Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
03.03.2025
06.08.2022
13.03.2017
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.04.00 Pensionerlarga imtiyozlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent metropolitenida pensionerlarni bepul tashish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 23-yanvardagi 31-son qaroriga muvofiq, shuningdek keksalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning har biri toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik va eʼtiborni kuchaytirish, keksalarning hayot faoliyati va dam olish tizimini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, ular uchun shahar yoʻlovchi tashish transportidan foydalanishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toshkent shahri hokimligining va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining pensionerlarni Toshkent metropolitenida 2017-yil 15-martdan boshlab soat 10:00 dan 16:00 gacha bepul tashish, keyinchalik olinmay qoladigan daromadlarni har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kunduzi Toshkent metropolitenidan bepul foydalanadigan pensionerlar sonini hisobga olish va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining olinmay qoladigan daromadlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida cheklangan tariflar boʻyicha aholiga xizmatlar koʻrsatish munosabati bilan shaharda yoʻlovchilarni muntazam tashish bilan band boʻlgan tashuvchilar koʻradigan zararlarni moliyalashtirish va qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 4-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent metropolitenida kunduzi soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan kunduzgi davrda pensionerlarni bepul tashishda olinmay qoladigan daromadlarni qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 9-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
128-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-martdagi 128-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kunduzi Toshkent metropolitenidan bepul foydalanadigan pensionerlar sonini hisobga olish va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining olinmay qoladigan daromadlarini qoplash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi tomonidan soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda bepul tashilgan pensionerlar sonini hisobga olish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom metropoliten xizmatlaridan foydalanuvchi pensionerlarga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metropoliten — elektropoyezdlarda yoʻlovchilar tashish uchun yer osti va yer usti qurilmalari tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensioner — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan berilgan pensiya guvohnomasiga ega boʻlgan yoʻlovchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir martalik maxsus bepul jeton — pensionerga soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda metropolitenda bir marta yurish huquqini beradigan, qatʼiy hisobda turadigan hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Metropolitenda soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda tashilgan pensionerlar soni realizatsiya qilingan bir martalik maxsus bepul jetonlar miqdori boʻyicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Pensioner metropolitenda bir marta bepul yurish uchun bitta jeton olish uchun bir martalik maxsus bepul jetonni realizatsiya qiladigan metropoliten kassasi operatoriga pensiya guvohnomasini koʻrsatadi, bunda bir martalik maxsus bepul jeton faqat shaxsan pensionerning oʻziga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Metropoliten har qaysi stansiyasining kirish joyida soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda bepul yurish uchun bir martalik maxsus bepul jetonlarni qabul qilish boʻyicha bitta maxsus turniket ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Pensioner olingan bir martalik maxsus bepul jeton bilan maxsus turniket yoniga boradi va unga bir martalik maxsus bepul jetonni tashlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Maxsus ajratilgan turniketda bir martalik maxsus bepul jetonlar jamlanadi va kun yakunida metropoliten stansiyasining katta operatori (komissiya raisi), metropolitenlar harakatini hisobga olish sektorining katta operatori va operatoridan iborat tarkibdagi komissiya tomonidan maxsus turniketdagi bir martalik maxsus bepul jetonlar chiqarib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Maxsus turniketdan bir martalik maxsus bepul jetonlarni chiqarib olish natijalari boʻyicha har kuni metropolitenda soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda bir marta bepul yurish uchun pensionerlarga bir martalik maxsus bepul jetonlar realizatsiya qilinganligi toʻgʻrisida tegishli dalolatnoma tuziladi va imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oy yakunlari boʻyicha realizatsiya qilingan bir martalik maxsus bepul jetonlar toʻgʻrisida oylik hisobot tuziladi, keyinchalik u pensionerlarni soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda pensionerlarni tashishdan olinmay qoladigan daromadlarni qoplash uchun Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Toshkent shahar boshqarmasi bilan birgalikda — realizatsiya qilingan bir martalik maxsus bepul jetonlar toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini tasdiqlaydi va keyinchalik pensionerlarni soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda bir martalik maxsus bepul jetonlar boʻyicha tashishdan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining olinmay qoladigan daromadlarini har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida cheklangan tariflar boʻyicha aholiga xizmatlar koʻrsatish munosabati bilan shaharda yoʻlovchilarni muntazam tashish bilan band boʻlgan tashuvchilar koʻradigan zararlarni moliyalashtirish va qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboradi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Metropolitenda pensionerlarni soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda bepul tashish va ularning sonini hisobga olish, shuningdek “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining olinmay qoladigan daromadlarini qoplash ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kunduzi Toshkent metropolitenidan bepul foydalanadigan pensionerlar sonini hisobga olish va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining olinmay qoladigan daromadlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Metropolitenda pensionerlarni soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda bepul tashish, ularning sonini hisobga olish va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining olinmay qoladigan daromadlarini qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bosqich
Pensioner bir martalik maxsus bepul jetonni realizatsiya qiladigan metropoliten operatoriga pensiya guvohnomasini koʻrsatadi.
2-bosqich
Kassir bir martalik maxsus bepul jetonni koʻrsatilgan pensiya guvohnomasiga muvofiq shaxsan pensionerga beradi.
3-bosqich
Pensioner bir martalik maxsus bepul jeton bilan maxsus turniket yoniga boradi va unn ushbu turniketga tushiradi.
4-bosqich
Maxsus ajratilgan turniketdagi bir martalik maxsus bepul jetonlar jamlanadi.
5-bosqich
Kun yakunlari boʻyicha metropoliten stansiyasining katta operatori (komissiya raisi), metropoliten jetonlarini hisobga olish sektorining katta operatori va operatoridan iborat tarkibdagi komissiya tomonidan maxsus turniketdan bir martalik maxsus bepul jetonlar chiqarib olinadi.
6-bosqich
Maxsus turniketdan bir martalik maxsus bepul jetonlarni chiqarib olish natijalari boʻyicha xar kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda metropolitenda bir marta bepul yurish uchun bir martalik maxsus bepul jetonlarning realizatsiya qilingan soni toʻgʻrisida tegishli dalolatnoma tuziladi va imzolanadi.
7-bosqich
Oy yakunlari boʻyicha realizatsiya qilingan bir martalik maxsus bepul jetonlar toʻgʻrisida hisobot tuziladi, keyinchalik u Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasiga taqdim etiladi.
8-bosqich
Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Toshkent shahar boshqarmasi bilan birgalikda — realizatsiya qilingan bir martalik maxsus bepul jetonlar toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini tasdiqlaydi va keyinchalik pensionerlarni soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda bir martalik maxsus bepul jetonlar boʻyicha tashishdan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining olinmay qoladigan daromadlarini xar oyda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida cheklangan tariflar boʻyicha aholiga xizmatlar koʻrsatish munosabati bilan shaharda yoʻlovchilarni muntazam tashish bilan band boʻlgan tashuvchilar koʻradigan zararlarni moliyalashtirish va qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboradi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 10-son, 149-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)