Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.12.2019 26.06.2000 yildagi 243-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.06.2000 yildagi 243-son
Date of entry into force
26.06.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.12.2019
Hujjat 22.05.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“REKLAMA TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida raqobatni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlariga reklama toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish funksiyasi yuklansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari ijro etilishini taʼminlash 2-ilovaga muvofiq davlat boshqaruv organlariga va joylardagi davlat hokimiyati organlariga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyatining koʻrsatib oʻtilgan organlari bir oy muddatda oʻzlarining amaldagi nizomlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash davlat qoʻmitasi huzurida Reklama boʻyicha idoralararo kengash tuzilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama boʻyicha idoralararo kengash toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq va uning tarkibi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 4-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruv organlari va joylardagi hokimiyat organlarining, shuningdek, respublika jamoat birlashmalari (tashkilotlari)ning reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini bajarish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorlarida, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq bank, sugʻurta va boshqa xizmatlar bozorlarida, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozorlarida reklamani tarqatishda halol raqobatni va jamiyat manfaatlarini himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklama beruvchilar, reklama ishlab chiqaruvchilar, reklama tarqatuvchilar va reklamadan foydalanuvchilarning jahon standartlariga va milliy anʼanalarga zid boʻlmagan manfaatlariga rioya qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda reklamani joylashtirish tartibini bir oy muddatda 2-ilovaga muvofiq ishlab chiqsin, tasdiqlasin va belgilangan tartibda amalga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 26-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
243-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 26-iyundagi 243-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari bajarilishini taʼminlash yuklangan davlat boshqaruvi organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

T/r‎ Reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatining talablari‎ “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni moddasi‎‎ Qonun hujjatlari talablari bajarilishi uchun masʼul boʻlgan davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyati organlarining nomi‎‎
1.‎ Telekoʻrsatuvlarda va radioeshittirishlarda;
‎‎Ommaviy axborot vositalarida;
‎Pochta joʻnatmalari, elektron aloqa vositalarida reklamalarning bir xil boʻlishini taʼminlash‎ ‎
11-modda‎‎ Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
2.‎ Homiylar toʻgʻrisidagi axborotlar boʻyicha koʻrsatmalar ‎

‎Homiylar xizmatlaridan telekoʻrsatuvlarda va radioeshittirishlarda foydalanishga yoʻl qoʻymaslik‎ ‎
12-modda‎‎ Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi
Oʻzbekiston MTRK
3.‎ Yashirin reklamalardan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik‎‎ 14-modda‎‎ Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
4.‎ Televideniye va radioda reklamalarni cheklash‎‎ 17-modda‎‎ Oʻzbekiston MTRK
5.‎ Ommaviy axborot vositalarida reklamalarni cheklash ‎

‎Matbuot nashrla�ida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamasini cheklash ‎
‎18-modda ‎

‎23-modda
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalarini nashr etuvchi vazirliklar va idoralar, mustaqil ommaviy axborot‎ vositalari
6.‎ Tashqi reklamalarni joylashtirish tartibini belgilash, tashqi joylashtirishni nazorat qilish ‎

‎‎Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamalarini tashqi joylashtirishni nazorat qilish ‎ ‎
20-modda ‎ ‎ ‎

‎‎ ‎23-modda‎ ‎
Joylardagi davlat hokimiyati organlari‎‎
7.‎ Yer usti transport vositalarida; metropolitenda, vokzallarda, portlarda va aeroportlarda reklamalarni joylashtirish hamda tarqatishni nazorat qilish‎‎ 21-modda‎‎ Ichki ishlar vazirligi (DAN); joylardagi davlat hokimiyati organlari ‎
9.‎ Quyidagilarni reklama qilish uchun ruxsatnomalar berish: ‎Voyaga yetmaganlar uchun dori-darmon vositalari;
‎‎‎Gipnoz qilish va taʼsir koʻrsatishning ruhiy yoki bioenergiya usullaridan foydalangan holda davolash seanslari, shunga oʻxshash boshqa tadbirlar; ‎
‎Tibbiyot buyumlari, tibbiy texnikani, gigiyena, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya vositalari;
‎ ‎Davolab boʻlmaydigan va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga nisbatan terapevtik natija. ‎
‎Tibbiyot muassasalari uchun moʻljallangan dori-darmonlarni reklama qilish tartibini belgilash, uning bajarilishini nazorat qilish ‎
22-modda‎‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi‎‎
10.‎ Quyidagilarni qoʻllash va sotish uchun tegishli ruxsatnomalar berish: Kosmetika vositalari, vitaminli va biologik faol oziq-ovqat qoʻshimchalari; ‎Maishiy kimyo vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari ‎ 22-modda‎‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzstandartagentligi
(2-ilovaning 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 26-iyundagi 243-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama boʻyicha idoralararo kengash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Reklama boʻyicha idoralararo kengash (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va jamoat birlashmalarining reklamani ishlab chiqarish, tarqatish va joylashtirish, reklama foydalanuvchilarini chalgʻitadigan yoki fuqarolar salomatligiga, fuqarolar yoki yuridik shaxslar mol-mulkiga, atrof muhitga yoxud koʻrsatib oʻtilgan shaxslar shaʼniga, qadr-qimmatiga yoki ishdagi obroʻsiga zarar yetkazadigan, shuningdek, jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq tamoyillariga tahdid soladigan reklamadan jamiyatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni takomillashtirish maqsadida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash maslahat organi hisoblanadi va oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. KENGAShNING ASOSIY VAZIFALARI VA HUQUQLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining reklamani ishlab chiqarish, joylashtirish va tarqatish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunlar va meʼyoriy hujjatlarning qoʻllanish amaliyotini tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (ishlar va xizmatlar) bozorida reklamani ishlab chiqarish, joylashtirish va tarqatish jarayonida paydo boʻladigan xulq-atvorning madaniyatli norma va qoidalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning reklama faoliyatiga koʻmaklashish, reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, reklama faoliyatini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (ishlar va xizmatlar) bozorlarida, shu jumladan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻlik bank, sugʻurta va boshqa xizmatlar bozorlarida shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozorlarida reklamani tarqatishda halol raqobatni va jamiyat manfaatlarini himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklama beruvchilar, reklama ishlab chiqaruvchilar, reklama tarqatuvchilar va reklamadan foydalanuvchilar manfaatlariga rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ijodiy uyushmalari, jamoat birlashmalari, nufuzli xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan reklama faoliyati masalalari boʻyicha aloqalarni rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklama faoliyatini yoritishga, halol raqobatni, reklamada ijodkorlikni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar (konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar va tanlovlar)ni tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklama faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va oʻzini oʻzi tartibga solish boʻyicha chet el tajribasini tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklama faoliyatini amalga oshirish ustidan nazoratning samaradorligi masalasi boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy reklamani ishlab chiqarish, joylashtirish va tarqatishda tashabbuskorlik koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kengash quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklamani nazorat qilishga taalluqli qonunlar va meʼyoriy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash vazifalarini hal etish uchun ishchi guruhlar, komissiyalar tuzish va ular ishida jamoatchilik asosida ishlash uchun tegishli mutaxassislarni jalb etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. KENGAShNING TARKIBI VA ISh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kengash vazirliklarning, davlat boshqaruvi respublika boshqa organlari, jamoat birlashmalari vakillaridan, ular rahbarlarining taqdimnomasiga binoan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashda ishlash uchun (ularning roziligiga koʻra) mutaxassislar, olimlar, ekspertlar hamda reklamani ishlab chiqarish, joylashtirish va tarqatish faoliyati sohasiga kiradigan turli tashkilotlar va muassasalar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar va muassasalar vakillari jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda Rais, ikki nafar oʻrinbosar, kotib va oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi Kengash aʼzolaridan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kengash Raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash majlislarini chaqiradi, ularning kun tartibini tuzadi, uni Kengash majlisi oʻtkaziladigan kungacha toʻrt kundan kechikmay Kengash aʼzolariga yetkazishni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash aʼzolarining Kengash qarorlari va vazifalarini bajarish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash tomonidan tuzilgan seksiyalar, ishchi guruhlar va komissiyalar faoliyatini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda Kengash nomidan vakillik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash qabul qilgan qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash tomonidan oʻziga yuklangan boshqa vazifalar va funksiyalarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kengashda ish yuritishni kotib amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kengash oʻz ishini oʻzi tasdiqlaydigan ish tartibi asosida amalga oshiradi. Kengash majlislari zaruriyatiga koʻra, lekin yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi va protokollar bilan rasmiylashtiriladi. Kengash oʻz ishlari boʻyicha har yili yakun chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kengash qarorlari tavsiyanoma tusida boʻladi va majlisda raislik qiluvchi hamda kotib tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kengashda koʻrib chiqish uchun kiritilgan masalalar va uning qarorlari loyihalari Kengash aʼzolari tomonidan, ish rejasiga muvofiq vazirliklar, davlat boshqaruvi respublika boshqa organlari va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida tayyorlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 6-son, 32-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 15-16-son, 125-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda, 27-son, 191-modda, 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 11-son, 83-modda, 20-21-son, 181-modda, 22-son, 195-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda, 31-son, 261-modda, 44-45-son, 380-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 33-son, 863-modda)