Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2019 01.05.2003 yildagi 199-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.05.2003 yildagi 199-son
Date of entry into force
01.05.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA ATROF TABIIY MUHIT IFLOSLANTIRILGANLIGI VA ChIQINDILAR JOYLAShTIRILGANLIGI UChUN TO‘LOVLAR TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-sonli “Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini boshqarishning iqtisodiy usullariga o‘tishni yanada ta’minlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonunlarida nazarda tutilgan tabiatdan foydalanishda iqtisodiy mexanizmni bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun 2003-yil 1-maydan boshlab kompensatsiya to‘lovlari joriy etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-fevraldagi 15-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 6-7-son, 34-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari tomonidan undiriladi va quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foizi — Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foizi — respublika budjetiga.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, zaruriyatga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasiga atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari miqdorlarini indeksatsiya qilish bo‘yicha takliflar kiritsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun to‘lovlar tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida yigirma kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 1-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
199-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 1-maydagi
199-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlovchi, oqova oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lovchilar hisoblanadi, shuningdek yuridik va yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi hamda shaharlar va boshqa aholi punktlari kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizuvchi jismoniy shaxslar.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 5-son, 40-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faqat davlat budjeti mablag‘laridan moliyalashtiriladigan korxonalar va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lovchilar hisoblanmaydilar. Bunda daromadlarning boshqa manbalari bo‘yicha ushbu korxonalar va tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lovlari to‘laydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqova oqizishning normativ va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha), shuningdek avariyali va zarbli massa kompensatsiya to‘lovlari obyekti hisoblanadi va u o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 5-son, 40-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turg‘un va ko‘chma manbalardan ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash massasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ifloslantiruvchi moddalarni suv obyektlariga va joylarning relyefiga oqizish massasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududiga joylashtiriladigan zaharli va zaharli bo‘lmagan chiqindilar massasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarning normativdan ortiqcha oqizilgan massasi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 5-son, 40-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Keyinchalik qayta ishlanmaydigan va har xil turdagi maxsus jihozlangan to‘planadigan joylarga joylashtiriladigan normativ va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha) ishlab chiqarish chiqindilari uchun kompensatsiya to‘lovi mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilar saqlanadigan yoki to‘planadigan joylardan suv obyektlariga yoki joylarning relyefiga oqib chiqqan hollarda ifloslantiruvchi moddalar massasi uchun kompensatsiya to‘lovi suv obyektlariga va joy relyefiga avariyali chiqarib tashlash sifatida to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Konlar chegarasidan tashqaridagi vaqtincha ajratilgan maydonlarga joylashtiriladigan normativ va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha) yuza ochilgandagi (bo‘sh) jinslar uyumi qazib oluvchi sanoatning zaharli bo‘lmagan chiqindilari hisoblanadi va ular joylanganligi uchun mazkur Nizomga muvofiq kompensatsiya to‘lovi to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar kompensatsiya to‘lovi obyektlari hisoblanmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) maxsus saqlanayotgan va har xil turdagi maxsus jihozlangan to‘plash joylarida joylashtiriladigan xomashyo resurslari razryadiga tegishli bo‘lgan balansdan tashqari rudalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) vaqtincha (olti oygacha) maxsus ajratilgan maydonlarda joylashtiriladigan va so‘ngra ikkilamchi xomashyo sifatida foydalaniladigan ishlab chiqarish chiqindilari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishuv bo‘yicha texnika ekinlari va dov-daraxtlarni sug‘orish uchun foydalaniladigan tozalangan oqova suvlar;
(7-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) oldindan konlarning tashqarisiga joylashtirilmaydigan konlar ichida joylashtiriladigan yuzasi ochilgan jinslar uyumlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va joylashtiriladigan chiqindilarning normativ (limitli) massasi, ular bo‘yicha bir yilda hisoblab chiqilgan kompensatsiya to‘lovlari summasi eng kam oylik ish haqining 50 foizidan kamni tashkil etadi.
(7-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) foydali qazilmalar xomashyo resurslari sifatida maxsus jihozlangan chiqindi saqlash omborlarida joylashtirilgan va keyinchalik qayta ishlanadigan kon qazish sanoati chiqindilari.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 126-son qaroriga muvofiq “e” kichik bandi bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 19-20-son , 142-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) mineral o‘g‘itlar va iqtisodiyot tarmoqlari uchun mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xomashyo resurslari sifatida keyinchalik yana qayta ishlanadigan hamda maxsus jihozlangan saqlash joylari (uyumlar)da joylashtiriladigan fosforli o‘g‘itlar (fosfogips) ishlab chiqarish chiqindilari.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-iyuldagi PQ-420-son qaroriga muvofiq kichik band bilan to‘ldirildi— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 7-son, 400-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning normativ va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha)si uchun kompensatsiya to‘lovlari summasi kompensatsiya to‘lovlarining tasdiqlangan miqdoriga va ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan belgilangan ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning normativlariga (limitlariga) binoan mazkur Nizomga muvofiq to‘lovchilar tomonidan mustaqil hisoblab chiqiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yuridik shaxslarda (to‘lovchilarda) ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning tasdiqlangan normativlari (limitlari) mavjud bo‘lmagan taqdirda yoki ularning amal qilish muddati tamom bo‘lganda, shuningdek ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizishga va chiqindilarni joylashtirishga ruxsatnomalar mavjud bo‘lmagan taqdirda kompensatsiya to‘lovlari kompensatsiya to‘lovlarining belgilangan miqdorlariga 10 koeffitsiyent qo‘llangan holda ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishining butun amaldagi massasi uchun to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqazib tashlanganligi, oqizilganligi va chiqindilar joylashtirilishining amaldagi massasi yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarish va birlamchi hisobga olishning texnologiya tartib-qoidasidan kelib chiqib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. To‘lovchilar atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun har oyda avans kompensatsiya to‘lovlarini hisobot davridan keyingi oyning 25-kunigacha to‘laydilar. Avans kompensatsiya to‘lovlari oldingi yil choragi ma’lumotlari bo‘yicha ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishining normativ va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha) amaldagi o‘rtacha oylik massasidan kelib chiqib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yilning bir choragi uchun hisoblab chiqilgan kompensatsiya to‘lovi summasi eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan kamni tashkil etgan hollarda kompensatsiya to‘lovi hisobot beriladigan yil choragidan keyingi oyning 25-kunigacha bir chorakda bir marta to‘lanadi, ushbu holda O‘zbekiston Respublikasi hududida ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning normativ va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha) massasi hisob-kitobi moliyaviy hisobotni taqdim etish uchun belgilangan muddatlarda bir yilda bir marta ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishiladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovi summasi hisob-kitobi mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ikki nusxada tuziladi. Uning bir nusxasi moliyaviy hisobotni taqdim etish uchun belgilangan muddatlarda yil choragida bir marta to‘lovchi joylashgan joy bo‘yicha ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga taqdim etiladi. Tekshirib chiqilgan hisob-kitobning ikkinchi nusxasi to‘lovchida qoladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mablag‘lar o‘z vaqtida o‘tkazilmagan taqdirda muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kompensatsiya to‘lovi bo‘yicha qarzdorlik summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq qarzdorlik umumiy summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorida, penya undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovi summasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
P=(Mn x R) + (Msn x R x Kkr), Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
P — atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun so‘mlardagi kompensatsiya to‘lovi miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mn — tonna yoki kilometrlarda normalar doirasida ifloslantiruvchi moddalar tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi (oqizilishi) va chiqindilar joylashtirilishi massasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Msn — tonna yoki kilometrlarda normadan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalar tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi (oqizilishi) va chiqindilar joylashtirilishi muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
R — 1 tonna ifloslantiruvchi modda tabiiy muhitga chiqarib tashlanganligi (oqizilganligi) va chiqindilar joylashtirilganligi uchun so‘mlarda kompensatsiya to‘lovi miqdorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kkr — ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishiga va chiqindilar joylashtirilishiga tasdiqlangan normativlar (limitlar) ko‘paytirilganligi (kamaytirilganligi) uchun baravarlik koeffitsiyenti. Kkr ifloslantiruvchi moddalar atrof muhitga chiqarib tashlanganligi, oqizilishi va chiqindilar normativlar (limitlar)ga ko‘ra joylashtirilishi massasi ko‘paytirilishi (kamaytirilishi)ga qarab tabaqalashtirib aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanganligi, oqizilganligi va chiqindilar joylashtirilishining amaldagi massasi qisqartirish hisobiga ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishga tasdiqlangan normativlar (limitlar)dan kam bo‘lgan hollarda atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovi summasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
P=(Mn x R):Kkr, Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunda Mn — ifloslantiruvchi moddalar tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishi massasining amaldagi massasi bo‘yicha qabul qilinadi, Kkr quyidagi bog‘liqlikda aniqlanadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r‎

Ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning tasdiqlangan normativlar (limitlar)dan ortiq bo‘lgan (qisqartiruvchi) hajmi (baravar)‎

Ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishiga tasdiqlangan normativlar (limitlar) ko‘paytirilganligi (kamaytirilganligi) uchun baravarlik koeffitsiyenti ko‘rsatkichlari (Kkr) ‎

1.‎ 1,05 dan 1,059 gacha‎ 2,2‎
2.‎ 1,06 dan 1,1 gacha‎ 2,5‎
3.‎ 1,11 dan 1,2 gacha‎ 3,4‎
4.‎ 1,21 dan 1,3 gacha‎ 4,4‎
5.‎ 1,31 dan 1,5 gacha‎ 6,0‎
6.‎ 1,51 dan 2,0 gacha‎ 8,0‎
7.‎ 2,1 va undan yuqori‎ 10,0‎
(jadval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-fevraldagi 15-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 6-7-son, 34-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishiga tasdiqlangan normativlar (limitlar) ko‘paytirilganligi (kamaytirilganligi) uchun baravarlik koeffitsiyenti ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishi (oqizilishi) va chiqindilar joylashtirilishi amaldagi massasining har bir modda bo‘yicha alohida tasdiqlangan normativlarga nisbati sifatida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga avariyali chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishi hollarida ularning massasi ishlab chiqarishning texnologiya tartib-qoidasidan kelib chiqib asboblar bilan o‘lchash yoki hisob-kitobli usul yo‘li bilan aniqlanadi. Kompensatsiya to‘lovlari avariya (baravariga chiqarib tashlash, ifloslantiruvchi moddalarni oqizish) paydo bo‘lgan paytdan boshlab u bartaraf etilgungacha bo‘lgan davr uchun har bir modda bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlarining belgilangan miqdorlariga o‘n baravar miqdorda to‘lanadi. Kompensatsiya to‘lovi hisob-kitobidan avariyani bartaraf etish va uning oqibatlari davrida zararsizlantirish yoki keyinchalik ishlab chiqarishga jalb etish uchun korxonaga qaytariladigan ifloslantiruvchi moddalar massasi chiqarib tashlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kompensatsiya to‘lovi summasi hisob-kitobi uchun ifloslantiruvchi moddalarni tabiiy muhitga chiqarib tashlash (oqizish) va chiqindilarni joylashtirishning birlamchi hisobi bo‘yicha ularning turlariga ko‘ra belgilangan shakldagi davlat statistika hisobotining normativlari (limitlari), rasmiy ma’lumotlar asosida ifloslantiruvchi moddalar tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi (oqizilishi) va chiqindilar joylashtirilishi massasining amaldagi ma’lumotlari qo‘llaniladi. Hisobot davridagi ifloslantiruvchi moddalar tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi (oqizilishi) va chiqindilar joylashtirilishining amaldagi massasini aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda ularning massasi ishlab chiqarishning texnologiya tartib-qoidasi bo‘yicha kutilayotgan yil massasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Motor yonilg‘isini yoqishda ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga normativ chiqarishlar uchun kompensatsiya to‘lovi hisob-kitobi Vazirlar Mahkamasi qaroriga 2-ilovaga muvofiq ularni turlarga ajratmasdan ifloslantiruvchi moddalarning butun massasi uchun kompensatsiya to‘lovi miqdorlariga muvofiq amalga oshiriladi, ifloslantiruvchi moddalarning amaldagi massasi esa mazkur Nizomga A-ilovaga muvofiq qabul qilinadi. Agar yuridik shaxsning yoki ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlarining asboblar bilan o‘lchashi asosida belgilangan normativlardan ortiqcha ekanligi aniqlansa, u holda ushbu massa uchun normativdan ortiqcha chiqarganlik sifatida kompensatsiya to‘lovi to‘lanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lovchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy organlarining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yuridik shaxslar kompensatsiya to‘lovlarini atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari, oqovalari hosil bo‘lgan joy bo‘yicha to‘laydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslarning turli hududlarda joylashgan bo‘linmalari va filiallari yuridik shaxs hisoblanmagan va bank hisob raqamlariga ega bo‘lmagan taqdirda atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini yuridik shaxslar to‘laydilar. Kompensatsiya to‘lovlari yuridik shaxslarning ko‘rsatib o‘tilgan bo‘linmalari va filiallari joylashgan hududlardagi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy organlarining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga yo‘naltiriladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yuridik shaxs kompensatsiya to‘lovlarini to‘lashdan bosh tortgan taqdirda ularni, shuningdek penyani undirish iqtisodiy sud orqali majburiy tartibda amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini to‘lovchilar hisob-kitobning to‘g‘riligi va kompaniya to‘lovining o‘z vaqtida to‘lanishi uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. To‘lovchilar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy organlari qarorlari va ularning mansabdor shaxslari xatti-harakati yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash to‘lovchilarni ushbu chiqindilarni tashlaganlik, oqovalarni oqizganlik va chiqindilarni joylashtirganlik tufayli yetkazilgan zararni to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ushbu Nizomning to‘g‘ri qo‘llanishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
A-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir tonna motor yoqilg‘isini yoqishda chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar massasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Yoqilg‘i turlari‎

Ifloslantiruvchi moddalar massasi, kg ‎

Etillangan avtobenzin ‎ 788,3‎
Etillanmagan avtobenzin ‎ 788,0‎
Avtomobil dizel yonilg‘isi ‎ 208,5‎
Teplovozlar uchun dizel yonilg‘isi ‎ 120,5‎
Siqilgan tabiiy gaz‎ 274,0‎
Suyultirilgan neft gazi‎ 584,8‎
Reaktiv yonilg‘i ‎ 178,5‎
Aviatsiya benzini‎ 169,8‎
Suv transporti uchun yonilg‘i (flot mazuti) ‎ 198,4‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
B-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs (to‘lovchi) shtampi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

_______________________________________________‎___‎

mahalliy ekologiya va atrof
muhitni muhofaza qilish organiga‎‎‎‎‎

‎‎To‘lovchi

_________________________________________________(yuridik shaxsning to‘liq nomi) ‎‎
‎‎Iden-tsiya raqami ‎‎

‎‎Hisob-kitob uchun mas’ul shaxs _______________________________________________‎‎

‎‎To‘lovchi manzili, telefonii ______‎__________________________________________

‎‎Bank rekvizitlari

‎‎______________________________
‎(bank muassasi nomi, kod, hicob-kitob raqami)

‎‎200__ yil __ choragida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi
‎va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari
‎summasi hisob-kitobi

‎‎‏Kompensatsiya to‘lovi obyektlari nomi

Massasi (t, kg, kub. m) ‎‎

1 t, kg, kub. m uchun kompensatsiya to‘lovi miqdori (so‘m)‎‎

Ko‘paytirilganligi (kamaytirilganligi) uchun yoki avariya bo‘lganda baravarlik koeffitsiyentlari (birlik)‎‎

Kompensatsiya to‘lovi summasi, so‘m (2 us. x 4 us. x 5us.) + (3 us. x 4 us. x 5 us.) ‎‎

Normativ

Normativdan ortiq‎

Avariya bo‘lganda‎

‎‎‎‎

1‎‎

2‎‎‎

3‎‎

4‎‎

5‎‎

6‎‎

7‎‎

1. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish:‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Jami
‎‎2. Motor yonilg‘isini yoqishda ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish:
‎‎3. Suv obyektlarini va joy relyefini ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish:
‎‎Jami
4. Ishlab chiqarish chiqindilari:‎‎
‎‎Jami
‎‎Hammasi
Kompensatsiya bo‘yicha avans to‘lov‎‎
‎‎To‘lanishi kerak
‎‎Penya
‎‎To‘lanishi kerak


‎‎‎Rahbar


‎‎‎_________________________________
‎(imzo, familiyasi, initsiallari)

‎‎Bosh buxgalter

‎‎______________________________
‎‎(imzo, familiyasi, initsiallari)

Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari hisob-kitobini tekshirdi: ‎‎

‎‎Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organi
‎ davlat inspektori
__________________________________________________

‎‎(imzo, familiyasi, initsiallari)‎‎‎‎

‎‎To‘lov hisob-kitobini qabul qildi:

‎‎Kompensatsiya to‘lovlari hisobi va ularning tushumi
ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i

‎‎_________________________________

‎‎‎(imzo, familiyasi, initsiallari)‎‎‎‎

‎‎_________________
‎(cana)

(B ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 9-10-son, 71-modda; 2004-y., 43-son, 456-modda; 52-son, 523-modda; 2005-y., 19-20-son, 142-modda; 2006-y., 6-7-son, 34-modda; 7-son, 400-modda; 2010-y., 5-son, 40-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda; 2017-y., 24-son, 502-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)