Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021 26.07.1999 yildagi 362-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.07.1999 yildagi 362-son
Date of entry into force
26.07.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021
Hujjat 18.02.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KORXONALARNING BANKROTLIGI TOʻGʻRISIDAGI QONUNChILIKNI AMALGA OShIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 23-iyuldagi PF—2342-son Farmonini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Yangi tahrirdagi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1998-yil 28-avgustdagi 669-I-son qarorining 2-bandini bajarish yuzasidan, shuningdek bankrot deb eʼtirof etilgan korxonalarni tugatish jarayonlarini faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasiga, Oliy xoʻjalik sudiga Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-noyabrdagi 460-son qarorini bajarish, iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish va sanatsiya qilish, bankrot korxonalar mol-mulkini sotib yuborish ishlari qoniqarsiz tashkil etilganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar va kompaniyalar ishtirokida zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini 1999-yilning I yarim yilligi yakunlari boʻyicha chuqur tahlil qilsin, tugatiladigan, istiqbolsiz korxonalarning aniq roʻyxatini aniqlasin, mulkida davlat mulki boʻlgan korxonalarni tugatish, sanatsiya qilish va qayta ixtisoslashtirish yuzasidan ilgari tasdiqlangan dasturlarni tanqidiy qayta koʻrib chiqsin hamda amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisida 9 oy yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish jarayonlarining amalga oshirilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin, ushbu ishlarning qoniqarsiz amalga oshirilganligi uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyati masalalarini koʻrib chiqsin;
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanatsiya qilinayotgan korxonalar faoliyatining, ular biznes-rejalari va moliyaviy sogʻlomlashtirish dasturlari amalga oshirilishining samarali monitoringini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoralararo tarmoq ishchi guruhlari ishlarini faollashtirsin, ularning axborotlarini muntazam ravishda eshitib borsin, ishchi guruhlari tomonidan koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi:
(4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-iyundagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 99-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan bankrot korxonalarni tugatish jarayonining borishi ustidan kundalik nazorat oʻrnatsin, tugatuvchi boshqaruvchi qoniqarsiz ishlagan taqdirda uni vazifalarni bajarishdan ozod etish toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat etsin;
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika koʻchmas mulk birjasi, agrosanoat va tovar-xomashyo birjalari bilan birgalikda tugatilayotgan korxonalarning mol-mulkini sotish boʻyicha kimoshdi savdolari tarmogʻi kengaytirilishini va kimoshdi savdolarining muntazam oʻtkazilishini taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy sogʻlomlashtirish istiqboli boʻlgan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash uchun Korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasining qaytarish asosidagi mablagʻlaridan samarali foydalanilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika mintaqalarida korxonalar bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha xoʻjalik sudlarining faoliyatini faollashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda, tugatuvchi boshqaruvchilarni tayinlashda rasmiyatchilik va sansalorlik hollarini bartaraf etish, bunday hollarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarning javobgarligini koʻrib chiqish;
(5-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy nochorlik haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini chuqur tahlil qilish va umumlashtirish, bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan oʻz vaqtida takliflar kiritish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi huzuridagi Korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasining korxonalarni sanatsiya qilish tadbirlarini oʻtkazishga va ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish rejalarini ishlab chiqishga, shuningdek ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va xoʻjalik sudi tomonidan bankrot deb eʼtirof etilgan qarzdor korxonalarni tugatish tartibotini amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlaridan qaytarish asosida foydalaniladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18-fevraldagi 2004-yil 77-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 7-son, 82-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi huzuridagi Korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkida davlat mulki boʻlgan bankrot korxonalarni tugatish boʻyicha tugatish komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining hududiy boshqarmasi toʻgʻrisidagi yangilangan Namunaviy nizomni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn kun muddatda xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari tuzilmasini qayta koʻrib chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda Qoʻmita markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikning amalga oshirilishi masalalari yilning har choragida Vazirlar Mahkamasi majlislarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiy islohotlarning borishini baholash chogʻida koʻrib borilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 26-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
362-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18-fevraldagi 2004-yil 77-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2004-y., 7-son, 82-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
26-iyuldagi 362-son qaropiga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudgacha sanatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
(2-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1996-yil 11-dekabrdagi PF-1658-son hamda “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 23-iyuldagi PF-2342-son farmonlariga asosan ishlab chiqilgan va bankrotlik belgilariga ega boʻlgan korxonalarni sogʻlomlashtirish hamda toʻlov qobiliyatini tiklash maqsadida oʻtkaziladigan suddan oldin sanatsiyalash masalalarini tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Suddan oldin sanatsiyalash (bundan keyin sanatsiyalash deb ataladi) bankrotlikning oldini olish maqsadida qarzdor korxona — yuridik shaxsning muassislari (qatnashchilari), qarzdorning kreditorlari va boshqa shaxslar, shu jumladan davlat tomonidan qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklash boʻyicha chora-tadbirlardan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suddan oldin sanatsiyalash qarzdor korxonaning bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgungacha amalga oshiriladi va qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini, iqtisodiy quvvatini tiklash hamda uning kelgusida samarali faoliyatni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratishni maqsad qilib qoʻyadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan holda qarzdorni sanatsiyadan oʻtkazish oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha boʻlgan muddatga joriy etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Nizomning amal qilishi “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiyalash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladigan qishloq xoʻjaligi korxonalarini suddan oldin sanatsiyalashga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. SANATSIYALASh SUBYEKTLARI VA OBYEKTLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qarzdor korxona-yuridik shaxsning muassislari (qatnashchilari), qarzdor korxona mulkining egasi, davlat organlari va boshqa shaxslar sanatsiyalash subyektlari boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qarzdor korxona sanatsiyalash obyekti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar birinchi navbatda sanatsiya qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayotiy muhim oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq isteʼmoli mollari hamda dori-darmonlar ishlab chiqaruvchi korxonalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mudofaa qudrati va xavfsizligi saqlab turilishini taʼminlovchi korxonalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim rol oʻynaydigan bazaviy tarmoqlar (kon qazish, energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa tarmoqlar) korxonalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobatga bardoshli, eksportbop, importning oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy, yuqori unumli texnika ishlab chiqarishni va iqtisodiyot sohasiga yangi, progressiv, resursni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni taʼminlaydigan korxonalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shahar asosi boʻlgan korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan tarkibiy qayta oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejalari maʼqullangan korxonalar.
Keyingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori bilan yettinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Faoliyatni davom ettirish uchun qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklashning aniq imkoniyati mavjudligidan dalolat beradigan moliya va xoʻjalik faoliyati tahlili natijalari iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiya qilinadigan obyektlar qatoriga kiritishning asosiy mezoni hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. SANATSIYALAShNI OʻTKAZIShNING ShAKL VA USULLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sanatsiyalash ham toʻlanadigan, ham toʻlanmaydigan asosda davlat mablagʻlari ishtirokida yoki ishtirokisiz, shu jumladan tanlov asosida quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzlarni oʻzaro surishishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov muddati oʻtgan qarzlarni toʻliq yoki qisman toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishni raqobatbardoshli mahsulot chiqarishga qayta ixtisoslashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklashdan va uning faoliyatini davom ettirishdan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorga toʻlovlar muddatini uzaytirish va (yoki) ularni boʻlib-boʻlib toʻlash yoki qarzdor korxonaning faoliyatini davom ettirish uchun qarzlardan chegirish toʻgʻrisida ular oʻrtasida ahdlashuvga erishishga yoʻnaltirilgan qarzdor korxona va kreditor (kreditorlar) oʻrtasida bitim tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suddan oldin sanatsiyadan oʻtkazish muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash va kreditlarni qaytarish muddatini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash, hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish;
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs — qarzdor korxonani qayta tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirishga yordam beradigan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Davlat mablagʻlarini jalb etgan holda sanatsiyalash quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi tomonidan Korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasidan mablagʻlarni Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining qarori asosida sanatsiyalash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun, tasdiqlangan limitlar va smetalar doirasida, maqsadli ajratish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi qaroriga binoan sudgacha boʻlgan sanatsiyalash muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash, ilgari ajratilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash, shuningdek hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish shaklida davlat mablagʻlarini jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mablagʻlarini jalb etgan holda sanatsiyalash tartiboti Hukumat qarorlariga binoan boshqa chora-tadbirlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan holda sanatsiyalash oʻtkazilishida qarzdorga xizmat koʻrsatuvchi bankda ilgari amal qilgan hisob raqamlari toʻxtatilgan holda sanatsiyalash boʻyicha soʻmda va (yoki) valyutada hisob raqami ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanatsiyalash hisob raqamining ish tartibi Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi”;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. KORXONALARNI SANATSIYALASh UChUN MABLAGʻLAR MANBALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagilar sanatsiyalash uchun mablagʻlar manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar egalari, kreditorlar, birlashmalar (xoʻjalik uyushmalari), boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy yordami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi huzuridagi Korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasi mablagʻlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. MULKIDA DAVLAT ULUShI BOʻLGAN KORXONALARNI HAMDA DAVLAT MABLAGʻLARINI JALB ETGAN HOLDA SANATSIYALAShNI TAShKIL ETISh VA UNING OʻTKAZILIShINI NAZORAT QILISh
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarni sanatsiyalash, shuningdek sanatsiyalash uchun davlat mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisidagi qarorni Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi taqdimnomasiga koʻra Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi qabul qiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektni sanatsiyalash toʻgʻrisidagi iltimosnoma yoki davlat mulkini jalb etish yuzasidan murojaatnoma Qoʻmitaga beriladi. Qoʻmita korxonaning moliyaviy va xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish va baholash asosida qarzdor xoʻjalik subyektining toʻlovga qodirligini tiklashning aniq imkoniyatlari mavjudligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etadi.
(13-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xulosa tayyorlash uchun qarzdor korxona Qoʻmitaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot yilining joriy davri hamda oldingi yilning buxgalteriya balanslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsis hujjatlarining nusxalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki zaxiralardan foydalanish imkoniyatlari puxta tahlil qilingan, shu jumladan ishlab chiqariladigan mahsulotga haq toʻlashga qodir ehtiyoj mavjudligini tasdiqlovchi tegishli shartnomalar koʻrsatilgan, mulkdor tomonidan tasdiqlangan moliyaviy sogʻlomlashtirish rejasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonaning qarzlari boʻyicha mahalliy soliq organi bilan solishtirish dalolatnomasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob raqamlarining holati toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi bankning maʼlumotnomasi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qoʻmita xulosasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan moliyaviy sogʻlomlashtirish biznes-rejasi sanatsiyalash toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Komissiyaga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda korxonalarga nisbatan sudgacha sanatsiyalash muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash, ilgari berilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash, shuningdek hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish shaklida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash qoʻllanilishi, korxonani sanatsiyalash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan Komissiya majlisi protokoli va Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining xulosasi Komissiya kotibiyati tomonidan qaror qabul qilish uchun Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasiga yuboriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarni davlat mablagʻlarini jalb etgan holda sanatsiyalashni tashkil etish va uning monitoringi Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. SANATSIYALAShNI TOʻXTATISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sanatsiyalash uni oʻtkazish muddati tugashi, uning samarasiz ekanligi aniqlanishi, mazkur Nizom va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari bajarilmaganligi munosabati bilan va amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sabablarga koʻra toʻxtatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mablagʻlarini jalb etgan holda sanatsiyalashni toʻxtatish haqidagi qarorni Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining taqdimnomasiga koʻra Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
26-iyuldagi 362-son qaropiga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi huzuridagi Korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita deb ataladi) huzuridagi Korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hosil boʻlishi, toʻldirilishi va ulardan foydalanish tartibini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlari hosil boʻlishi manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan teng ulushlarda qoʻshilgan 100 mln. soʻm miqdoridagi tekin moliyaviy yordam;
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrot boʻlgan korxonalar mol-mulkini kimoshdi savdosida sotishdan tushgan mablagʻlarning bir qismi, kreditorlarning talablari qondirilgan taqdirda, mol-mulkni sotish va baholash qiymati oʻrtasidagi tafovut hisobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoxud oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun mansabdor shaxslardan undiriladigan jarimalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida qoʻshiladigan mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻlarning qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma mablagʻlari davlat mulki hisoblanadi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining taqdimnomasi boʻyicha Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining qaroriga koʻra beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarma mablagʻlaridan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalarni suddan oldin sanatsiyalash, moliyaviy sogʻlomlashtirish rejalarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan hamda xoʻjalik sudi tomonidan bankrot deb eʼtirof etilgan korxonalar bankrotligining zarur tartib-qoidalarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlik va sanatsiyalash tartibotlarini amalga oshirish uchun jalb etilgan maslahatchilar xizmatlariga haq toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish rejimidagi korxonalarni boshqaruvchi shaxslarni, shuningdek ushbu lavozimlarga zaxirada turgan mutaxassislarni taʼlim beruvchi tashkilotlar bilan tuziladigan shartnoma asosida oʻqitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy oʻzgartirish va sanatsiya muddati tugallangandan keyin sarflangan mablagʻlarni qaytargan holda bozor istiqboliga ega boʻlgan past rentabelli, zarar koʻrib ishlovchi va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish va sanatsiya qilish rejalarini korxonalarning rahbarlari buyurtmanomalari asosida ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrot korxonalarning mol-mulki sotilgandan keyin ularni qaytargan holda tugatuvchi boshqaruvchilarning buyurtmanomalari boʻyicha bankrot korxonalarga baholash, kadastr va auditorlik tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga haq toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladigan ustav fondida davlat ulushi boʻlgan bankrot korxonalarining mol-mulkini sotish toʻgʻrisidagi reklama va eʼlonlar uchun haq toʻlash, ularning mol-mulkini sotish boʻyicha ommaviy savdolarni tashkil etish xarajatlari, ularda bankrotlik tartibotlarini joriy etish va tugatishni yakunlash xarajatlari, bankrot korxonalarni tugatish bilan bogʻliq boshqa ehtiyojlarga haq toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy nochor korxonalar ishlari organlarini rivojlantirish — Jamgʻarmaga tushuvchi mablagʻlarning 15 foizi miqdorida, shu jumladan kamida 10 foizi — ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga va zamonaviy maʼlumotlarning axborot bazasini shakllantirishga.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining yillik rejali va hisobot smetasi Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamgʻarma mablagʻlari Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi qarorlariga muvofiq, tasdiqlangan smeta doirasida Qoʻmita tomonidan mustaqil ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamgʻarmaning korxonalarni sanatsiyalash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishga va ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish rejalarini ishlab chiqishga, shuningdek ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va xoʻjalik sudi tomonidan bankrot deb eʼtirof etilgan qarzdor korxonalar bankrotligining zarur tartibotlarini amalga oshirishga va ularni tugatishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan qaytarish asosida foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish jarayonida paydo boʻluvchi xarajatlar (rasmiy qarorlar, eʼlonlar va bildirishnomalarni eʼlon qilish va yuborish boʻyicha xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash; mol-mulkni xatlovdan oʻtkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish; tugatilayotgan korxona mol-mulki saqlanishini taʼminlash, mol-mulkni sotish boʻyicha ommaviy sotuvlar tashkil etish; tugatish jarayonini yakunlash; bankrot boʻlgan korxonalarni soddalashtirilgan tartib boʻyicha tugatishni tashkil etish; qarzdor korxonani tugatish bilan bogʻliq boshqa ehtiyojlar) bankrotlikka uchragan korxonaning mol-mulkini sotishdan tushgan mablagʻlar, debitorlik qarzlarni undirish va boshqa aktivlarni navbatdan tashqari sotish hisobiga tiklanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari qoldigʻi keyingi yilga oʻtadi va olib qoʻyilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamgʻarma boʻyicha mablagʻlar tushumi va harakati hisobi Qoʻmitaning markaziy apparatida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manbalarning barcha turlari boʻyicha tushuvchi mablagʻlar Qoʻmitaning maxsus schyotida jamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamgʻarma mablagʻlaridan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoʻmita yilning har choragida Jamgʻarmaning sarflangan mablagʻlari toʻgʻrisida Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga axborot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Nizomni qoʻllash boʻyicha tushuntirishlar Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
26-iyuldagi 362-son qaropiga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 28-dekabrdagi 465-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarorning nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bandning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2 va 3-ilovalardagi Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy organlariga koʻrsatmalar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandning oxirgi xatboshidagi “Davlat mulki qoʻmitasi” soʻzlari “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmalari rahbarlarining taqdimnomasiga koʻra” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vaziri bilan kelishgan holda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qoʻmitaga yiliga Jamgʻarma mablagʻlarining 5 foizidan ortiq boʻlmagan miqdoridan Qoʻmitaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish uchun foydalanish huquqi berilsin”.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-fevraldagi 61-son qarorida 20-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-martdagi 133-son qarorining Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi va uning hududiy organlariga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan Respublika komissiyalari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-martdagi 101-son qaroriga 1-ilovadagi toʻrtinchi komissiyaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 42-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda; 2003-y., 7-8-son, 62-modda, 12-son, 99-modda; 2004-y., 3-son, 32-modda; 2004-y., 7-son, 82-modda; 2005-y., 30-31-son, 235-modda, 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 1-son, 2-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2012-y., 8-9-son, 83-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)