17.01.2017 yildagi PF-4933-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 17.01.2017 yildagi PF-4933-son
Date of entry into force
23.01.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TADBIRKORLIK MAQSADLARIDA FOYDALANISH UCHUN DAVLAT MULKI OBYEKTLARINI SOTISHNI JADALLASHTIRISH VA UNING TARTIB-TAOMILLARINI YANADA SODDALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish va bu jarayonni jadallashtirish, ularni xususiylashtirishda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, xususiy mulk qilib sotilgan obyektlarda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda munitsipal mulkni sotish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish huquqi beriladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yilning 1-iyulidan boshlab davlat mulki obyektlarini baholash aktivlar qiymatiga ta’sir qiluvchi bozorning joriy konyunkturasini va obyektiv omillar yig‘indisini hisobga oluvchi yangilangan milliy standartlar asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari xulosasiga muvofiq yaroqsiz deb topilgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini buzish to‘g‘risidagi qarorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, shuningdek, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar taqiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining talabgor rezidentlaridan tanlov savdolarida davlat mulki obyektlarini sotish vaqtida buyurtmanoma va biznes-rejadan boshqa hujjatlarni talab qilish, davlat mulkining strategik obyektlarini sotish hollari bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qilish organlari va sudlar tomonidan xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan, obyektlar qiymatini baholash natijalarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish masalalarini o‘rtaga qo‘yish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat mulki obyektlarini sotishda xalqaro amaliyotda keng foydalanilayotgan quyidagi shakllar joriy etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fond birjasida aholiga va tadbirkorlik faoliyati subyektlariga aksiyalarni birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) oshkora taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan elektron shaklda o‘tkaziladigan tanlov va auksion.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017-yilning 1-apreliga qadar aksiyadorlik jamiyatlarining ro‘yxati hamda ularning aksiyalarini xalqaro amaliyotga muvofiq aholiga va tadbirkorlik faoliyati subyektlariga birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) oshkora taklif etish tartibi yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda davlat mulki obyektlarini sotish bo‘yicha hududiy tanlov komissiyalari zimmasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini o‘z vaqtida topish va ro‘yxatini aniqlash hamda ularni tanlov savdolariga tezkorlik bilan qo‘yish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarining ommaviy axborot vositalarida, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida albatta e’lon qilinishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniq belgilangan mezonlarga, shu jumladan, investitsiyalarning hajmlari va yangi ish o‘rinlari yaratish shartlariga rioya etilgan holda savdolar o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonlar rasmiy nashr etilgan kundan boshlab 60 kundan oshmagan muddatda davlat mulki obyektlarini sotish bo‘yicha tanlov o‘tkazishni tashkil qilish vazifasi yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan respublika mintaqalarida o‘tkazilgan yoppasiga xatlov natijalari bo‘yicha xususiy mulk qilib, shu jumladan “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish uchun 600 tadan ko‘proq foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari aniqlandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda xatlov natijalariga ko‘ra aniqlangan davlat mulki obyektlarini xususiy mulk qilib, shu jumladan “nol” xarid qiymatida sotish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulki strategik obyektlarining yagona ro‘yxatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinadigan davlat mulki obyektlarini aniqlash mezonlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 17-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-4933-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 3-son, 41-modda, 27-son, 608-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son, 30.12.2021-y., 06/21/45/1228-son; 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)