31.05.2017 yildagi PQ-3024-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 31.05.2017 yildagi PQ-3024-son
Date of entry into force
13.06.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi “Yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni nazoratini kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlarini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5065-sonli Farmonini ijro etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasini yanada rivojlantirish, 2017 — 2021-yillarda sohaga ilgʻor fan-texnika yutuqlarini joriy etish, moddiy- texnika bazasini yangilash, tarmoqqa xalqaro grantlarni jalb etish chora-tadbirlari Dasturi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari masʼul ijrochilari zimmasiga 6-ilovada koʻrsatilgan chora- tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishni tashkil etish yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari, ularning vakolatlariga muvofiq sudlarga beriladigan daʼvo va arizalari boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Innovatsion rivojlanish agentligiga fundamental, amaliy va innovatsiyaviy davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarini shakllantirishda, ularga yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini ilmiy boshqarish va meliorativ holatini yaxshilash hamda iqlimning oʻzgarishi hisobiga sugʻoriladigan yerlarning degradatsiyasiga uchrashining oldini olish boʻyicha innovatsiyaviy va zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiquvchi ilmiy loyihalarni kiritishni taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kadastr agentligi boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda yangilangan “xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblari Klassifikatori” asosida yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning nazoratini kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyati boʻyicha malakali kadrlarni tayyorlashda oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, yoʻnalishlar, kasb va ixtisosliklari boʻyicha roʻyxatni belgilash, ularni amalga oshiradigan oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarini aniqlash, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari bilan bogʻliq korxonalar va tashkilotlarda oʻqitish, amaliyot oʻtkazish va tajriba orttirish majburiyatini hisobga olgan holda, ular boʻyicha taʼlim standartlarini, oʻquv rejalari va dasturlarini zamonaviy talab va xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda, qaytadan tanqidiy koʻrib chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili, ixtisoslashgan oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga qabul kvotasini shakllantirishda yer tuzish, geodeziya va kartografiya faoliyati sohasida malakali kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni hisobga olsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tanlagan kasb va ixtisosliklari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining korxona va tashkilotlariga ishga joylashtirishni, avvalo oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbarlarining bu boradagi masʼuliyatlarini nazorat qilish va kuchaytirishning amaliy mexanizmini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 31-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3024-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasini yanada rivojlantirish, 2017 — 2021-yillarda sohaga ilgʻor fan-texnika yutuqlarini joriy etish, moddiy-texnika bazasini yangilash, tarmoqqa xalqaro grantlarni jalb etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHORA-TADBIRLARI DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

Hujjat turi, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija

I. YERGA OID MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISH SOHASIDAGI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI

1.

Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga;

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga;

“Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Qonunga;

“Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi “Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2017-yil sentabr

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Qonun loyihasi.

Yer egalarining, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning yer resurslarini saqlash va ulardan samarali foydalanish borasidagi majburiyatlari, shuningdek “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi organlarining yerlardan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlashdagi vakolati qonunchilik asosida toʻldiriladi.

Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima sanksiyalarini belgilashda yer maydoni va tuproq unumdorligini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan tarzda yondoshish taʼminlanadi.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish tartibi takomillashtiriladi.

2.

Oʻzbekiston Respublikasining Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning tasdiqlanishini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2017-yil
iyun

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarori.

Yerga oid munosabatlarning samarali tartibga solinishi va yerlar muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari vazifa va funksiyalari hamda ular faoliyatini tashkil etish takomillashtiriladi.

3.

Yerga oid munosabatlar va davlat kadastrini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning tasdiqlanishini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2017-yil
iyun

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Moliya vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarori.

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasi yaxshilanadi.

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2017-yil
iyul

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarori.

Yerga oid qonunchilik buzilishlari oʻz vaqtida aniqlanishi va bartaraf etilishi taʼminlanadi, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazorat oʻrnatish boʻyicha davlat inspektorlarini maxsus formali kiyim-kechak bilan taʼminlash, ularning huquqlarini, javobgarlik choralarini va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishni nazarda tutuvchi tartib joriy etiladi.

II. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YER RESURSLARI, GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA DAVLAT KADASTRI DAVLAT QOʻMITASINING SAMARALI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI

Yer tuzish va yerdan foydalanish sohasida:

5.

Xalqaro grantlarni jalb etgan holda ArcGIS dasturiy mahsuloti negizida “Yer-axborot tizimi” dasturini ishlab chiqish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

qishloq xoʻjaligi yerlarining tavsifi, huquqiy maqomi, miqdor va sifat jihatdan baholanishi, shuningdek yerdan foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi axborotni hisobga olgan holda elektron maʼlumotlar bazasini va materiallar xaritalarini yaratish;

kosmik suratlarni qabul qiluvchi stansiyalar oʻrnatish;

har bir qishloq xoʻjaligi korxonasi va ekinzorlari, ekilgan ekinlari va ularning maydonlari toʻgʻrisida muntazam yangilanib turiladigan maʼlumotlarning avtomatlashtirilgan bazasini shakllantirish.

2018 — 2021-yillar

Xalqaro tashkilotlar grantlari, Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Xalqaro grant loyihasi.

Qishloq xoʻjaligi ahamiyatidagi yerlardan foydalanish samaradorligi oshadi, har bir qishloq xoʻjaligi korxonasi toʻgʻrisida yozma ravishda va son bilan ifodalangan yangilangan hisob axborotini tezkorlik bilan olish taʼminlanadi.

6.

Joylarda yerlarni sifatli nazorat qilishni tashkillashtirish, yerga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va oldini olish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish va boshqa agrotexnika tadbirlarini oʻtkazishning uchuvchisiz uchadigan apparatlar yordamida tizimli monitoringini olib borish.

har yili

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Yillik ishlar rejasi.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda yerlardan foydalanish samaradorligi va yerlar talon-taroj qilinishining oldini olish chora-tadbirlari natijadorligi oshadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari oʻz vaqtida ishlab chiqilishi taʼminlanadi.

7.

Zamonaviy geoaxborot texnologiyalari va asboblarini qoʻllagan holda respublika hududida maʼmuriy chegaralarni oʻrnatish (tiklash) ishlarini oʻtkazish.

har yili

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Yillik ishlar rejasi.

Yerlardan foydalanishning huquqiy asosi, maʼmuriy tuzilmalar yer maydonlarining miqdorlari va tegishli ravishda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar toʻgʻrisidagi axborotning ishonchliligini, chegaraoldi nizolarining tezkor hal etilishini taʼminlaydi.

8.

Yangi yerlarni oʻzlashtirish va yer resurslaridan samarali foydalanish boʻyicha ilmiy asoslangan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

doimiy
ravishda

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Ichki idoraviy normativ hujjat.

“Oʻzdaverloyiha” DILI tuzilmasida maxsus boʻlinma — yerlarni oʻzlashtirish va buzilgan yerlarni qayta tiklash loyihalarini ishlab chiqish boʻlimi tuziladi.

Qishloq xoʻjaligi va Oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarini qoplashdan tushadigan mablagʻlar hisobiga ilmiy asoslangan loyiha ishlarining bajarilishi taʼminlanadi.

9.

Tabiiy yaylovlar va pichanzorlardan samarali foydalanishni tashkillashtirish.

doimiy
ravishda

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Yillik ishlar rejasi.

Geobotanik tekshirish maʼlumotlari asosida yaylovzorlar holati va yaylovlarning choʻllashuvi va yomonlashuvining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar natijadorligi baholanadi.

10.

Sugʻoriladigan va lalmi yerlarning sifatini baholash boʻyicha ishlar bajarilishining muntazamligini taʼminlash.

har yili

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Yillik ishlar rejasi.

Sugʻoriladigan yerlar (har 5 yilda) va lalmi yerlar (har 10 yilda) tuproq unumdorligi muntazam asosda baholanib, yangilangan tuproq va yer-baholash xaritalari tuziladi, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda yerlarni muhofaza qilish boʻyicha tavsiyanomalar bilan taʼminlash.

11.

Qishloq xoʻjaligi ekinzorlari tuprogʻini monitoring qilish boʻyicha ishlarning bir vaqtda va toʻla miqyosda olib borilishini taʼminlash.

har yili

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Yillik ishlar rejasi.

Tuproq holatiga taʼsir oʻtkazuvchi ifloslantiruvchi va boshqa ekologik omillarni aniqlash boʻyicha muntazam ishlar olib borilishi taʼminlanadi.

Qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining tuproq holatidagi oʻzgarishlar oʻz vaqtida aniqlanishi, ularning baholanishi va salbiy jarayonlarning oldini olish hamda ularning oqibatlariga qarshi kurashish boʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqilishi taʼminlanadi.

Davlat kadastrini yuritish sohasida:

12.

Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli koʻchmas mulk obyektlarini doimiy asosda inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va elektron maʼlumotlar bazasini yangilash.

2017-yil dekabr

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Adliya vazirligi

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat.

Tumanlar (shaharlar) koʻchmas mulk obyektlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish va koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisidagi axborotni real vaqt rejimida yangilash tartibi oʻrnatiladi.

13.

Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli koʻchmas mulk obyektlarining maʼlumotlar bazasini toʻliq shakllantirish va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish doirasida, maʼlumotlarni tegishli vazirliklar va idoralar bilan idoralararo integratsiyalash.

2017-yil dekabr

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar

Koʻchmas mulk kadastri bazasi shakllantirilishini taʼminlaydigan maʼlumotlarning axborot bazalarini boshqarish mavjud tizimi doirasida dasturiy mahsulot joriy etiladi.

Maxsus dasturiy mahsulotdan maʼlumotlar bazasi integratsiya qilinadi.

14.

Davlat kadastrlarini yuritish uchun masʼul boʻlgan vazirlik va idoralar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va viloyat darajasida hududlar kadastri maʼlumotlar bazasini yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

2017-2018-yillar

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Davlat kadastrini yuritish uchun masʼul boʻlgan vazirlik va idoralar hududlar kadastrining maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda axborotni doimiy asosda “Davergeodezkadastr” qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga oʻtkazish chora-tadbirlarini muttasil amalga oshirib turadilar.

15.

Yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni taʼminlash hamda davlat kadastrlarini yuritish masalalarini reklama roliklarida va ommaviy axborot vositalarining boshqa koʻrsatuv va eshittirishlarida yoritish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

doimiy
ravishda

Oʻzbekiston MTRK,

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi

Chora-tadbirlar dasturi.

Yerlardan oqilona va maqsadli foydalanish sohasida aholining va boshqa yerdan foydalanuvchilarning huquqiy madaniyati oshadi, shuningdek yer resurslariga nisbatan tejamli munosabatda boʻlish taʼminlanadi.

Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasida:

16.

Davlat kadastrlarini toʻliq shakllantirish maqsadida turli miqyoslardagi elektron-raqamli kartografiya asoslarini yaratish.

2017-2018-yillar

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi

Respublikaning butun hududi boʻylab 1:2000 miqyosidagi shaharlar va tuman markazlarining raqamli topografik planlarini, 1:10000 miqyosdagi qishloq xoʻjaligi yerlarining xaritalarini, shuningdek 1:25000 miqyosdagi topografik xaritalarning yaratilishi taʼminlanadi.

17.

�avlat kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi geoaxborot maʼlumotlarini toʻliq shakllantirish maqsadida respublikaning butun hududi boʻylab mahalliy koordinatalar tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish hamda ulardan turli tarmoqlarda keng foydalanilishini taʼminlash.

2018-yil dekabr

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi

Respublikaning butun hududi boʻylab mahalliy koordinata tizimlari, mahalliy koordinatalar tizimida geodeziya punktlarining kataloglari ishlab chiqiladi. Foydalanuvchilarga kadastr maʼlumotlarini taqdim etishdagi cheklovlar olib tashlanadi.

18.

Zamonaviy talablarga mos keladigan kartografik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun “Kartografiya” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasini qoʻshimcha uskunalar bilan taʼminlash.

2018 — 2020-yillar

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi va xalqaro grant mablagʻlari hisobidan

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi

Kompleks tadbirlar rejasi.

Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, qoʻl mehnatidan voz kechish maqsadida qoʻshimcha yangi zamonaviy yuqori unumli texnologiyalar bilan jihozlash.

III. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YER RESURSLARI, GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA DAVLAT KADASTRI DAVLAT QOʻMITASI TIZIMINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI YANADA MUSTAHKAMLASH, AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH

19.

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining binolarini qurish va rekonstruksiya qilish.

2018 — 2021-yillar

Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Faoliyatni samarali tashkil etish uchun idoraga qarashli muassasalar namunaviy binolar bilan taʼminlanadi.

20.

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi hududiy boshqarmalari va boʻlinmalari quyidagi miqdorda texnik va texnologik jihatdan taʼminlanadi:

a) DAMAS avtomobillari bilan (193 ta);

b) yer inspektorlari uchun keys-komplektlar bilan (1068 dona);

v) tuproqni tezkor ekspertiza qilish uchun mobil laboratoriya komplekslari bilan (17 ta);

g) yer usti va qishloq xoʻjaligi ekinzorlarini monitoring qilish uchun uchuvchisiz uchar apparatlari bilan (168 ta).

2017 — 2021-yillar

Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgʻarmasi va “Davergeodezkadastr” qoʻmitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Idoraviy hujjat.

Yer inspektorlari ishining sifati va samaradorligi sezilarli darajada oshiriladi.

Tuproqning sifat tarkibi tezkorlik bilan aniqlanadi.

Yer tuzilishini ilmiy asosda loyihalashtirish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.

Yer yuzasi va qishloq xoʻjaligi ekinzorlarini monitoring va nazorat qilish jarayonlari avtomatlashtiriladi.

21.

Qoʻmita tuzilmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida “Davergeodezkadastr” qoʻmitasining budjetdan tashqari Jamgʻarmasini shakllantirish uchun yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan bajariladigan ishlar uchun tushumlar hajmining koʻpi bilan 5 foizi miqdorida qoʻshimcha mablagʻlarni nazarda tutish.

2017-yil
avgust

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarori.

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi tizimining tashkilotlari tomonidan koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini modernizatsiyalash va axborotlashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash imkonini beradi.

22.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish, shuningdek mazkur sohadagi maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish boʻyicha axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2017-yil
iyun

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi

Loyihani amalga oshirishning texnik hujjatlari.

Murojaatlarning turlarini tasniflash va shikoyatlar sonini qisqartirish taʼminlanadi.

23.

Davlat kadastri xizmatlarini taqdim etish jarayonini inventarizatsiya qilish, aholiga xizmat koʻrsatish boʻyicha xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish.

Zarur boʻlganda qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlagan holda davlat xizmatlarini modernizatsiyalash va axborotlashtirish rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.

2017-yil sentabr

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Chora-tadbirlar amaliy rejasi.

Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish tadbirlari oʻtkaziladi.

Davlat xizmatlarini elektron shaklga oʻtkazish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish orqali mavjud nizomlarga oʻzgartirishlar kiritiladi.

Barcha darajalardagi davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi xodimlarning vazifalari, funksiyalari va javobgarligi chegaralanib qoʻyiladi, bir-birini takrorlovchi va dolzarbligini yoʻqotganlari bekor qilinadi.

24.

Hududiy boshqarmalar va tuman boʻlimlarida mahalliy tarmoqlarni va himoyalangan yagona korporativ tarmoqni takomillashtirish, shuningdek himoyalangan elektron hujjatlar aylanishining yagona tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2017-2018-yillar

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Chora-tadbirlar rejasi.

Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, tarmoq uskunalari va boshqa uskunalarni xarid qilish, ularni montaj qilish va ishga tushirish taʼminlanadi.

Virtual tarmoq orqali markazlashtirilgan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalariga ulanish, shuningdek axborot xavfsizligi qoidalariga rioya etish.

25.

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalarini quyidagilar bilan bosqichma-bosqich jihozlash:

kompyuter va ofis texnikasi, zamonaviy aloqa vositalari, dasturiy taʼminot bilan;

axborot xavfsizligini taʼminlaydigan maxsus texnik vositalar va uskunalar bilan.

2017-2018-yillar

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Chora-tadbirlar rejasi.

Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, raqamli vositalar va uskunalar (serverlar, aloqa kabellari, konferens aloqa va hokazolarni) sotib olish taʼminlanadi.

Qoʻyilgan vazifalarni hal etishda mehnat unumdorligi, tezkorlik va mobillik oshishiga koʻmaklashuvchi operatsion jarayonlar tizimlashtiriladi.

IV. TARMOQNI MALAKALI KADRLAR BILAN TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI

26.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri organlari tizimi uchun oliy oʻquv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida mutaxassislar tayyorlash boʻyicha davlat taʼlim standartlarini, oʻquv rejalari va oʻquv predmetlari dasturlarini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.

2017-yil
avgust

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Iqtisodiyot vazirligi

Chora-tadbirlar dasturi.

Tarmoqni malakali mutaxassislar bilan taʼminlashning ilmiy asoslangan tizimi yaratiladi.

27.

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi rahbarlari va xodimlarining professional hamda malakaviy tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun ularni attestatsiyadan oʻtkazish.

2017-yil sentabr

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi rahbarlari va xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish grafigi. Rahbar xodimlar va mutaxassislarning yuqori darajadagi professional tayyorgarligi taʼminlanadi.

28.

Kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni oʻrganish va joriy etish maqsadida rivojlangan mamlakatlarning yetakchi turdosh tashkilotlari va taʼlim muassasalari bilan hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish.

doimiy
ravishda

Xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlari, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Bitimlar va memorandumlar. Xorijiy tashkilotlar, taʼlim muassasalari bilan tajriba ayirboshlash.

29.

Oliy maʼlumotli isteʼdodli yoshlarni tarmoqqa jalb etish, ularni xizmat uy-joyi bilan taʼminlash chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish.

doimiy
ravishda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi

Chora-tadbirlar dasturi.

Yer resurslariga nisbatan tejamkorlik ruhida tarbiyalangan, oliy maʼlumotga ega yoshlarni tarmoqqa jalb etish taʼminlanadi.

30.

Masofaviy oʻqitish tamoyili boʻyicha tarmoq barcha xodimlarining malakasini oshirish.

doimiy
ravishda

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobidan

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi rahbarlari va xodimlarining malakasini oshirish grafigi.

Tarmoq xodimlarining zamonaviy texnologiyalar va axborot tizimlarini zarur darajada egallashi taʼminlanadi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 451-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son; 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 25.06.2020-y., 07/20/3639/0863-son, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)