Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
18.06.2020
13.11.2017
19.07.2017
17.10.2016
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
Norasmiy tarjima
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ulushi ustuvor bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot raqobatbardoshligining yanada o‘sishini ta’minlash, davlat ulushiga ega aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning iqtisodiy samarali mexanizmlarini kengaytirish, ular faoliyatini tashkil etish va boshqarishning xalqaro standartlari asosida ularning shaffofligi va hisobdorligini ta’minlash maqsadida, shuningdek, respublikada amalga oshirilayotgan Iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash dasturining asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Iqtisodiyot va infratuzilmani rivojlantirishda strategik o‘ringa va ahamiyatga ega davlat ulushi ishtirokidagi korxonalar aksiyadorlik jamiyati shaklida saqlab qolinsin va ularning faoliyati korporativ boshqaruvning xalqaro standartlariga, shu jumladan faoliyatining shaffofligi, ijro organining qat’iy hisobdorligi va boshqaruv tizimining samaradorligiga qo‘yiladigan talablarga qat’iy muvofiq holda ta’minlansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat to‘g‘risida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyaga qarshi kurash va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oddiy aksiyalari to‘liq holda davlatga tegishli bo‘lgan strategik aksiyadorlik jamiyatlari ro‘yxatini 1-ilovaga muvofiq tasdiqlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasini 2016-2017-yillarda aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar davlat ulushi ustuvor bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha jamiyatlarda Korporativ boshqaruv kodeksining me’yorlari va qoidalarini, birinchi navbatda, faoliyatning shaffofligi va ijro organining hisobdorligi bo‘yicha talablarni jamiyat faoliyatining o‘ziga xosligi va sohaviy ixtisoslashuvini hisobga olgan holda joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishni doimiy ravishda modernizatsiya qilish va yangilash, yuqori texnologiyali, tashqi bozorda raqobatbardosh, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan zamonaviy texnologik va investitsiyaviy siyosatni ishlab chiqish va yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yillik moliyaviy, shu jumladan nufuzli xalqaro kompaniyalar tomonidan mustaqil tashqi auditdan majburiy tartibda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan jamlangan hisobotlarni moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro standartlarga muvofiq, ijro organi faoliyatining samaradorligi ustidan ichki va tashqi nazoratni, Kuzatuv kengashi va aksiyadorlar oldida uning hisobdorligini ta’minlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qo‘yilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiyalar, bozor samaradorligiga erishish, foydalilik va yuqori dividend daromadliligining aniq maqsadli mo‘ljallarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yillik hisobotlarni, xalqaro amaliyotga muvofiq majburiy oshkor etilishi lozim bo‘lgan muhim voqealar to‘g‘risidagi va boshqa axborotlarni majburiy tartibda, shu jumladan Internet tarmog‘ida e’lon qilish, zarur hollarda, davlat sirlarini va belgilangan tartibda qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlarning saqlanishini ta’minlash;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlik jamiyatlari rahbar va boshqaruv xodimlarining, kuzatuv kengashlari a’zolarining, menejerlari va mutaxassislarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.04 Aeroportlar. Aerodromlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi komissiya 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli bo‘lgan aksiyalar aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik boshqaruvi organlariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan aksiyalar aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushi hisoblanmaydi, shuningdek, qonunchilik bilan ularni tasarruf etish va boshqa shaxsga o‘tkazish mexanizmi bo‘yicha qo‘shimcha talablar o‘rnatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-ilovada ko‘rsatilgan aksiyadorlik jamiyatlariga davlatga tegishli bo‘lmagan oddiy aksiyalarni imtiyozli aksiyalarga aylantirishga ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat to‘g‘risida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyaga qarshi kurash va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat unitar korxonalari faqat Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida tashkil etilishi bo‘yicha talablarga qat’iy rioya etilishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 17-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-2635-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-oktabrdagi PQ-2635-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oddiy aksiyalari to‘liq holda davlatga tegishli bo‘lgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
STRATEGIK AKSIYADORLIK JAMIYATLARI RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “O‘zbekneftgaz” MXK
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “O‘zbekenergo” AJ
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “O‘zbektelekom” AJ
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Xalq banki” ATB
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-oktabrdagi PQ-2635-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi komissiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
R.S. Azimov
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri, Komissiya rahbari
G.K. Saidova
—
iqtisodiyot vaziri, Komissiya rahbarining o‘rinbosari
D.A. Xidoyatov
—
Davlat raqobat qo‘mitasi raisi, Komissiya rahbarining o‘rinbosari
U.J. Sunnatov
—
Bosh prokuror o‘rinbosari
kelishuv bo‘yicha
—
Milliy xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari
F.X. Bakiyev
—
Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma ATD mudiri
N.E. Maksumov
—
Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari ATD mudiri
R.M. Mamadaliyev
—
Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari ATD mudiri
M.M. Ikramov
—
adliya vaziri
S.A. Arabov
—
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi raisi
I.B. Turamuratov
—
Davlat geologiya qo‘mitasi raisi
M.M. Mirzayev
—
moliya vazirining o‘rinbosari
A.A. Yuldashev
—
Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
A.R. Toxtayev
—
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
S.S. Xodjayev
—
Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari
K.S. Sanakulov
—
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” bosh direktori
V.N. Tyan
—
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bosh direktori
S.X. Gafarov
—
Davlat raqobat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Komissiya raisi.