Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 14.10.2002 yildagi 357-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.10.2002 yildagi 357-son
Date of entry into force
14.10.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 01.07.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PATENT BOJLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI VA PATENT BOJLARI STAVKALARINI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 14-iyundagi 209-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, ular boʻyicha ish yuritish tugallanmagan ixtirolar yoki sanoat namunalariga dastlabki patentlar berishga, shuningdek amal qilish muddati tamom boʻlmagan ixtirolar yoki sanoat namunalariga dastlabki patentlar berishga buyurtmanomalar “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri kuchga kirgan kundan boshlab olti oy mobaynida tegishli patent bojlari toʻlangan taqdirda ariza beruvchi yoki patent egasining iltimosiga koʻra patent berish uchun buyurtmanomalarga aylantirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalari rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun undiriladigan roʻyxatga olish yigʻimlarining miqdorlari toʻgʻrisida” 1995-yil 21-avgustdagi 331-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 8-son, 30-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 123-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari H.S.Karomatov va R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 14-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
357-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 14-oktabrdagi 357-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Davlat bojlari, yigʻimlar va xorijiy valyutadagi soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 2-ilovaning VIII boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“VIII. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, elektron-hisoblash mashinalari uchun dasturlar, maʼlumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalari huquqiy muhofaza qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan yuridik ahamiyatli xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun patent bojlari‎

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan patent bojlari stavkalariga muvofiq”‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 2-ilovadagi Bojlar, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar toʻlashdan tushgan valyuta tushumlarini taqsimlash jadvalining 11-bandida “Bojlar, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarning turlari” ustunida “Sanoat mulki (ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari) obyektlariga muhofaza hujjatlari berilishiga, ularning kuchda boʻlishini saqlab turishga va sanoat mulki obyektlarini muhofaza qilish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa yuridik ahamiyatli xatti-harakatlar uchun buyurtmanomalar berilganligi uchun boj” soʻzlari “Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, elektron-hisoblash mashinalari uchun dasturlar, maʼlumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalari huquqiy muhofaza qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan yuridik ahamiyatli xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun patent bojlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 19-son, 151-modda; 2003-y., 13-son, 103-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)