Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.07.2003 05.07.2000 yildagi 257-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.07.2000 yildagi 257-son
Date of entry into force
05.07.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.07.2003
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DAVLAT MULKINI BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-iyuldagi 325-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining kadrlar potensialini mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat aktivlarini va aksiyalar ulushlarini boshqarish samaradorligini oshirish, xususiylashtirilgan korxonalarni aniq va maqsadli qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlatning ishonchli vakillarini tayinlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi Komissiya tarkibi 2-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasi korxonalarning ustav jamg‘armalarida davlat ulushini 25 foiz va undan ortiq miqdorda saqlab qolishning maqsadga muvofiqligi hamda ularni fond bozorida, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish to‘g‘risidagi masalani bir oy muddatda ko‘rib chiqsin va qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining manfaatdor Komplekslari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kompaniyalar va korporatsiyalar bilan birgalikda 2000-yilning uchinchi choragi mobaynida barcha davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan o‘tkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2000-yil 1-sentabrgacha aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushlari miqdorlarini o‘rganib chiqsin hamda ular ustav jamg‘armalarining ularga kirmagan markazlashtirilgan investitsiyalar va boshqa budjet ajratmalari miqdoriga o‘zgartirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Davlat mulki qo‘mitasining Markaziy apparati tuzilmasida xodimlarining cheklangan soni 15 nafar bo‘lgan Aksiyadorlik jamiyatlarida davlat mulkini boshqarish departamenti tashkil etsin. Belgilansinki, Departament faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzurida qoldiriladigan xususiylashtirishdan olingan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish, korxonalarni xususiylashtirishdan keyin qo‘llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish, aksiyalarida davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida davlatning ishonchli vakillari va ishonchli boshqaruvchilarni tanlash va ularni o‘qitish ishlarini olib borish, shuningdek ularning faoliyati ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish Departamentning asosiy vazifalari etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi joriy yilning oxirigacha davlatning ishonchli vakillarini va ishonchli boshqaruvchilarni korporativ boshqarish asoslariga o‘qitish bo‘yicha doimiy ishlovchi kurslar tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qaroriga 6-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 5-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
257-son
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)