Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2026 31.05.2017 yildagi 331-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.05.2017 yildagi 331-son
Date of entry into force
05.06.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2026
Hujjat 05.06.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 282-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ustavi hamda haqiqiy aʼzolari (akademiklari) va muxbir aʼzolarini saralash va tasdiqlash tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklarining faoliyatini yanada takomillashtirish va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 29-dekabrdagi PF-4907-son Farmonini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatining meʼyoriy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ustavi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 31-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
331-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 331-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
USTAVI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Fanlar akademiyasi deb ataladi) mamlakatning fan, texnika, madaniyat va maʼrifat sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni (keyingi oʻrinlarda ilmiy tadqiqotlar deb ataladi) amalga oshiruvchi yetakchi davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Fanlar akademiyasi oʻz tizimida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarni samarali boshqarishni va muvofiqlashtirishni hamda davlatning intellektual, ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy-maʼrifiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan fan yutuqlari va ilmiy hajmdor texnologiyalarning joriy etish uchun taqdim etilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Fanlar akademiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Ustavga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Fanlar akademiyasining Ustavi Fanlar akademiyasi Umumiy yigʻilishi tavsiyasi bilan uning Prezidiumi tomonidan qabul qilinadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Fanlar akademiyasi Prezidiumi qarori bilan kiritiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Fanlar akademiyasining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti va belgilangan tartibda jalb etilgan budjetdan tashqari mablagʻlar asosida moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Fanlar akademiyasi, uning mintaqaviy boʻlimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va unga boʻysunuvchi boshqa tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda tashkilot nomi yozilgan dumaloq muhrga, boshqa zarur muhr va shtamplarga, bank hisob raqamlariga, jumladan valyuta hisob raqamiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Fanlar akademiyasining manzili (pochta manzili): Oʻzbekiston Respublikasi, 100047, Toshkent shahri, akademik Yahyo Gʻulomov koʻchasi, 70-uy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Fanlari akademiyasining rasmiy nomlanishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tilida — “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rus tilida — “Akademiya nauk Respubliki Uzbekistan”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ingliz tilida — “Uzbekistan Academy of Sciences”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Fanlar akademiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar Fanlar akademiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy, texnikaviy va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fanning taʼlim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot tarmoqlari va respublika mintaqalari ehtiyojlarini hisobga olgan holda fan va texnologiya rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlari, davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon va mamlakatimiz fani yutuqlarini oʻrganish va tahlil qilish, ulardan Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlari yoʻlida foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz fani, ilmiy salohiyati, fan-texnika sohasida erishilgan yutuqlarni targʻib va tashviq qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyalari, chet davlatlarning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va fondlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, xalqaro ilmiy forum va anjumanlarni tashkil etish va oʻtkazishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi tashkilotlarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasidan foydalanib yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Fanlar akademiyasi oʻziga yuklangan masalalarni hal etish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ilmiy tadqiqotlar olib borish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan, texnika va innovatsion rivojlanish sohasida davlat va boshqa turdagi dastur va loyihalarni amalga oshirishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-maʼrifiy va maʼnaviy-axloqiy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tabiiy, texnikaviy, tibbiy, qishloq xoʻjaligi, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiat, jamiyat va insoniyat, sunʼiy yaratilgan obyektlar taraqqiyoti, millatlar, milliy madaniyatlar, davlat va milliy munosabatlarning rivojlanish muammolari va jarayonlari, taʼlim va maʼrifat masalalarini tadqiq etadi, amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida ushbu yoʻnalishlarga oid masalalarning yechimi boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi texnika, zamonaviy texnologiyalar va ulardan amaliyotda foydalanish tamoyillarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olimlar va ilmiy tadqiqot olib borayotgan jamoalarning ilmiy asarlarini tezkorlik bilan eʼlon qilish maqsadida noshirlik faoliyatini amalga oshiradi, Fanlar akademiyasining davriy nashrlarini tayyorlash va chop etish ishlarini taʼminlaydi, Fanlar akademiyasining davriy nashrlari tahririyati tarkibiga xorijiy olimlarni jalb etadi va ularning faoliyatini tashkillashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va amalga oshirish hamda Fanlar akademiyasiga boʻysunadigan ilmiy-tadqiqot muassasalari, shuningdek oʻz tasarrufidagi muassasalarda faoliyat yuritayotgan ilmiy xodimlar va mutaxassislarning samarali faoliyatini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Fanlar akademiyasi tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, ularning filiallari va boshqa tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil qilish va tugatish boʻyicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-texnikaviy muammolar va oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari boʻyicha tanlovlar tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) fanning taʼlim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan, taʼlim, ishlab chiqarish integratsiyasi jarayonlari va tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish tashkilotlari, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, ilmiy va ilmiy-texnik jamiyatlar, ijodiy birlashmalar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro manfaatli ilmiy hamkorlikni rivojlantiradi va takomillashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalarini yosh iqtidorli kadrlar bilan toʻldirish va yoshiga koʻra faoliyatini toʻxtatayotgan ilmiy xodimlarning tabiiy almashinuvini taʼminlash uchun yosh mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari va tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasida yaqindan aloqa va hamkorlikning yoʻlga qoʻyilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy-oʻquv markazlari va oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma kafedralari bazasida sohaviy mutaxassisliklar boʻyicha magistr va bakalavrlarning chuqurlashtirilgan ilmiy tayyorgarligini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy taʼlim muassasalarining sohaviy fakultetlari bazasida oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari hamkorlikda fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boradigan idoralararo ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining akademiklari va yetakchi olimlari tomonidan sohaviy oliy oʻquv yurtlarida maʼruza mashgʻulotlari oʻtkazilishini, fan doktori ilmiy darajasi va PhD talabgorlariga hamda magistrlarning ilmiy ishlariga rahbarlikning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shakllantirilayotgan innovatsion va (yoki) ilmiy-texnologik tuzilmalar (texnoparklar, innovatsion markazlar va boshqalar) faoliyatining ilmiy-uslubiy taʼminotida ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intellektual mulk obyektlaridan va ilmiy ishlanmalar natijalaridan foydalanish va ularning tijoratlashuvi samarali mexanizmlarini ishlab chiqishda koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fanning moddiy bazasi va ijtimoiy taʼminotini rivojlantirishga, fan, taʼlim va ishlab chiqarish oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga, integratsiya mexanizmlarini takomillashtirishga, fanning innovatsion salohiyatini samarali ishga solishga doir takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishda tashabbus koʻrsatadi va ularni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tomonidan ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, shuningdek olingan natijalar va innovatsion ishlanmalarni joriy qiladigan va ulardan foydalanadigan tashkilotlarga beriladigan preferensiya va imtiyozlardan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va mintaqalarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini, davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarini shakllantirish boʻyicha quyidagi yoʻnalishlarda takliflar ishlab chiqish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
istiqbolli ilmiy tadqiqotlarning davlat va boshqa ilmiy-texnikaviy dasturlarni;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarini (ilmiy-uslubiy ekspertiza va dasturlarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini asoslash);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat va davlat taraqqiyotini taʼminlovchi ilmiy tadqiqotlar va ilgʻor texnologiyalarning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlarini rivojlantirish strategiyasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy tadqiqotlari va ilmiy-innovatsion faoliyatini budjetdan va belgilangan tartibda jalb etilgan budjetdan tashqari manbalardan moliyalashtirilishining samarali mexanizmlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) dunyo va vatanimiz fani yutuqlarini oʻrganish va tahlil qilish, ulardan Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlari yoʻlida foydalanishga doir tavsiyalar ishlab chiqish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dunyo fani va texnikasi yutuqlarini umumlashtiradi va foydalanishga tavsiya etadi, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatiga xorijiy va ichki investitsiyalarning jalb etilishini va ulardan oqilona foydalanilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotning ilmiy hajmdor tarmoqlarini rivojlantirish va Fanlar akademiyasi tasarrufidagi ilmiy muassasalar bazasida ilmiy hajmdor ishlab chiqarishni tashkil etishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasida yaratilgan “nou-xau” va boshqa intellektual mulk obyektlarining oʻz vaqtida patentlanishida, shu jumladan, xalqaro patentlar olishida koʻmaklashadi, himoya qiladi va ulardan oʻz faoliyatida qonunchilikka mos ravishda foydalanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) mamlakatimiz ilm-fani yutuqlari, ilmiy bilimlar, fan va texnikani ommalashtirish va targʻib etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizdagi va chet ellik olimlarning yangi ilmiy yutuqlari, shuningdek, oʻtmishda yashab oʻtgan mutafakkirlar va olimlarning boy ilmiy merosini ommalashtirish orqali ilmiy bilimlarni tarqatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan va taʼlimning jamiyat hayotidagi nufuzi va ahamiyatini oshirish, ilmiy xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ularning huquqlarini taʼminlashga doir tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining taniqli olimlar sharafiga va ularning nomi bilan ataluvchi mukofotlarini taʼsis etish boʻyicha belgilangan tartibda takliflarni kiritadi va bu mukofotlarni yuksak ilmiy va ilmiy-texnik yutuqlarga erishgan olimlar hamda ijodiy jamoalarga beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqotlarning eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy kengashlar, jamiyatlar va boshqa birlashmalarni tashkil etadi, ularning samarali ishlashini taʼminlaydi hamda ilm-fanni rivojlantirishda ularning imkoniyatlaridan keng foydalanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) xorijiy mamlakatlarning Fanlar akademiyalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va fondlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, ilmiy kadrlar tayyorlash, xalqaro, respublika ilmiy forumlari va konferensiyalarini tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlar Fanlar akademiyalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari bilan, jumladan qoʻshimcha ilmiy loyihalarni bajarish orqali xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikning samarali shakllari va yoʻnalishlarini rivojlantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doktorantura dasturlari doirasida ilmiy kadrlarning, shu jumladan, Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalaridagi yosh olimlarning xorijdagi yetakchi ilmiy va taʼlim muassasalarida oʻqishini, stajirovkasini, malakasini oshirishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzaro tajriba almashish, ish usullari va yangi ilmiy-tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish hamda yosh ilmiy kadrlarni tayyorlash uchun yetakchi xorijiy olimlarning jalb etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalarning xalqaro ilmiy grantlarini talab etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dolzarb ilmiy-texnik muammolar hamda buyuk mutaffakirlar, mashhur fan va adabiyot arboblari sharafiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy, ilmiy-texnik kongresslar, konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlarni tashkil etish va oʻtkazishda, shuningdek, xalqaro ilmiy jurnallarning tahrir hayʼatlari ishlarida ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) Fanlar akademiyasi muassasalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasidan foydalangan holda yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ishtirok etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashga doir ishlarni olib boradi, olimlarning ijodiy faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnika bazasidan foydalangan holda ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazishga fan tarmoqlari boʻyicha yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashda tarmoq ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalariga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi malakasini oshirishni tashkil etishda ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Fanlar akademiyasi, uning mintaqaviy boʻlimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tasarrufidagi boshqa tashkilotlarning huquq va masʼuliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vazifalarini amalga oshirish jarayonidagi dolzarb va ustuvor muammolarni hal etish uchun qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Fanlar akademiyasi, uning mintaqaviy boʻlimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tasarrufidagi boshqa tashkilotlar oʻz ustavlariga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlarining taʼsischilari va ishtirokchilari sifatida ishtirok etish, shuningdek, budjetdan tashqari mablagʻlar va manbalar hisobidan qonunchilikka zid kelmaydigan tarzda turlicha faoliyatlarni amalga oshirish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Fanlar akademiyasi, uning mintaqaviy boʻlimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tasarrufidagi boshqa tashkilotlar mol-mulklari, ular tomonidan yaratilgan intellektual mulk obyektlari (ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari, “nou-xau”lar, eksperimental-konstruktorlik ishlanmalari, ixtirolar, sanoat namunalari, seleksiya, urugʻchilik yutuqlari va boshqalarga) belgilangan tartibda egalik qilish, ularni tasarruf etish va ulardan foydalanish huquqini amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Fanlar akademiyasining alohida vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olimlar, adabiyot, madaniyat va sanʼat arboblarining qoʻlyozmalari va arxivlari, shuningdek, Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari va tasarrufidagi boshqa tashkilotlarning fan tarixi uchun qimmatli boʻlgan arxiv va boshqa materiallarini ushbu obyektlarning intellektual mulk huquqlarini mualliflik huquqlarini himoya qilish boʻyicha qonunchilik talablariga rioya qilgan holda saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hamda xorijiy mamlakatlar ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy oʻquv muassasalari, kutubxonalar, muzeylar bilan bosma nashrlarni almashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Fanlar akademiyasi, uning mintaqaviy boʻlimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tasarrufidagi boshqa tashkilotlar oʻz zimmasiga yuklangan maqsad va vazifalarning samarali bajarilishi uchun masʼul hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Fanlar akademiyasi tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Fanlar akademiyasi faoliyati ilmiy-tarmoq va mintaqaviy tamoyillar boʻyicha tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Fanlar akademiyasi akademiklar va Fanlar akademiyasining xorijiy aʼzolari, shuningdek oʻz muassasalarida xizmat qiluvchi ilmiy xodimlar va muassasalarni birlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Fanlar akademiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruv apparati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqaviy boʻlimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot muassasalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Akademtaʼminot” DUK;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi tuzilmasiga kiruvchi boshqa tashkilotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Fanlar akademiyasining tarkibiy tuzilmasi va uning boshqaruv apparati tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarurat boʻlganda Fanlar akademiyasi prezidenti xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni doirasida Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati tarkibiga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Fanlar akademiyasi prezidenti Fanlar akademiyasining ilmiy-tashkiliy faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi Prezidiumi Fanlar akademiyasi faoliyatini tezkor boshqarishning kollegial organi hisoblanadi. Fanlar akademiyasi Prezidiumi tarkibiga quyidagilar kiradi: Fanlar akademiyasi prezidenti, vitse-prezidentlar, bosh ilmiy kotib, mintaqaviy boʻlimlar raislari, fan sohalari boʻyicha boʻlimlar rahbarlari — Fanlar akademiyasi ilmiy kotiblari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Fanlar akademiyasi prezidenti huzurida ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlari kengashi va Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolari — Fanlar akademiyasi boʻlimlari vakillari Kengashidan (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tarkib topgan jamoatchilik asosidagi Fanlar akademiyasi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash faoliyat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash faoliyati tartibi mazkur Ustavda hamda Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan tasdiqlanadigan ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlari va Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolari — Fanlar akademiyasi fanlar boʻlimlari vakillari Kengashi toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash raisi kengash aʼzolari tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan bir yil muddatga saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Fanlar akademiyasida jamoatchilik asosida fanlar sohalari boʻyicha Muammoli akademik ilmiy Kengash va idoralararo ilmiy-texnikaviy kengashlar (keyingi oʻrinlarda ilmiy kengashlar deb ataladi) shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy kengashlar maslahat organlari boʻlib, mamlakatimizda olib borilishi lozim boʻlgan va jamiyatimizning taraqqiyotiga doir ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlashga, ushbu yoʻnalishlar boʻyicha bajarilayotgan ilmiy ishlarning ahamiyati va samaradorligini jahon fanining yuksak talablari darajasida baholashga hamda yetakchi maslahat-ekspert ilmiy jamoa sifatida faoliyat koʻrsatadi, mamlakatimiz ilm-fanining nufuzini jahon miqyosida oshirishga bevosita xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy Kengashlar tarkibiga Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari, ilmiy-tadqiqot muassasalari (jumladan, tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari) va oliy taʼlim muassasalari vakillari hamda yuqori malaka va tajribaga ega boʻlgan amaliyotchi-mutaxassislar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy kengashlar ushbu Ustav va Fanlar akademiyasi Prezidiumi tasdiqlagan Nizom asosida ish olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Fanlar akademiyasida Eng yangi tarix boʻyicha Jamoat kengashi faoliyat yuritadi, Fanlar akademiyasi huzuridagi Oʻzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi metodik markaz uning ishchi organi hisoblanadi. Ular belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻz nizomlari asosida ish yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Zarurat boʻlganda, Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi va vitse-prezidentlari huzurida Fanlar akademiyasining ekspertlari va yuqori malakali mutaxassislaridan iborat komissiya tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida fan va ilmiy-texnikaviy salohiyatni rivojlantirish maqsadida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Fanlar akademiyasi mintaqaviy boʻlimlari oʻz faoliyatida bevosita Fanlar akademiyasi prezidentiga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mintaqaviy boʻlimlar tasarrufidagi, shu jumladan ilmiy-tadqiqot muassasalariga rahbarlik lavozim vakolatlari Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan boʻlim raisi, uning oʻrinbosari va bosh ilmiy kotib tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mintaqaviy boʻlim raislari Fanlar akademiyasi Prezidiumi qarorlari va Umumiy yigʻilish tavsiyalari, shuningdek, Fanlar akademiyasi prezidenti buyruqlari ijrosini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi raisi, Xorazm Maʼmun akademiyasi raisi va Fanlar akademiyasining Navoiy boʻlimi raisi maqomiga koʻra Fanlar akademiyasi vitse-prezidentiga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Mintaqaviy boʻlim rahbari oʻrinbosari va bosh ilmiy kotibi Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan mintaqaviy boʻlim raisi tavsiyasi asosida besh yil muddatga tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Mintaqaviy boʻlimlar oʻz faoliyatlarini mazkur Ustavga hamda Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan tasdiqlangan mintaqaviy boʻlim ustavlariga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati uning ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ilmiy-tadqiqot muassasasi oʻz ilmiy-tashkiliy faoliyatini Fanlar akademiyasining nazorat qiluvchi vitse-prezidenti bilan kelishgan holda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vitse-prezidentning asosiy vazifasi — nazoratidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatiga samarali yordam koʻrsatish, uni tartibga solish va muvofiqlashtirishdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori nazorat qiluvchi vitse-prezident tavsiyasiga koʻra Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan yirik olimlar — qoidaga koʻra, fan doktorlari orasidan mehnat shartnomasi qonunchiligiga muvofiq besh yil muddatga tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktorining funksional vazifalari Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori oʻzi boshqarayotgan muassasaning faoliyati uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (fan doktori, nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D)), ilmiy kotibi (fan doktori, nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D)) nazorat qiluvchi vitse-prezident bilan kelishilgan holda ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari hamda ilmiy kotibning huquq va majburiyatlari direktor tomonidan ilmiy-tadqiqot muassasasi ustaviga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-tadqiqot boʻlinmasi (ilmiy-tadqiqot muassasasi boʻlimi, laboratoriyasi) mudiri, qoidaga koʻra, ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi tavsiya etgan fan doktorlari orasidan direktor tomonidan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori huzurida Ilmiy Kengash tuziladi, uning tarkibiga laboratoriya (boʻlim) mudirlari, ilmiy loyiha rahbarlari va boshqa yetakchi olimlar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-tadqiqot muassasasining Ilmiy kengashi maslahat organi hisoblanadi, u ushbu Ustav va ilmiy-tadqiqot muassasasi ustaviga muvofiq ish yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ilmiy-tadqiqot muassasalari ushbu Ustav va nazorat qiluvchi vitse-prezidentlar bilan kelishilgan va Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan tasdiqlangan oʻz ustavlariga muvofiq ish yuritadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Fanlar akademiyasining umumiy yigʻilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari va Fanlar akademiyasi muassasalari direktorlaridan iborat Fanlar akademiyasining Umumiy yigʻilishi Fanlar akademiyasining oliy kollegial va maslahat organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Umumiy yigʻilish aʼzolari Umumiy yigʻilishda koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan teng huquqlarga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Umumiy yigʻilish ilm-fan rivojlanishining eng muhim masalalari va Fanlar akademiyasi faoliyatini koʻrib chiqish uchun Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan zarurat tugʻilganda yoki yiliga kamida bir marta chaqiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Umumiy yigʻilish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qiladi hamda ular boʻyicha kerakli tavsiyalar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining xorijiy aʼzolarini saylaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi prezidenti, vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibni saylaydi, shuningdek ularni mazkur Ustavning 53 va 55-bandlarida koʻrsatilgan tartibda biror lavozimga saylash yoki oʻzi egallab turgan lavozimdan ozod etish toʻgʻrisidagi takliflarni kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustavdagi masalalar va Fanlar akademiyasi faoliyati yuzasidan Fanlar akademiyasi Prezidiumiga takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi Prezidiumining maʼruzalari va hisobotlarini muhokama qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining atoqli olimlar nomidagi mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda belgilangan tartibda ular bilan yetakchi olimlar va ilmiy jamoalarni taqdirlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Umumiy yigʻilish Fanlar akademiyasi Prezidiumi, Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolari va Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarining kamida uchdan bir qismining, shuningdek mintaqaviy boʻlimlarning taklifiga koʻra ular tavsiya etgan kun tartibini muhokama qilish uchun chaqirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy yigʻilishda Fanlar akademiyasi Prezidiumi taklif etgan shaxslar qatnashishlari va kun tartibi boʻyicha soʻzga chiqishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Umumiy yigʻilish aʼzolari roʻyxatidagi tarkibning kamida uchdan ikki qismi majlisda qatnashganda va qaror qabul qilish uchun qatnashchilarning kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda Umumiy majlis toʻla huquqli boʻladi va uning qarorlari qabul qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Fanlar akademiyasining Prezidiumi ovoz berishda chet el xizmat safarida boʻlgan yoki salomatligi tufayli majlisda qatnasha olmaydigan Umumiy yigʻilish aʼzolarini maxsus qaror bilan hisobdan chiqarish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Umumiy yigʻilish qarorlarini bajarish Fanlar akademiyasining tasarrufidagi barcha tashkilotlar, Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolari va xodimlari uchun tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari va xorijiy aʼzolari
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Fanlar akademiyasining shaxsiy tarkibiga haqiqiy aʼzolari (akademiklar) va uning xorijiy aʼzolari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari (akademiklar) nomzodlarni tanlab olish natijalari asosida Fanlar akademiyasi Prezidiumi va Fanlar akademiyasi akademiklarining tegishli ilmiy ixtisosliklar boʻyicha tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, belgilangan tartibda bir umrga tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi ilmiy yutuqlari jahon va mamlakat ilm-fani, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti va madaniyati rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatgan, xalqaro hamkorlik, tinchlik, barqarorlik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga salmoqli hissa qoʻshgan xorijiy fuqarolar jumlasidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalarida, tarmoq ilmiy-tadqiqot markazlari va taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalarida, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarida tanlovdan yoki attestatsiyadan oʻtmay ilmiy lavozimlarni egallash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi Prezidiumiga, Umumiy yigʻilishga koʻrib chiqish uchun ilmiy va ilmiy-tashkiliy masalalarni kiritish va ularning muhokamasida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda oʻziga tegishli ixtisosliklar boʻyicha Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzoligiga munosib nomzodlar koʻrsatish va ushbu nomzodlarni muhokama qilish va tanlov asosida saylash yuzasidan boʻlib oʻtadigan Fanlar akademiyasi Komissiyasi yigʻilishlarida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining ilmiy kengashlari faoliyatida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanning muhim yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy kengashlarni shakllantirishga doir oʻz taklif-mulohazalarini kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari belgilangan tartibda har oylik gonorar oladilar hamda belgilangan boshqa huquq va imtiyozlardan foydalanadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi Oʻzbekiston fuqaroligini boshqa davlat fuqaroligiga oʻzgartirganda, belgilangan tartibda Fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi maqomiga ega boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining xorijiy aʼzolari boshqa aʼzolar bilan birdek huquqqa egadirlar, faqat ular Akademiyaning rahbar organiga saylanish, Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligiga oʻtkaziladigan nomzodlar tanlovida ishtirok etish huquqlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 29-dekabrdagi PF-4907-son Farmonida koʻrsatilgan imtiyozlarga ega boʻlmaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy tadqiqotlarda, tadqiqotlarning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlarini shakllantirishda ishtirok etish va fanning oʻzi saylangan ilmiy ixtisoslik sohasining yuksak darajada rivojlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy malakali ilmiy kadrlar, magistrlar tayyorlash ishlarida, ilgʻor ilmiy maktablarni shakllantirish va rivojlantirishda, shuningdek, oʻzi biriktirilgan oliy va oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalariga, ishlab chiqarish korxonalariga ilmiy-metodik yordam koʻrsatishda bevosita ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasiga oʻz ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyati haqida ilmiy asarlari, ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish, oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlash, oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalariga, ishlab chiqarish korxonalariga ekspert-maslahat yordami koʻrsatishda shaxsiy yutuqlarini qamrab oluvchi yillik hisobot topshirish, shuningdek, mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish boʻyicha oʻz tavsiya va takliflarini taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi Prezidiumi, Fanlar akademiyasi prezidenti, vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibining topshiriqlarini bajarish, Fanlar akademiyasining Umumiy yigʻilishi, tarmoq fanlari boʻlimi, ilmiy kengashlari ishida faol ishtirok etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Fanlar akademiyasi aʼzolarini tasdiqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Eʼlon qilingan ilmiy ixtisosliklar boʻyicha Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligiga nomzodlarni tanlov boʻyicha tanlab olish eʼlon qilingan ilmiy ixtisosliklar boʻyicha Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzolaridan va Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolaridan iborat tanlov Komissiyasi tomonidan, ushbu Ustavga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolarini tanlov boʻyicha tanlab olish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi Fanlar akademiyasi tarkibiga Fanlar akademiyasi taqdimnomasiga binoan, Umumiy yigʻilishda ochiq ovoz berish yoʻli bilan kiritiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzoligiga nomzodlar koʻrsatish huquqi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolariga, ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy kengashlariga yoki ilmiy-texnik kengashlariga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzolarini saylash tartibi va ularning lavozim majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Fanlar akademiyasi prezidenti lavozimiga nomzodlar mazkur Ustavning 22-bandiga muvofiq Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari orasidan muqobillik asosida tashkil etilgan Kengashda muhokama qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi Prezidenti lavozimiga munosib nomzod Kengash tomonidan Umumiy yigʻilishga tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Fanlar akademiyasi prezidenti Umumiy yigʻilishda ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Kengash aʼzolarining ovoz berishi natijasiga koʻra koʻrsatilgan nomzod yetarli ovoz toʻplay olmasa, Kengash raisi ikkinchi bor saylov oʻtkazadi. Bu holda Kengash barcha Umumiy yigʻilish aʼzolari bilan zarur maslahatlashuvlar oʻtkazadilar, soʻngra eng maqbul nomzodni saylash uchun Umumiy yigʻilishga tavsiya etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy yigʻilishda eng koʻp ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Fanlar akademiyasi Prezidiumi Fanlar akademiyasi prezidenti lavozimiga saylangan nomzodni tasdiqlash uchun Umumiy yigʻilish nomidan yozma ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Fanlar akademiyasining vitse-prezidentlari hamda bosh ilmiy kotibi fan va texnika rivojiga ulkan hissa qoʻshgan, ilmiy-texnik ishlanmalarni yaratish va amaliyotga joriy etishda, ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda katta xizmat qilgan olimlar qatoridan, Kengash bilan kelishilgan holda, Fanlar akademiyasi prezidentining tavsiyasiga binoan, Umumiy yigʻilishda ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Fanlar akademiyasining hududiy boʻlimlari raislari, mintaqaviy boʻlimlari raislari, fan yoʻnalishlari boʻyicha boʻlimlar rahbarlari — Fanlar akademiyasi ilmiy kotiblari Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolari hamda lavozim talablariga javob beradigan boshqa yetakchi olimlar orasidan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibi Fanlar akademiyasi Prezidentining belgilangan tartibga muvofiq tasdiqloviga koʻra besh yil muddatga va ketma-ket koʻpi bilan ikki muddatga saylanishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Fanlar akademiyasi Prezidiumi oʻz faoliyati haqida Umumiy yigʻilishga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Fanlar akademiyasi prezidenti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasiga umumiy rahbarlik qiladi, Fanlar akademiyasini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishni va oʻziga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlaydi, kundalik masalalarni operativ tarzda hal etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasidagi ishlarning ahvoli uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Fanlar akademiyasining Umumiy yigʻilishi va Prezidiumida shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha yuqori davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, joylardagi ijro hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda xalqaro maydonda Fanlar akademiyasi nomidan ish yuritadi va uning manfaatlarini himoya qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining vitse-prezidentlari, ilmiy kotibi, mintaqaviy boʻlimlar raislarining, Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlarining lavozim vazifalarini tasdiqlaydi va ushbu vazifalarning bajarilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratadi, Fanlar akademiyasining Kengashi va Umumiy yigʻilishi taklif va tavsiyalarini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi faoliyatining samaradorligi va rivojlanishiga, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga va zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqishga toʻsiq boʻlib turgan kamchiliklarning bartaraf etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rejalashtirilgan ilmiy tadqiqotlarning bajarilishini, shuningdek, fan yutuqlari va yangi texnologiyalarning oʻz vaqtida amaliyotga tatbiq etilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan samarali hamkorligini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati hamda uning ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlari faoliyatini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi tizimida ilmiy kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlariga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi mintaqaviy boʻlimlari raislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlari, boʻlimlar rahbarlari, boshqaruv apparatining boshqa xodimlarini amaldagi qonunchilik va belgilangan tartibga binoan lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, shuningdek, ilmiy-yordamchi va xoʻjalik boʻlimlari rahbarlarini shartnoma asosida lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarida xodimlarning ilmiy tadqiqotlari samarali boʻlishiga yordam beruvchi sharoitlar yaratilishini, ilmiy jamoalarda ijodiy muhit tashkil etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi mablagʻlarining asosiy tasarrufchisi hisoblanadi va ulardan oqilona va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi prezidenti boʻlmagan holatlarda uning vazifasi muayyan muddatga Akademiyaning vitse-prezidentlaridan biri zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Fanlar akademiyasining mulki va uning faoliyatini moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Fanlar akademiyasining mulkini unga tezkor boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar hamda uning faoliyati davomida sotib olingan mulk tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Fanlar akademiyasining mulkidan foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Fanlar akademiyasining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikka muvofiq ravishda jalb qilingan budjetdan tashqari mablagʻlar (tashqi va ichki investitsiyalar, ishlab chiqarilgan mahsulotni va intellektual mulk obyektlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlar, xayr-saxovat sifatida inʼom qilingan mablagʻlar va boshqalar) va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlariga ish haqi toʻlash, mukofotlash, moddiy yordam koʻrsatishda davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan shart-sharoitlar tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlariga ish haqi toʻlash boʻyicha razryadlar Fanlar akademiyasi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarning sarflanishi ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida, qonunchilik va tegishli muassasalar ustavlari talablariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi Navoiy boʻlimining taʼminoti hamda ushbu boʻlim tomonidan amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish uchun xarajatlar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tomonidan, shu jumladan, tegishli ilmiy-texnologik ishlanmalarni joriy etish natijasida olingan sof foydaning 10 foizi hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqotlarning natijalari boʻyicha hisobotlar Fanlar akademiyasi olimlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini himoya qilish boʻyicha meʼyorlarga rioya qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlari va mutaxassislari ushbu tashkilotlarda qonunchilik asosida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga nisbatan mualliflik huquqlariga ega boʻlgan subyektlar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Fanlar akademiyasi huzurida Fanlar akademiyasi ilmiy xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish Fondi tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Fanlar akademiyasi ilmiy xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish Fondi Fanlar akademiyasi muassasalarining tadbirkorlik faoliyatidan olingan sof foydaning 10 foizi miqdorida ajratiladigan mablagʻ hisobidan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi ilmiy xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish Fondi haqidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Fanlar akademiyasi, uning ilmiy-tadqiqot muassasalarini va boshqa tashkilotlarini tugatish va qayta tashkil etish belgilangan tartibda qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 331-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini erkinlashtirish va samarali rivojlanishini taʼminlash toʻgʻrisida” 2000-yil 9-iyundagi 223-son qarorining 1-bandi hamda qarorga ilova.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ustaviga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2011-yil 7-sentabrdagi 249-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 36-son, 368-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 11-iyuldagi 232-qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 28-son, 338-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 22-son, 434-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son, 09.03.2022-y., 09/22/102/0190-son)