Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2003 20.08.1999 yildagi 397-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 20.08.1999 yildagi 397-son
Date of entry into force
20.08.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2003
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QURILIShI TUGALLANMAGAN OBYEKTLAR VA ASOSIY FONDLAR QURILIShINI VAQTINChA TO‘XTATIB QO‘YISh VA QAYTADAN BOShLASh TARTIBINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-sentabrdagi 401-sonli “Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida Qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va qaytadan boshlashning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va qaytadan boshlash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 20-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
397-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
20-avgustdagi 397-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va qaytadan boshlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va qaytadan boshlashning mazkur tartibi (keyingi o‘rinlarda Tartib deb ataladi) “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida Qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va qaytadan boshlashning yagona qoidalarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Tartibga rioya qilish investitsiya jarayonining barcha qatnashchilari, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvining tegishli organlari uchun o‘z vakolatlari doirasida majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Tartibda qo‘llanilgan asosiy atamalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtincha to‘xtatib qo‘yish — qurilishi tugallanmagan obyektlar yoki asosiy fondlarning tegishli qaror bilan belgilanadigan davrda saqlanishini ta’minlash chora-tadbirlari kompleksi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugallanmagan qurilish — qurilishi tugallanmagan obyektda sarflangan amaldagi ishlab chiqarish xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy fondlar (vositalar) — uzoq muddat (bir yildan ortiq) davomida ishlatiladigan hamda ijaraga berish uchun ham foydalaniladigan moddiy aktivlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastlabki qiymat — asosiy fondlar (vositalar)ni sotib olish uchun amaldagi xarajatlar, shu jumladan, ularni keltirish, o‘rnatish, montaj qilish va foydalanishga topshirish xarajatlari, to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar (yig‘imlar), shuningdek, asosiy fondlarni ishchi holatiga keltirish bilan bog‘lik har qanday boshqa xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoldiq qiymat — asosiy fondlarning buxgalteriya hisobi va hisobotiga muvofiq jamlangan amortizatsiya summasi chiqarib tashlangan dastlabki qiymati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. VAQTINChA TO‘XTATIB QO‘YISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar vaqtincha to‘xtatib qo‘yilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishi tugallanmagan obyektlar — kapital mablag‘ bilan ta’minlanmagan yoki ular qurilishi uchun bundan keyin mablag‘ qo‘yish maqsadga muvofiq emasligi asoslanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy fondlar — texnik darajasi zamonaviy talablarga muvofiq emasligi aniqlanganda yoki ulardan ishlab chiqarish maqsadlarida 3 oydan ortiq muddatga foydalanish zarurati bo‘lmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga muvofiq budjet mablag‘lari va banklarning kreditlari, shuningdek, hukumat kafolatlari ostida xorijiy kreditlar hisobiga olib borilayotgan obyektlar bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslashlar asosida olib borilayotgan obyektlar bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra olib borilayotgan asosiy fondlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy o‘zgartirishni amalga oshiruvchi iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llaniladigan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlari bo‘yicha;
(5-bandi “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi 188-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mulkida davlat ulushi bo‘lgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, vazirliklar, idoralar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mablag‘ bilan ta’minlovchi bankning xulosasi bo‘lgan taqdirda asosiy fondlar bo‘yicha mol-mulk egasi tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qurilishi tugallanmagan obyektlar yoki asosiy fondlar qurilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi taklif:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga — Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi va mablag‘ bilan ta’minlovchi banklar, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining hududiy organlari bilan kelishgan holda tarkibiy o‘zgartirishni amalga oshiruvchi korxonalar va ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llaniladigan korxonalar bo‘yicha Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, vazirliklar, idoralar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan;
(6-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi 188-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, vazirliklar, idoralar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasining hududiy organlari bilan kelishgan holda va mablag‘ bilan ta’minlovchi bankning xulosasi mavjud bo‘lganda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tarkibiy o‘zgartirishni amalga oshiruvchi korxonalar va ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llaniladigan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish to‘g‘risida asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda kiritilgan iltimosnoma O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining hududiy organlari tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iltimosnomaga konservatsiya qilish zarurligini asoslovchi hujjatlar (hisob-kitoblar) hamda konservatsiya qilinadigan tugallanmagan qurilish obyektlari va (yoki) asosiy fondlar ro‘yxati ilova qilinadi, bunda muddatlari tamom bo‘lgan tugallanmagan qurilish obyektlari va ular bo‘yicha eskirish to‘liq hisoblangan asosiy fondlar alohida ajratib ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konservatsiya qilish Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining taklifiga ko‘ra tarkibiy o‘zgartirish yoki bankrotlik tartiboti davri uchun amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi 188-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qurilishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qabul qilingan qaror asosida buyurtmachi (investor) yoki korxona rahbari qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida farmoyish (buyruq) chiqaradi, unda asosiy fondlar, asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallar qurilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va saqlanishini ta’minlash ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni ishlab chiqish muddatlari, shuningdek, ushbu obyektlar, asosiy fondlar, asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallar saqlanishi uchun javobgar tashkilot belgilab qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qurilishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi farmoyish (buyruq) asosida bir oy muddatda quyidagilar tuziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘yicha pudratchi bilan birgalikda qurilishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida dalolatnoma, unda qurilishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish sanasida obyektlarda bajarilgan ish hajimlarining smeta qiymati ko‘rsatiladi, qurilishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va boshqa obyektlar qurilishiga berish yoki sotish kerak bo‘lgan montaj qilinmagan asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallar vedomosti ilova* qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asosiy fondlar bo‘yicha qurilishni vaqtincha to‘xtab qo‘yish to‘g‘risida dalolatnoma, unda qurilishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish sanasiga obyektlarda bajarilgan ish hajmlarining smeta qiymati ko‘rsatiladi, qurilishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va boshqa obyektlar qurilishga berish yoki sotish kerak bo‘lgan montaj qilinmagan asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallar vedomosti ilova qilinadi (2-ilova*). Ko‘rsatib o‘tilgan dalolatnomalar va vedomostlar mustaqil auditorlik firmasi bilan birgalikda tuziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar, ularning konstruktiv elementlari, montaj qilinmagan asbob-uskunalari va foydalanilmagan materiallar saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ishlar va xarajatlar ro‘yxati (3-ilova*). Qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan ro‘yxat loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqqan loyiha tashkiloti ishtirokida, asosiy fondlar bo‘yicha esa mustaqil auditorlik firmasi ishtirokida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ko‘rsatib o‘tilgan ro‘yxat asosida loyiha tashkiloti tomonidan buyurtmachi (investor) yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning topshirig‘iga ko‘ra smeta tuziladi va zaruriyat bo‘lganda, qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha to‘xtab qo‘yish ishlarini olib borish uchun ishchi chizmalar, shuningdek, ularning saqlanishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar smetasi tuziladi, ular keyinchalik buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Buyurtmachi (investor) qurilishi tugallanmagan obyektlar qurilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 2 oy muddatda pudrat tashkilot bilan qurilishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilinguncha bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmlari uchun hisob-kitob qilishga, materiallar va konstruksiyalar yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomalar bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi munosabati bilan pudrat tashkilot ko‘rgan zararni va moddiy boyliklarni boshqa obyektlarga tashish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar buyurtmachi tomonidan qurilish uchun banklarning kreditlari, shuningdek, xorijiy kreditlar jalb etilgan hollarda, ular kredit shartnomalarida nazarda tutilgan tartibda to‘lanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. QURILIShNI QAYTADAN BOShLASh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qurilishni qaytadan boshlash to‘g‘risidagi qaror investitsiya jarayonining boshqa qatnashchilar bilan kelishuv bo‘yicha qurilishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini qaytadan boshlash to‘g‘risidagi qaror asosida buyurtmachi (investor) yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt qurilishni qaytadan boshlash to‘g‘risida farmoyish (buyruq) chiqaradi, unda zarur ishlarni bajarishga doir hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etish tartibi va muddatlari belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Buyurtmachi (investor) yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qurilishni qaytadan boshlash to‘g‘risidagi farmoyish (buyruq) asosida hamda qurilishni qaytadan boshlash dalolatnomalari asosida bir oy muddatda quyidagilar tuziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘yicha qurilishni qaytadan boshlash sanasida bajarilgan ishlar hajmi qiymati ko‘rsatilgan holda qurilishni qaytadan boshlash to‘g‘risidagi obyektlar bo‘yicha dalolatnoma, unga qurilishi vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan obyektlar, asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallarning holatiga qisqacha tavsif berilgan vedomostlar ilova qilinadi (4-ilova*);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*4-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy fondlar bo‘yicha — qurilishni qaytadan boshlash sanasiga asosiy fondlarning balans va qoldiq qiymati ko‘rsatilgan holda qurilishni qaytadan boshlash to‘g‘risidagi dalolatnoma, unga qurilishi vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan obyektlar, asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallarning holatiga qisqacha tavsifi berilgan vedomostlar ilova qilinadi (5-ilova*).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*5-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Dalolatnomaning 13-bandida ko‘rsatib o‘tilganlar va vedomostlar asosida buyurtmachi (investor) yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt zarur qurilishni qaytadan boshlash ishlarini olib borish uchun hujjatlarni o‘z kuchlari bilan yoki loyiha tashkilotini jalb etgan holda belgilangan tartibda tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. MABLAG‘ BILAN TA’MINLASh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qurilishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va qurilishni qaytadan boshlash ishlarini olib borish uchun smetada nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarini bajarish pudrat tashkilot tomonidan qo‘shimcha bitim bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimda qurilishi tugallanmagan obyektlar, asosiy fondlar, asbob-uskunalar, konstruktiv elementlar va materiallar qurilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va qaytadan boshlash ishlarini bajarish va buyurtmachi (investor) yoki xo‘jalik yurituvchi subyektga topshirish muddatlari nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va qaytadan boshlash bo‘yicha qurilish-montaj ishlari bajarilganligi uchun hisob-kitoblar qurilish-montaj ishlarining bajarilgan hajmlarini qabul qilish dalolatnomalari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va qaytadan boshlash bo‘yicha pudratchi tomonidan bajarilgan qurilish-montaj ishlari pudrat ishlari hajmiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qurilishi tugallanmagan obyektlari qurilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va qaytadan boshlash bo‘yicha ishlar va xarajatlar, shu jumladan, vaqtincha to‘xtatib qo‘yish davrida ularning saqlanishini ta’minlash hamda qaytadan boshlash vaqtidagi tiklash ishlari mazkur qurilish uning hisobiga amalga oshirilgan yoki amalga oshiriladigan qurilishni mablag‘ bilan ta’minlash manbaidan, obyekt qiymatining yig‘ma smeta hisob-kitobi doirasida haq to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektning smeta qiymati oshib ketgan taqdirda loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi va qayta tasdiqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qurilishi tugallanmagan obyektlar qurilishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va qaytadan boshlash bo‘yicha ishlar va xarajatlar, shu jumladan, vaqtincha to‘xtatib qo‘yish davrida ularning saqlanishini ta’minlash hamda qaytadan boshlash vaqtidagi tiklash ishlariga xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z mablag‘lari hisobiga smeta doirasida haq to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mablag‘ bilan ta’minlovchi banklar buyurtmachi tomonidan qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va qaytadan boshlash hujjatlarning ishonchli rasmiylashtirilishi ustidan mazkur Tartibga ilovalar va vedomostlarga muvofiq nazoratni amalga oshiradilar.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi 188-sonli qaroriga asosan 7-19-bandlar tegishli ravishda 8-20-bandlar deb hisoblangan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 62-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 8-son, 48-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 7-8-son, 62-modda)