11.05.2017 yildagi PQ-2964-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 11.05.2017 yildagi PQ-2964-son
Date of entry into force
29.05.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida koʻp tarmoqli muz kompleksini qurishni tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro talab va standartlarni hisobga olgan holda, sportning olimpiya turlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, shuningdek, jismonan va maʼnan rivojlangan oʻsib kelayotgan avlodni shakllantirishning muhim sharti sifatida, bolalarning sifatli dam olishini taʼminlash va bolalar ommaviy sportini rivojlantirish, ularga sogʻlom turmush tarzi va sportga muhabbat hissini singdirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining keng qatlamlari oʻrtasida qishki sport turlarini faol targʻib qilish va ommalashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbekneftgaz” MXK, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Toshkent shahar hokimligining 2017 — 2019-yillarda Toshkent shahar Chilonzor tumanining Olmazor va Beshyogʻoch koʻchalari kesishuvida joylashgan, xalqaro talab va standartlarga javob beradigan “Numo Arena” koʻp tarmoqli muz kompleksini qurish boʻyicha loyihani (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi PQ-4388-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 07/19/4388/3400-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qator tashkilotlar, jumladan, xorijiy tashkilotlarning Toshkent shahridagi “Numo Arena” koʻp tarmoqli muz kompleksi qurilishini tashkil qilishda ishtirok etish haqidagi tashabbuslari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Loyihani amalga oshirish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Wind Rose” MChJ (Oʻzbekiston) — buyurtmachi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Enter Engineering Pte.Ltd” kompaniyasi (Singapur) — bosh pudrat tashkiloti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Neerim Architects & Planners Co., Ltd” kompaniyasi (Janubiy Koreya) — bosh loyiha tashkiloti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachining oʻz mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalari — moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Loyihani amalga oshirish doirasida, istisno tariqasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta hujjatlarini bir bosqichli tartibda (ishchi loyiha) ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalashtirish bilan bir vaqtda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Toshkent shahrida koʻp tarmoqli muz kompleksini qurish loyihasini amalga oshirish boʻyicha ilovaga muvofiq tarkibdagi Ishchi guruhi tashkil etilsin, uning zimmasiga loyihani amalga oshirish va uni 2019-yilning uchinchi choragida foydalanishga topshirish bilan bogʻliq kompleks masalalarni oʻz vaqtida, tezkor hal etish borasida vazirlik hamda idoralarning ishi va oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi PQ-4388-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 07/19/4388/3400-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Loyihani amalga oshirish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi — homiylardan “Numo Arena” koʻp tarmoqli muz kompleksini qurish uchun olingan daromad soligʻi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari — bosh pudrat tashkiloti va bosh loyiha tashkiloti tomonidan bajarilgan ishlar (xizmatlar) boʻyicha qoʻshimcha qiymat soligʻidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi, bosh pudrat tashkiloti va subpudrat tashkilotlari istisno tariqasida, roʻyxatlarni tasdiqlamasdan, tovarlarning ilova hujjatlariga muvofiq jumladan, “vaqtinchalik olib kirish” bojxona rejimida olib kelinadigan maxsus texnika, uskunalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, material va mexanizmlar uchun 2020-yil 1-yanvargacha bojxona toʻlovlaridan;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan subpudratchilar va yetkazib beruvchilar tomonidan buyurtmachi, bosh pudratchi va bosh loyiha tashkilotlariga sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qoʻshimcha qiymat soligʻidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh pudrat va bosh loyiha tashkiloti loyihani amalga oshirish doirasida doimiy muassasa sifatida va toʻlov manbalari orqali olinadigan daromad soligʻi (shu jumladan sof daromad soligʻidan), shuningdek, loyihani amalga oshirish doirasida foydalaniladigan mulk soligʻidan ozod etilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachining xorijiy xodimlari, bosh loyiha, bosh pudratchi va ularning subpudratchi tashkilotlari loyihani amalga oshirish doirasida jismoniy shaxslarning daromad qismidagi daromad soligʻidan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilansinki, loyihani amalga oshirish doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan jismoniy shaxslarga beriladigan bepul ovqat qiymati ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslar daromad soligʻini hisoblashda soliq solinadigan obyektga kiritilmaydi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy muassasalar orqali faoliyat yuritadigan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari uchun jismoniy shaxslar daromad soligʻini hisoblashda loyihani amalga oshirish doirasida taqdim etiladigan xayriya mablagʻlari miqdori hisoblab chiqariladigan sarf-xarajatlarga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Numo Arena” koʻp tarmoqli muz kompleksini qurish loyihasini amalga oshirish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirishga jalb etilgan xorijiy fuqarolarning yashashi (joylashishi) uchun koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida toʻlashga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Buyurtmachi xorijiy va Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida pul shaklidagi xayriya mablagʻlarini, shuningdek, tovarlar, ishlar va xizmatlarni olish huquqiga ega ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Loyihani amalga oshirish davrida “Numo Arena” koʻp tarmoqli muz kompleksi quriladigan hududda loyiha doirasida vaqtinchalik yuklarni rasmiylashtirish bojxona omboridan foydalanishni tashkil etishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Toshkent shahar hokimligi vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda “Numo Arena” koʻp tarmoqli muz kompleksini qurish davrida, shuningdek, undan keyinchalik foydalanish uchun mavjud muhandislik tarmoqlariga (elektr taʼminoti, tabiiy gaz, markaziy isitish tizimi, issiq va sovuq suv, markazlashtirilgan kanalizatsiya tizimi) ulanish va ulardan toʻliq yoki qisman foydalanish, shu jumladan, infratuzilma obyektlariga xizmat koʻrsatish uchun tabiiy gazdan foydalanishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi buyurtmachining talabnomalariga koʻra, mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi buyurtmachining talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan, koʻp martalik kirish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi buyurtmachining talabnomalariga koʻra, mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar boʻlmagan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berishni (muddatini uzaytirishni), shuningdek, ularga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazsin va obyektni qurishda qurilish-montaj ishlari bajarilishining sifati ustidan tegishli arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 11-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-2964-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi PQ-2964-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshkent shahrida koʻp tarmoqli muz kompleksini qurish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Ishchi guruh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

G.I. Ibragimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

A.S. Sultanov

“Oʻzbekneftgaz” MXK boshqaruvi raisi, Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

R.J. Usmanov

Toshkent shahar hokimi

J.A. Qoʻchqorov

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

S.X. Bekenov

iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari

D.A. Nazarmuxamedov

ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

R.J. Qurbonov

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi

B.Y. Raimov

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

M.I. Shodiyev

Davarxitektqurilish raisining oʻrinbosari

V.V. Ismailov

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi raisi

V.N. Tyan

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori

F.I. Salomov

“Oʻzbekenergo” AJ raisi

A.S. Shukurov

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisining birinchi oʻrinbosari

J.T. Mirzamaxmudov

Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, Ishchi guruh kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Ishchi komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh tarkibiga zarur holatlarda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillari kiritilishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 383-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son; 10.07.2019-y., 07/19/4388/3400-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)