Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.12.2021 26.05.2017 yildagi 320-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.05.2017 yildagi 320-son
Date of entry into force
05.06.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.12.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2738-son qaroriga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga intellektual rivojlangan va har tomonlama tayyorlangan yoshlarni tanlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi Nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oliy harbiy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 26-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
320-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-maydagi 320-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:

“Mudofaa vazirligi tomonidan vazirlikning oliy harbiy taʼlim muassasalariga nomzodlarni tanlash (qoʻmondonlik taktik moto-oʻqchi va chegara boʻlinmalari (chegara guruhlari) va harbiy-havo kuchlari (aviatsiya turlari)ning harbiy mutaxassisliklari bundan mustasno) yagona tanlov asosida, kirish test sinovlari natijalari boʻyicha toʻplangan ballarga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda kirish test sinovlari bir taʼlim muassasasi negizida yoki tegishli taʼlim muassasalarida alohida oʻtkazilishi mumkin.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasasida oʻtkazilgan test sinovlari natijalari ballar pasayishi tartibida, taʼlim muassasalari boʻyicha ajratilmasdan bitta vedomostda taqdim etiladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalari roʻyxatida (Nizomga 1-ilova):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi maxsus fakultet” soʻzlari “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakulteti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) “Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti” soʻzlari “Harbiy-texnika instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) “Toshkent yongʻin xavfsizligi oliy texnika maktabi” soʻzlari “Yongʻin xavfsizligi instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 22-son, 427-modda)