24.05.2017 yildagi PQ-2996-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 24.05.2017 yildagi PQ-2996-son
Date of entry into force
26.05.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Band boʻlmagan aholini ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilishning samarali vositalaridan biri boʻlgan kasanachilikni yanada rivojlantirish hamda zamonaviy mashina, asbob-uskunalar, xom ashyo va materiallarni xarid qilish uchun moliyaviy resurslar bilan foydalanishni kengaytirish orqali oila budjetlari daromadlarini koʻpaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki, Moliya vazirligi va tijorat banklarining Toshkent shahrida tijorat banklari tomonidan “Kasanachilikni koʻllab-quvvatlash boʻyicha Konsorsium” masʼuliyati cheklangan jamiyatini (keyingi oʻrinlarda Konsorsium deb yuritiladi) 50,0 mlrd.soʻmlik boshlangʻich ustav kapitali bilan tashkil etish va uni ishtirokchilari orasida 1-ilovaga muvofiq taqsimlash borasidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Konsorsiumga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorning 2-ilovasida keltirilgan roʻyxatga muvofiq zamonaviy mashina, asbob-uskunalar, xom ashyo va materiallarni xarid qilishga kasanachi va (yoki) kasana mahsulotlarini ishlab chiqarishga buyurtma beruvchi korxonalarga zayomlarni ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorning 2-ilovasida keltirilgan kasanachilik turlari boʻyicha uy sharoitida mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) ishlab chiqarish uchun marketing amalga oshirish va buyurtmachilarni topish vazifalari bilan tarkibiy boʻlinmalarini hamda kasanachi va kasana mahsulotlarini ishlab chiqarishga buyurtma beruvchi tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro aloqalarni oʻrnatishni taʼminlash boʻyicha — Toshkent shahrining barcha tumanlarida filiallarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilayotgan ish hajmlariga muvofiq Konsorsiumning tarkibiy boʻlinmalari xodimlari sonini mustaqil belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasanachilar va kasana mahsulotlarini ishlab chiqarishga buyurtma beruvchi tashkilotlar bilan mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish borasidagi shartnomalarni tuzish huquqlari berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasanachilarga zamonaviy mashina, asbob-uskunalar, xom ashyo va materiallarni xarid qilish uchun zaymlarni ajratish sotib olinayotgan tovarlarning kafillikka olish orqali amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yilning 1-iyulidan boshlab kasanachilar uchun jismoniy shaxslarga qoʻllaniladigan daromad soligʻi qatʼiy 7,5 foiz miqdorida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Konsorsiumni barcha turdagi soliqlar toʻlashdan ozod etilib, boʻshayotgan mablagʻlarni ustav jamgʻarmasini toʻldirilishiga yoʻnaltirsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Toshkent shahri hokimiyati manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda Konsorsiumga faoliyatini tashkil etish va kelgusida amalga oshirish masalalarida amaliy yordam koʻrsatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Toshkent shahri hokimiyati ikki hafta muddatida Konsorsium va uning tuman filiallarini joylashtirish uchun bino va xonalarni ajratish borasida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Mahalla” xayriya jamoat jamgʻarmasi va fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasanachilar bilan korxonalar oʻrtasida oʻzaro iqtisodiy hamkorlik borasidagi, shu jumladan korxonalar buyurtmalarini uy sharoitlarida bajarish istagini bildiruvchi mahallalar aholisini aniqlash faoliyatini jadallashtirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi orasida kasanachilik afzalliklarini tushuntirish boʻyicha jadal targʻibot ishlarini amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Iqtisodiyot vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda Konsorsium ishtirokchilari bilan birgalikda kasanachilarga zamonaviy mashina, asbob-uskunalar, xom ashyo va materiallarni xarid qilish uchun zaymlarni taqdim etish tartibotlari toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqib bir oylik muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosma va elektron ommaviy axborot vositalarni, shu jumladan Internet umumjaxon axborot tarmogʻini keng jalb qilgan holda mazkur qarorning maqsadi va vazifalarini aholi orasida tizimli ravishda muntazam va xar tomonlama yoritib borilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi va Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 24-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-2996-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-2996-sonli qaroriga
1-ILOVA

“Kasanachilikni koʻllab-quvvatlash boʻyicha Konsorsium” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ishtirokchilari tarkibi hamda ularning ustav kapitalidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ULUSHI

T/r

Konsorsium ishtirokchilari

Ishtirokchilar ulushi

mlrd soʻm

ulush, foizda

1.

Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki

7,5

15,0

2.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB

7,5

15,0

3.

“Asaka” ATB

7,5

15,0

4.

“Ipoteka-bank” ATIB

7,5

15,0

5.

AT “Xalq banki”

5,0

10,0

6.

“Mikrokreditbank” ATB

5,0

10,0

7.

“Turon bank” ATB

5,0

10,0

8.

“Aloqa bank” ATB

5,0

10,0

Jami:

50,0

100%

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-2996-sonli qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kasanachilikni koʻllab-quvvatlash boʻyicha Konsorsium” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomondan ajratiladigan zayomlar evaziga tashkil etiladigan kasanachilik turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

Toʻqima va trikotaj mahsulotlarni ishlab chiqarish.

2.

Galantereya (attorlik) mahsulotlarini ishlab chiqarish.

3.

Qandolat va non mahsulotlarini ishlab chiqarish.

4.

Mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish.

5.

Elektrotexnika mahsulotlarini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish.

6.

Bogʻdorchilik va obodonlashtirish xizmatlari.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 390-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)