07.06.2017 yildagi PF-5075-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 07.06.2017 yildagi PF-5075-son
Date of entry into force
19.06.2017
Hujjat 19.06.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda mahalliy budjetlarning daromadlari bazasini tubdan mustahkamlash, yuqori turuvchi budjetlar ajratmalariga qaramligini qisqartirish, uy-joy-kommunal, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiyalash va texnik yangilash boʻyicha strategik muhim investitsiya loyihalarni amalga oshirishni soʻzsiz taʼminlash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishi va masʼuliyatini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Aholining real daromadlari, turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror moliyalashtirilishini taʼminlash, markaz budjetiga qaramlikni keskin kamaytirish, budjetlararo munosabatlarni tubdan isloh qilish orqali mahalliy budjetlar mablagʻlarini boshqarishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishini kuchaytirish mamlakat budjet siyosatining asosiy vazifalari etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligining 2017-yilning 1-iyulidan boshlab 2017-yilning 31-dekabrigacha Toshkent shahri va uning tumanlarida tajriba tartibini oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) daromadlar qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha belgilangan soliq tushumlari, jismoniy shaxslarning mulklaridan olinadigan soliqlar, jismoniy shaxslardan olinadigan yer soliqlari, tovarlarning baʼzi turlari bilan savdo qilish va xizmatlarning alohida turlarini koʻrsatish huquqi uchun yigʻimlar toʻliq hajmda tumanlar budjetlari daromadlari hisobiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻlanadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi va bozorlardan tushayotgan daromadlar Toshkent shahri budjeti va tumanlar budjetlari oʻrtasida taqsimlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarning yer soliqlaridan tushadigan tushumlar, suv resurslaridan foydalanish soligʻi, jismoniy shaxslardan olinadigan mulk soligʻi toʻliq hajmda Toshkent shahri budjetiga yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq tushumlari, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun olinadigan soliqlar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovi, jismoniy shaxslarning daromad soliqlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Toshkent shahrining mahalliy budjeti oʻrtasida mazkur Farmonning ilovasiga* muvofiq normativlarga koʻra taqsimlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Toshkent shahri budjeti oʻrtasida, shahar budjeti qismida, oʻtkazilgan soliqlardan belgilangan prognozlarni ortigʻi bilan bajarish summasi, Toshkent shahrining mahalliy budjeti ixtiyorida qoldiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xarajatlar qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq taʼlimi muassasalari, poliklinikalar, yotish oʻrniga ega boʻlmagan dispanserlar, aholining madaniyat va dam olishi markazlari, tumanlar hokimliklari va ularning boʻlimlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ijtimoiy yordam va ijtimoiy moslashish markazlari va obodonlashtirishga boʻlgan xarajatlar tumanlar budjetlaridan moliyalashtirilishi tartibi saqlanib qolinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shahar budjetidan moliyalashtiriladigan ichki avtomobil yoʻllarini taʼmirlash xarajatlari, tumanlar budjetiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan umum taʼlim maktablarining oylik ish haqi va yagona ijtimoiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlari, Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan maqsadli budjetlararo transfertlari hisobiga amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash xarajatlari, alohida toifadagi fuqarolarning bepul va imtiyozli yoʻlkirasi bilan bogʻliq yoʻlovchi tashuvchilarning daromadlarining kamaygan qismini qoplash, transport vositalarini xarid qilish bilan bogʻliq shahar yoʻlovchi transporti tashkilotlarining xarajatlari Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan Chernobil AES halokati natijalarini bartaraf qilishda qatnashgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, maxsus maktablar, maktab internatlari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning taʼminoti xarajatlari Toshkent shahrining shahar budjetiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan xarajatlar, mazkur kichik bandda belgilangan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur tajriba natijalari asosida 2018-yilgi soliq va budjet siyosati Konsepsiyasi doirasida respublikamizning barcha hududlariga tajriba tartibini joriy etish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash hisobiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti gʻaznachiligi ijrosini yanada takomillashtirish va kuchaytirish boʻyicha takliflarni kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, 2017-yilning 1-iyulidan boshlab, hududlarning oʻzini-oʻzi moliyaviy taʼminlash darajasini oshirish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining debitorlik qarzlarini kamaytirishdan manfaatdorligini oshirish maqsadida, “Oʻztransgaz” AK (aholiga yetkazib beriladigan gazdan tashqari) gaz taʼminoti korxonalari sotiladigan gazga qoʻshimcha qiymat soligʻini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda, uni sotish joyida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan tushumning bir qismini Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetiga yoʻnaltirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn kun muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 7-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5075-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 488-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son; 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)