19.06.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Chiqindilarning hosil boʻlishi, toʻplanishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, koʻmilishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Chiqindilarning hosil boʻlishi, toʻplanishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, koʻmilishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatining huquqiy asoslarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Chiqindilarning hosil boʻlishi, toʻplanishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, koʻmilishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda Chiqindilarning hosil boʻlishi, toʻplanishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, koʻmilishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy inspeksiyalari tegishli tajribaga ega boʻlgan malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T.Qoʻchqorov zimmasiga va Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 9-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
368-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 368-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Chiqindilarning hosil boʻlishi, toʻplanishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, koʻmilishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Chiqindilarning hosil boʻlishi, toʻplanishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, koʻmilishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va masʼuliyatini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Inspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi) markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda qonun hujjatlari talablari bajarilishi yuzasidan Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan nazorat vazifalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari apparatlaridagi Inspeksiya xamda hududiy inspeksiyalar (keyingi oʻrinlarda hududiy inspeksiyalar deb ataladi), shuningdek shaharlar va tumanlarga biriktirilgan davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Inspeksiya oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida maxsus vakolatli davlat organlarining, shuningdek chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Inspeksiya oʻz faoliyatini boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, boshqa jismoniy va yuridik shaxslar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalaridagi maxsus sanitariya jihatidan tozalash korxonalari, “Toza hudud”, “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari faoliyati yuzasidan, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etish borasidagi faoliyatining davlat nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni yigʻish punktlarini tashkil etish, ularni oʻz vaqtida olib chiqish, ruxsat etilmagan chiqindixonalarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, chiqindi poligonlarini boshqarish, ularni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilishni belgilangan tartibda nazoratga olishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, ularni koʻmish va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish bilan bogʻliq maʼlumotlarni toʻplash hamda tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishida yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etmaganlikda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan jarima sanksiyalarini qoʻllash orqali maʼmuriy javobgarlikka tortish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalaridagi maxsus sanitariya jihatidan tozalash korxonalari, “Toza hudud”, “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari faoliyati yuzasidan, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etish borasidagi faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilar hajmlari va hosil boʻlish uchastkalari boʻyicha birlamchi hisobga olish hujjatlarini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanilgan, zararsizlantirilgan, boshqa tashkilotlarga berilgan yoki boshqa tashkilotlardan olingan shuningdek oʻzida yoki chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ixtisoslashtirilgan obyektlarda joylashtirilgan chiqindilar hajmlari hisobini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarning atrof muhitga ehtimoliy zararli taʼsiri darajalari boʻyicha ularning xavflilik darajasi toʻgʻri aniqlanganligini baholaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologik vaziyat yomonlashuvi, noqonuniy chiqindixonalar yuzaga kelishini oldini olish uchun joylarda sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari tomonidan chiqindilar oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi ustidan muntazam ravishda nazorat olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni toʻplash, saqlash, tashish, utillashtirish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilishga ixtisoslashgan tashkilotlarning moddiy-texnika taʼminoti, ular malakali kadrlar bilan toʻldirilganligi holati monitoringini olib boradi va tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni joylashtirish obyektlarining sanitariya-ekologik holatini oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarning paydo boʻlishi va joylashtirilishining ekologik normativlarini belgilashda qatnashadi, chiqindilarning paydo boʻlishiga belgilanayotgan normativlarga va chiqindilarni joylashtirish obyektlariga rozilik beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni joylashtirish limitlarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan chiqindilarning ayrim toifalarini (xavflilarini) toʻplash va ularni sanoat chiqindilarining maxsus poligonlariga olib chiqishning tartib va qoidalariga rioya etilishi nazoratini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitoblarning haqqoniyligi va toʻgʻriligini tekshiradi, chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarining oʻz vaqtida toʻlanishi va undirilishini taʼminlash uchun belgilangan tartibda choralar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kam chiqitli va chiqitsiz texnologik jarayonlarni, chiqindilardan foydalanish, ularni zararsizlantirish va qayta ishlash texnologiyalarini joriy qilishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar bajarilishining nazoratini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) chiqindilarni yigʻish shoxobchalarini belgilangan tartibda barpo etish, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish, noqonuniy chiqindixonalar yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik, poligonlarni boshqarish, shuningdek chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish ustidan nazoratni tashkil etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni toʻplash, saqlash, tashish, utillashtirish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda reyd tartibidagi ekologik nazoratni oʻtkazadi, joylarda noqonuniy chiqindixonalarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini koʻrgan holda, muntazam ravishda monitoring olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadastr maʼlumotlaridan foydalangan holda, chiqindilarni koʻmish va utillashtirish joylarining inventarizatsiyasi, hisobi va baholanishini oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni toʻplash, saqlash, utillashtirish, qayta ishlash, koʻmish joylaridagi, shuningdek ularni tashish yoʻnalishlaridagi atrof muhit holati kuzatuvlarini amalga oshiradi, atrof muhit ifloslanishiga olib kelishi hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlaydi va bartaraf etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralarga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, jismoniy va yuridik shaxslarga chiqindilarni toʻplash, saqlash, tashish, utillashtirish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish borasida metodik yordam koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, ularni koʻmish va utillashtirish joylari davlat kadastrini yuritish bilan bogʻliq maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarning inventarizatsiya qilinishini va pasportlashtirilishini oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilar ekologik sertifikatlashtirishini oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni koʻmish va utillashtirish joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilishni, chiqindilarni koʻmish va utillashtirish joylarining davlat kadastrini yuritgan holda amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari tomonidan, chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida taqdim etiladigan davlat statistika hisobotlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq haqqoniyligini aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hosil boʻlayotgan chiqindilar miqdori va xavflilik darajasini kamaytirish imkoniyat va usullarini aniqlash maqsadida mavjud texnologiyalar tahlilini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish uchun hududlarning sanitariya-ekologik xavfsizligini taʼminlash hamda chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun hujjatlariga rioya etish yuzasidan takliflar tayyorlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi punktlarini maxsus sanitariya jihatidan tozalash korxonalari faoliyatlari va shaharlar (tumanlar) hududlarining sanitar-ekologik holati yuzasidan Qoʻmitaning hayʼat yigʻilishlarida koʻrib chiqish uchun masalalar va takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni zararsizlantirish, qayta ishlash va utillashtirishning mavjud va istiqbolli texnologiyalari boʻyicha, chiqindilarni qayta ishlash va utillashtirish, chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, shuningdek tariflarga oid maʼlumotlarning yagona elektron bazasini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
profilaktika va tushuntirish tadbirlari doirasida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va aholining chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vaziyat haqida xabardorligini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarga jamoat ekologik nazoratini amalga oshirishda koʻmaklashish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish masalalari boʻyicha ommaviy axborot vositalari va koʻrgazmaviy targʻibot orqali, seminar, maʼruza va tushuntirish suhbatlarini oʻtkazish orqali profilaktika ishlarini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda, ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda aholining chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish masalalaridan xabardorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylarda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlarning ahvolini oʻrganish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoʻshma sayyor tadbirlar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish Respublika komissiyasining qarorlari, koʻrsatmalari va tavsiyalarini bajaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar haqidagi murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda qonun hujjatlari talablariga rioya etmaganlikda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy choralarni qoʻllash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlariga, jismoniy va yuridik shaxslarga ularni bartaraf etishga qaratilgan koʻrsatmalar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan taʼsir choralarini koʻradi, belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Inspeksiyaning huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Inspeksiya oʻziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida hamda qonun hujjatlarda belgilangan tartibda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish masalalaridagi faoliyati ustidan, shu jumladan jamoat joylari, aholi yashash mavzelari va mahallalar, oʻrmon va suv fondi yerlari hududlarida nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu sohada faoliyat yurituvchi tashkilotlar rahbarlarining chiqindilarni toʻplash, saqlash, tashish, utillashtirish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish masalalari bilan bogʻliq axborot va hisobotlarini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof muhit holatini baholash va uni sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun, shuningdek chiqindilarni toʻplash, saqlash, tashish, utillashtirish, qayta ishlash va koʻmish joylarida tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi buzilganligi natijasida atrof muhitga yetkazilgan zararni aniqlash boʻyicha ilmiy-texnik, ekspertlik guruhlar va komissiyalarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari va boshqa dasturlar loyihalarini ishlab chiqishga, davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazishga, ekologik bilimlarni targʻib qilishga va boshqa masalalarni hal qilishda ilmiy-tadqiqot, loyiha, konstruktorlik tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari, shuningdek alohida olimlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish yuzasidan takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar tomonidan, odamlarning sogʻligʻiga yoki yashash sharoitlariga, tabiiy resurslarga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zararli taʼsir koʻrsatilgan hollarda yoki bunday taʼsir tahdidi paydo boʻlganda, bunday obyektlar faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklash, toʻxtatib turish, toʻxtatish va (yoki) sohasini oʻzgartirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlaridan, yuridik va jismoniy shaxslardan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish masalalariga doir maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilar bilan ifloslanish natijasida atrof muhitga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda daʼvolar qoʻzgʻash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarga, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan Qoʻmita nomidan koʻrsatmalar berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya qonun hujjatlarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga doir masalalar xolisona koʻrib chiqilishi uchun masʼuldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Inspeksiya faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Inspeksiyaga Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Inspeksiya boshligʻi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya xodimlari orasida vazifalarni taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy inspeksiyalarga rahbarlik qiladi va ularni metodik taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiyaning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi va ular ijrosi nazoratini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ekologiya qoʻmitasi raisiga Inspeksiya xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish haqida takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Hududiy inspeksiyalar haqidagi nizomlar Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi apparatidagi, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahri Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari apparatlaridagi hududiy inspeksiyalar oʻz faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining rahbarligi ostida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy inspeksiyalar boshliqlari Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari rahbarlarining buyruqlari bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatidagi Inspeksiya, hududiy inspeksiyalar xodimlari ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlari boʻlib, quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan yagona namunadagi formali kiyim-bosh kiyish va farqlovchi belgilarga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ekologiya qoʻmitasi nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarimaga tortish kabi maʼmuriy choralarni qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etish masalalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini rejali va qisqa muddatli tekshirishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya jihatidan tozalash korxonalari tomonidan chiqindilar oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi jadvaliga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindi poligonlari faoliyatini sanitariya-ekologik talablarga muvofiq tashkil etish va bajarilish nazoratini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda aholi va yuridik shaxslar orasida profilaktik va axborot-maʼrifiy ishlarni olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindi yigʻish punktlari va qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini joylashtirish uchun yerlarni tanlash va ajratish boʻyicha komissiyalar ishida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) miqyosida chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishning butun sikli boʻyicha monitoring olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklarni aniqlash boʻyicha jamoat ekologik nazorati inspektorlari bilan oʻzaro aloqa qilish.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 499-modda)