27.12.2016 yildagi 29-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 27.12.2016 yildagi 29-son
Date of entry into force
27.12.2016
Hujjat 27.12.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarining yangi toʻplamini nashrga tayyorlashda masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari boʻyicha quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 1995-yil 27-oktabrdagi 21-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunday moddalar roʻyxati Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1988-yildagi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Konvensiyasining 1 va 2-sonli jadvallarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qaroriga 7-ilovada mavjud”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ozginadan koʻproq yoki koʻp miqdorga mansubligi masalasini hal etish tergov organi va sudning vakolati doirasiga kiradi, bunda ular narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining “Qonunga xilof ravishda muomalada boʻlgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2016-yil 22-martdagi 13/16-sonli qarorida berilgan tavsiyalarga amal qilishlari zarur”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Sudlarning eʼtibori oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash, ularga qonunga xilof ravishda egalik qilish, shuningdek oʻqotar qurol yoki oʻq-dorilarni beparvolik bilan saqlash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarga qaratilsin va bu jinoyatlar jamiyat xavfsizligiga, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga jiddiy tahdid solishi koʻrsatib oʻtilsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Bunday ishlarni tergov qilish va sudda koʻrish chogʻida oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini olish, tayyorlash manbalarini aniqlash lozim. Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari saqlanayotgan obyektlarni qoʻriqlashda mansab sovuqqonligiga yoʻl qoʻyilganlik hollari yoxud oʻqotar qurol yoki unga oʻq-dorilar tayyorlangan asbob-uskunalardan foydalanish ustidan tegishli nazoratning boʻlmaganligi aniqlangan taqdirda sudlar bunga xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan oʻzlarining munosabatlarini bildirishlari, zarur hollarda esa jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar qilishlari shart. Ichki ishlar organlari faoliyatida mavjud boʻlgan qonunga xilof ravishda saqlanayotgan oʻqotar qurollarni aholidan olishdagi va ularni roʻyxatdan oʻtkazishdagi kamchiliklar ham sudlarning eʼtiboridan chetda qolmasligi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, Jinoyat kodeksining 247, 248-moddalari boʻyicha javobgarlik foydalanish uchun yaroqli boʻlgan oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini yoxud foydalanishga yaroqsiz oʻqotar qurol yoki portlatish qurilmalarini egallagan, egalik qilgan, olgan, olib yurgan, saqlagan yoki oʻtkazganda (basharti ularni yaroqli holatga keltirish uchun aybdor aniq imkoniyatga ega boʻlgan boʻlsa) kelib chiqadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 1996-yil 15-martdagi 9-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsning tovar bozorlarida raqobatni cheklashga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlari “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvardagi Qonunini buzish deb baholanishi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 178-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday harakatlarga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopoliyaga qarshi organga va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qiluvchi organlarga axborot taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoxud ularga bila turib haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarliklarni tugatish toʻgʻrisidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi, isteʼmolchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash, oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlovchining tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash, ularni oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishda, qoʻshib olishda hamda aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarni olish boʻyicha bitimlar tuzishda monopoliyaga qarshi talablarni buzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarni kelishib olingan holda sodir etish va bitimlarni tuzish, shuningdek tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni suiisteʼmol qilish, xuddi shuningdek tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli isteʼmolchilarga zarar yetkazish, shuningdek isteʼmolchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisida axborot taqdim etmaslik yoki bila turib notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shartligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan holda realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilish”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Qilmishni Jinoyat kodeksining 177-moddasi ikkinchi va uchinchi qismi bilan tavsiflashda jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorda, ayblov xulosasi va hukmda aybdorning qilmishi aynan qanday belgisiga koʻra javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holat sifatida qaralayotganligi albatta ifodalangan boʻlishi lozim. Bu oʻrinda shuni inobatga olish kerakki, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishning takroran, xavfli retsidivist tomonidan (agar sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan boʻlsa), bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab ancha miqdorda, shuningdek, koʻp yoki juda koʻp miqdorda sodir etilishi qilmishni JK 177-moddasining ikkinchi yoki uchinchi qismi tegishli bandlari bilan kvalifikatsiya qilishga asos boʻladi va muqaddam shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilgan boʻlishi talab etilmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8. Jinoyat-protsessual kodeksining 49-moddasiga muvofiq jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa, uning harakatlanish erkinligiga boʻlgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ishda himoyachining ishtirok etishiga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu oʻrinda shuni nazarda tutish kerakki, shaxs JPK 221-moddasida koʻrsatilgan asoslarga koʻra ushlangan hollarda, garchi qonunda bu haqda tegishli bayonnoma shaxs ichki ishlar organi yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organga keltirilgandan soʻng rasmiylashtirilishi belgilangan boʻlsa-da, uning harakatlanish erkinligiga boʻlgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab gumon qilinuvchi deb hisoblanadi. Aynan shu paytdan boshlab ushlab turilgan shaxs gumon qilinuvchiga berilgan barcha huquqlardan, shu jumladan, himoyachi olish, yaqin qarindoshlariga yoxud advokatiga telefon qilish yoki xabar yuborish, koʻrsatuv berishdan bosh tortish, shuningdek oʻzi bergan koʻrsatuvlari jinoyat ishi boʻyicha unga qarshi dalil sifatida ishlatilishi mumkinligini bilish huquqidan foydalanadi. Shu tufayli, bunday hollarda u guvoh sifatida soʻroq qilinishi, jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganligi haqidagi qaror unga eʼlon qilinmasdan hamda tegishli huquq va majburiyatlari tushuntirilmasdan turib, unga nisbatan tergov harakatlari olib borilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz bilan tegishli davlat organiga murojaat qilgan shaxs ham shunday huquqiy holatga ega (JPK 113-moddasi)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11. Ish boʻyicha himoyachi sifatida qatnashishi mumkin boʻlgan shaxslar toifasi JPK 49-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan. Ular jumlasiga, xususan, advokatlar hamda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlaridan biri yoki qonuniy vakillari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunga binoan, belgilangan tartibda advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya olgan va advokatlar tuzilmalarining: advokatlar hayʼati, advokatlik firmasi, byurosi aʼzosi boʻlgan shaxslar advokat hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari deganda, uning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-ukasi va opa-singillari, eri(xotini), farzandlari (farzandlikka olinganlar), bobosi, buvisi, nevaralari, shuningdek, er(xotin)ining ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-ukasi va opa-singillari nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatning ishda ishtirok etishiga u advokatlik guvohnomasini koʻrsatganidan va uning muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan soʻng yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ishda himoyachi sifatida ishtirok etishga ruxsat berilgan yaqin qarindoshi yoki qonuniy vakiliga surishtiruv, dastlabki tergov organi, sud tomonidan qaror, ajrim berilib, unda himoyachining JPK 53-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Qaror (ajrim) surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud (sudya) tomonidan himoyachi sifatida tanlangan shaxsning qarindoshligi yoki vakillik vakolatini va shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan soʻng darhol chiqarilishi va unga berilishi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rus tilidagi matni 14-bandi oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Pri otkaze podozrevayemogo, obvinyayemogo ot zaщitnika vvidu otsutstviya sredstv k oplate ego truda, doljnostnie litsa gosudarstvennix organov, otvetstvennix za proizvodstvo po ugolovnomu delu, obyazani v sootvetstvii s chastyu chetvertoy stati 50 UPK prinyat meri k osvobojdeniyu podozrevayemogo, obvinyayemogo ot oplati uslug po okazaniyu yemu yuridicheskoy pomoщi polnostyu ili chastichno”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Himoyachiga qamoqda saqlanayotgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan uchrashuv berilishi uchun quyidagilar asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokat uchun — advokatlik tuzilmasi tomonidan unga muayyan ishni yuritish uchun berilgan order;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari yoki qonuniy vakili uchun — uni himoyachi sifatida ishda ishtirok etishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi surishtiruv, dastlabki tergov organi, sudning qarori (ajrimi)”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 2004-yil 21-maydagi 4-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“JK 132, 173, 175, 198, 202 va 233-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun — jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-bandi chiqarilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yaqin qarindoshlar deganda, qarindosh yoki quda tomonidan qarindosh boʻlgan shaxslar, yaʼni ota-ona, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillari tushuniladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Jinoyat kodeksi 68, 76 va 79-moddalariga muvofiq, amnistiya akti qoʻllanilishi natijasida quyidagi huquqiy oqibatlar kelib chiqishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkum asosiy va ijro etilmagan qoʻshimcha jazodan ozod etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumga tayinlangan asosiy va ijro etilmagan qoʻshimcha jazoning qisqartirilishi (kamaytirilishi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkum jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumga tayinlangan jazoning oʻtalmagan qismi yengilrogʻi bilan almashtirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyat sodir etgan shaxsdan sudlanganlik muddatidan ilgari olib tashlanishi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bandi toʻrtinchi va beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“sud muhokamasi bosqichida — amnistiya aktiga asosan sudlanuvchiga nisbatan jinoyat ishini tugatish yoki jazo tayinlamasdan ayblov hukmi chiqarish yoxud mahkumni jazodan ozod qilish yoinki muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etish, jazoni qisqartirish (kamaytirish) toʻgʻrisidagi masalani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukmni ijro etish bosqichida — amnistiya aktiga asosan mahkumni jazodan ozod qilish yoki muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoxud jazoni qisqartirish (kamaytirish) toʻgʻrisidagi prokuror iltimosnomasini”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jazodan ozod qilishni, muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishni, jazoni yengilroq jazo bilan almashtirish yoki qisqartirish (kamaytirish)ni nazarda tutuvchi amnistiya aktini qoʻllash uchun sudlanuvchi(mahkum)ning roziligi talab etilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“18. Shuni nazarda tutish lozimki, muayyan shaxs, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining unga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash chogʻida ishtiroki masalasi sud tomonidan JPK 410-moddasi, 590-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlariga muvofiq hal etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“31. Amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad qilingan yoki tugatilgan hollarda fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralari, ashyoviy dalillar taqdiri toʻgʻrisidagi masalalar sud tomonidan JPK 401-moddasi birinchi qismi, 211-moddasi 1—4, 6-bandlarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq hal etiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“19. Qonunga koʻra, axloq tuzatish ishlari quyidagilarga qoʻllanilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya yoshiga toʻlgan (60 yoshdan oshgan erkaklar, 55 yoshdan oshgan ayollar) shaxslarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16 yoshga toʻlmagan shaxslarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatga qobiliyatsiz (belgilangan tartibda birinchi, ikkinchi guruh nogironi deb topilgan) shaxslarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
homilador va uch yoshgacha bolasi bor ayollarga, shuningdek, uch yoshgacha boʻlgan bolani farzandlikka olgan yoki unga nisbatan vasiy boʻlgan shaxslarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchilarga”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy sud raisi Sh. GAZIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi D. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 27-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-son