16.03.2017 yildagi PQ-2838-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 16.03.2017 yildagi PQ-2838-son
Date of entry into force
22.03.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shoshilinch tibbiy yordam xizmatining faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-martdagi PF-4985-son Farmonini ijro etish yuzasidan, shuningdek shoshilinch tibbiy yordam tizimi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2017-yil 1-apreldan boshlab hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi apparati tuzilmasida boshqarma rahbarining oʻrinbosari — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filialining direktori lavozimi joriy etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-oktabrdagi PQ-4847-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2020-y., 07/20/4847/1347-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mintaqaviy filialining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda Chora-tadbirlar dasturi deb ataladi) 5-ilovaga muvofiq maʼqullansin. Chora-tadbirlar dasturi quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning malakali tibbiy xizmat koʻrsatishga boʻlgan huquqlarini taʼminlashga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, tez tibbiy yordamning sifatini oshirish uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tez tibbiy yordamning tezkorligini, sifati va undan foydalanish darajasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tez tibbiy yordam xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda mahalliy va ilgʻor xorijiy ilmiy ishlanmalar natijalarini milliy amaliyotga joriy etish, shoshilinch tibbiyot tizimini tashkil etish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, uning amaliyotiga zamonaviy ilmiy-texnik vositalarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Chora-tadbirlar dasturidan kelib chiquvchi tadbirlar toʻliq darajada va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda har yili Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni bajarishga zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2017-yildan aprel oyidan boshlab sogʻliqni saqlash muassasalarining eskirgan va foydalanilmayotgan avtotransport vositalarini kimoshdi savdolarida sotishdan tushgan mablagʻlar mahalliy budjet daromadiga taqsimlanmasdan, tez tibbiy yordam xizmati uchun respublikada ishlab chiqarilgan ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalarini sotib olishga maqsadli yoʻnaltirilgan holda toʻliq hajmda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari hisob raqamida jamlanishi mexanizmi joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 2017-yil 1-apreldan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tez tibbiy yordam xizmatining ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalariga texnik va servis xizmati koʻrsatish ularni tegishli hududiy ixtisoslashtirilgan avtobazaga berish yoʻli bilan hududiy darajada markazlashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari va tibbiyot buyumlari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining filiallari orqali sotib olinishi va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining tez tibbiy yordam koʻchma brigadalarini taʼminlash markazlashtirilsin, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Moliya vazirligi bilan birgalikda Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini markazlashtirilgan tartibda sotib olish va tez tibbiy yordamning koʻchma brigadalarini taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 16-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-2838-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2838-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TASHKILIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2838-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

* Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi yuridik shaxs maqomiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz xodimlari, shu jumladan boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni tegishli shtat meʼyorlariga muvofiq belgilanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-oktabrdagi PQ-4847-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2020-y., 07/20/4847/1347-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2838-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mintaqaviy filialining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2838-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizomi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) shoshilinch, tez va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordamni tashkil etish va koʻrsatish boʻyicha davolash va ilmiy-metodik muassasa, shuningdek shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish sohasida ixtisoslashish turlari boʻyicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv baza hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Markaz davlat muassasasi shaklida yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, Markazning toʻliq nomi koʻrsatilgan muhrga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Markazning toʻliq nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tilida — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rus tilida — Respublikanskiy nauchniy sentr ekstrennoy meditsinskoy pomoshi Ministerstva zdravooxraneniya Respubliki Uzbekistan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Markaz Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Farhod koʻchasi, 2-uy manzilida joylashgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologik shoshilinch, tez va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordamni tashkil etish va koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tezkorlikning zamonaviy jahon talablariga, yuqori texnologik va samaradorlikka muvofiq boʻlgan shoshilinch tibbiy yordam tizimi faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, aholining nogironligi va oʻlimini pasaytirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish sohasida ilm-fanni va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kechiktirib boʻlmaydigan holatlar profilaktikasi, tashxis qoʻyish va davolashning yangi, samarali texnologiyalarini yaratish va ularni sogʻliqni saqlash amaliyotiga joriy etish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shifokorlar va oʻrta tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimining ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarini tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoshilinch tibbiyot sohasida yetakchi xorijiy ixtisoslashgan tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni oʻrnatish, qoʻshma tadqiqotlar olib borish va ikki tomonlama munosabatlarni tashkil etish yoʻli bilan tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Markaz yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika aholisining shoshilinch, tez va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishning eng samarali va yuqori malakali usullariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining boʻlinmalari bilan mustahkam oʻzaro hamkorlikda tabiiy va texnogen halokatlarning tibbiy oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda shoshilinch holatlar profilaktikasi va birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha aholi orasida sanitariya-maʼrifiy ish olib borishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi filiallari faoliyatiga rahbarlik qiladi va ular bilan maslahat berish yuzasidan oʻzaro hamkorlik qiladi, shuningdek ular monitoringini olib boradi va nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimiga kiradigan tibbiyot muassasalari faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishning yagona standartlari ishlab chiqilishi va tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etilishida ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgʻor xorijiy tajriba hisobga olingan holda shoshilinch, tez va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordamning ilgʻor samarali usullari va texnologiyalarini joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatish sohasida respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining tegishli boʻlinmalari tomonidan bajariladigan shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi (Dissertatsiyalar himoyasi boʻyicha ixtisoslashtirilgan kengash);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning tarkibiy va mintaqaviy boʻlinmalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari va tibbiyot buyumlarini, shuningdek shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan va tez tibbiy yordam koʻrsatish usullarini klinik sinovlardan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining ilmiy va texnologik yutuqlarini chet elda tibbiyot hamjamiyati oldida namoyish qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoshilinch va tez tibbiy yordam boʻyicha oʻzining ilmiy, oʻquv-metodik va axborot-maʼlumotnoma materiallarini tayyorlaydi va nashr etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini, shu jumladan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini tibbiy faoliyatga keng joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz ixtisosligi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoshilinch tibbiyot sohasida tibbiyot kadrlari tayyorlash, ularni ixtisoslashtirish va ularning malakasini oshirish uchun oʻz klinik bazasini taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu jumladan klinik ordinatura, katta ilmiy xodimlar instituti (stajerlar-izlanuvchilar) orqali tibbiyot kadrlarini tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazariy bilimlarni oʻzlashtirib olishning amaliy koʻnikmalarni mustahkamlash bilan mustahkam aloqasi asosida “shoshilinch tibbiy yordam” mutaxassisligi boʻyicha tibbiyot taʼlim muassasalarida taʼlim sifatining oshishiga faol koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Markazning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, dori vositalari va boshqa moddiy-texnik vositalarni mavjud moliyaviy resurslar doirasida, mustaqil ravishda, belgilangan tartibda xarid qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan statistik va tahliliy axborotni tegishli vazirliklar va idoralardan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi orqali soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirishga, shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan ommaviy holatlariga olib keluvchi favqulodda vaziyatlar paydo boʻlishining oldini olish va xavfini kamaytirishga yoʻnaltirilgan takliflarni Sogʻliqni saqlash vazirligiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoshilinch tibbiy yordam boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida tashkil etilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqini olish va undan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq yetakchi xorijiy ixtisoslashgan tashkilotlar bilan ilmiy va ilmiy-texnik hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy, metodik va amaliy konferensiyalar, seminarlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etish sohasida masalalarni hal etish uchun xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, professional tibbiy taʼlim sohasidagi ilmiy-metodik, oʻquv va axborot materiallarini chop etish va tarqatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablagʻlar jamgʻarmalarini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish choralarini koʻrish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Markaz:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoshilinch tez tibbiy yordam koʻrsatish sohasida diagnostika va davolashning zamonaviy xalqaro standartlari darajasida davolash-diagnostika ishlarining tezkorligi va yuqori sifati taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi filiallariga, shuningdek Toshkent shahridagi Tez tibbiy yordam stansiyasiga maslahat, metodik va texnik yordam koʻrsatilishi tashkil etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kechiktirib boʻlmaydigan holatlar profilaktikasi, diagnostikasi va davolashning yangi texnologiyalarini tashkil etish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarning yuqori darajasi taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimining shifokorlarini va oʻrta tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Markazga belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bosh direktor boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazni joriy boshqarishni bosh direktorning taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bosh direktor:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-metodik kengash tarkibini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz direktorining oʻrinbosarlarini va Toshkent shahridagi Tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokorini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz xodimlarining lavozim majburiyatlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Direktor:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz nomidan oʻz faoliyatini amalga oshiradi, Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnomalar tuzadi, Markazning joriy faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz ishini tashkil etadi va boshqaradi, oʻz vakolatlari doirasida Markaz xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, ularni lavozimga tayinlaydi va egallab turgan lavozimidan ozod etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika aholisiga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish sohasida oʻz boʻlinmalari va filiallarining faoliyatini tizimli ravishda tibbiy-statistik tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Quyidagilar Markazning mol-mulkini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulkini tashkil etadigan asosiy vositalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet mablagʻlari va oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun jalb etiladigan boshqa mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muruvvat, xayriya, homiylik, metsenatlik, texnik va boshqa yordam yoʻnalishida tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha tushadigan mablagʻlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Markazning mol-mulki asosiy va aylanma mablagʻlardan, shuningdek qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklardan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Asosiy vositalar foydalanish va tezkor boshqarish huquqi Markazga birkitiladigan binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqa mol-mulkdan hosil boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Markaz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Milliy statistika qoʻmitasiga taqdim etadi, hujjatlar saqlashi va ularning kelishilgan roʻyxat boʻyicha davlat tomonidan saqlanishga berilishi uchun javob beradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2838-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHORA-TADBIRLARI DASTURI

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Summasi

Moliyalashtirish manbalari

Bajaruvchilar

I. Fuqarolarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga boʻlgan huquqlarini taʼminlashga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, tez tibbiy yordamning sifatini oshirish uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish

1.

Quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish:

Tez tibbiy yordam xizmati toʻgʻrisida nizom;

jihozlash tabellari hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash normativlari;

tez tibbiy yordam xizmatini ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan taʼminlash normativlari, undan foydalanish va hisobdan chiqarishning cheklangan muddatlari.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil III chorak

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

Quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish:

Muvofiqlashtirish-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirlarning kompleks rejasi, shu jumladan yagona axborot bazasi va maʼlumotlar uzatish tarmogʻini tashkil etish, Muvofiqlashtirish-dispetcherlik xizmatlarining hududlarning davlat kadastri resurslarini oʻz ichiga oladigan milliy geomakon maʼlumotlardan foydalanishini taʼminlash;

Muvofiqlashtirish-dispetcherlik xizmatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Oʻztransgaz” AKning shoshilinch xizmatlari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil II chorak

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kom-munikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

IIV,

FVV,

“Oʻztransgaz” AK, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi muassasalari va tez tibbiy yordam koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlar uchun statistika hisobotining yagona elektron shaklini yaratish.

Kompleks chora- tadbirlar

2017-yil II chorak

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda tez tibbiy yordam koʻrsatishning yagona standartlarini tasdiqlash.

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2017-yil I chorak

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

5.

Ixtisoslashtirilgan va umumiy tarmoqli koʻchma brigadalar hamda favqulodda vaziyatlarda harakat qiluvchi brigadalar uchun tez tibbiy yordam koʻrsatishning yagona standartlaridan kelib chiqib klinik protokollarni tasdiqlash.

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2017-yil IV chorak

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

II. Tez tibbiy yordam xizmatining tezkorligini, sifatini va undan foydalanish darajasini oshirish

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi muassasalari va tez tibbiy yordam koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlar uchun tez tibbiy yordam koʻrsatishning yagona standartlarini joriy etish.

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2017-yil II chorak

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

7.

Tez tibbiy yordam xizmatining dispetcherlari uchun chaqiriqlarni qabul qilish protokollarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2017-yil I chorak

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

8.

Tez tibbiy yordam xizmatining birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari bilan samarali oʻzaro hamkorligi mexanizmlarini joriy etish.

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2017-yil I chorak

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

9.

Shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali axborot-maʼrifiy ishlarni tashkil etish yoʻli bilan tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini keng yoritish.

Kompleks chora-tadbirlar

Doimo

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi,
MTRK

III. Tez tibbiy yordam xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda mahalliy va ilgʻor xorijiy ilmiy ishlanmalar natijalarini milliy amaliyotga joriy etish, shoshilinch tibbiyot tizimini tashkil etish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish

10.

Xalqaro tajribani hisobga olgan holda “tez tibbiy yordam” fani boʻyicha oliy tibbiyot taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqish.

Oʻquv dasturlari

2017-yil II chorak

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

11.

“Tez tibbiy yordam” yoʻnalishini ishlab chiqish va klinik ordinaturaning oʻquv dasturlariga joriy etish.

Klinik ordinaturada yoʻnalish tashkil etish

2017-yil II chorak

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

12.

Jahon standartlari asosida tez tibbiy yordam vrachlarini professional tayyorlash darajasini yaxshilashni nazarda tutuvchi ularning malakasini oshirish tizimining oʻquv dasturlarini takomillashtirish.

Yangilangan oʻquv dasturlari

2017-yil I chorak

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

13.

Ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda Muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmati dispetcherlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish.

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2017-yil I chorak

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

14.

Xalqaro tajriba va zamonaviy texnologiyalar asosida shoshilinch tibbiy yordam xizmati xodimlarining uzluksiz tibbiy taʼlimi tizimini takomillashtirish.

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2017-yil III chorak

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

15.

Tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqqan holda “Shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida har yilgi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish.

Tadbirlar rejasi

Har yili

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

16.

Mahalliy va ilgʻor xorijiy ilmiy ishlanmalar natijalarini oʻrganish va profilaktika, diagnostika va davolash usullari va texnologiyalari samaradorligini kuchaytirish va oshirish maqsadida shoshilinch tibbiyot sohasiga keng joriy etish.

Tadbirlar rejasi

2017-yil IV chorak

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

IV. Tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, uning amaliyotiga zamonaviy ilmiy-texnik vositalarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish

17.

Tasdiqlangan normativlarga muvofiq tez tibbiy yordamning koʻchma brigadalarini dori vositalari, tibbiyot buyumlari va sarflash materiallari bilan bosqichma-bosqich taʼminlash, shu jumladan ushbu maqsadlar uchun ularning hajmini 2017-yilda 2016-yildagiga qaraganda kamida 2 baravar koʻpaytirish.

Har yili tasdiqlanadigan smeta xarajatlari

2017 — 2020-yillar

Shu jumladan

2017-yil

49 393,0 mln soʻm

8 516,2 mln soʻm

Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

18.

2017-2020-yillarda:

240 ta obyektni mukammal taʼmirlash;

369 ta obyektni joriy taʼmirlash yoʻli bilan tez tibbiy yordam xizmati binolari va xonalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash.

Manzilli roʻyxatlar

2017 — 2019-yillar

12 000,0 mln soʻm

7 380,0 mln soʻm

Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

19.

1200 ta ixtisoslashtirilgan avtotransport, shu jumladan:

“Salomatlik 3” loyihasi doirasida Jahon banki mablagʻlari hisobiga 231 ta;

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobiga 619 ta;

Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga 50 ta;

150 ta (eskirgan avtomashinalarni sotishdan);

grant va donorlik mablagʻlari hisobiga 150 ta ixtisoslashtirilgan avtotransport sotib olish yoʻli bilan tez tibbiy yordam xizmatining (shu jumladan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining) avtoparkini yangilash.

Ixtisoslashtirilgan avtotransportning texnik tavsifini tasdiqlash

2017-yil

6 525,8 ming AQSH dollari

21 479,3 mln soʻm

1 735,0 mln soʻm

5 205,0 mln soʻm

4 237,5 ming AQSH dollari

Jahon banki

“Salomatlik 3” loyihasi doirasida

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Davlat budjeti mablagʻlari

Budjetdan tashqari mablagʻlar

Xalqaro moliyaviy institutlar va donorlar grantlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,
“Oʻzavtosanoat” AK

20.

Tez tibbiy yordam xizmatining 420 ta ixtisoslashtirilgan avtotransportini mukammal taʼmirlash.

Ixtisoslashtirilgan avtotransportni mukammal taʼmirlash

2018 — 2020-yillar

4 200,0 mln soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

21.

Tez tibbiy yordam xizmatining 465 ta ixtisoslashtirilgan avtotransportini tibbiy uskunalar komplektlari bilan jihozlash (toʻliq jihozlash).

Tibbiyot asbob-uskunalarining texnik tavsifini tasdiqlash

2017 — 2020-yillar

16 871,4 mln soʻm

4 848,5 ming AQSH dollari

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Jahon banki

“Salomatlik 3” loyihasi doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

22.

Tezkor boshqarishni, koʻchma brigadalar faoliyatini muvofiqlashtirishni, axborotni qabul qilish va uni qayta ishlashni, shuningdek Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Oʻztransgaz” AKning shoshilinch xizmatlari bilan oʻzaro hamkorlikni nazarda tutuvchi tez tibbiy yordam xizmati uchun axborot tizimini va maʼlumotlar uzatish tarmogʻini yaratish.

Tadbirlar rejasi

2018-yil I chorak

12 000,0 mln soʻm

3 000,0 mln soʻm

1 500,0 ming AQSH dollari

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

Xalqaro moliyaviy institutlar va xalqaro donorlar kreditlari va grantlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

IIV
FVV,

“Oʻztransgaz” AK

23.

Muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari ishi samaradorligini taʼminlash maqsadida tez tibbiy yordam stansiyalari va kichik stansiyalarini, shuningdek tez tibbiy yordamning ixtisoslashtirilgan avtotransporti va brigadalarini kompyuter va telekommunikatsiya uskunalari, aloqa vositalari va GPS-kuzatish bilan jihozlash, shuningdek respublikaning butun hududi boʻyicha tez tibbiy yordamni shoshilinch chaqirishning yagona telefon raqami uzluksiz ishlashini taʼminlash.

Tadbirlar rejasi

2017 — 2021-yillar

15 510,0 ming AQSH dollari

Xalqaro moliyaviy institutlar va donorlar kreditlari va grantlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasiga bogʻliq ravishda qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirishga xarajatlarning jami: 133 263,7 mln soʻm va ekvivalentda 32 621,8 ming AQSH dollari, undan:

Davlat budjeti mablagʻlari

77 708,0

mln soʻm

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

50 350,7

mln soʻm

Bajaruvchilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

5 205,0

mln soʻm

Xalqaro moliyaviy institutlar va donorlarning mablagʻlari

32 621,8

ming AQSH dollari

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 159-modda, 35-son, 923-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2020-y., 07/20/4847/1347-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)