Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2022 17.04.2017 yildagi 222-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.04.2017 yildagi 222-son
Date of entry into force
01.05.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli “Yaratilgan yangi ish oʻrinlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatlarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2776-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 17-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
222-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-apreldagi 222-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) maqsadi, asosiy vazifalari va funksiyalarini, boshqarish tartibini, shuningdek mablagʻlarni shakllantirish va sarflash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek Jamgʻarmani boshqarish kengashining qarorlariga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksiga boʻysunadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida gʻaznachilik hisob raqamlariga, tijorat banklarida hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari mablagʻlarni shakllantirish va sarflashning maqsadli yoʻnaltirilganligi saqlanib qolgan holda Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradi, shuningdek Jamgʻarmaning maxsus yigʻma balansida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamgʻarma joylashgan joy (pochta manzili): Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Istiqlol koʻchasi, 29.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarmaning maqsadi, asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirish va takomillashtirish dasturlarini (loyihalarini) hamda ularning zarur tarzdagi texnik holatiga va oʻtkazish qobiliyatiga erishishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlarni jamlash va ulardan samarali foydalanish Jamgʻarma faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari tushumi hamda sarfining yillik va choraklik hisobotlarini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlashning nomma-nom roʻyxatlarini belgilangan tartibda kelishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridan foydalanish va ularni saqlash xarajatlari smetasini roʻyxatdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, jihozlash hamda ulardan foydalanish borasidagi tadbirlarni tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq moliyalashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yuklangan vazifalardan kelib chiqib Jamgʻarma quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari tushumi hamda sarfining yillik va choraklik hisobotlarini shakllantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining har yillik balanslari loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti loyihasiga kiritish uchun ishlab chiqadi va belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarajatlarning tasdiqlangan parametrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasiga, Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga yetkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlajak yilga Jamgʻarma daromadlari parametrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda yillar va oylarga boʻlib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga va Davlat bojxona qoʻmitasiga yetkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tushish manbalari va respublika mintaqalari boʻyicha Jamgʻarma daromadlari, shuningdek Jamgʻarma xarajatlarining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha hisobini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Jamgʻarmaga mablagʻlarni yigʻish va tushumlarning toʻliqligini nazorat qilish ishlarini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daromadlar tushumi prognozi bajarilishini tahlil qiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda daromadlar tushumi prognozi bajarilishiga salbiy taʼsir koʻrsatgan omillarni bartaraf etish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tegishli organlarga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma daromadlari shakllantirilishi tartibini takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 15-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi bilan birgalikda Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun moʻljallangan mablagʻlarni oʻtkazish jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasiga Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish uchun uch yillik davrga mablagʻlar ajratish prognoz hajmlarini taqdim etadi.
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-iyuldagi 585-sonli qaroriga asosan oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 09/18/585/1583-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yoʻl xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlashning nomma-nom roʻyxatlarini belgilangan tartibda kelishish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-qidiruv ishlari, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning manzilli roʻyxatlarini kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash va joriy taʼmirlash uchun xarid qilinadigan texnologik asbob-uskunalar, texnika va mashina-mexanizmlar roʻyxatini kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridan foydalanish va ularni saqlash xarajatlari smetasini roʻyxatdan oʻtkazish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasini, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining markaziy apparatini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari hududiy bosh boshqarmalarini saqlashga xarajatlar smetasini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlashga va joriy taʼmirlashga, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari hududiy bosh boshqarmalari boʻyicha tuman yoʻllardan foydalanish korxonalarini, yoʻllardan muntazam foydalanish korxonalarini va koʻpriklardan foydalanish korxonalarini saqlashga xarajatlarning yigʻma smetalarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, jihozlash hamda ulardan foydalanish borasidagi tadbirlarni tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq moliyalashtirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlashning belgilangan tartibda tasdiqlangan manzilli roʻyxatlari asosida Jamgʻarma xarajatlarini, shuningdek umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash va joriy taʼmirlashga xarajatlarning yigʻma smetalarini moliyalashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xalqaro va xorijiy moliya institutlarining qarzlarini jalb etish boʻyicha qarorlariga muvofiq amaldagi investitsiya loyihalari boʻyicha ijro etuvchi organ sifatida ish koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamgʻarmaning huquqi va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamgʻarma quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Jamgʻarmani boshqarish kengashi tomonidan belgilanadigan milliy valyutadagi boʻsh mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan tuzilgan bosh bitim asosida xorijiy valyutadagi boʻsh mablagʻlarni xorijiy banklardagi depozitlarda joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq xalqaro va xorijiy moliya institutlarining qarzlarini jalb etgan holda amaldagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Jamgʻarma huzuridagi boʻlinmalar faoliyatini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Jamgʻarma faoliyati bilan bogʻliq shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) quyidagilardan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasidan — ajratmalar hisoblanganligi va tushumi, ortiqcha toʻlangan summalar qaytarilishi summasi, Jamgʻarmaga toʻlovlar boʻyicha nedoimkalar miqdori toʻgʻrisidagi tezkor hisobotni, har oylik hisobotlarni, maʼlumotlarni va boshqa maʼlumotlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklaridan — belgilangan tartibda Jamgʻarma depozitlari harakatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va Jamgʻarma mablagʻlari sarfi boʻyicha buyurtmachilardan — Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan buxgalteriya va statistika axborotini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamgʻarma:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda tushumlar turlari va respublika mintaqalari boʻyicha Jamgʻarmaning daromadlari prognozi bajarilishining holatini tahlil qilishga va daromadlarning normal tushishiga salbiy taʼsir koʻrsatgan aniqlangan omillar asosida ularni bartaraf etish yuzasidan birgalikda choralar koʻrishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yoʻllari tarmogʻini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash boʻyicha xarajatlarni oʻz vaqtida moliyalashtirishda, respublikaning avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha yagona investitsion va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasiga koʻmaklashishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jamgʻarma daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq Jamgʻarmaga toʻlanadigan majburiy ajratmalar va yigʻimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xayriya ehsonlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning milliy valyutadagi vaqtincha boʻsh mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklaridagi depozitlarda va xorijiy valyutani xorijiy banklarning depozitlarida joylashtirishdan tushgan daromadlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 829-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar va yigʻimlarni toʻlash tartibi va ularning stavkalari miqdorlari har yili Davlat budjeti tasdiqlanishi bilan bir vaqtda belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan toʻlovchilarga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Jamgʻarmaga tushumlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida ochilgan Jamgʻarma daromadlari boʻyicha tegishli gʻaznachilik hisob raqamlari (2003 gʻaznachilik hisob raqami) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar bosh boshqarmasining Hisob-kitob-kassa markazida ochilgan yagona gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jamgʻarmaga mablagʻlarni yigʻish va tushumlarning toʻliqligini nazorat qilishni taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini saqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, loyihalash, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, saqlashga, shu jumladan jihozlashga (qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash uchun texnologik asbob-uskunalar, texnika va mashina-mexanizmlar xarid qilish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasini, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining markaziy apparatini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy avtomobil yoʻllari bosh boshqarmalarini, tuman yoʻllardan foydalanish korxonalarini, yoʻllardan muntazam foydalanish korxonalarini va koʻpriklardan foydalanish korxonalarini saqlashga xizmat koʻrsatiladigan shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamlari orqali sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har oyda tegishli oyning 1-sanasigacha boʻlgan muddatda navbatdagi oy uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasiga Rivojlanish davlat dasturiga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga ajratiladigan mablagʻlar doirasida mablagʻlar oʻtkazadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-iyuldagi 585-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 09/18/585/1583-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash yuzasidan — “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar koʻchalarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash yuzasidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy avtomobil yoʻllari bosh boshqarmalari huzuridagi “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash, joriy taʼmirlash, ularda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish ishlarini amalga oshirish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini foydalanish ehtiyojlari uchun jihozlash (texnologik asbob-uskunalar, texnika va mashina-mexanizmlar xarid qilish) yuzasidan — Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hududiy avtomobil yoʻllari bosh boshqarmalari buyurtmachilar hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Jamgʻarmani boshqarish kengashi qarori bilan Jamgʻarma mablagʻlari sarfi boʻyicha buyurtmachi funksiyasi boshqa tashkilotlarga ham yuklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Jamgʻarmaning valyuta mablagʻlari belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun import boʻyicha yoʻl texnikasi, asbob-uskunalar, texnologiyalar va materiallar xarid qilish boʻyicha Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va hududiy bosh boshqarmalarning xarajatlarini moliyalashtirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, uning boʻlinmalari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Jamgʻarmaning malakali kadrlarini chet elda yoki xorijiy mutaxassislarni respublikaga taklif qilib tayyorlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun Jamgʻarma tomonidan jalb etilgan xorijiy qarzlarni qaytarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda xorijiy valyutani milliy valyutaga konvertatsiya qilish yoʻli bilan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashni moliyalashtirishga sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Avtomobil yoʻllarini joriy taʼmirlash va saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga Jamgʻarmaning maxsus gʻaznachilik hisob raqamidan tushayotgan pul mablagʻlarini oʻtkazish va ulardan maqsadli foydalanish uchun tegishli foydalanish korxonalari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan banklarda 22626 — “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” maxsus moliyalashtirish hisob raqamlari ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini joriy taʼmirlash va saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish rejalashtirilgan choraklik hajmning 15 foizi miqdorida avans berish yoʻli bilan amalga oshiriladi, keyinchalik tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida ajratilgan avans toʻlovlari har oyda chegirib tashlangan holda amalda bajarilgan ishlar oyma-oy moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlashni moliyalashtirish belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan manzilli roʻyxatlar va xarajatlar smetalari asosida har bir obyekt boʻyicha qatʼiyan mablagʻlar limitlari doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlaridan Jamgʻarma bilan kelishuv boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlarning yigʻma smetalari asosida shakllantiriladigan xarajatlar smetalariga qatʼiy amal qilib foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Avtomobil yoʻllarini va boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha ishlarni bajarishga buyurtmachi bilan pudrat tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnomada hamda unga ilova qilinadigan moliyalashtirish jadvalida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlar hajmlari bajarilishi mobaynida moliya yili oxirigacha har oyda chegirib tashlangan holda joriy (prognozlashtirilayotgan) yilga ishlarning shartnoma qiymatining kamida 15 foizi miqdorida avans toʻlovlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilgan avans toʻlovlari har oyda chegirib tashlangan holda ishlar qiymatining kamida 95 foizi miqdorida amalda bajarilgan ishlardan kelib chiqib joriy oyma-oy moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomada qayd etilgan kafolat muddati tamom boʻlgandan keyin besh foiz miqdorigacha qolgan qismini toʻlash nazarda tutilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, saqlash va joriy taʼmirlash uchun texnologik asbob-uskunalar, texnika va mashina-mexanizmlar xarid qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari va ular boʻyicha tegishli ijobiy ekspert xulosalari mavjud boʻlishi obyektlarni yoʻl xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning manzilli roʻyxatlariga kiritishning majburiy sharti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish boʻyicha ishlarni moliyalashtirish uchun zaxirada nazarda tutilgan Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash Jamgʻarmani boshqarish kengashi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Jamgʻarmaning valyuta mablagʻlari hisobiga toʻlanadigan yoʻl-taʼmirlash va qurilish texnikasi, asbob-uskunalar va ularga ehtiyot qismlarni import qilishga barcha kontraktlar majburiy tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Jamgʻarmaning mablagʻlari xatlanmaydi, olib qoʻyilmaydi yoki umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va qurish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlarga sarflanmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Joriy yilda foydalanilmaydigan mablagʻlar olib qoʻyilmaydi va maqsadli vazifaga muvofiq keyingi davrda sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari prognozini koʻrib chiqish va tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Manbalar va boʻlajak yilda foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari prognozi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari tasnifi asosida ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va Jamgʻarma mablagʻlari sarfi boʻyicha buyurtmachilar har yili 1-iyundan kech boʻlmagan muddatda Jamgʻarmaga zarur maʼlumotlarni taqdim etadilar, ular asosida Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi har yili 15-iyundan kech boʻlmagan muddatda Jamgʻarmani boshqarish kengashi bilan kelishgan holda joriy yilga kutilayotgan ijroni va kelgusi yilga Jamgʻarma xarajatlari prognozini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Kelgusi yilga tushumlar manbalari boʻyicha daromadlar prognozi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha oldingi yilda Jamgʻarmaga mablagʻlarning amaldagi tushumi va daromadlar manbalari boʻyicha joriy yilda kutilayotgan tushumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha Jamgʻarmaga ajratmalar va yigʻimlar boʻyicha hisobot moliya yili oxirida yuridik shaxslarning kreditorlik qarzlari hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining maqroiqtisodiy koʻrsatkichlari asosida bevosita Jamgʻarma tomonidan ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Foydalanishning asosiy yoʻnalishlari va respublika hududlari boʻyicha kelgusi yilga taqdim etiladigan xarajatlar prognozi oldingi yilda haqiqatda foydalanilgan mablagʻlar va asosiy yoʻnalishlar (avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash) hududlar boʻyicha joriy yilga tasdiqlangan prognozlar bilan taqqoslanib joriy yilning birinchi choragida kutilayotgan mablagʻlardan foydalanish hisobga olingan holda Jamgʻarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va Jamgʻarma mablagʻlari sarfi boʻyicha buyurtmachilar bilan birgalikda belgilanadi. Bunda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish boʻyicha ishlarni moliyalashtirish uchun zaxira (xarajatlar yillik hajmining kamida 3 foizi miqdorida) hosil boʻlishi nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Jamgʻarma ishlab chiqilgan kelgusi yilga daromadlar va xarajatlarning prognozini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga joriy yilning 1-iyulidan kechikmay qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining aniqlashtirilgan prognozi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelgusi yilga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlari prognozi bilan bir vaqtda kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan tasdiqlangandan, shuningdek kelgusi yilga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisidagi tegishli qaror qabul qilingandan keyin Jamgʻarma besh kun muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yil choraklari va hududlar boʻyicha boʻlib chiqqan holda kelgusi yilga Jamgʻarma daromadlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga va Davlat bojxona qoʻmitasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yil choraklari va oylar boʻyicha boʻlib chiqqan holda kelgusi yilga Jamgʻarma xarajatlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini (yoʻnalishlar) yetkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda daromadlarning tasdiqlangan parametrlari olingan kundan boshlab bir hafta muddatda chorakma-chorak boʻlib chiqib va respublika mintaqalari boʻyicha manbalar boʻyicha daromadlarning yillik prognozini belgilaydi va uni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat soliq boshqarmalariga yetkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Jamgʻarma xarajatlari prognozi olingan kundan boshlab bir oy muddatda kelgusi yilga belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash boʻyicha buyurtmachilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Jamgʻarma bilan kelishilgan avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli roʻyxatlarini va umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash va joriy taʼmirlash uchun xarid qilinadigan texnologik asbob-uskunalar, texnika va mashina-mexanizmlar roʻyxatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va Jamgʻarma bilan kelishilgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini mukammal taʼmirlash boʻyicha manzilli roʻyxatlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va Jamgʻarma bilan kelishilgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish boʻyicha ishlarni amalga oshirishning manzilli roʻyxatlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash hamda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash va joriy taʼmirlash uchun xarid qilinadigan texnologik asbob-uskunalar, texnika va mashina-mexanizmlar boʻyicha xarajatlar smetasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash va joriy taʼmirlashga, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari bosh boshqarmalari boʻyicha tuman yoʻllardan foydalanish korxonalarini, yoʻllardan muntazam foydalanish korxonalarini va koʻpriklardan foydalanish korxonalarini saqlashga xarajatlarning yigʻma smetalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining markaziy apparatini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy avtomobil yoʻllari bosh boshqarmalarini, tuman yoʻllardan foydalanish korxonalarini, yoʻllardan muntazam foydalanish korxonalarini va koʻpriklardan foydalanish korxonalarini saqlashga xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Davlat inspeksiyasini saqlashga xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Jamgʻarma xarajatlar smetalarini kelishadi va roʻyxatdan oʻtkazadi, shuningdek ularni tegishli shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlashga xarajatlarning tasdiqlangan yigʻma smetasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va uning hududiy bosh boshqarmalari normativ mezonlarni qoʻllash yoʻli bilan va avtomobil yoʻllarining toifasi, ahamiyati va masofasiga qarab tegishli foydalanish korxonalari boʻyicha Jamgʻarmaning xarajatlari prognozini taqsimlaydi va ularga xizmat koʻrsatishga kontraktlar tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Jamgʻarmaga majburiy ajratmalarni toʻlash, ortiqcha toʻlangan summalarni hisobga olish va qaytarish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Majburiy ajratmalarni hisoblab chiqish, hisob-kitobni taqdim etish va toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tarkibiga kiradigan, yuridik shaxslar hisoblanmagan tarkibiy boʻlinmalar Jamgʻarmaga ajratmalarni tuman (shahar) davlat soliq xizmati organlarining gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkazadilar, ular davlat soliq xizmati organlariga budjetga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda toʻlangan yigʻimlar boʻyicha ortiqcha toʻlangan summani qaytarish toʻlovchining arizasi asosida tuman (shahar) davlat soliq xizmati organining xulosasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli organi maʼlumotnomasi taqdim etilganda tegishli tuman (shahar) moliya organi tomonidan amalga oshiriladi. Qaytarish ariza berilgan kundan boshlab oʻttiz ish kuni mobaynida toʻlovchilarning mablagʻlari oʻtkazilgan tegishli tuman (shahar) davlat soliq xizmati organining gʻaznachilik hisob raqamidan toʻlovchining hisob raqamiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy avtotashuvchilar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishda va tranzit oʻtishda toʻlangan yigʻimlar boʻyicha ortiqcha toʻlangan summani qaytarish toʻlovchining ortiqcha toʻlov toʻgʻrisida tegishli bojxona organining va yigʻim toʻlangan xizmat koʻrsatuvchi bankning maʼlumotnomasi bilan tasdiqlangan arizasi asosida Jamgʻarma tomonidan toʻlovchining hisob-kitob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi har oyda belgilangan muddatlarda Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 1-kunidagi holat boʻyicha hisoblangan va tushgan toʻlovlar, shuningdek Jamgʻarmaga majburiy toʻlovlar turlari boʻyicha qarzdorlik toʻgʻrisidagi tezkor hisobotni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, boshqa qonunlarga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Jamgʻarmani boshqarish kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Jamgʻarmani boshqarish kengashi Jamgʻarmani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmani boshqarish kengashi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Jamgʻarmani boshqarish kengashi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirish va takomillashtirishning belgilangan tartibda tasdiqlangan dasturlaridan (loyihalaridan), shuningdek ularga kompleks xizmat koʻrsatishni, ularning zarur texnik holatini va oʻtkazish layoqatini taʼminlash tadbirlaridan kelib chiqib Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Jamgʻarma xarajatlarining asosiy yoʻnalishlari, mablagʻlardan foydalanish ustuvorliklari toʻgʻrisidagi takliflarini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasining amalga oshiriladigan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ishtirokida Jamgʻarmaga toʻlovlarning toʻliqligini va oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash masalalari boʻyicha ayrim vazirliklar va idoralarning hisobotlarini eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ishtirokida Jamgʻarma mablagʻlari sarfi boʻyicha buyurtmachilarning Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlarini shakllantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda Jamgʻarmaning daromadlari (manbalar boʻyicha) va xarajatlari prognoz parametrlariga umumiy tasdiqlangan parametrlar doirasida oʻzgartirish va aniqliklar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashning manzilli dasturiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlarini umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlarga yoʻnaltirish masalalarini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish shartlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma daromadlaridan foydalanish va xarajatlari bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Jamgʻarmani boshqarish kengashining majlislari zaruriyatga koʻra, biroq yil choragida kamida bir marta oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmani boshqarish kengashining qarorlari Kengash aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda Jamgʻarmani boshqarish kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Jamgʻarmani boshqarish kengashining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Ijro etuvchi direksiya Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi hisoblanadi, uning boshqaruv tuzilmasi va xodimlari soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijro etuvchi direksiyani saqlash budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Ijro etuvchi direksiya Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisida buxgalteriya hisobotini tuzadi va Jamgʻarmani boshqarish kengashi tomonidan tasdiqlangandan keyin belgilangan muddatlarda uni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Ijro etuvchi direksiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijro etuvchi direktor boshchilik qiladi va maqomi boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 649-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Ijro etuvchi direktorning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Ijro etuvchi direktor tomonidan lavozimga tayninlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosari boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direktori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Jamgʻarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning shtat jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayninlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmani boshqarish kengashi bilan kelishgan holda xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida tuzilmaga oʻzgartirishlar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlarini yigʻish va sarflash masalalari boʻyicha tushuntirishlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Jamgʻarmaga majburiy ajratmalarni hisoblash va ularning tushishi va Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishni hisobga olish, hisobot berish va nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi belgilangan tartibga muvofiq buxgalteriya hisobi yuritilishi, Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tuzilishi va taqdim etilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati toʻgʻrisida — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksiga hisobot;
(51-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisida — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar va yigʻimlar hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazorat qilinishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovlar boʻyicha Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar va yigʻimlar hisobi yuritilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar hisoblanishi va toʻlanishining toʻgʻriligini tekshirish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilishini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga hisobot davridan keyingi oyning 1-kunidagi holatiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek vazirliklar va idoralar boʻyicha Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar va yigʻimlar hisoblanishi va tushgan summalar, shuningdek ushbu ajratmalar va yigʻimlar yuzasidan qarzdorlik toʻgʻrisida tezkor hisobotni taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasidan Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar va yigʻim toʻlanishidan mablagʻlar tushumiga oid qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va Jamgʻarma mablagʻlari sarfi boʻyicha boshqa buyurtmachilar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Jamgʻarma tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha Jamgʻarmaning avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashga va yoʻl xoʻjaligini jihozlashga, shuningdek umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlashga ajratilgan mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisobotlarni taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda respublika mintaqalari boʻyicha Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar va yigʻimlar tushumidan Jamgʻarmaning daromadlari prognozi bajarilishining holatini tahlil qiladi hamda daromadlarning oʻz vaqtida va toʻliq tushishiga salbiy taʼsir koʻrsatgan aniqlangan omillar asosida ularni bartaraf etish yuzasidan birgalikda chora-tadbirlar koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Jamgʻarma mablagʻlaridan asosli va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha bajarilgan ishlar va amalga oshirilgan kassa xarajatlari toʻgʻrisida — Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va Jamgʻarma mablagʻlari sarfi boʻyicha buyurtmachilarning hisobot maʼlumotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash va joriy taʼmirlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining markaziy apparatini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari hududiy bosh boshqarmalarini, tuman yoʻllardan foydalanish korxonalarini, yoʻllardan muntazam foydalanish korxonalarini va koʻpriklardan foydalanish korxonalarini saqlash boʻyicha bajarilgan ishlar va amalga oshirilgan kassa xarajatlari toʻgʻrisida — Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining hisobot maʼlumotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bajarilgan ishlar va Davlat inspeksiyasini saqlashga amalga oshirilgan kassa xarajatlari toʻgʻrisida — Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining hisobot maʼlumotlari asosida Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanilishi monitoringini olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlari sarfi boʻyicha buyurtmachilar tomonidan Jamgʻarmaga tegishli hisobotlarni taqdim etilmagan yoki tekshirilmagan yoxud ishonchli boʻlmagan hisobotlar taqdim etilganda — ular taqdim etilgungacha boʻlgan muddatga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlari sarfi boʻyicha buyurtmachilar tomonidan xarajatlar smetalari belgilangan muddatda taqdim etilmagan hollarda — ular taqdim etilgungacha boʻlgan muddatga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlari sarfi boʻyicha buyurtmachilar tomonidan nazarda tutilgan ajratiladigan mablagʻlarni oʻzgartirishga soʻrovlar kelishish uchun taqdim etilgan hollarda — ular tomonidan soʻrovlar asosida tayyorlangan xarajatlar smetalariga barcha tegishli oʻzgarishlar taqdim etilishigacha boʻlgan muddatga va ular muvaffaqiyatli solishtirilgan yoki oʻzgartirishlar kiritish rad etilishi toʻgʻrisida Jamgʻarmaning yozma bildirishnomasi boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda budjet tasnifi xarajatlarining tegishli boʻlimlari, boblari, paragraflari va moddalari boʻyicha buyurtmachilarning Jamgʻarma mablagʻlari sarfi boʻyicha xarajatlarini toʻxtatib qoʻyish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlaridan qatʼiy maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javobgarlik Jamgʻarma mablagʻlari sarfi boʻyicha buyurtmachilarning rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 17-son, 294-modda, 28-son, 649-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 27.07.2018-y., 09/18/585/1583-son, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son)