O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlar eksportini kengaytirishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlar eksportini yanada rag‘batlantirish, shuningdek ularning faoliyati uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 26-aprel,
245-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-apreldagi 245-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi 131-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y. 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 5v-ilova matni rus tilidagi matnda berilgan;
b) 7-ilovada:
8-pozitsiyadagi “10 — 75” raqamlari “10 — 75*” raqamlari bilan almashtirilsin;
20-pozitsiyadagi “5” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi izoh qo‘shilsin:
“* Hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘zlari yaratgan amaliy bezak san’ati buyumlari badiiy ekspertizadan o‘tkazilganligi va ularga hujjatlar rasmiylashtirilganligi uchun maxsus yig‘im eng kam oylik ish haqining 10 foizni tashkil etadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 17-son, 304-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)