O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5059-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom va uning Kuzatuv kengashi tarkibi 2-3-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘armani boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari boshqaradigan Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori shuningdek boshqa mas’ul shaxslar ham kiradi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
Jamg‘arma mablag‘lari to‘planishi va sarflanishini tezkor boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(3-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro xodimlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustama va qo‘shimcha to‘lovlardan tashqari, har chorak yakuni bo‘yicha mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi uchun Byuro direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Byuro xodimlari faoliyatini baholashning reyting tizimiga muvofiq belgilanadigan, quyidagi miqdorlardagi rag‘batlantiruvchi to‘lovlar beriladi:
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
70 balldan 80 ballgacha to‘plagan xodimlarga — lavozim maoshiga 50 foiz;
80 balldan 90 ballgacha to‘plagan xodimlarga — lavozim maoshiga 100 foiz;
90 balldan 100 ballgacha to‘plagan xodimlarga — lavozim maoshiga 200 foiz.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Quyidagilarning:
Oldingi tahrirga qarang.
a) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Bosh prokuraturasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining prokuratura organlari xodimlariga o‘zlarining xizmat vazifalarini operativ va o‘z vaqtida bajarishida ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalari (keyingi o‘rinlarda — avtotransport vositalari) sotib olish uchun kreditlar berish to‘g‘risidagi taklifi;
(31-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
b) “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha prokuratura organlari xodimlariga avtotransport vositalari sotib olish uchun quyidagi shartlar bilan kreditlar berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
kreditni berish muddati — 10 yil;
dastlabki badal summasi — sotib olinayotgan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi;
foizli stavka miqdori — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit berish sanasidagi amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida;
kredit bo‘yicha ta’minlash — avtotransport vositasi chiqqungacha va u kafolat bo‘yicha rasmiylashtirilgungacha, kreditni qaytarish yuzasidan majburiyatlarni qisqa muddatli sug‘urtalashni hisobga olgan holda kredit bo‘yicha sotib olinayotgan avtotransport vositasi kafolati;
foizlarni hisoblab yozish, asosiy qarzni va kredit bo‘yicha asosiy qarzni va hisoblab yozilgan foizlarni to‘lash, hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha olti oylik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, bank hisob-kitob metodi bo‘yicha amalga oshiriladi.
32. “O‘zavtosanoat” AJ O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan taqdim etiladigan prokuratura organlari xodimlari ro‘yxati asosida ular tomonidan “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki kreditlari hisobiga avtotransport vositalari sotib olish uchun avtotransport vositalari ajratilishini ta’minlasin;
(31 va 32-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
4. Jamg‘arma Kuzatuv kengashi (M.B. Azimov) bir oy muddatda Jamg‘arma Direksiyasining malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini, shuningdek, uning faoliyati bilan bog‘liq boshqa tashkiliy-texnik masalalar hal etilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-noyabrdagi PQ-3384-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 07/17/3384/0251-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-iyun,
PQ-3060-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish hamda uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Jamg‘arma kuzatuv kengashining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb yuritiladi) organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish, shuningdek majburiy ijro tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, Byuro va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlashga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirish hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va sarflash
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
vakolatli organlar tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklarni sotishdan, shuningdek qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini (davlat bojidan tashqari) undirishdan tushgan mablag‘larning 8 foizi;
Byuro organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklarni sotishdan tushgan mablag‘larning 8 foizi;
ijro ishi yurituvi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirilgan summaning 5 foizi, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga undirilgan soliq qarzdorligi bundan mustasno;
davlat ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yig‘imi mablag‘larining 100 foizi;
Byuro xodimlari tomonidan qo‘llaniladigan va undiriladigan jarimalar, shuningdek pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun bank yoki boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan qo‘llaniladigan va undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Byuro, shuningdek prokuratura organlarining Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarid qilingan asosiy vositalarini sotishdan olingan mablag‘larning 50 foizi, qolgan 50 foizi davlat budjetiga o‘tkaziladi. Byuro va prokuratura organlari tomonidan asosiy vositalar ommaviy savdolarda sotilgan taqdirda, mablag‘larni taqsimlash ularni baholash va sotish xarajatlari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshiriladi;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Jamg‘armaga uning daromadlari bo‘yicha kelib tushayotgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi g‘azna hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
6. Jamg‘armaga mablag‘lar kelib tushishining to‘liqligini nazorat qilish Byuro va Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltiriladi:
bino va inshootlarini saqlash, foydalanish, qurish va ta’mirlashga;
Byuro organlarini moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga, shu jumladan ularni zarur inventarlar, mebel, aloqa, kompyuter va boshqa orgtexnika hamda boshqa vositalar bilan ta’minlashga, shuningdek kommunal-foydalanish va boshqa joriy xarajatlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanmagan qismiga;
xizmat va maxsus avtotransport, shuningdek boshqa texnika vositalarini sotib olishga, ularga servis xizmati ko‘rsatish, ehtiyot qismlari va yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro xodimlari mehnatga haq to‘lash fondining Davlat budjetidan moliyalashtirilmaydigan qismini moliyalashtirishga, shuningdek, prokuratura hamda Byuro xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga va ijtimoiy muhofaza qilishga (xizmat uy-joy qurish, sanatoriya-kurort va tibbiy xizmat ko‘rsatish, mukofotlar to‘lash, maoshlarga ustamalar belgilash, moddiy yordam ko‘rsatish va hokazo);
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
qo‘shimcha xodimlarni saqlab turishga, shuningdek tegishli mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida Byuroga ishga jalb qilishga;
belgilangan tartibda Byuro xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun to‘lovlarni kompensatsiya qilishga;
prokuratura organlari xodimlariga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish bo‘yicha kreditlarning dastlabki badalini kiritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foizsiz qarz berishga;
Oldingi tahrirga qarang.
prokuratura va Byuro organlari xodimlariga ovqatlanish va yo‘lkira xarajatlari uchun oylik to‘lovlar hamda kuz-qish mavsumida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun to‘lov to‘lab berishga;
(7-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
axborot tizimlari, shu jumladan axborot-kompyuter tizimlari, Byuro ma’lumotlar bazasi va axborot resurslarini tashkil etish, xizmat ko‘rsatish, boshqarish, takomillashtirish va kengaytirish hamda Byuro organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligiga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishga;
Byuro xodimlarini, shu jumladan xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalarida o‘qitish, malakasini oshirish hamda stajirovka o‘tashiga;
Byuro vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etishga;
Byuro xodimlarining mamlakat ichkarisidagi va uning tashqarisidagi xizmat safari xarajatlarini to‘lashga;
Byuroning seminarlari, davra suhbatlari, konferensiyalari, amaliy mashg‘ulotlari, treninglari, profilaktika va boshqa tadbirlarini o‘tkazishga;
Byuro faoliyati uchun zarur bo‘lgan bosma va boshqa materiallar bilan ta’minlashga;
Sud ijrochilarning xalqaro ittifoqi, boshqa ixtisoslashtirilgan xalqaro va regional tashkilotlarda a’zolik uchun badal to‘lashga;
davlat daromadiga o‘tkazilgan aktivlarni xorijiy davlatlardan qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini ijro etilishini ta’minlash uchun Byuro tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlarni, shu jumladan xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, o‘zga tashkilotlarning axborot-maslahat xizmatlari, huquqiy va boshqa xizmatlarni, yig‘im va bojlarni moliyalashtirishga (qaytarilgan aktivlar yoki ular sotilishidan tushgan mablag‘lar hisobidan ushbu xarajatlarni Jamg‘armaga qoplash (qaytarish) sharti bilan);
Oldingi tahrirga qarang.
Aliment to‘lovlari” davlat maqsadli jamg‘armasining xarajatlarini qoplab berishga (Jamg‘arma daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda);
(7-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi PQ-202-sonli qaroriga asosan o‘n sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2025-y., 07/25/202/0541-son)
Majburiy ijro tizimi, Byuro organlari va boshqa prokuratura organlari faoliyati samaradorligini ta’minlash va takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlarga.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognozi tushumlar va kelgusi yildagi xarajatlar yo‘nalishlari bo‘yicha Byuroning hududiy boshqarmalari va boshqa organlari tomonidan hisobot yilining 1-noyabr holatiga taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida Byuro tomonidan ishlab chiqiladi. Bunda rejalashtirilayotgan yil boshidagi qoldiq mablag‘lar va, qoida tariqasida, so‘nggi 2 yildagi tushumlarning dinamikasi inobatga olinadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Byuro direktori tomonidan tasdiqlangan yig‘ma daromadlar va xarajatlar smetasi Jamg‘arma kuzatuv kengashiga kelishish uchun kiritiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
11. Jamg‘armadan pul mablag‘larini ajratish tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi hamda Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qarori asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xarajatlarni moliyalashtirish Byuro organlari va boshqa prokuratura organlari tomonidan Byuroga taqdim etiladigan talabnomalar, to‘lovlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan smetasiga muvofiq uning g‘azna hisob raqamlaridan amalga oshiriladi, xato va ortiqcha o‘tkazilganligi uchun qaytarilayotgan mablag‘lar bundan mustasno.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Jamg‘armadan ajratilgan mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumot Byuro organlari va boshqa prokuratura organlari tomonidan Byuroga har chorak yakuniga ko‘ra, hisobot oyidan keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Byuro Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi va keyingi hisobot davrida kutilayotgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
17. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari budjetga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi davrda foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(171-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
3-bob. Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish
18. Jamg‘armani boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari boshqaradigan uning Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek, boshqa mas’ul shaxslar ham kiradi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
19. Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Jamg‘arma Kuzatuv kengashining a’zolari o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
20. Jamg‘arma Kuzatuv kengashi zaruratga qarab, har chorakda kamida bir marta majlis o‘tkazadi. Zarur hollarda, Jamg‘arma Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari majlislari chaqirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qarori uning majlislarida a’zolarining kamida 2/3 qismi ishtirok etganda, oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va Kuzatuv kengashi raisi tomonidan imzolanadi.
Zarur hollarda yuzaga kelgan masalalarni tezkor hal etish maqsadida, kengash a’zolarining kamida 2/3 qismining rezolyutsiyasi bo‘lganda, ularning roziliklari va imzolarini yig‘ish orqali Kuzatuv kengashi qarorlari qabul qilinishi mumkin.
Ovozlar teng bo‘lganda, Jamg‘arma Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Jamg‘armaning joriy faoliyatiga rahbarlik, shu jumladan Jamg‘arma mablag‘lari to‘planishi va sarflanishini tezkor boshqarish Byuro tomonidan amalga oshiriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Byuro Jamg‘armaning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
mablag‘lar ajratishga kelib tushgan buyurtmalar bo‘yicha ma’lumotlar olish;
Oldingi tahrirga qarang.
undirilgan va Jamg‘armaga o‘tkaziladigan pul mablag‘larining amalda kelib tushgan summasi bo‘yicha tijorat banklari va tegishli tashkilotlardan axborotlar hamda statistika ma’lumotlarini so‘rab olish;
(24-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘armadan ajratilgan mablag‘larning maqsadli foydalanilishini monitoring qilish, zarur hollarda tegishli hujjatlarni so‘rab olish;
(24-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
mablag‘lardan maqsadsiz foydalanilgan hollarda, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha to‘lovlardan tashqari, moliyalashtirishni to‘xtatib turish, keyinchalik ushbu masalani Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
xorijiy valyutada hisob raqamlar ochish va yuritish, belgilangan tartibda ular bo‘yicha tegishli operatsiyalarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma Kuzatuv kengashi roziligi bilan bo‘sh mablag‘larni milliy va chet el valyutasida O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari depozitlariga joylashtirish, shuningdek, chet el valyutasidagi pul mablag‘lari bo‘yicha ayirboshlash va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish.
(24-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-sentabrdagi PF-5837-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Byuro Jamg‘armaning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish doirasida quyidagilarga majbur:
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish, shuningdek, ular bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarni shakllantirish;
Jamg‘armadan tasdiqlangan xarajatlar smetasida nazarda tutilmagan qo‘shimcha mablag‘larni ajratish bo‘yicha kelib tushgan buyurtmalarni to‘plash, ularni umumlashtirish va Jamg‘arma Kuzatuv kengashi ko‘rib chiqishi uchun tayyorlash;
Jamg‘arma daromadlarini shakllantirish tartibini takomillashtirish ishlarini amalga oshirish;
Jamg‘arma Kuzatuv kengashi qarorlarini o‘z vaqtida ijro etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Kuzatuv kengashi qarorlarini Byuro organlari va boshqa prokuratura organlariga yetkazish;
(25-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘larning foydalanilishini monitoring qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi bo‘yicha hisobotlarni uning Kuzatuv kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etish.
(25-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Byuro har hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga daromadlari va xarajatlari bo‘yicha ma’lumotlar, shuningdek Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga yillik hisobotni taqdim etadi. Byuro har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
4-bob. Yakunlovchi qoida
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasining Kuzatuv kengashi
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
A. Xolmaxmatov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari, Kuzatuv kengashi raisi | |
2. | J.I. Abruyev | — | O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari |
3. | X.M. Kabirdjanov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori |
4. | K.A. Suleymanov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i |
5. | U.T. Sadikov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i |
Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga tayinlangan yoki tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb yuritiladi)xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
2. Byuro xodimlarining mehnatga haq to‘lash fondi quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
a) lavozim maoshidan. Darajali unvonlarga ega bo‘lgan Byuro xodimlarining lavozim maoshini yagona tarif setkasi bo‘yicha tasdiqlangan mehnatga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorda qo‘llaniladi;
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
b) quyidagi miqdordagi oylik ustama haqlaridan:
alohida mehnat sharoitlari uchun darajali unvonlarga ega bo‘lgan xodimlarga lavozim maoshi (tarif stavkasi)ning 50 foizi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari Byuroning boshqa xodimlariga lavozim maoshining 100 foizi miqdorida. Mazkur ustamalar qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblashda Byuro xodimlarining lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi;
lavozim maoshiga 40 foiz miqdorda (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti);
darajali unvon uchun lavozim maoshiga 20 foizdan 50 foizgacha miqdorda;
darajali unvonlarga ega bo‘lgan xodimlarga — ko‘p yillik mehnati uchun lavozim maoshiga 5 foizdan 40 foizgacha miqdorda.
Oldingi tahrirga qarang.
Byuroning boshqa boshqaruv xodimlariga ko‘p yillik mehnati uchun har oylik ustama haq to‘lash prokuratura xodimlari uchun belgilangan miqdorda amalga oshiriladi. Bunda ustama miqdorini belgilashda xodimning umumiy ish staji inobatga olinadi (oliy o‘quv yurtidagi kunduzgi ta’lim davri bundan mustasno);
(2-band “b” kichik bandining oltinchi — sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) quyidagilarni o‘z ichiga oladigan rag‘batlantiruvchi va boshqa to‘lovlardan:
xodimlar faoliyatini individual baholash asosida xizmat vazifalarini vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajarganligi hamda ishdagi yuksak yutuqlari uchun ularni yilda ikki oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida mukofotlash;
Oldingi tahrirga qarang.
undirilgan ijro yig‘imi summasining bir qismi hisobidan xodimlarni rag‘batlantirish;
(2-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
bayramlar, muhim va yubiley sanalari, uzoq yillik hamda bekamu ko‘st xizmati (mehnati) uchun, pensiyaga chiqqanda va boshqa shu kabi holatlar munosabati bilan mukofotlash, shuningdek mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi hisobidan shakllantiriladigan Moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi mablag‘lari hisobidan shaxsiy ustamalar;
ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravarigacha miqdordagi oylik to‘lovlar;
Byuro tuman va shahar hamda tumanlararo bo‘limlari xodimlariga — yo‘lkira xarajatlarini qoplash uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravarigacha miqdordagi oylik to‘lovlar, xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlar bundan mustasno;
kuz-qish mavsumida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining besh baravari miqdorida yillik to‘lovlar;
yilda bir marta oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida moddiy yordam ko‘rsatish;
baxtsiz hodisaga uchragan, shuningdek xizmat vazifalarini bajarishda halok bo‘lgan Byuro xodimlarining oilasiga moddiy yordam ko‘rsatish.
Ovqatlanish va yo‘lkira xarajatlari uchun oylik to‘lovlarning mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravaridan yuqori miqdorini belgilash, shuningdek moddiy rag‘batlantirish fondi miqdorini ko‘paytirish Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi Kuzatuv kengashining qarori bilan amalga oshiriladi.
(2-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
3. Byuro xodimlarini moddiy rag‘batlantirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
mukofotlash;
lavozim maoshiga shaxsiy ustamalar to‘lash;
moddiy yordam ko‘rsatish.
Byuro xodimlarini moddiy rag‘batlantirish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
2-bob. Byuro xodimlarini mukofotlash tartibi
4. Xizmat vazifalarini vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajarganligi hamda ishdagi yuksak yutuqlari uchun shaxsiy bir martalik to‘lov shaklida mukofotlash Byuroning rahbarlar tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan, Byuroning boshqa xodimlarini — uning direktori tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Byuro va uning hududiy tuzilmalari xodimlariga mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi uchun Byuro direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Byuro xodimlari faoliyatini baholashning reyting tizimiga muvofiq belgilanadigan quyidagi miqdorlardagi to‘lovlar beriladi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
70 balldan 80 ballgacha to‘plagan xodimlarga — lavozim maoshiga 50 foiz;
80 balldan 90 ballgacha to‘plagan xodimlarga — lavozim maoshiga 100 foiz;
90 balldan 100 ballgacha to‘plagan xodimlarga — lavozim maoshiga 200 foiz.
3-bob. Lavozim maoshlariga oylik shaxsiy ustamalar to‘lash tartibi
6. Lavozim maoshlariga oylik shaxsiy ustamalar:
Byuro direktori va uning o‘rinbosarlariga — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan;
Byuro markaziy apparat xodimlari va hududiy boshqarmalar boshliqlariga — Byuro direktori tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Byuroning tuman (shahar) va tumanlararo bo‘limlari boshliqlariga — Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
hududiy tuzilmalar xodimlariga nisbatan tegishli hududiy boshqarma (bo‘lim) boshliqlari tomonidan belgilanadi.
7. Ish sifati yomonlashganda, topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilmaganda, mehnat va ijro intizomi buzilganda lavozim maoshiga belgilangan ustamalar bekor qilinishi yoki kamaytirilishi mumkin.
4-bob. Moddiy yordam ko‘rsatish tartibi
8. Mehnatga haq to‘lash fondini shakllantirishda yil hisobiga oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida moddiy yordam ko‘rsatish uchun mablag‘lar nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Xodim vafot etgan hollarda, moddiy yordam (agar xodim vafot etgan yilda bevosita unga moddiy yordam ko‘rsatilmagan bo‘lsa) uning turmush o‘rtog‘iga, turmush o‘rtog‘i yo‘qligida — u bilan birga yashovchi voyaga yetgan farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylar va homiylarga) yoxud voyaga yetmagan bolalarni (bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarni — yoshidan qat’i nazar) farzandlikka olganlarga, shuningdek, agar xodimlar nikohda turmagan va farzandlari bo‘lmagan hollarda, xodimning qaramog‘idagi shaxslarga yoki ota-onalariga teng ulushda to‘lab beriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
10. Istisno tariqasida, xodimning asoslantirilgan arizasiga asosan yuqori turuvchi tuzilma rahbarining roziligi bilan mehnatga haq to‘lash fondiga ajratilgan mablag‘lar doirasida, quyidagi hollarda qo‘shimcha tarzda moddiy yordam ko‘rsatilishi mumkin:
yaqin qarindoshlari vafot etganda — o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasiga asosan;
alohida ehtiyoj tug‘ilganda (baxtsiz hodisa, avariya, uzoq muddatli kasallik sababli maxsus davolanish va sog‘liqni qayta tiklashga, shuningdek, oiladagi og‘ir moddiy ahvol va boshqa holatlar).
11. Xodimlar xarajatlarini qoplash, moddiy yordam miqdori va uning to‘lanishi xodimda intizomiy jazo chorasi mavjudligiga bog‘liq bo‘lmaydi.
5-bob. Byuro xodimlarining ish haqi va ularni moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish manbalari va hajmlari
12. Byuro xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlar:
xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar;
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasining o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladigan mablag‘lari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Byuro xodimlarining mehnatga haq to‘lash fondiga kiradigan quyidagi to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi:
lavozim maoshi;
alohida mehnat sharoitlari uchun oylik ustama;
mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti (Byuro tuman (shahar) bo‘limlari xodimlaridan tashqari);
darajali unvon uchun lavozim maoshiga oylik ustama (Byuro tuman (shahar) bo‘limlari xodimlaridan tashqari);
yilda ikki oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida mukofot;
yilda oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida moddiy yordam;
15 foizlik Moddiy rag‘batlantirish fondi.
Byuro xodimlarining mehnatga haq to‘lash fondiga kiradigan boshqa to‘lovlar, shuningdek boshqa moddiy rag‘batlantirish choralari Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 24-son, 496-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 07/17/3384/0251-son; 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son, 23.11.2018-y., 06/18/5580/2202-son, 10.07.2019-y., 06/19/5761/3398-son; 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son; 25.06.2025-y., 07/25/202/0541-son)