Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2017 25.05.2017 yildagi PF-5057-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 25.05.2017 yildagi PF-5057-son
Date of entry into force
05.06.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlarning eksport qilinishi va raqobatdoshligini ta’minlashni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatdoshligini ta’minlash va eksportini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirishni rag‘batlantirish, ishlab chiqarish korxonalari tomonidan, eng avvalo, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarning eksport hajmini oshirish, eksport qilish geografiyasini diversifikatsiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, tashqi bozorlarda mahalliy eksportga yetkazib beruvchi tashkilotlarning mahsulotlarini raqobatdoshligini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xo‘jalik subyektlariga 2017-yilning 1-iyunidan boshlab quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni eksport qilish, yangi meva- sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz ekinlaridan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-1871-sonli Farmonining 2-ilovasida ko‘rsatilgan xomashyo tovarlaridan tashqari, chet el valyutasida oldindan to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomalarini siyosiy va tijorat xavflaridan sug‘urta polisisiz amalga oshirish, bunda quyidagi shartlarga rioya qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma miqdori 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar eksport qilingan kundan boshlab, 90 kun ichida majburiy valyuta tushumining kelib tushishi ta’minlanishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilansinki, o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarning keyingi eksporti mazkur qo‘shimcha bandning shartlariga muvofiq eksportchi tashkilotning mazkur qo‘shimcha bandda ko‘rsatilgan shartlarda avvalgi debitorlik qarzi bo‘lmagan taqdirda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-1871-sonli Farmonining 4-ilovasida nazarda tutilgan buyum va mahsulotlar eksportini amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida beriladigan litsenziyalar bo‘yicha amalga oshiriladigan eksport-importning o‘ziga xos mahsulotlari ro‘yxatidan zargarlik buyumlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga* muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 25-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5057-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 22-son, 412-modda)