29.05.2017 yildagi PF-5060-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.05.2017 yildagi PF-5060-son
Date of entry into force
05.06.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va normalariga amal qilgan holda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 22-bandiga muvofiq:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish uchun murojaat qilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha belgilangan tartibda taklifni kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 29-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5060-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5060-sonli Farmoniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — shaxslar) O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini inobatga olgan holda, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va normalariga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari hamda ushbu Nizomga muvofiq beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana o‘zining fuqaroligi bo‘yicha mansub davlatda yoki doimiy yashash joyida ijtimoiy-siyosiy faoliyati, diniy e’tiqodi, irqiy yoki milliy mansubligi uchun ta’qib qilinayotgan yoki ta’qib qilishning jabrlanuvchisi bo‘lishiga real tahdiddan, shuningdek xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan inson huquqlari buzilishining boshqa holatlaridan boshpana va himoya izlayotgan shaxslarga va ularning oila a’zolariga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berilgan shaxs va uning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarida belgilangan O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklardan foydalanadi hamda majburiyatlarga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Agar shaxs:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida jinoyat deb tan olinadigan harakat (harakatsizlik) uchun taqib qilinayotgan bo‘lsa yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy maqsad va prinsiplariga zid harakatlar sodir etishda aybdor bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayblanuvchi sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilingan yoki unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va O‘zbekiston Respublikasida ijro etilishi lozim bo‘lgan sudning ayblov hukmi mavjud bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’qib qilinish xavfi bo‘lmagan uchinchi davlatdan kelgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u ta’qib qilinmayotgan uchinchi davlatning fuqaroligiga ega bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bila turib yolg‘on ma’lumotlar bergan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy, ekologik yoki ijtimoiy sabablarga ko‘ra, shuningdek tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar munosabati bilan fuqaroligi bo‘yicha mansub davlatga yoki doimiy yashaydigan davlatiga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lmasa yoki qaytishni xohlamasa O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish to‘g‘risidagi iltimosnomani rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Siyosiy boshpana qidirayotgan shaxs turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin yoxud ushbu shaxsga fuqaroligi bo‘yicha mansub davlatga yoki doimiy yashaydigan davlatga qaytish imkoniyatini bermaydigan holatlar vujudga kelgan paytdan boshlab yetti kun ichida o‘zi turgan joy bo‘yicha hududiy ichki ishlar organlariga O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti nomiga Ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadigan shaklda yozma iltimosnoma bilan shaxsan murojaat qilishi kerak.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish to‘g‘risidagi iltimosnoma (keyingi o‘rinlarda — iltimosnoma) tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi bilan birgalikda uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari tomonidan beriladi. O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari iltimosnomasiga ularning notarial tasdiqlangan yozma roziligi ham ilova qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Iltimosnomada ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan holatlar bayon etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iltimosnomaga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anketa-ariza — 2 ta nusxada;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarjimai hol — 2 ta nusxada;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3,5x4,5 o‘lchamli 4 ta fotosurat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining tibbiy muassasalaridan olingan tibbiy ma’lumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iltimosnomaga ushbu masalaga taalluqli bo‘lgan boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Iltimosnoma, anketa-ariza hamda tarjimai holning barcha nusxalari iltimosnoma beruvchi shaxs tomonidan ular tuzilgan sana ko‘rsatilgan holda imzolangan bo‘lishi lozim. Agar shaxs o‘zining jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli iltimosnomani imzolay olmasa, iltimosnoma boshqa shaxs tomonidan imzolanishi mumkin, bu haqda ichki ishlar organlari tomonidan iltimosnomada iltimosnoma beruvchi uni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligi sabablari ko‘rsatilgan tegishli belgi kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Iltimosnoma ushbu Nizomda nazarda tutilgan barcha hujjatlarning iltimosnoma beruvchi shaxs tomonidan taqdim qilingan paytdan boshlab ijroga qabul qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iltimosnomani ko‘rib chiqish uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lganda, hududiy ichki ishlar organlari tomonidan 2 nusxada ish jildi ochiladi, ular barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish to‘g‘risidagi iltimosnoma ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Iltimosnoma ko‘rib chiqilishi davrida murojaat etgan shaxsga 1-ilovaga muvofiq shakldagi ma’lumotnoma beriladi. Iltimosnoma bo‘yicha qaror qabul qilinganidan so‘ng ma’lumotnoma uni bergan organ tomonidan olib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ma’lumotnomani rasmiylashtirishda hududiy ichki ishlar organlari tomonidan iltimosnoma beruvchining qo‘l barmoq izlari va raqamli surati chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar biometrik ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ma’lumotnoma olgan shaxs maqomi bo‘yicha tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasida turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tenglashtiriladi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Iltimosnoma beruvchi shaxs O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish to‘g‘risidagi masala hal qilingunga qadar bir oyda kamida ikki marta (har ikki haftada 1-martalik davriylikda) hududiy ichki ishlar organlarida qayd qilinib boriladi. Mazkur tartibga rioya etilmagan taqdirda hududiy ichki ishlar organlari holatlarga aniqlik kiritilguniga qadar materiallar rasmiylashtirilishini to‘xtatib turadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kelib tushgan iltimosnomani ko‘rib chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xulosalarini oladi, shundan so‘ng barcha materiallarni shaxsga O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish masalasi bo‘yicha o‘zining xulosasi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaga yuboradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmatida iltimosnomani ko‘rib chiqishning umumiy muddati bir yildan oshmasligi lozim.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iltimosnomani qo‘rib chiqish jarayonida ushbu Nizomning 4-bandida keltirilgan asoslar mavjudligi aniqlanganda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi iltimosnomani ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi va bu haqda iltimosnoma bergan shaxsga qaror qabul qilinganidan keyin yetti kun ichida xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Iltimosnoma ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiya materiallarni ko‘rib chiqadi va qaror qabul qilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Iltimosnoma rad etilgan taqdirda shaxsga qabul qilingan qaror haqida xabar beriladi va uni O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy boshpana berish to‘g‘risidagi iltimosnomasi rad qilingan shaxs iltimosnoma rad qilingan paytdan boshlab bir yildan keyin takroran murojaat etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish to‘g‘risidagi farmonlarini ijro etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish to‘g‘risidagi farmoni imzolangan kundan kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilingan kundan boshlab yetti kunlik muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy ichki ishlar organlari orqali iltimosnoma beruvchi shaxsni qabul qilingan qaror haqida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berilgan shaxsga, shuningdek uning oila a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan shaxsning iltimosnoma bilan murojaat qilgan hududiy ichki ishlar organlari orqali 2-ilovaga muvofiq shakldagi guvohnoma beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Hududiy ichki ishlar organi O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma asosida mazkur Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan shaxsga 5 yilgacha bo‘lgan muddatga identifikatsiyalovchi ID-kartani rasmiylashtiradi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyani yiliga 2-marta yarim yillik yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish to‘g‘risidagi farmonlarining ijrosi yuzasidan xabardor qilib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpanani yo‘qotish asoslari va rasmiylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berilgan shaxs quyidagi hollarda berilgan siyosiy boshpanani yo‘qotadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroligi bo‘yicha mansub davlatga yoki doimiy yashaydigan davlatga o‘z ixtiyori bilan qaytganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa davlatga doimiy yashash uchun chiqishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida siyosiy boshpanadan o‘z ixtiyori bilan voz kechganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining yoki boshqa davlatning fuqaroligini olganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Shaxsga O‘zbekiston Respublikasida berilgan siyosiy boshpana milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan, shuningdek agar, shaxs Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy maqsad va tamoyillariga zid keluvchi faoliyat bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa yoxud u jinoyat sodir etgan va unga nisbatan sudning qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi shart bo‘lgan ayblov hukmi mavjud bo‘lsa, yo‘qotilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsning O‘zbekiston Respublikasida berilgan siyosiy boshpanasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyasi taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni imzolangan kundan boshlab yo‘qotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpanani yo‘qotgan shaxs e’tiboriga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎(O‘zR IIV M va FRBB ning hududiy organining shtampi)

‎‎‏‎‏Foto-surat
‎3,5 x 4,5

M.O‘. ‎

‎‎Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish to‘g‘risida GUVOHNOMA № ___________

Familiyasi:‎‎
‎‎Ismi:
‎‎Otasining ismi:
‎‎Tug‘ilgan yili:
‎‎Tug‘ilgan joyi:
‎‎Fuqaroligi: ‎‎
‎‎Shaxsini tasdiqlovchi hujjat:
‎kim tomonidan berilgan / raqami /berilgan sanasi / amal qilish muddati
‎‎
‎‎O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20__ yil _________dagi PF-____-sonli Farmoniga muvofiq unga O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berildi.
‎‎Siyosiy boshpana uning farzandlariga (vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslarga) ham berildi:

T/r‎

‎‎Familiyasi, ismi, otasining ismi

‎‎Tug‘ilgan sanasi

‎‎Qarindoshlik darajasi

‎‎‎‎Shaxsini tasdiqlovchi hujjati
‎Kim tomonidan berilgan / raqami / berilgan sanasi / amal qilish muddati

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Mazkur guvohnoma O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiyalovchi ID-kartani rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
‎‎Guvohnoma berilgan: __________________________________________________________________________

‎‎(O‘zR IIV M va FRBB ning hududiy organi nomi)

Berilgan vaqti: _______________________
‎‎________________________________________________ ___________ ‎‎‎‎______________________________
‎‎O‘zR IIV M va FRBB ning hududiy organi rahbari
‎lavozimi, maxsus unvoni)

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.Sh.)

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 22-son, 414-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son; 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)