Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2013 14.06.2002 yildagi 209-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 14.06.2002 yildagi 209-son
Date of entry into force
14.06.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2013
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

O‘zbekiston Respublikasi davlat patent idorasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Ko‘chirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 322-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 20-fevraldagi PF-3029-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 4-martdagi 77-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi hisob raqamlariga tushadigan mablag‘lardan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 236-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash davlat budjeti mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda patent poshlinalari va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlar tarzida idoraning hisob raqamiga tushadigan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tomonidan patent poshlinalarini va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlarni undirishdan tushadigan mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyundagi 65-son qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat patent idorasi sanoat mulki obyektlariga, seleksiya yutuqlariga, elektron-hisoblash texnikasi uchun dasturlarga, ma’lumotlar bazalariga va integral mikrosxemalar topologiyalariga huquqiy muhofaza xizmati ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik jihatdan ahamiyatli ishlarning amalga oshirilganligi uchun undiriladigan patent poshlinalari miqdorlari yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi buyurtmanomalariga binoan hukumat aloqasi telefonlari o‘rnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi Toshkent shahar, To‘ytepa ko‘chasi, 2a-uyga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari H.S. Karomatov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 14-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
209-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 236-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 14-iyundagi 209-son qaroriga
3-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tomonidan patent poshlinalarini va soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlarni undirishdan tushadigan mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasiga (keyingi o‘rinlarda Patent idorasi deb ataladi) patent poshlinalari va soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar undirishdan tushadigan milliy va xorijiy valyutalardagi mablag‘lardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Patent poshlinalari va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlar undirishdan tushgan so‘mdagi va valyutadagi mablag‘lardan samarali va maqsadga muvofiq foydalanish maqsadida Patent idorasi tijorat bankida (keyingi o‘rinlarda bank deb ataladi) so‘mda va valyutadagi hisob raqamlarining quyidagi turlarini ochadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tushgan valyuta mablag‘larini jamlash va keyinchalik ularni taqsimlash uchun xorijiy valyutalardagi (AQSh dollari, Evro, Shveysariya franki, Rossiya rubli va boshqalar) blok-hisob raqamlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tushadigan so‘m mablag‘larini jamlash va keyinchalik ularni taqsimlash uchun milliy valyutadagi blok-hisob raqamlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idora ixtiyorida qoladigan valyuta mablag‘laridan mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun xorijiy valyutalardagi joriy hisob raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patent poshlinalari va soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlarni milliy valyutada undirishdan tushgan, shuningdek valyuta mablag‘larini belgilangan tartibda birjadan tashqari valyuta bozorida sotishdan tushgan mablag‘larni mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarga yo‘naltirgan holda o‘tkazish uchun milliy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqami.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Patent idorasining ko‘rsatib o‘tilgan valyuta va so‘mdagi hisob raqamlariga faqat patent poshlinalarini va soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlarni undirishdan tushgan mablag‘lar o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu hisob raqamlari bo‘yicha hisob va hisobot Patent idorasining boshqa bank hisob raqamlaridan alohida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Patent poshlinalarini va soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlarni undirishdan tushgan mablag‘larni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Patent idorasi tomonidan patent poshlinalari va soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlarni undirishdan xorijiy va milliy valyutada tushadigan mablag‘lar idoraning tegishli blok-hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Hisobot davrida yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan xatti-harakatlar uchun tushgan valyuta mablag‘lar har o‘n kunda, har bir oyning 10, 20 va 30-kunidan kechikmay valyuta blok-hisob raqamlaridan:
(6-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 89-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining valyuta (valyutalarning har bir turi bo‘yicha alohida) hisob raqamlariga — tushgan mablag‘lar umumiy hajmining 92 foizi miqdorida;
(6-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasining joriy valyuta hisob raqamlariga (valyutalarning har bir turi bo‘yicha alohida) va talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga — tushgan mablag‘lar umumiy hajmining 8 foizi miqdorida o‘tkaziladi.
(6-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda patent idorasining blok-hisob raqamlaridagi valyuta va so‘mdagi mablag‘laridan boshqa yo‘nalishlarda foydalanish taqiqlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-son qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Patent idorasining valyuta va so‘mdagi hisob raqamlariga tushgan mablag‘larning:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kamida 50 foizidan — idoraning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kadrlar tayyorlash, xizmat safari xarajatlarini, shuningdek sanoat obyektlarini va intellektual mulkning boshqa turlarini huquqiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashda;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyundagi 65-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablag‘lardan — idora xodimlarini moddiy rag‘batlantirishda foydalanish mumkin;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyundagi 65-son qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoraning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga avtotransport vositalari, aloqa vositalari va shunga o‘xshash boshqa buyumlar (ofis texnikasi, audio-video texnika, ofisni jihozlash uchun yumshoq va qattiq jihozlar va shu kabilar) xarid qilishga faqat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Patent idorasining joriy hisob raqamlaridagi mablag‘lar birjadan tashqari valyuta bozorida sotilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Patent idorasining joriy valyuta hisob raqamlaridagi valyuta mablag‘larining bir qismi sotilgan taqdirda uning so‘mga teng qiymati Patent idorasining talab qilib olinadigan so‘mdagi depozit hisob raqamiga o‘tkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joriy hisob raqami va talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidagi mablag‘lardan faqat mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Idora xodimlarini moddiy rag‘batlantirish shakllari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Patent idorasining valyuta va so‘mdagi hisob raqamlaridan mazkur Nizomning 7-bandiga muvofiq ajratiladigan mablag‘lar yuqori malakali kadrlar mehnatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga, patent ishi nufuzini oshirishga, intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish sohasiga yosh istiqbolli mutaxassislarni jalb qilishga yo‘naltiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyundagi 65-son qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Patent idorasi xodimlari mehnatini moddiy rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rag‘batlantiruvchi to‘lovlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot davridagi ish yakunlari bo‘yicha taqdirlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir gallik mukofotlar to‘lash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarga moddiy yordam berish va kompensatsiya to‘lovlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Hisobot davridagi ish yakunlari bo‘yicha xodimlarga rag‘batlantiruvchi to‘lov va mukofot belgilash va to‘lash to‘g‘risidagi qaror Patent idorasi rahbari tomonidan idora tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining taqdimnomasi bo‘yicha va kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobot davridagi ish yakunlari bo‘yicha Patent idorasi rahbariga rag‘batlantiruvchi to‘lovlar va mukofot belgilash to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xodimlarga moddiy yordam to‘lash va xarajatlarni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror Patent idorasining kamida 5 kishidan iborat tarkibdagi maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. Komissiya tarkibiga idora rahbari va kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakili kirishi shart. Komissiya ishining ish tartibi idora rahbari tomonidan tasdiqlangan va kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan nizom bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Rag‘batlantiruvchi to‘lovlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Rag‘batlantiruvchi to‘lovlar xodimlarning yuqori malakasi uchun Patent idorasi tarkibiy bo‘linmalari rahbariyatining taqdimnomasiga ko‘ra xodim lavozim maoshi miqdorining 75 foizi miqdorida lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar sifatida belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Xodimlarning lavozim maoshlariga ustamalar topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilmagan, ish sifati yomonlashgan va mehnat intizomi buzilgan taqdirda bekor qilinishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Hisobot davridagi ish yakunlari bo‘yicha mukofotlash va bir gallik mukofotlar to‘lash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Patent idorasi xodimlari yil choragidagi ish yakunlari bo‘yicha mukofotlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yil choragidagi ish yakunlari bo‘yicha mukofot topshiriqlar ortig‘i bilan bajarilgan, xodimlarga yuklangan lavozim majburiyatlari zarur darajada bajarilgan taqdirda amalda ishlangan vaqt (qonun hujjatlariga muvofiq ish haqi hisoblanadigan vaqt) uchun to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Yil choragi yakunlari bo‘yicha har bir xodimni mukofotlashning aniq miqdori xodimning ikkita lavozim maoshidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ishda nuqsonlarga yo‘l qo‘ygan va mehnat intizomini buzgan xodimlar mukofotdan to‘liq yoki qisman mahrum etiladi. Ishdagi nuqsonlar va mehnat intizomi buzilishlari ro‘yxati ichki tartib qoidalari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Idoraning bir yildagi ish yakunlari bo‘yicha Patent idorasining ro‘yxatdagi tarkibida turuvchi xodimlarga qo‘shimcha mukofot to‘lanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir yildagi ish yakunlari bo‘yicha xodimlarni mukofotlashning umumiy summasi hisobot yilida shakllangan o‘rtacha ish haqining olti baravaridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Bir yildagi ish yakunlari bo‘yicha mukofotlash butun kalendar yil davomida ishlagan xodimlarga to‘liq miqdorda to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Butun kalendar yil mobaynida ishlagan, biroq mazkur mukofotlash to‘lanishigacha Patent idorasidan bo‘shagan xodimlarga ushbu mukofot to‘liq miqdorda va ushbu mukofotni to‘lash uchun belgilangan muddatlarda to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Kalendar yil tamom bo‘lishigacha ishdan bo‘shagan xodimlarga, ishdan bo‘shash sabablaridan qat’i nazar, bir yildagi ish yakunlari bo‘yicha mukofot to‘lanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ish haqi hisoblash to‘g‘risidagi buxgalteriya hisobi ma’lumotlari xodimlarga bir yildagi ish yakunlari bo‘yicha mukofotni hisoblash uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Patent idorasi xodimlariga aniq alohida muhim vazifalar yuqori sifatli va o‘z vaqtida bajarilganligi uchun bir gallik mukofotlar to‘lanishi mumkin. Ushbu mukofot miqdori bir yilda ikkita lavozim maoshidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Xodimlarga moddiy yordam berish va kompensatsiya to‘lovlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Xodim mehnat ta’tiliga chiqqan taqdirda unga bitta lavozim maoshidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda moddiy yordam to‘lanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda (dafn etish, kasal bo‘lganda va baxtsiz hodisalarda) xodimga ikkita lavozim maoshi miqdorigacha moddiy yordam ko‘rsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Xodimlarga ovqatlanish uchun kompensatsiya to‘lovlari har oyda oylik lavozim maoshining 0,5 gacha miqdorida belgilanadi va to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Xodimlarning jamoat transportida yurishi uchun kompensatsiya to‘lovlari har oyda oylik yo‘lkira kartochkalari qiymatidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi va to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Moddiy rag‘batlantirish fondi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish va uning uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Patent idorasi yilning har choragida hisobot choragi tamom bo‘lgandan keyingi oyning 25-kunidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga so‘mdagi va valyutadagi blok-hisob raqamlariga tushgan mablag‘lar taqsimlanishi, shuningdek idoraning joriy valyuta hisob raqamlari va talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidagi mablag‘lardan foydalanilishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Mazkur Nizomda ko‘rsatilgan idora xodimlarini moddiy rag‘batlantirish shakllari o‘rnatilishi, hisob-kitob qilinishi va to‘lanishi to‘g‘riligi uchun javobgarlik Patent idorasining rahbari va bosh buxgalteriga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi ikki yilda kamida bir marta Patent idorasining moliya-xo‘jalik faoliyatini belgilangan tartibda taftish qiladi, idoraning valyuta va so‘mdagi hisob raqamlaridagi mablag‘lar to‘g‘ri taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi masalasini majburiy tartibda o‘rganadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 14-iyundagi 209-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshidagi “Respublika valyuta jamg‘armasining hisob raqamiga” so‘zlari “davlat budjetiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshidagi “Respublika valyuta jamg‘armasi hisob raqamiga” so‘zlari “davlat budjetiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-ilovaning VIII bo‘limida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi bo‘yicha”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari to‘g‘risida” so‘zlari “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovarlarning kelib chiqish joylari nomlari to‘g‘risida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Bojlar, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar to‘lashdan tushgan valyuta tushumlarini taqsimlash jadvalida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Respublika valyuta jamg‘armasi” ustunining nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat budjeti”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bandda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Vazirlik, idora jamg‘armasi” ustunidagi “100” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat budjeti” ustuni “75%/15%*” raqamlari bilan to‘ldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oxirgi ustundagi “Fan va texnika davlat qo‘mitasining Patent idorasi” so‘zlari “Davlat patent idorasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jadval quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“*izoh:

— 75% Davlat budjeti daromadiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— 15% Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash jamg‘armasiga”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-martdagi 77-son qarori “O‘zbekiston Respublikasi QT., 2002-y., 3-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-band ikkinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining hisob raqamiga tushuvchi patent poshlinalari va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlardan tushuvchi 15% miqdoridagi valyuta va so‘mdagi mablag‘lar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining hisob raqamiga tushuvchi patent poshlinalari va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlardan tushuvchi valyuta va so‘mdagi mablag‘lar har o‘n kunda hisobot davrida amalda tushgan mablag‘larning 15 foizi miqdorida Jamg‘armaning valyuta va so‘mdagi hisob raqamlariga o‘tkaziladi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 11-12-son, 93-modda; 2004-y., 43-son, 456-modda; 2008-y., 19-son, 160-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda, 23-son, 183-modda; 2011-y., 22-23-son, 236-modda)