Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.05.2020 15.04.2017 yildagi 221-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.04.2017 yildagi 221-son
Date of entry into force
24.04.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.05.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi 295-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-fevraldagi PF-4954-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatlarini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2776-son qaroriga muvofiq, shuningdek avtomobil yo‘llari sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi yig‘imlar va boshqa to‘lovlar undirilmasdan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan va qayta tashkil etilayotgan O‘zbekiston avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (“O‘zavtoyo‘l” DAK) va uning tegishli ravishda idoraviy mansub tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va unga idoraviy mansub tashkilotlarga o‘tayotgan mablag‘lari va maxsus texnikasi ichki ishlar organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan va qayta tashkil etilayotgan ko‘chmas mulk obyektlariga huquqlar ularning nomlari o‘zgarishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasiga qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 15-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
221-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-apreldagi 221-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qo‘mita avtomobil yo‘llari sohasida maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qo‘mita o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qo‘mitaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qo‘mita yuridik shaxs hisoblanadi, dumaloq muhrga va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida bank hisob raqamlariga va g‘aznachilik hisob raqamlariga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy organlar deb ataladi), Qo‘mitaning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda idoraviy mansub tashkilotlar deb ataladi) yuridik shaxslar hisoblanadilar, dumaloq muhrga va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan blankalarga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Hududiy organlar o‘z faoliyatini nizomlarga, idoraviy mansub tashkilotlar esa — Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan ustavlarga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qo‘mita markaziy apparati, uning hududiy bosh boshqarmalari, tuman yo‘llardan foydalanish korxonalari, yo‘llardan muntazam foydalanish korxonalari va ko‘priklardan foydalanish korxonalarining, shuningdek, “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasi va uning hududiy bo‘linmalarining ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2017-y., 09/17/943/0326-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Qo‘mitaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar Qo‘mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llarining xalqaro tranzit yo‘laklarini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy transport oqimi sharoitlarida avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini ta’minlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘i saqlanishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish, ularning yuqori transport-foydalanish darajasida bo‘lishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan chet ellarda o‘quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llariga tutash hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish tadbirlari o‘tkazilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq yo‘l belgilari, axborot ko‘rsatkichlari, yo‘llarda harakatlanishni tartibga solishning boshqa texnik vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-noyabrdagi 943-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2017-y., 09/17/943/0326-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yuklangan vazifalarga muvofiq Qo‘mita quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘l xo‘jaligi sohasidagi zamonaviy texnologiyalarni va yetakchi xorijiy mamlakatlarning tajribasini hisobga olgan holda avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va takomillashtirishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash, shuningdek yo‘l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni ishlab chiqish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llari qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlashda uchastkalarda harakat xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida avtotransport vositalari harakatini vaqtincha cheklash yoki to‘xtatishni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
safarbarlik tayyorgarligini, shuningdek idoraviy mansub tashkilotlarning safarbarlik tayyorgarligi bo‘yicha ular faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari davlat kadastrini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarining hisobini yuritish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarning texnik holatini har yili ko‘zdan kechirish, tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llarining texnik holatiga qarab avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashning har yilgi dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini ta’mirlashning har yilgi dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llari ro‘yxatini shakllantirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot va aholining ehtiyojlaridan hamda davlatning strategik vazifalarini hal etishdan kelib chiqib respublika avtomobil yo‘llari tarmog‘ini ilmiy asoslangan istiqbolli rejalashtirish, takomillashtirish va rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakat mintaqalarini bog‘lovchi va kecha-kunduz, uzluksiz va xavfsiz avtomobil transport aloqasini ta’minlaydigan transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika avtomobil yo‘llari tarmog‘ini takomillashtirish va rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) avtomobil yo‘llarining xalqaro tranzit yo‘laklarini shakllantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llari masalalari bo‘yicha xalqaro yo‘l va transport tashkilotlari bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish va ularda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash, O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llari va transport sohasida xalqaro shartnomalarda ishtirok etishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llari va transport sohasida xalqaro hamkorlik qilish, xalqaro yo‘l va transport tashkilotlari, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari, shuningdek xorijiy kompaniyalar bilan samarali o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish borasida takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘mita vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa davlatlarning avtomobil yo‘llari va transport bo‘yicha vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus ruxsatnoma bergan holda, shu jumladan xalqaro tashishlarni amalga oshirayotgan yirik o‘lchamli va og‘ir yuk ko‘taradigan avtotransport vositalarining avtomobil yo‘llari bo‘yicha harakati yo‘nalishlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro transport yo‘nalishlaridan foydalanishda xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy integratsiyaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) zamonaviy transport oqimi sharoitlarida avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini ta’minlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llarini, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari, shu jumladan avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash obyektlarining ish hujjatlarini va avtomobil yo‘llarini jihozlash bo‘yicha tanlov hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirish;
(11-band “d” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlarning muassisi funksiyasini amalga oshirish, ular faoliyati monitoringini olib borish va iqtisodiy tahlil qilish, shuningdek idoraviy mansub tashkilotlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini va mol-mulkdan foydalanilishini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qulay va xavfsiz harakatni ta’minlash uchun avtomobil yo‘llaridan foydalanish, avtomobil yo‘llaridan foydalanishda yo‘l harakati xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘l qurilishining yirik loyihalarini moliyalashtirishga xalqaro moliya institutlarini jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki va yozma murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ular bo‘yicha qarorlar qabul qilish va ariza beruvchilarga qonun hujjatlarida belgilangan muddatda javoblar yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish sohasida sifat nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash ustidan texnik kuzatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashda qo‘llanadigan yo‘l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarning sifati ustidan nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘ini ta’mirlash va saqlash bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalari tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan shaharlar va tumanlarning bosh rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish sohasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llari sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish, takomillashtirish va o‘z vakolatlari doirasida qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘mita faoliyatiga tegishlilik yuzasidan tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar, shuningdek boshqa hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va kelishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida zamonaviy texnologiyalarni va yangi materiallarni joriy etish bo‘yicha tajriba ishlari olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) avtomobil yo‘llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan chet ellarda o‘quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy ta’lim dasturlarini kelishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘l qurilishini prognozlashtirish, muvofiqlashtirish va amalga oshirishning zamonaviy usullari talablariga muvofiq avtomobil yo‘llari sohasida malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarning olingan nazariy bilimlarini ishlab chiqarish amaliyotida mustahkamlash maqsadida ta’lim muassasalarining idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llari sohasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni, shu jumladan xorijiy ta’lim muassasalarida tajriba orttirishini ta’minlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) avtomobil yo‘llariga tutash hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish tadbirlari o‘tkazilishini tashkil etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilishi va landshaft dizayni qismida zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish va amalga oshirish borasida yagona davlat siyosatini olib borish yo‘li bilan avtomobil yo‘llariga ajratilgan polosalardagi yo‘l bo‘yi hududlarni tegishli holatda saqlash bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish va tizimli asosda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning har bir mintaqasidagi iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda avtomobil yo‘llarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish sohasida ilg‘or zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarni keng ko‘lamda qo‘llash orqali ilmiy-tadqiqot ishlarini oqilona tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llari va ularning konstruktiv elementlarini noqulay ob-havo- iqlim omillarining ta’sirdan himoya qilish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani sinchiklab o‘rganish natijalariga ko‘ra avtomobil yo‘llariga tutash hududlarni transportning bulg‘ashi va tashlanmalaridan muhofaza qilishning eng samarali va amaliyotda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan zamonaviy usul va texnologiyalarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, idoraviy mansub oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari negizida avtomobil yo‘llarini loyihalash, arxitektura-badiiy jihatdan tuzish va landshaft dizayni bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq yo‘l belgilari, axborot ko‘rsatkichlari, yo‘llarda harakatlanishni tartibga solishning boshqa texnik vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llarini yo‘llarda harakatlanishni tartibga solishning texnik vositalari bilan jihozlash sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq yo‘l belgilari, axborot ko‘rsatkichlari, yo‘llarda harakatlanishni tartibga solishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘llarni belgilash uchun mustahkam materiallar ishlab chiqarish, avtomobil yo‘llarida uzoq muddat foydalanishni ta’minlovchi yo‘l belgilari chizish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalarida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-noyabrdagi 943-sonli qaroriga asosan “k” va “l” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2017-y., 09/17/943/0326-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy organlar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Qo‘mitaning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘mita vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan va boshqa tashkilotlardan hujjatlar, statistik ma’lumotlar, hisobotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotni so‘rash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarga avtomobil yo‘llari sohasidagi qonun buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shunga o‘xshash tadbirlarda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘mita, hududiy organlar va idoraviy mansub tashkilotlarning mutaxassislarini belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlarga yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llari sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislarni Qo‘mitaning markaziy apparatida va idoraviy mansub tashkilotlarda shartnoma asosida ishlash uchun belgilangan tartibda jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llarini bosqichma-bosqich rivojlantirish tartib-taomillarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-texnik, idoralararo ekspert komissiyalari va kengashlar tashkil etish, avtomobil yo‘llari sohasidagi muammoli masalalar bo‘yicha maxsus yig‘ilishlar chaqirish, shuningdek maslahatlashish, ushbu muammolarni o‘rganish va hal etish uchun mahalliy va xorijiy olimlar hamda mutaxassislar va ekspertlarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilardan avtomobil yo‘llari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini talab etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirayotgan tashkilotlardan shaharsozlik normalari va qoidalariga, shuningdek avtomobil yo‘llari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda ishtirok etish, avtomobil yo‘llari sohasida xalqaro shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llari sohasida xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning vakillari bilan belgilangan tartibda muzokaralar olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘mitaning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar o‘rtasida tovarlarni sotish, xarid qilish va yetkazib berish hamda xizmatlar ko‘rsatishni tanlovlar va tender savdolari o‘tkazmasdan amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs huquqlari bilan avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi unitar korxona shaklida qo‘shimcha mustaqil korxonalar va boshqa korxonalarni tashkil etish, shuningdek Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Qo‘mita tuzilmasidagi korxonalarni birlashtirish va tugatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy hisoblangan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘mita, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qo‘mita:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llarining soz holatini, ularda transport vositalarining uzluksiz va xavfsiz yurishini ta’minlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llari sifatli va o‘z vaqtida qurilishi, rekonstruksiya qilinishi, ta’mirlanishi va saqlanishini ta’minlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llaridagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararni avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarga belgilangan tartibda qoplashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘mitaning idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan moliyaviy mablag‘lar, energiya resurslari, ishlab chiqarish quvvatlari va yo‘l-qurilish texnikasidan samarali foydalanilishini tashkil etishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Qo‘mita faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Raisning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan besh nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2017-y., 09/17/943/0326-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Rais:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘mita faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘mita markaziy apparatining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘mitaning markaziy apparati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmalari ta’minoti bo‘yicha xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy apparat bo‘linmalarining tuzilmasi va nizomlarini, Qo‘mitaning hududiy organlari nizomlarini va idoraviy mansub tashkilotlarining ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy apparat tuzilmasiga, Qo‘mitaning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari apparati tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy apparat xodimlarini, Qo‘mitaning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘mita vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, raisning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, Qo‘mita markaziy apparatining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlari, vazifalari va javobgarligi darajasini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy apparat, Qo‘mitaning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy apparat, Qo‘mitaning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari mol-mulkini qonun hujjatlariga belgilangan tartibda tasarruf etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan qarorlarni (ko‘rsatmalarni) bekor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qo‘mitada rais (hay’at raisi), uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari (lavozim bo‘yicha), shuningdek Qo‘mita markaziy apparati bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda Qo‘mita faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi hay’at tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hay’at a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi Qo‘mita raisining taqdimnomasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hay’at:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomda belgilangan Qo‘mita faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘mita nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlar tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida, Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash uchun ijro intizomini mustahkamlash hamda Qo‘mita rahbarlari va xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hay’at Qo‘mita vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hay’at majlisiga Qo‘mita vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hay’at qarorlari Qo‘mitaning qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va Hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda rais paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qo‘mita va uning hududiy organlari ekspert va texnik kengashlar va boshqa maslahat organlari tashkil etishga haqlidir, ular to‘g‘risidagi nizomlar tegishli ravishda Qo‘mita raisi va hududiy organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Hududiy organlar, “Mintaqaviy yo‘llar bo‘yicha buyurtmachi xizmati” DUK rahbarlari, raisning maslahatchisi, bosh boshqarma boshlig‘i, Qo‘mita markaziy apparati boshqarmalari boshliqlari Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadilar.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan Qo‘mita huzuridagi respublika tashkilotlarining birinchi rahbarlari Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadilar.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Asosiy vositalarni hududiy organlarga va idoraviy mansub tashkilotlarga biriktirish, shuningdek asosiy vositalarni qo‘mitaning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari o‘rtasida bir-biriga berish Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda Qo‘mita raisining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari Qo‘mitaning hududiy organlari yuritishida bo‘ladi, ularni tegishli foydalanuvchi tashkilotlarga biriktirish Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda Qo‘mita raisining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Qo‘mita xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Markaziy apparat, Qo‘mitaning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining ish haqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan lavozim maoshi, qo‘shimcha haq va ustamalar, mukofotlar va rag‘batlantiruvchi to‘lovlardan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, bir martalik mukofot, moddiy rag‘batlantirish, mehnat natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan ijtimoiy va kompensatsiya to‘lovlari jamoa shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qo‘mita markaziy apparati, uning hududiy organlari, tuman yo‘llardan foydalanish korxonalari, yo‘llardan muntazam foydalanish korxonalari va ko‘priklardan foydalanish korxonalari, shuningdek, “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasi va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish kasaba uyushmasi organi va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining boshqaruv Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2017-y., 09/17/943/0326-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Boshqa idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Qo‘mitani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 16-son, 278-modda, 28-son, 649-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2017-y., 09/17/943/0326-son; 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son; 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)