Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2020 18.04.2017 yildagi PQ-2897-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 18.04.2017 yildagi PQ-2897-son
Date of entry into force
01.05.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-sonli Farmonini ijro etish hamda qoʻmitaga yuklatilgan asosiy vazifa va funksiyalarni amalga oshirish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etishni taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tuzilmasida hududiy filiallar bilan birgalikda Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar kollejlari negizida, mashgʻulotlardan boʻsh paytlarda biznesni yuritish va biznes-rejalarni ishlab chiqish asoslari, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa zarur fanlarni oʻqitgan holda xususiylashtirilgan korxonalar negizida loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlar uchun oʻquv kurslarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlar tomonidan investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish boʻyicha amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq zarur maʼlumotlarni olishda koʻmaklashish, shuningdek, investitsiya jarayonini amalga oshirishning barcha bosqichlarida tadbirkorlarga hamrohlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni tanlash va oʻqitishda, ularning kasbiy malakasini doimiy oshirib borishda tadbirkorlarga yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqishni tashkil qilish uchun oliy taʼlim muassasalari, kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilarini, vazirliklar va idoralar mutaxassislarini, respublikamizda ishlayotgan katta muvaffaqiyatlarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro moliya institutlari, xorijiy donorlar va chet mamlakatlardagi tadbirkorlarni oʻqitish markazlari bilan hamkorlik qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Markaziy bank va tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazining oʻquv kurslarini oʻtkazishda faol ishtirok etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda, markaz xarajatlari davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishini nazarda tutgan holda, Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2017 — 2018-yillarda xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashishning “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi” 4-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlari qayta tashkil etilishi munosabati bilan tegishliligi boʻyicha yigʻimlar va boshqa toʻlovlar undirilmagan holda quyidagilarni amalga oshirsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlariga oʻtayotgan avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida qayta roʻyxatdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas mulk va boshqa mulklarga boʻlgan huquqlarni tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga va uning hududiy organlariga qayta roʻyxatdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik jamiyatlarining taʼsis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan avval berilgan litsenziyalar, huquqni belgilovchi, ruxsat beruvchi hujjatlar hamda ular tomonidan avval qabul qilingan qarorlar oʻz kuchini saqlab qoladi va u qayta tashkil etilishi munosabati bilan bekor qilinmaydi yoki oʻzgartirilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan savdoga qoʻyilgan obyektlar boʻyicha sotuvchi funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi, bunda Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qayta tashkil etilishi munosabati bilan savdolarning shartlari va turlari oʻzgarmay qoladi, obyektlar esa savdolardan olinmaydi, qayta baholanmaydi va savdolarga takroran qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V. Golishev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 18-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-2897-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 17-son, 289-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)