29.05.2017 yildagi PF-5060-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.05.2017 yildagi PF-5060-son
Date of entry into force
05.06.2017
Hujjat 07.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni

Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari va normalariga amal qilgan holda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 22-bandiga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish uchun murojaat qilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning biometrik maʼlumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha belgilangan tartibda taklifni kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 29-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5060-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5060-sonli Farmoniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — shaxslar) Oʻzbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini inobatga olgan holda, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari va normalariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari hamda ushbu Nizomga muvofiq beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana oʻzining fuqaroligi boʻyicha mansub davlatda yoki doimiy yashash joyida ijtimoiy-siyosiy faoliyati, diniy eʼtiqodi, irqiy yoki milliy mansubligi uchun taʼqib qilinayotgan yoki taʼqib qilishning jabrlanuvchisi boʻlishiga real tahdiddan, shuningdek xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan inson huquqlari buzilishining boshqa holatlaridan boshpana va himoya izlayotgan shaxslarga va ularning oila aʼzolariga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berilgan shaxs va uning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarida belgilangan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklardan foydalanadi hamda majburiyatlarga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Agar shaxs:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida jinoyat deb tan olinadigan harakat (harakatsizlik) uchun taqib qilinayotgan boʻlsa yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy maqsad va prinsiplariga zid harakatlar sodir etishda aybdor boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayblanuvchi sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilingan yoki unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va Oʻzbekiston Respublikasida ijro etilishi lozim boʻlgan sudning ayblov hukmi mavjud boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼqib qilinish xavfi boʻlmagan uchinchi davlatdan kelgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u taʼqib qilinmayotgan uchinchi davlatning fuqaroligiga ega boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bila turib yolgʻon maʼlumotlar bergan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy, ekologik yoki ijtimoiy sabablarga koʻra, shuningdek tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar munosabati bilan fuqaroligi boʻyicha mansub davlatga yoki doimiy yashaydigan davlatiga qaytish imkoniyatiga ega boʻlmasa yoki qaytishni xohlamasa Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish toʻgʻrisidagi iltimosnomani rasmiylashtirish va koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Siyosiy boshpana qidirayotgan shaxs vaqtincha propiska rasmiylashtirilgandan keyin yoxud ushbu shaxsga fuqaroligi boʻyicha mansub davlatga yoki doimiy yashaydigan davlatga qaytish imkoniyatini bermaydigan holatlar vujudga kelgan paytdan boshlab yetti kun ichida oʻzi turgan joy boʻyicha hududiy ichki ishlar organlariga Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti nomiga Ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadigan shaklda yozma iltimosnoma bilan shaxsan murojaat qilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma (keyingi oʻrinlarda — iltimosnoma) tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi bilan birgalikda uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari tomonidan beriladi. Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarga ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari iltimosnomasiga ularning notarial tasdiqlangan yozma roziligi ham ilova qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Iltimosnomada ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan holatlar bayon etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iltimosnomaga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anketa-ariza — 2 ta nusxada;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarjimai hol — 2 ta nusxada;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3,5x4,5 oʻlchamli 4 ta fotosurat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining tibbiy muassasalaridan olingan tibbiy maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iltimosnomaga ushbu masalaga taalluqli boʻlgan boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Iltimosnoma, anketa-ariza hamda tarjimai holning barcha nusxalari iltimosnoma beruvchi shaxs tomonidan ular tuzilgan sana koʻrsatilgan holda imzolangan boʻlishi lozim. Agar shaxs oʻzining jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli iltimosnomani imzolay olmasa, iltimosnoma boshqa shaxs tomonidan imzolanishi mumkin, bu haqda ichki ishlar organlari tomonidan iltimosnomada iltimosnoma beruvchi uni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari koʻrsatilgan tegishli belgi kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Iltimosnoma ushbu Nizomda nazarda tutilgan barcha hujjatlarning iltimosnoma beruvchi shaxs tomonidan taqdim qilingan paytdan boshlab ijroga qabul qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iltimosnomani koʻrib chiqish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlganda, hududiy ichki ishlar organlari tomonidan 2 nusxada ish jildi ochiladi, ular barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Iltimosnoma koʻrib chiqilishi davrida murojaat etgan shaxsga 1-ilovaga muvofiq shakldagi maʼlumotnoma beriladi. Iltimosnoma boʻyicha qaror qabul qilinganidan soʻng maʼlumotnoma uni bergan organ tomonidan olib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumotnomani rasmiylashtirishda hududiy ichki ishlar organlari tomonidan iltimosnoma beruvchining qoʻl barmoq izlari va raqamli surati chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar biometrik maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumotnoma olgan shaxs maqomi boʻyicha tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Iltimosnoma beruvchi shaxs Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish toʻgʻrisidagi masala hal qilingunga qadar bir oyda kamida ikki marta (har ikki haftada 1-martalik davriylikda) hududiy ichki ishlar organlarida qayd qilinib boriladi. Mazkur tartibga rioya etilmagan taqdirda hududiy ichki ishlar organlari holatlarga aniqlik kiritilguniga qadar materiallar rasmiylashtirilishini toʻxtatib turadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kelib tushgan iltimosnomani koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xulosalarini oladi, shundan soʻng barcha materiallarni shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish masalasi boʻyicha oʻzining xulosasi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha komissiyaga yuboradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmatida iltimosnomani koʻrib chiqishning umumiy muddati bir yildan oshmasligi lozim.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iltimosnomani qoʻrib chiqish jarayonida ushbu Nizomning 4-bandida keltirilgan asoslar mavjudligi aniqlanganda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi iltimosnomani koʻrib chiqish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi va bu haqda iltimosnoma bergan shaxsga qaror qabul qilinganidan keyin yetti kun ichida xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Iltimosnoma koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha komissiya materiallarni koʻrib chiqadi va qaror qabul qilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Iltimosnoma rad etilgan taqdirda shaxsga qabul qilingan qaror haqida xabar beriladi va uni Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy boshpana berish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi rad qilingan shaxs iltimosnoma rad qilingan paytdan boshlab bir yildan keyin takroran murojaat etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish toʻgʻrisidagi farmonlarini ijro etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish toʻgʻrisidagi farmoni imzolangan kundan kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilingan kundan boshlab yetti kunlik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy ichki ishlar organlari orqali iltimosnoma beruvchi shaxsni qabul qilingan qaror haqida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berilgan shaxsga, shuningdek uning oila aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan shaxsning iltimosnoma bilan murojaat qilgan hududiy ichki ishlar organlari orqali 2-ilovaga muvofiq shakldagi guvohnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Hududiy ichki ishlar organi Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan shaxsga 5 yilgacha boʻlgan muddatga yashash guvohnomasini rasmiylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha komissiyani yiliga 2-marta yarim yillik yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish toʻgʻrisidagi farmonlarining ijrosi yuzasidan xabardor qilib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpanani yoʻqotish asoslari va rasmiylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berilgan shaxs quyidagi hollarda berilgan siyosiy boshpanani yoʻqotadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroligi boʻyicha mansub davlatga yoki doimiy yashaydigan davlatga oʻz ixtiyori bilan qaytganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa davlatga doimiy yashash uchun chiqishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida siyosiy boshpanadan oʻz ixtiyori bilan voz kechganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining yoki boshqa davlatning fuqaroligini olganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida berilgan siyosiy boshpana milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan, shuningdek agar, shaxs Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy maqsad va tamoyillariga zid keluvchi faoliyat bilan shugʻullanayotgan boʻlsa yoxud u jinoyat sodir etgan va unga nisbatan sudning qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi shart boʻlgan ayblov hukmi mavjud boʻlsa, yoʻqotilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida berilgan siyosiy boshpanasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha komissiyasi taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni imzolangan kundan boshlab yoʻqotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpanani yoʻqotgan shaxs eʼtiboriga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

2-ILOVA

‎‎(OʻzR IIV M va FRBB ning hududiy organining shtampi)

‎‎‏‎‏Foto-surat
‎3,5 x 4,5

M.Oʻ. ‎

‎‎Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish toʻgʻrisida GUVOHNOMA № ___________

Familiyasi:‎‎
‎‎Ismi:
‎‎Otasining ismi:
‎‎Tugʻilgan yili:
‎‎Tugʻilgan joyi:
‎‎Fuqaroligi: ‎‎
‎‎Shaxsini tasdiqlovchi hujjat:
‎kim tomonidan berilgan / raqami /berilgan sanasi / amal qilish muddati
‎‎
‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20__ yil _________dagi PF-____-sonli Farmoniga muvofiq unga Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berildi.
‎‎Siyosiy boshpana uning farzandlariga (vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslarga) ham berildi:

T/r‎

‎‎Familiyasi, ismi, otasining ismi

‎‎Tugʻilgan sanasi

‎‎Qarindoshlik darajasi

‎‎‎‎Shaxsini tasdiqlovchi hujjati
‎Kim tomonidan berilgan / raqami / berilgan sanasi / amal qilish muddati

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Mazkur guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
‎‎Guvohnoma berilgan: __________________________________________________________________________

‎‎(OʻzR IIV M va FRBB ning hududiy organi nomi)

Berilgan vaqti: _______________________
‎‎________________________________________________ ___________ ‎‎‎‎______________________________
‎‎OʻzR IIV M va FRBB ning hududiy organi rahbari
‎lavozimi, maxsus unvoni)

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.Sh.)

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 22-son, 414-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son; 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)