Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
06.02.2024
03.12.2022
07.07.2021
17.03.2021
14.12.2019
11.12.2019
01.02.2019
02.11.2018
01.10.2018
11.07.2018
07.06.2018
15.02.2018
01.12.2017
16.10.2017
10.10.2017
29.09.2017
18.09.2017 05
27.03.2017
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mustaqillik yillarida respublikada huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, mamlakatda huquq-tartibotni ta’minlashda ijobiy natijalarga hamda kriminogen vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashga erishildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi davlat organlarining ish shakli va uslublari, eng avvalo axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi sababli hozirgi kun talablariga to‘liq javob bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat idoralari aksariyat hollarda huquqbuzarliklar profilaktikasini faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi sifatida baholab, oqibatda ushbu faoliyatga lozim darajada e’tibor qaratmayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarning aniq manzilga yo‘naltirilmaganligi va ularga kompleks yondashilmayotganligi, shuningdek huquqbuzarliklarning tizimli ravishda sodir etilishiga doir sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish samaradorligi mavjud emasligi kutilayotgan natijalarni bermayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organlarning yetarli darajada tashabbus ko‘rsatmayotganligi, lozim darajadagi idoralararo hamkorlikning mavjud emasligi, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning o‘zaro nomutanosibligi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirishni talab etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirishning ta’sirchan tizimini yaratish, qonun buzilishlarining oldini olish va ularni bartaraf etishning zamonaviy tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat organlarining, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi ishlari qoniqarsiz deb e’tirof etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlari, shuningdek xo‘jalik boshqaruvi organlarining (keyingi o‘rinlarda — davlat idoralari va tashkilotlari) ustuvor vazifasi etib belgilansin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu sohada quyidagilar davlat idoralari va tashkilotlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib hisoblansin:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.09 Boshqa shaxsiy huquq va erkinliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini, shu jumladan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyatida faol ishtirok etish, fuqarolar murojaatlari va muammolariga bepisand munosabatda bo‘lish va byurokratik holatlarga yo‘l qo‘ymaslik orqali ta’minlash;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish choralarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali huquqbuzarliklarning, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida oldini olish hamda ularga chek qo‘yish, shuningdek ularning sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan videokuzatuv, elektron hisobga olish va o‘zaro axborot almashish, idoralararo ma’lumotlar bazalari tizimlarini profilaktik ishlarga keng joriy etish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ijtimoiy va davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilayotgan profilaktika chora-tadbirlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini, qonuniylik ahvoli hamda jinoyatchilik darajasi haqidagi ma’lumotlarni aholiga yetkazish masalalarida ommaviy axborot vositalari bilan faol hamkorlik qilish, Internet butunjahon axborot tarmog‘i imkoniyatlaridan keng foydalanish, sodir etilgan huquqbuzarliklar va ularni bartaraf etish jarayoni to‘g‘risida keng jamoatchilikni tezkor xabardor qilish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini, shu jumladan huquqbuzarliklar dinamikasi, ularni sodir etish takroriyligi, ijtimoiy fikr, profilaktik ishlar natijasidan fuqarolarning qoniqish hosil qilishi va aholi bilan hamkorlik darajasini inobatga oladigan baholashning aniq mezonlarini joriy etish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha idoralararo dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda manzillilik, sohaviy ixtisoslashuv, hududiy va boshqa o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olinishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy muammolarni hal etish, birinchi navbatda aholi bandligini ta’minlash, ayollar va yoshlarni ijtimoiy-foydali faoliyatga jalb etishni faollashtirish, voyaga yetmaganlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklar profilaktikasi muammolari bo‘yicha kompleks ilmiy va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, profilaktik ishlarni olib borishning zamonaviy uslubiyotini joriy etish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilar va g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan yoki sodir etgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini rivojlantirish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklar profilaktikasiga fuqarolar va jamoat tashkilotlarini, shu jumladan ularni moddiy va boshqacha tarzda rag‘batlantirish orqali jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligining quyidagi takliflari qabul qilinsin:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasini tashkil etish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari huzurida prokuratura, ichki ishlar va O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining tajribali xodimlaridan iborat doimiy faoliyat yurituvchi idoralararo tezkor-tergov guruhlarini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]

4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yagona muvofiqlashtiruvchi organi etib belgilansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” etib belgilansin va ushbu kunda quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilsin:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklarga murosasizlik madaniyatini shakllantirish, huquqiy nigilizmga barham berish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishga qaratilgan, shu jumladan ichki ishlar organlari tayanch punktlari, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat idoralari va tashkilotlarida “ochiq eshiklar kuni”ni tashkil etish orqali tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonuniylik ahvolini va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligini atroflicha muhokama qilish uchun joylarda, birinchi navbatda kriminogen vaziyat nomaqbul bo‘lgan hududlarda fuqarolarning sayyor qabullarini hamda davlat idoralari va tashkilotlari vakillarining aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etish;
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.20.00 Sud xodimlari. Malaka darajalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy ahamiyati muhim bo‘lgan sud muhokamalari bo‘yicha sayyor sud majlislarini o‘tkazish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi turmushining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini o‘rganish, huquqbuzarlik sodir etishga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida uyma-uy yurishlarni tashkil etish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida davlat idoralari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarda davlat idoralari va tashkilotlari vakillari, jamoatchilik ishtirokida joylarda jinoyatchilik ahvoli, huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlari, jinoyatlarni fosh etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha ishlarning natijalarini muhokama qilish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet butunjahon axborot tarmog‘ida maqolalar, sharhlar va boshqa materiallar chop etilishini tashkil etish.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi ikki hafta muddatda mas’ul ijrochilarni aniq belgilagan holda, mazkur qaror talablariga muvofiq aniq tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi huquqbuzarliklar profilaktikasi kunlarini o‘tkazish bo‘yicha namunaviy dasturni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom va uning tarkibi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha 2017 — 2018-yillarga mo‘ljallangan dastur 7-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 7-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish sxemasi 8-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida tadbirlarni tashkil etish sxemasi 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tuzilmasida Umumiy shtat birligi doirasida 22 shtat birligidan iborat bo‘lgan Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Boshqarma) tashkil etilsin.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5566-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklar sodir etilish sabab va shart-sharoitlarning, qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashga ta’sir etuvchi omillarning, ayniqsa huquqbuzarliklarning salbiy dinamikasi kuzatilgan sohalarda tizimli tahlilini tashkil etish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.05.00 Jinoyatchilikka qarshi kurashishda faoliyatni muvofiqlashtirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda huquqbuzarliklarning sodir etilishiga olib kelayotgan sabab va shart-sharoitlarni barham toptirishga qaratilgan ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.05.00 Jinoyatchilikka qarshi kurashishda faoliyatni muvofiqlashtirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hamda huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, qonun hujjatlari buzilishiga, shuningdek huquqiy normalarni o‘zboshimchalik bilan, subyektiv, tanlov asosida talqin qilish faktlariga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish, davlat idoralari va tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.05.00 Jinoyatchilikka qarshi kurashishda faoliyatni muvofiqlashtirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.05.00 Jinoyatchilikka qarshi kurashishda faoliyatni muvofiqlashtirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usul va shakllarini tatbiq etish borasida takliflar tayyorlash;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.05.00 Jinoyatchilikka qarshi kurashishda faoliyatni muvofiqlashtirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan seminarlar, “davra suhbatlari”, konferensiyalar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.05.00 Jinoyatchilikka qarshi kurashishda faoliyatni muvofiqlashtirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash sohasida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, uni O‘zbekiston Respublikasida joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.08.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish. Ishga qabul qilish vaqtida dastlabki sinov;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.07.00 Prokuratura organlarining tashkiliy tuzilmasi va faoliyatiga oid boshqa masalalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga Boshqarmaga noyuridik mutaxassislikdagi (iqtisodchilar, moliyachilar, sotsiologlar va boshqalar) zarur bilim va tajribaga ega yuqori malakali kadrlarni ishga qabul qilish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.04.00 Ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va koeffitsiyentlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma xodimlariga ish haqi fondining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ustama haq belgilansin. Bunda, mazkur ustama haq qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha va ustama haqlarni hisoblab chiqishda Boshqarma xodimlarining ish haqi fondi tarkibiga qo‘shiladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5566-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasiga vakolatli organlar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ma’lumotlar va materiallarning samarali almashinuvini ta’minlaydigan yagona axborot tizimini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlashni nazarda tutadigan Hukumat qarori loyihasini kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan mazkur qarorning 8-bandida nazarda tutilgan xarajatlarni qoplagan holda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining xarajatlar smetasi va shtat jadvallariga o‘zgartirishlar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqadigan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 14-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-2833-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi to‘g‘risidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishni bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar va muassasalar) faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar barcha vazirliklar, idoralar, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijro etilishi majburiydir.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizom hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Komissiya o‘z faoliyatini davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrida, tumanlar (shaharlar)da huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiyalar) bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonuniylik va huquq-tartibotni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, yuridik shaxslar, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini huquqbuzarliklardan himoya qilishni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida davlat dasturlari va boshqa dasturlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organlar va muassasalarning faoliyatini ularning faoliyati samaradorligini, yaqindan hamkorligi va ish uyg‘unligini ta’minlash maqsadida muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni baholash, monitoring qilish va ularning samaradorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyatlarni fosh etish, tergov qilish, ularning oldini olish va ularga barham berish amaliyotini o‘rganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyatlar fosh etilishini hamda surishtiruv, tergov va sud organlaridan yashiringan shaxslarning qidiruvini ta’minlash maqsadida tezkor-qidiruv va profilaktika tadbirlarining samaradorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tizimli kamchiliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish hamda ularni huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish yo‘li bilan bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organlar va muassasalarning huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga barham berishdagi o‘zaro hamkorligini yaxshilash, shuningdek huquqbuzarliklarni sodir etish sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish hamda tegishli organlar va muassasalar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ulardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy komissiyalarning faoliyatini muvofiqlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Komissiyaning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organlar va muassasalarning faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vakolatli organlar va muassasalar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarida qonun hujjatlari va Komissiya qarorlari bajarilmaganligi uchun tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarga ularning mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish haqida takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda ma’lumotlarni so‘rash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya a’zosi hisoblanmaydigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini Komissiya yig‘ilishlariga taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlari ahvolini o‘rganish uchun ishchi komissiyalar va (yoki) ekspert guruhlari tashkil etish, shuningdek ushbu komissiya va guruhlar ishiga mutaxassislarni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda faol ishtirok etgan shaxslarni rag‘batlantirish tashabbusi bilan chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Komissiya quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha qarorlarini ijro etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazorat va monitoringni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Komissiya ishini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Komissiyaning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hududiy komissiyalar rais (ichki ishlar organi rahbari), rais o‘rinbosari va a’zolardan iborat tarkibda tuziladi. Hududiy komissiyalar tarkibiga, qoida tariqasida, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek mehnat, ta’limni davlat tomonidan boshqarish, davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish, tabiatni muhofaza qilish organlari va boshqa davlat boshqaruvi organlari rahbarlari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Komissiya o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va majlislarini zaruratga qarab, ammo chorakda kamida bir marta o‘tkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Komissiya rais tomonidan boshqarilib, u:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya yig‘ilishlarini chaqiradi va ularga raislik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya yig‘ilishlari kun tartibini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya ish rejalarini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Komissiya ishchi organi funksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ishchi organ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek tasdiqlangan rejaga muvofiq Komissiyaning joriy faoliyatini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya yig‘ilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalar bo‘yicha materiallarning tayyorlanishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya vakolat doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya qarorlarining ijrosi ustidan nazorat va monitoringni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelib tushayotgan xat va hujjatlarni ko‘rib chiqilishini tashkil qiladi, yozishmalarni va Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar tayyorlashni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya faoliyatini tashkiliy-texnik ta’minlashni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vakolatli organlar va muassasalar o‘z vakolatlari doirasida Komissiyaga har chorakda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyatchilik va huquqbuzarliklar ahvoli to‘g‘risidagi hisobotlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish to‘g‘risidagi hisobotlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyatlar va huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha takliflarni taqdim etishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Komissiya qarorlari Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya qarorlari yig‘ilishda ishtirok etgan Komissiya a’zolari tomonidan imzolanadigan va Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomani imzolashda Komissiya a’zolari o‘zlarining alohida fikrlarini yozma ravishda bildirish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Komissiya qarorlari tegishli vakolatli organlar va muassasalarga, shuningdek manfaatdor davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, boshqa tashkilotlarga yuboriladi. Ularning rahbarlari Komissiya qarorlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishi uchun javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya qarorlarini sifatli bajarish maqsadida vakolatli organlar va muassasalar rahbarlari tomonidan ularning ijro etilishi yuzasidan monitoring va nazorat tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Komissiya ish rejalari uning a’zolaridan kelib tushgan takliflar asosida har yarim yilga tuziladi, Komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi va Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Sud organlari bilan hamkorlik
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Komissiyaning sudlar bilan hamkorligi sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipiga rioya qilgan holda O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar bilan hamkorlik quyidagi asosiy shakllarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot almashinuvi hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishda sud-tergov statistika ma’lumotlari, sud amaliyoti materiallaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotining takomillashtirilishini ta’minlash maqsadida normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini hamkorlikda ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonunchilikni qo‘llash masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berish to‘g‘risidagi qarorlarini tayyorlashda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hamkorlikda seminar, “davra suhbati” va konferensiyalar o‘tkazish, vakolatli organlar va muassasalar xodimlarining malakasini oshirish ishida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli vakolatli organlar va muassasalarga, shuningdek manfaatdor davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, boshqa tashkilotlarga hamkorlikdagi axborot xatlari, ko‘rsatmalar, ma’lumotnoma va sharhlarni yuborish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Komissiya yig‘ilishlarida tegishli sudlarning raislari ishtirok etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i v.b.
15.
Mamatov R.T.
—
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri
16.
Ergashev A.
—
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i, ishchi organ mas’ul tuzilmasining rahbari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
(5 va 6-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli qaroriga 8-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI