15.06.2017 yildagi 375-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.06.2017 yildagi 375-son
Date of entry into force
19.06.2017
Hujjat 01.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qaroriga muvofiq, shuningdek tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga yoʻnaltirilayotgan pul mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, respublikada ekologik xavfsizlikni taʼminlash uchun muhim ustuvor yoʻnalishlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatni muhofaza qilish respublika va mahalliy fondlari qoldiq pul mablagʻlarini Jamgʻarmaga yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi hamda viloyatlar va Toshkent shahri ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining budjet hamda Ilmiy-tadqiqot, tabiatni muhofaza qilish va tashkiliy tadbirlar dasturlari boʻyicha kreditorlar oldidagi qarzlarini Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga qoplash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga va Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 15-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
375-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qaroriga
1-ILOVA

Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish, foydalanish va boshqarish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bioresurslarni saqlash va takror koʻpaytirish, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatni olib borish, atrof muhit monitoringini amalga oshirish, ekologik taʼlim va targʻibot ishlarini tashkil etish, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan atrof muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq tadbirlar va loyihalarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi) yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa maqsadlarni moliyalashtirishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari summasining 74 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ifloslantiruvchi moddalar shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari summasining 74 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ifloslantiruvchi moddalar avariya tufayli koʻplab chiqarib tashlanishi (oqova oqizish, chiqindilarni joylashtirish) tufayli atrof muhitga yetkazilgan zarar uchun tabiatdan foydalanuvchilardan undiriladigan mablagʻlar va jarimalar summasining 74 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy resurslardan hamda ulardan olinadigan xom ashyodan meʼyoridan ortiqcha va nokompleks foydalanganlik (nobud qilganlik) uchun tabiatdan foydalanuvchilar toʻlovlari summasining 40 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat natijasida atrof tabiiy muhit obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash uchun tabiatdan foydalanuvchilardan undiriladigan mablagʻlarning 40 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslardan maʼmuriy va sud tartibida undiriladigan jarimalar va pul mablagʻlari summasining 74 foizi, hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bogʻliq qonun buzilishlari uchun undiriladigan jarimalar va pul mablagʻlari bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini buzganlik va atrof muhit obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash uchun chet el fuqarolari, shuningdek boshqa davlatlarning yuridik shaxslaridan maʼmuriy va sud tartibida undiriladigan jarimalar va pul mablagʻlari summalarining 74 foizi, hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bogʻliq qonun buzilishlari uchun undiriladigan jarimalar va pul mablagʻlari bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesganlik uchun toʻlov summalarining 74 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birgalikda moliyalashtirishda ulush qoʻshib qatnashuvchi yuridik shaxslarning mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan xayriya tashkilotlarining xayriya ehsonlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologik tadbirlar va aksiyalarni oʻtkazishdan tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar boʻyicha tushumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 09/18/820/2036-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish Jamgʻarmaning har yili tasdiqlanadigan dasturiga (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagilarni moliyalashtirishda foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tabiatni muhofaza qilish loyihalari va tadbirlari, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatni muhofaza qilish, shuningdek Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidagi obyektlarni loyihalashtirish va qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof tabiiy muhit ifloslantirilishi sababli kelib chiqadigan salbiy oqibatlar oʻrnini qoplash yoki oldini olishni koʻzda tutuvchi tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni muhofaza qilish va sanitariya muhofazasi zonalarini barpo etish va qayta tiklash, suv obyektlarini saqlash va qayta tiklash boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat natijasida buzilgan tabiiy obyektlarni qayta tiklash, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish hamda qayta tiklash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarining zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish boʻyicha tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, kengaytirish, ularning faoliyati va rejimini taʼminlash hamda jihozlash boʻyicha tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash boʻyicha pitomniklar barpo etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindi toʻplash shoxobchalarini qurish va ularni zarur inventarlar (konteynerlar, chiqindi qutilari va boshqalar), shuningdek sanitariya jihatidan tozalash vositalari bilan jihozlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashgan korxonalarning avtotransport parklarini qurish va ularni jihozlar bilan toʻldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya qilish, zararsizlantirish va koʻmishga moʻljallangan obyektlarni qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maishiy chiqindi poligonlarini jihozlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsat etilmagan joylarda paydo boʻlgan chiqindixonalarni tugatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy ahamiyatga molik obyektlarda chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalarni, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulush qoʻshib qatnashgan holda respublika va hududiy ahamiyatga molik tabiatni muhofaza qilish loyihalari va tadbirlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulush qoʻshib qatnashgan holda xorijiy hukumat va hukumatga qarashli boʻlmagan moliya tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan birgalikdagi tabiatni muhofaza qilish loyihalari va tadbirlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari, ekologik monitoring tizimlari, asboblari va jihozlarini yaratish va takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika, hududiy va davlatlararo ahamiyatga molik ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasiga oid ilmiy-texnik dasturlar, metodik hujjatlarni, texnik boshqaruv sohasida normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatni amalga oshirish natijasida atrof muhitga yetkazilgan zararli taʼsirni baholash ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologik maʼlumotlar bazasini hamda ekologik axborot va nazoratning respublika avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatni muhofaza qilish loyihalari va tadbirlarini amalga oshirish uchun ekspertlarni (auditorlar, yuristlar, moliyachilar, ilmiy xodimlar va shu kabilar), shuningdek xalqaro ekspertlarni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatni muhofaza qilish loyihalari va tadbirlarini amalga oshirish uchun loyiha-smeta hujjatlarini, texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini ekologik jihatdan tarbiyalash va unga ekologik taʼlim berish, ekologik bilimlarni targʻib qilish, noshirlik faoliyatini, koʻrik-tanlovlar oʻtkazishni, reklama va shu kabilarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, shu jumladan, Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi xodimlarining xorijiy taʼlim tashkilotlarida tajriba orttirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda tadbirlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi xodimlarining atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro koʻrgazmalar, loyihalar va dasturlarda ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xorijiy va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi davrida ularni qabul qilish va kuzatish bilan bogʻliq xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida konferensiyalar, davra suhbatlari hamda seminarlar tashkil etish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro majburiyatlari boʻyicha toʻlovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha davlat inspektorlarini majburiy sugʻurta qilish, shuningdek xizmat vazifalarini bajarayotganida ularga tegishli mulkka yetkazilgan zararni qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, shu jumladan, atrof muhit muhofazasi uchun texnika va texnologiyalar, ekologik monitoring tizimlari, asbob-uskunalar, jihozlar, kompyuter dasturlarini xarid qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosma nashr mahsulotlarini, shu jumladan atrof muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarlikni rasmiylashtirish blankalarini tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonun hujjatlari buzilishini (hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bogʻliq aniqlangan qonun buzilishlari bundan mustasno) aniqlagan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlari va boshqa shaxslarni yuridik hamda jismoniy shaxslardan Jamgʻarmaga undiriladigan jarima va pul mablagʻlari summasining 15 foizi miqdorida mukofotlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish (mukofotlash, ustama belgilash, qoʻshimcha toʻlovlar va boshqalar), ragʻbatlantirish, moddiy yordam koʻrsatish va ijtimoiy qoʻllab- quvvatlash (oziq-ovqat va yoʻl haqi chiptalari qiymatini qoplash);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidagi budjet tashkilotlarining boshqa xarajatlarini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa maqsadlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlagan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlari va boshqa shaxslarni (hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bogʻliq aniqlagan qonun buzilishlari bundan mustasno) ragʻbatlantirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslardan Jamgʻarmaga undiriladigan jarima va pul mablagʻlari summasining 15 foizi miqdorida pul mukofotlari toʻlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlagan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlari va boshqa shaxslarni mukofotlashdan keyin qolgan Jamgʻarma mablagʻlari:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90 foizdan kam boʻlmagan miqdorda — 5-bandning “a”, “v” va “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan tadbirlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda — 5-bandning “g” kichik bandida nazarda tutilgan Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidagi budjet tashkilotlarining boshqa xarajatlarini qoplashga taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jamgʻarma mablagʻlaridan qatʼiy ravishda maqsadli foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi boshchilik qiluvchi Jamgʻarmaning boshqaruv Kengashi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma Kengashi deb ataladi) Jamgʻarmani boshqarish organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish boʻlimi Jamgʻarmaning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamgʻarma Kengashining shaxsiy tarkibi Davlat ekologiya qoʻmitasi, boshqa davlat organlari, ilmiy-tadqiqot, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan tashkil topadi hamda Davlat ekologiya qoʻmitasi hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamgʻarma Kengashi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma Dasturini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Dasturlar loyihalariga kiritiladigan takliflarni (arizalarni) koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan Dastur boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha va tadbirlarni bajarish uchun ijrochilarni tanlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida va xalqaro shartnomalarda belgilangan tartibda xorijiy hukumat va hukumatga qarashli boʻlmagan moliya tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari, shuningdek donor mamlakatlar bilan hamkorlikdagi tabiatni muhofaza qilish loyihalari va tadbirlarini moliyalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda tasdiqlangan Dasturga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kelgusi yil uchun Dastur, tanlov (tender) ishtirokchilarining 1-sentabrdan 30-sentabrga qadar boʻlgan davrda bergan takliflari asosida shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlangan ekspertlar guruhi tomonidan 1-oktabrdan 30-oktabrga qadar Dasturga kiritish uchun taqdim etilayotgan takliflarni tanlash va ekspertizadan oʻtkazish amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlab olingan takliflar 1-dekabrga qadar koʻrib chiqiladi va Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan daromadlar va xarajatlar smetasi Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan 1-dekabrdan 20-dekabrga qadar shakllantiriladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlangan Dastur 25-dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi taqdim etilgan Dasturni 10 ish kuni mobaynida kelishadi va Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ishchi organ quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun daromadlar va xarajatlar prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastur loyihasini shakllantirishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daromadlar va xarajatlar smetasini tuzadi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularga oʻzgartirishlar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma daromadlarining respublika hududlari va tushum manbalari boʻyicha, shuningdek xarajatlarining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha hisobini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaga pul mablagʻlari tushumi prognozining bajarilishi monitoringini olib boradi va tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaga pul tushumlarining oʻz vaqtida va toʻliq tushishini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiradi, shuningdek Jamgʻarmaga mablagʻlar tushumi boʻyicha prognozlarning bajarilishiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillarni bartaraf etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Dasturning shakllantirilishi boʻyicha taklif va arizalarni qabul qilish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish uchun tanlov (tender) savdolari oʻtkazilishi boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta hujjatlari va texnik-iqtisodiy asoslar ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va tuzilgan shartnomalarning bajarilishi holati yuzasidan texnik va moliyaviy nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturning bajarilishi monitoringini olib boradi va tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning, shuningdek xayriya tashkilotlarining xayriya ehsonlarini jalb qilishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturning amalga oshirilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Jamgʻarma mablagʻlari tushumi hamda mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etish uchun hisobotlarni tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobot va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Davlat ekologiya qoʻmitasi Jamgʻarmaga mablagʻlar tushumi va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisida har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda har yarim yillik yakuni boʻyicha Dasturning amalga oshirilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamgʻarma mablagʻlarining hisobot yilida foydalanilmagan qismi olib qoʻyilmaydi va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalanish uchun keyingi yilga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishida kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun toʻlovlar tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 1-maydagi 199-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 35-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlari tomonidan undiriladi va quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foizi — Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foizi — respublika budjetiga.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 4 va 5-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“v” kichik banddagi “tabiatni muhofaza qilish organlari” soʻzlari “ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“d” kichik banddagi “eng kam oylik ish haqining kamida besh baravari miqdorini” soʻzlari “eng kam oylik ish haqining 50 foizidan kamni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-banddagi “tabiatni muhofaza qilish organlari” soʻzlari “ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bandning ikkinchi xatboshidagi “tabiatni muhofaza qilish organlari bilan” soʻzlari “ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bandning birinchi xatboshidagi “tabiatni muhofaza qilish mahalliy organlariga” soʻzlari “ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-banddagi “tabiatni muhofaza qilish organlarining” soʻzlari “ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“15. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlovchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organlarining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yuridik shaxslarning turli hududlarda joylashgan boʻlinmalari va filiallari yuridik shaxs hisoblanmagan va bank hisob raqamlariga ega boʻlmagan taqdirda atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini yuridik shaxslar toʻlaydilar. Kompensatsiya toʻlovlari yuridik shaxslarning koʻrsatib oʻtilgan boʻlinmalari va filiallari joylashgan hududlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organlarining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-banddagi “tabiatni muhofaza qilish mahalliy organlari” soʻzlari “ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizomga B ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tuman (shahar) mahalliy tabiatni muhofaza qilish organiga” soʻzlari “mahalliy ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tabiatni muhofaza qilish organi inspektori” soʻzlari “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organi davlat inspektori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“MFOP boʻlim boshligʻi” soʻzlari “Kompensatsiya toʻlovlari hisobi va ularning tushumi ustidan nazorat boʻlimi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xoʻjaligi tizimida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 4-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ifloslantiruvchi moddalarning shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi yuzasidan monitoring olib borish suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalariga yuklanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompensatsiya toʻlovlari suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalarining maxsus laboratoriyalari taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlari tomonidan undiriladi va kompensatsiya toʻlovlarini toʻlovchilar tomonidan belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ifloslantiruvchi moddalarning shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun undiriladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organlarining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shundan 60 foizi respublika budjetiga, 40 foizi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 6-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandning uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi deb yuritiladi)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb yuritiladi) hududiy organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bandning birinchi xatboshidagi, 14, 24, 25, 28, 30, 31, 32, 40 va 41-bandlardagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-banddagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi hududiy organlarining Ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat inspeksiyalari” soʻzlari “Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy organlarining atrof muhit ifloslanishi monitoringi boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-banddagi “Ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat inspeksiyasi” soʻzlari “Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy organlarining atrof muhit ifloslanishi monitoringi boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoidalarga 3-ilovadagi “Tabiatni muhofaza qilish organi rahbari” soʻzlari “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organi rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 3-ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-ilovaning 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

2.

Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi(Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi)

Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun undiriladigan jarima va pul mablagʻlari, hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bogʻliq qonun buzilishlari uchun undiriladigan jarima va pul mablagʻlari bundan mustasno

50

Atrof muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari

50

”.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlov sifatida tushgan mablagʻlarni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Davlat oʻrmon fondiga kirmagan daraxt va butalarni kesishga ruxsatnomalar berishdan tushadigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organlarining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi, uning 60 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga, 40 foizi — Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 24-maydagi 246-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 5-son, 20-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1996-yil 10-yanvardagi 17-son qarorining 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 1-son, 1-modda).
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ularning baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2000-yil 11-apreldagi 140-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 18-modda).
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 14-iyundagi 270-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 45-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y. 10-son, 100-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 1-apreldagi 95-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 19-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 502-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 09/18/820/2036-son; 26.03.2019-y., 09/19/247/2835-son; 09.02.2021-y., 09/21/58/0095-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)