ILOVA
|
|
|
|
“TASDIQLAYMAN” ________________________________ (davlat organi yoki tashkilot rahbari) ________________________________
________________________________
| |
|
|
|
|
| |
|
Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrochilarga yetkazilishi hamda mohiyati va ahamiyatinining aholi o‘rtasida tushuntirilishi yuzasidan namunaviy chora-tadbirlar | ||||
|
|
|
|
| |
|
T/r |
Tadbir nomi |
Bajarish muddati |
Mas’ul bajaruvchilar | |
|
1. |
Normativ-huquqiy hujjatlar, axborot-tahliliy materiallar (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, o‘zgartirish va qo‘shimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali)ni tizimdagi barcha idoralarga elektron shaklda yuborish. |
Normativ-huquqiy hujjat kelib tushgan kuni |
Tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan keyin, uning ijrosini tashkil etish, ijrochilarga yetkazish va aholi o‘rtasida mohiyati va ahamiyatini tushuntirishni tashkil etishga mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organi | |
|
2. |
Qabul qilingan qonun hujjatlarini o‘z rasmiy veb saytlariga joylashtirish. |
Bir kun ichida |
Davlat boshqaruvi organi | |
|
3. |
Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan bosma |
Ikki kun ichida |
Davlat boshqaruvi organi | |
|
4. |
Davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlari hamda ularning hududiy idoralarida “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘ulotlarini joriy etish, malakali mutaxassislar, olimlar, ekspertlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjat va axborot-tahliliy materiallarning o‘qib o‘rganilishini tashkil etish. |
Har haftaning juma kuni |
Davlat boshqaruvi organi | |
|
5. |
Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganidan keyin uning ijrosini tashkil etish, ijrochilarga yetkazish va aholi o‘rtasida mohiyati va ahamiyatini tushuntirishni tashkil etishga mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning maqsadi, mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha hududiy va respublika, huquqiy targ‘ibot guruhlarini shakllantirish va tasdiqlash. |
3 kun ichida |
Davlat boshqaruvi organi | |
|
6. |
Normativ-huquqiy hujjatlarning maqsadi, mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha konferensiya, seminar, davra suhbatlarining Konsepsiyasi, dasturi va kalendar rejasini tayyorlash va tasdiqlash. |
3 kun ichida |
Davlat boshqaruvi organi | |
|
7. |
Qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va ahamiyatini aholiga ommaviy axborot vositalari, shu jumladan bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali yetkazish, bunda mustaqil ekspertlar, mutaxassislar va aholining fikri va munosabatini aks ettiruvchi tahliliy tok-shoular, munozaralar, bahslar hamda qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini keng muhokama qilishning boshqa zamonaviy shakllarini nazarda tutuvchi media-reja ishlab chiqish adliya organlari bilan kelishish va tasdiqlash. |
Bir haftada |
Davlat boshqaruvi organi | |
|
8. |
Qabul qilingan qonunlarning mohiyati va ahamiyatini ijrochilarga yetkazish va aholiga tushuntirish bo‘yicha risolalar va ularning elektron nusxalarini tayyorlash hamda tarqatish. |
Ikki hafta ichida |
Davlat boshqaruvi organi | |
|
9. |
Normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan materiallar tayyorlash, uning matnini rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilish, keng foydalanuvchilar uchun “Jahon” axborot agentligiga yetkazish. |
Ikki hafta ichida |
Davlat boshqaruvi organi | |
|
10. |
Qabul qilingan qonun hujjatlarining maqsadi, mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan maqola, material va ekspertlarning sharhlarini “uz” domenida davlat ro‘yxatiga olingan veb-saytlarda joylashtirish. |
Bir hafta ichida |
Davlat boshqaruvi organi | |
|
11. |
Targ‘ibot tadbirl�rida aholi tomonidan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha bildirilgan takliflarni o‘rganish, umumlashtirish va tegishliligi bo‘yicha kiritish (zarur hollarda, belgilangan tartibda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish). |
Doimiy |
Davlat boshqaruvi organi | |
|
12. |
Qabul qilingan qonun hujjatlari normalarining bir xilda qo‘llanilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish. |
Doimiy |
Davlat boshqaruvi organi | |
|
13. |
Mazkur chora-tadbirlar ijrosini monitoring qilish, umumlashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga axborot kiritib borish. |
Har chorakda |
Davlat boshqaruvi organi | |