17.01.2017 yildagi PF-4933-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 17.01.2017 yildagi PF-4933-son
Date of entry into force
23.01.2017
Hujjat 09.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TADBIRKORLIK MAQSADLARIDA FOYDALANISH UCHUN DAVLAT MULKI OBYEKTLARINI SOTISHNI JADALLASHTIRISH VA UNING TARTIB-TAOMILLARINI YANADA SODDALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish va bu jarayonni jadallashtirish, ularni xususiylashtirishda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, xususiy mulk qilib sotilgan obyektlarda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga davlat mulki boʻlgan nostrategik obyektlarni sotish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish huquqi beriladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlar tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga hamda obyekt joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetiga teng ulushlarda yoʻnaltiriladi, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi tasarrufida qoladigan mablagʻlar bundan mustasno;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov va auksionning birdan bir qatnashchisidan savdo shartlariga toʻliq mos keladigan taklif tushganida davlat mulki obyektini xarid qilish-sotish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishga ruxsat beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yilning 1-iyulidan boshlab davlat mulki obyektlarini baholash aktivlar qiymatiga taʼsir qiluvchi bozorning joriy konyunkturasini va obyektiv omillar yigʻindisini hisobga oluvchi yangilangan milliy standartlar asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xulosasiga muvofiq yaroqsiz deb topilgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini buzish toʻgʻrisidagi qarorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, shuningdek, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar taqiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining talabgor rezidentlaridan tanlov savdolarida davlat mulki obyektlarini sotish vaqtida buyurtmanoma va biznes-rejadan boshqa hujjatlarni talab qilish, davlat mulkining strategik obyektlarini sotish hollari bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qilish organlari va sudlar tomonidan xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan, obyektlar qiymatini baholash natijalarini qayta koʻrib chiqish va bekor qilish masalalarini oʻrtaga qoʻyish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat mulki obyektlarini sotishda xalqaro amaliyotda keng foydalanilayotgan quyidagi shakllar joriy etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fond birjasida aholiga va tadbirkorlik faoliyati subyektlariga aksiyalarni birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) oshkora taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan elektron shaklda oʻtkaziladigan tanlov va auksion.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017-yilning 1-apreliga qadar aksiyadorlik jamiyatlarining roʻyxati hamda ularning aksiyalarini xalqaro amaliyotga muvofiq aholiga va tadbirkorlik faoliyati subyektlariga birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) oshkora taklif etish tartibi yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda davlat mulki obyektlarini sotish boʻyicha hududiy tanlov komissiyalari zimmasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini oʻz vaqtida topish va roʻyxatini aniqlash hamda ularni tanlov savdolariga tezkorlik bilan qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarining ommaviy axborot vositalarida, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida albatta eʼlon qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniq belgilangan mezonlarga, shu jumladan, investitsiyalarning hajmlari va yangi ish oʻrinlari yaratish shartlariga rioya etilgan holda savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlar rasmiy nashr etilgan kundan boshlab 60 kundan oshmagan muddatda davlat mulki obyektlarini sotish boʻyicha tanlov oʻtkazishni tashkil qilish vazifasi yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan respublika mintaqalarida oʻtkazilgan yoppasiga xatlov natijalari boʻyicha xususiy mulk qilib, shu jumladan “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish uchun 600 tadan koʻproq foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari aniqlandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda xatlov natijalariga koʻra aniqlangan davlat mulki obyektlarini xususiy mulk qilib, shu jumladan “nol” xarid qiymatida sotish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulki strategik obyektlarining yagona roʻyxatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinadigan davlat mulki obyektlarini aniqlash mezonlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 17-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-4933-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 3-son, 41-modda, 27-son, 608-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son, 30.12.2021-y., 06/21/45/1228-son; 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)