1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalarini tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2850]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq 2017-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 22-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-son buyrugʻiga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Yagona gʻazna hisobvaragʻini (bundan buyon matnda YAGʻH deb yuritiladi) qoʻllash orqali Oʻzbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlari (bundan buyon matnda budjet tizimi budjetlari deb yuritiladi), shuningdek boshqa maqsadli jamgʻarmalar budjetlarining (bundan buyon matnda BMJ deb yuritiladi) maxfiy xususiyatga ega boʻlmagan daromad va xarajatlarining gʻazna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BMJ — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi) huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli shaxs — gʻaznachilik boʻlinmasining tarkibiy boʻlinmasi, budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi, BMJ budjetidan mablagʻ oluvchi va taqsimlovchi organ rahbari yoki uni oʻrnini bosuvchi, tegishli rahbarlik vazifalari va funksiyalarini bajarish yuklatilgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridlari — budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat maqsadli jamgʻarmalarini (bundan buyon matnda DMJ deb yuritiladi) taqsimlovchi organ — qonun hujjatlariga muvofiq budjet va boshqa vakolatlarni amalga oshiruvchi DMJ boshqarish uchun masʼul boʻlgan organ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kapital qoʻyilma buyurtmachisi — budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi, DMJ va BMJ budjetlaridan mablagʻ oluvchi va taqsimlovchi organning yagona buyurtmachi xizmati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼul xodim — zimmasiga tegishli xizmat vazifalari va funksiyalarni bajarish yuklatilgan xodim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy majburiyatlar — budjet tashkilotlarida va budjet mablagʻlari oluvchilarda, shuningdek BMJ budjetidan mablagʻ oluvchilarda ularga pul mablagʻlarini oʻtkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan, ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi — budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va BMJ budjetidan mablagʻ oluvchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik majburiyatlar — tuzilgan shartnomalar, shuningdek tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qarorlari asosida budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar, shuningdek BMJ budjetidan mablagʻ oluvchilarda yuzaga keladigan majburiyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“OʻRMV” AT — tegishli budjetlarning budjet jarayonini kompleks avtomatlashtirish, shu jumladan budjet tizimi budjetlari va BMJ budjetlari ijrosi bilan bogʻliq operatsiyalarni aks ettirish uchun moʻljallangan axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“UzASBO” DM — budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobi va hisobotining yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun moʻljallangan dasturiy majmua.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Qoidalarning amal qilishi budjet tizimi budjetlari va BMJ budjetlarining gʻazna ijrosi jarayonida ishtirok etuvchi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari, gʻaznachilik boʻlinmalari va buyurtmachilarga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan yuridik majburiyatlar, shuningdek ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng kuchga kiradi. Bunda yuridik majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlar gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun joriy moliya yilining 25-dekabridan kechiktirmay taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Buyurtmachilarning I va II guruh boʻyicha xarajatlar toʻlovi birinchi navbatda amalga oshiriladi. Bunda I guruh xarajatlarini II guruh xarajatlari toʻlovisiz amalga oshirish taqiqlanadi (ish haqi uchun olingan avanslardan tashqari). Tegishli budjetda I va II guruh xarajatlari toʻlovi uchun zarur mablagʻlarni qoplaydigan qoldiqlar mavjud boʻlganda, I va II guruh xarajatlarini toʻliq amalga oshirgan tashkilotlar boʻyicha III va IV guruh xarajatlarini amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. IV guruh boʻyicha mablagʻlarning sarflanishi belgilangan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat va dori-darmon;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kommunal xizmatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yonilgʻi va yoqilgʻi-moylash materiallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa xarajatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda IV guruh hisobidan amalga oshiriladigan quyidagi xarajatlar I guruh toʻlovlarga tenglashtiriladi va I guruh xarajatlariga belgilangan muddatlarda toʻlanishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul shaklidagi ijtimoiy yordam nafaqalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga nafaqalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
natura shaklidagi ijtimoiy yordam nafaqalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yolgʻiz qariyalar uchun oziq-ovqat sotib olish xarajatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat xaridlarini amalga oshirilishi va ularning yakunlari toʻgʻrisidagi eʼlonlar buyurtmachilar tomonidan maxsus axborot portalida (Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining maxsus veb-saytida) joylashtirilishi kerak. Bunda davlat xaridlarini amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlar maxsus axborot portalida ushbu xaridlar amalga oshirilishidan kamida oʻn kun oldin va joriy moliya yilining 10-dekabridan kechikmagan muddatda joylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Gʻaznachilik boʻlinmalari mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlari asosida toʻlovlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarini qogʻoz shaklda rasmiylashtirgandan soʻng ularni “UzASBO” DMga kiritadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga elektron shaklini yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan elektron toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarining qogʻoz koʻrinishdagi asli gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi. Toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarining qogʻoz va elektron shaklda rasmiylashtirilishi, ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi, oʻzaro muvofiqligi va aslining saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Xarajatlarni toʻlashga toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlari gʻaznachilik boʻlinmalariga toʻlov amalga oshiriladigan sanadan kechi bilan bir ish kuni oldin taqdim etiladi. Buyurtmachilar elektron toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarini gʻaznachilik boʻlinmalariga “UzASBO” DM orqali toʻlovni amalga oshirish kunida yuborishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim qilingan toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlari oʻn kun muddatgacha amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar koʻchirmalarni elektron hujjat koʻrinishida “UzASBO” DMdan oladi va elektron tarzda taqdim qilingan koʻchirmalar buyurtmachilarga qogʻoz koʻrinishida taqdim etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. YAGʻH bilan qamrab olinmagan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarni Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtirish gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan ularning bank hisobvaraqlariga mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shaklda Moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmasi tomonidan taqdim qilinadigan Budjet mablagʻlarini oʻtkazish (soʻzsiz undirish) uchun soʻrovnomaga asosan YAGʻHdan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. YAGʻH orqali xizmat koʻrsatiladigan buyurtmachilar moliyaviy hisobotlarni yuqori turuvchi tashkilotlarga, budjet mablagʻlari taqsimlovchilariga va hududiy moliya organlariga taqdim qilishdan oldin moliyaviy hisobotlar koʻrsatkichlarini tegishli hisobot davrida gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlariga muvofiqligini ularga xizmat koʻrsatuvchi gʻaznachilik boʻlinmalari bilan solishtiradi. Buyurtmachilarning hisobotlari toʻgʻri boʻlganda ular belgilangan shakldagi shtamp qoʻyilgan holda gʻaznachilik boʻlinmalarining budjet hisobi boʻyicha vakolatli xodimlari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “UzASBO” DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan elektron moliyaviy hisobotlarining qogʻoz koʻrinishdagi asli gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va gʻaznachilik boʻlinmalarining shtampi va imzosi bilan tasdiqlanmaydi. Elektron moliyaviy hisobotlarining rasmiylashtirilishi va ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Buyurtmachi rahbarining buyrugʻi bilan gʻaznachilik boʻlinmasi bilan ishlash uchun buyurtmachining mazkur Qoidalar talablari bilan tanishtirilgan masʼul xodimlari belgilanadi. Buyurtmachining ushbu buyrugʻining nusxasi tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga buyurtmachining kuzatuv xati bilan taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Budjet tashkilotlari tomonidan tashqi qarzlarning jalb qilinishi, ssuda va kreditlar olinishi, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga lizing shartnomalarini tuzish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. YAGʻH va boshqa gʻazna hisobvaraqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. YAGʻH Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladigan va Moliya vazirligi tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvaragʻi hisoblanadi. Moliya vazirligi (gʻaznachilik boʻlinmalari) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida va boshqa banklarda oʻzga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi), DMJ va BMJ budjetlariga toʻlanadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar YAGʻHga kirim qilinadi va qonun hujjatlariga muvofiq mos ravishda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, Toshkent shahar va viloyatlar mahalliy budjetlari, DMJ va BMJ budjetlari daromadlarida aks ettiriladi. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari YAGʻHga kirim qilinadi va mazkur tashkilotlarga tushumlar sifatida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Budjet tizimi va BMJ budjetlari xarajatlari YAGʻH yoki Moliya vazirligining (gʻaznachilik boʻlinmalarining) boshqa bank hisobvaraqlaridan Moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda hamda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DMJ va BMJ budjetlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari qoldigʻi doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Debitor qarzdorlik summalari, shuningdek deponentlangan mablagʻlar YAGʻHga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarining budjet mablagʻlari boʻyicha — joriy moliya yilida hamda moliya yiliga qoʻshimcha davr mobaynida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari va BMJ mablagʻlari boʻyicha — joriy moliya yilida tegishli kassa xarajatlarini tiklash orqali kirim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga joriy moliya yilida qaytarilgan oʻtgan yillarning budjet mablagʻlari boʻyicha debitor qarzdorliklari summalarini kirim qilish uchun “OʻRMV” ATda budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha (4004 mablagʻlar manbasi bilan) shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Buyurtmachilarning joriy moliya yilida qaytarilgan oʻtgan yillarning debitor qarzdorlik summalari YAGʻHga kirim qilinadi va:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet mablagʻlari boʻyicha — budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning oʻtgan yillarning debitorlik qarzdorligini hisobga olish boʻyicha budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida ushbu summalarni keyinchalik tegishli budjetlarning joriy moliya yili daromadiga oʻtkazish bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DMJ va BMJ mablagʻlari boʻyicha — DMJ va BMJ budjetlarining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida joriy moliya yilining daromadlari sifatida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha — budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida joriy moliya yilining daromadlari sifatida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Joriy moliya yilida qaytarilgan oʻtgan yillarning budjet mablagʻlari boʻyicha debitor qarzdorliklari summalari budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan tegishli budjet daromadiga oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Debitor qarzdorliklar summalari qoldiqlari oʻz vaqtida yoki hisobot oyi tugaguniga qadar oʻtkazilmagan hollarda joriy oyning oxirgi ish kunida gʻaznachilik boʻlinmalari ushbu mablagʻlarni mustaqil ravishda tegishli budjetlar daromadlariga oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Budjet tashkilotlarning tovar-moddiy qimmatliklarini yoki asosiy vositalarini sotishdan, shuningdek inventarizatsiya (tekshirishlar) natijalari boʻyicha tushgan mablagʻlar YAGʻHga kirim qilinadi hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida keyinchalik budjet tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq qayta taqsimlash orqali hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. DMJ yoki BMJ budjetlaridan mablagʻ oluvchilarning joriy moliya yilida qaytarilgan oʻtgan yillarning debitor qarzdorlik summalari, shuningdek tovar-moddiy qimmatliklarini yoki asosiy vositalarni sotishdan va inventarizatsiya (tekshirishlar) natijalari boʻyicha tushgan mablagʻlari YAGʻHga kirim qilinadi va tegishli DMJ va BMJ budjetlarida joriy moliya yilining daromadi sifatida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda DMJ yoki BMJ budjetlaridan mablagʻ oluvchilarning budjet mablagʻlari hisobidan sotib olingan tovar-moddiy qimmatliklarini yoki asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablagʻlar tegishli budjetlar daromadiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan toʻlangan darsliklar ijara toʻlovlari va darsliklar yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalarni yoʻqotilganlik yoki yaroqsiz holga keltirilganlik uchun toʻlovlar boʻyicha tushumlarning kirim qilinishi, shuningdek ularni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilishi taʼlim muassasalarining tegishli (4011 mablagʻlar manbasi bilan) shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim muassasalarining tegishli (4011 mablagʻlar manbasi bilan) shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilishi “OʻRMV” ATda avtomatlashtirilgan ravishda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Naqd pul mablagʻlarini olish uchun, shu jumladan buyurtmachilarning xodimlariga ish haqi toʻlash, shuningdek xizmat safari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa naqd pul shaklidagi toʻlovlar uchun gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan tijorat banklarida mos ravishda 23212 “Moliya vazirligi Gʻaznachiligi mablagʻlari” va 23214 “Gʻaznachilikning hududiy boʻlinmalari mablagʻlari” hisobvaraqlari ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Gʻaznachilik boʻlinmalarining 23212 “Moliya vazirligi Gʻaznachiligi mablagʻlari” va 23214 “Gʻaznachilikning hududiy boʻlinmalari mablagʻlari” hisobvaraqlaridan koʻchirmalar ularga ilovalar bilan xizmat koʻrsatuvchi banklardan gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan mazkur hisobvaraqlarda mablagʻlar harakatining keyingi ish kunida olinadi. Koʻchirmalar va ularga ilovalar tegishli banklar tomonidan elektron hujjat koʻrinishida — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki axborot tizimi (tijorat banklari) va “OʻRMV” AT maʼlumotlar bazalari oʻrtasida maʼlumot almashish yoʻli bilan taqdim qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda elektron tarzda taqdim qilingan koʻchirmalar va ularga ilovalar qogʻoz koʻrinishida gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Budjet tizimi budjetlari, shuningdek BMJ budjetlari daromadlariga kirim qilish uchun asos boʻlmagan YAGʻHga kelib tushgan mablagʻlar gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan aniqlanmagan tushumlar sifatida qabul qilinadi. Agar uch ish kuni mobaynida ushbu tushumlarni aniqlash hamda ularni tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarga kirim qilish imkoni boʻlmasa, gʻaznachilik boʻlinmalari ularni uchinchi ish kunida, biroq joriy yilning 31-dekabridan kechiktirmasdan mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Yagona gʻazna hisobvaragʻidan toʻlanishi (qaytarilishi) lozim boʻlgan aniqlanmagan tushumlar boʻyicha elektron toʻlov topshiriqnomalari reyestri asosida “OʻRMV” ATda elektron toʻlov hujjatini shakllantirish orqali mablagʻlar qaysi bank hisob raqamlaridan oʻtkazib berilgan boʻlsa shu bank hisob raqamlariga qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. YAGʻHdan toʻlovlarni oʻtkazish uchun “Bank-Gʻaznachilik” dasturiy majmuasi orqali yuborilgan toʻlov topshiriqnomalarining asli Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etilmaydi va gʻaznachilik boʻlinmalarida saqlanadi, bundan “UzASBO” DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan elektron toʻlov topshiriqnomalari mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. “OʻRMV” ATda daromadlar va xarajatlar yoyilmasini shakllantirish va roʻyxatga olingan xarajatlar smetalari va kelgusida ularga oʻzgartirishlar boʻyicha maʼlumotlarni kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Daromadlar prognozlari, tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, DMJ va BMJ budjetlari hisobini yuritish uchun Moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari va tuman (shahar) moliya boʻlimlari, DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan “OʻRMV” ATda quyidagilar shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) budjet mablagʻlari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarajatlar smetalari Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida roʻyxatga olinguniga qadar — birinchi chorak uchun oylar kesimida tegishli moliya organlarida roʻyxatga olingan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari maʼlumotlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarajatlar smetalari Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida roʻyxatga olinganidan soʻng — oylar kesimida tegishli moliya organlarida roʻyxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga oʻzgartirishlar, shuningdek budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan tasarrufidagi budjet tashkilotlarining roʻyxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga oʻzgartirishlar boʻyicha maʼlumotlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) budjet tashkilotlarining tegishli budjetdan tashqari jamgʻarmalari boʻyicha — budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalari hamda ularga oʻzgartirishlar boʻyicha maʼlumotlarni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. DMJ va BMJ taqsimlovchi organlar “OʻRMV” ATga quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarajatlar smetalari roʻyxatga olinguniga qadar — birinchi chorak uchun oylar kesimida tegishli DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan roʻyxatga olingan vaqtinchalik xarajatlar smetalari maʼlumotlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarajatlar smetalari roʻyxatga olinganidan soʻng — oylar kesimida tegishli DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan roʻyxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga oʻzgartirishlar boʻyicha maʼlumotlarni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasi buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan, dastlab ularga shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochilganida hamda keyinchalik doimiy ravishda moliya yili boshlanishidan kamida besh ish kuni oldin har moliya yili uchun mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shaklda uch asl nusxada tuziladi va tegishli gʻaznachilik boʻlinmalariga ikki asli taqdim qilinadi. Kartochkaning bir asli yuridik majburiyatlarni roʻyxatga oluvchi masʼul xodimda, ikkinchi asli esa moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatga oluvchi va xarajatlar toʻlovini amalga oshiruvchi masʼul xodimda saqlanadi. Kartochkaning uchinchi asli buyurtmachi yoki kapital qoʻyilma buyurtmachisida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasi buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilarining yuqori turuvchi tashkilotlari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilarining yuqori turuvchi tashkiloti boʻlmasa, unda imzolar namunalari va muhr izi kartochkasi mazkur buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilarining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasining orqa tomonida buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari raqamlari va nomlari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasiga buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilarining rahbari, bosh buxgalteri va uning oʻrinbosari, shuningdek yuriskonsult (yurist) yoki rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxslarning imzolari namunalari kiritiladi va buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilarining muhr izi bilan tasdiqlanadi. Agar buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilarida yuriskonsult (yurist) shtati mavjud boʻlmasa, uning imzosi boʻlishi talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasidagi imzolar namunalari tegishli xodimlarning oʻz qoʻllari bilan qoʻyilgan boʻlishi lozim. Imzolar namunalari faksimile orqali qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Birinchi imzo huquqi bosh buxgalterga yoki ikkinchi imzo huquqiga ega boshqa shaxslarga berilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachilarda buxgalter lavozimi boʻlmaganda imzolar namunalari va muhr izi kartochkasining ikkinchi imzo qatorida “Nazarda tutilmagan” yozuvi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Shaxslarga vaqtinchalik birinchi yoki ikkinchi imzo huquqi berilganda, shuningdek rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxslardan biri vaqtinchalik almashtirilganda vaqtincha vakolatga ega boʻlgan shaxsning imzo namunasi boʻlgan kartochka, amal qilish muddati koʻrsatilgan holda mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shaklda uch asl nusxada tuziladi va tegishli gʻaznachilik boʻlinmalariga ikki asli taqdim qilinadi. Vaqtinchalik kartochka mazkur Qoidalarning 31-bandida belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Vaqtinchalik kartochkaning birinchi asli yuridik majburiyatlarni roʻyxatga oluvchi masʼul xodimda, ikkinchi asli esa moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatga oluvchi va xarajatlar toʻlovini amalga oshiruvchi masʼul xodimda saqlanadi. Kartochkaning uchinchi asli buyurtmachi yoki kapital qoʻyilma buyurtmachisida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Buyurtmachi yoki kapital qoʻyilma buyurtmachisining imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida aks ettirilgan muhr oʻzgarganda, imzolardan biri almashganda yoki toʻldirilganda, mazkur buyurtmachi yoki kapital qoʻyilma buyurtmachisi tasdiqlangan yangi imzolar namunalari va muhr izi kartochkasini taqdim etadi. Amal qilish muddati tugagan imzolar namunalari va muhr izi kartochkalari gʻaznachilik boʻlinmasida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Gʻaznachilik boʻlinmalari imzolar namunalari va muhr izi kartochkasidan buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilarining yuridik va moliyaviy majburiyatlarini roʻyxatdan oʻtkazishda va hisobga olishda, shuningdek toʻlovlarni amalga oshirishda ulardagi imzolar va muhr izini imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida koʻrsatilgan imzolar va muhr izi namunalariga solishtirishda foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilarining gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim qilingan yuridik va moliyaviy majburiyatlarini tasdiqlovchi hujjatlardagi imzolar va muhr izining haqiqiyligiga buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilari rahbarlari va bosh buxgalterlari javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Budjet tizimi budjetlari daromadlarining gʻazna ijrosi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjeti va DMJ budjetlari daromadlarining gʻazna ijrosi Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2771, 2016-yil 30-mart) muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari YAGʻHga kirim qilinadi va mazkur budjet tashkilotlariga tushumlar yoki budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan avval amalga oshirilgan kassa xarajatlarining tiklanish summalari sifatida ularning budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga kelib tushgan mablagʻlarni toʻgʻri aks ettirilishini taʼminlash uchun banklar tomonidan shakllantiriladigan elektron toʻlov hujjatlarining “toʻlov maqsadi” grafasida mazkur Qoidalarning 6-ilovasiga muvofiq Toʻlov turlari boʻyicha maʼlumotnomada koʻrsatilgan tegishli toʻlov kodlari, shuningdek budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari boʻyicha tegishli budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga notoʻgʻri yoki ortiqcha kelib tushgan mablagʻlarni, shuningdek DMJ va BMJ shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga notoʻgʻri yoki ortiqcha kelib tushgan mablagʻlarning qaytarilishi gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan budjet tashkilotlari, DMJ va BMJ taqsimlovchi organlarning yozma murojaatlari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan toʻlov hujjatlari asosida amalga oshiriladi, bundan davlat soliq xizmati organlari tomonidan undiriladigan toʻlovlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining depozit gʻazna hisobvaraqlaridan mablagʻlarni toʻlovchilarga qaytarish faqat toʻlov hujjatlari asosida, davlat soliq xizmati organlarining tegishli budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan mablagʻlarni toʻlovchilarga qaytarish esa soliq organlarining tegishli xulosalari va toʻlov hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. I va II guruh xarajatlari boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. I va II guruh xarajatlari boʻyicha yuridik majburiyatlar gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan shartnomalar va mazkur Qoidalarning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi I va II guruh xarajatlari boʻyicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar (bundan buyon matnda YUMMR buyurtmalari deb yuritiladi) asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi yoki hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar YUMMR buyurtmasini qogʻoz shaklda rasmiylashtirganidan soʻng ularni “UzASBO” DMga kiritadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga elektron shaklini yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan elektron YUMMR buyurtmalarining qogʻoz koʻrinishdagi asli gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi. YUMMR buyurtmalarining qogʻoz va elektron shaklda rasmiylashtirilishi, ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi, oʻzaro muvofiqligi va aslining saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish uchun buyurtmachilar gʻaznachilik boʻlinmalariga mazkur shartnomaning ikkita asli va bitta nusxasini, shuningdek mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq shaklda ikki asl nusxada Toʻlovlar jadvali taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Buyurtmachilarning “UzASBO” DM orqali elektron shaklda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan YUMMR buyurtmalari gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan bir ish kuni ichida masʼul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “OʻRMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʻrsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. “UzASBO” DMga ulanmagan buyurtmachilar YUMMR buyurtmalarini qogʻoz shaklida ikki asl nusxada, unda koʻrsatilgan summalarni toʻlashga toʻlov hujjatlari ilova qilingan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda mazkur YUMMR buyurtmalarini roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olishda gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari mazkur Qoidalarning 47 — 51-bandlariga muvofiq ish yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari YUMMR buyurtmalarini qabul qilganlaridan soʻng YUMMR buyurtmalariga qabul qilib olgan sanasini koʻrsatgan holda oʻz imzolarini qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari bir ish kuni mobaynida YUMMR buyurtmalarida koʻrsatilgan summalarni xarajatlarni qoplashga tegishli manbalarning (budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va BMJ mablagʻlari) mavjudligiga, shuningdek ularga ilova qilingan toʻlov hujjatlaridagi summalarni YUMMR buyurtmalarida koʻrsatilgan summalarga muvofiqligi yuzasidan tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va BMJ mablagʻlari boʻyicha — YUMMR buyurtmalarining ikki asliga roʻyxatdan oʻtkazish raqami va sanasini koʻrsatgan holda “Roʻyxatdan oʻtkazildi” shtampini va shaxsiy imzosini qoʻyish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari boʻyicha — YUMMR buyurtmalarining ikki asliga hisobga olish raqami va sanasini koʻrsatgan holda “Buyurtma boʻyicha toʻlovlar shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi qoldigʻi doirasida amalga oshiriladi” yozuvi bilan “Hisobga olindi” shtampini va shaxsiy imzosini qoʻyish yoʻli bilan hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. YUMMR buyurtmalarida kamchiliklar aniqlanganida, gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari YUMMR buyurtmasida kamchiliklarini koʻrsatgan holda uni buyurtmachining masʼul xodimiga qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Kamchiliklari koʻrsatib qaytarilgan YUMMR buyurtmalari toʻgʻrisidagi maʼlumot hisobi gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan “OʻRMV” ATda elektron shaklda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. YUMMR buyurtmasi gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilganidan yoki hisobga olinganidan soʻng buyurtmachilarning masʼul xodimlari YUMMR buyurtmasining ikki asliga qabul qilib olgan sanasini koʻrsatgan holda oʻz imzosini qoʻyadi va YUMMR buyurtmasining bir asli buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytariladi. YUMMR buyurtmasining ikkinchi asli gʻaznachilik boʻlinmalarida saqlash uchun qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. III guruh xarajatlari boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. III guruh xarajatlari boʻyicha yuridik majburiyatlar kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari (ularga qoʻshimcha va oʻzgartirishlarni ham inobatga olgan holda) (bundan buyon matnda shartnomalar deb yuritiladi) asosida gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilishi yoki hisobga olinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda shartnomalarda qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida avans toʻlovlari qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun tanlov savdolari natijalari boʻyicha belgilangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda teng ulushlarda ajratilishi nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. III guruh xarajatlari boʻyicha shartnomalar amal qilish muddati tegishli moliya yilining 31-dekabridan kechikmasdan tuzilishi lozim, kapital qoʻyilmalar boʻyicha shartnomalar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin boʻlgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Shartnomalar aniq va ravshan siyoh yoki sharikli ruchka yoki yozuv mashinasida yozilgan holda toʻldirilishi lozim. Bunda tuzatishlar, oʻchirib yozishlar yoki toʻgʻrilashlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Agar shartnomada ikkinchi tomonning xabarnomasiga koʻra shartnoma qoʻshimcha kelishuvsiz bekor qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa ushbu shartnoma boʻyicha yuridik majburiyatni bekor qilish kapital qoʻyilma buyurtmachilarining mazkur Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha ikki asl nusxada Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmasi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) mazkur shartnoma shartlariga muvofiq shartnoma bekor qilinishiga qarshiligi yoʻqligi toʻgʻrisidagi yozma xabarnomasi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu yuridik majburiyatni bekor qilishni roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olishda gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari mazkur qoidalarning 59 — 61-bandlariga muvofiq ish yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Kapital qoʻyilma buyurtmachilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarida tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Kapital qoʻyilma buyurtmachilari yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish uchun gʻaznachilik boʻlinmalariga shartnomaning ikkita asli va bitta nusxasi bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki asl nusxada Toʻlovlar jadvali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma summasi 50 ming AQSH dollaridan kam miqdorni tashkil etganida qonun hujjatlariga muvofiq erkin savdolar oʻtkazish bayonnomasi nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma summasi 50 ming AQSH dollari va undan ortiq miqdorni tashkil etganida qonun hujjatlariga muvofiq tanlov (tender) savdolari oʻtkazish bayonnomasi nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq tanlov (tender) savdolarisiz tuzilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorining nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari natijalari hisobotining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishilgan nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining qurilish-montaj ishlarini bajarishga (qurilishning butun davri uchun berilgan) ruxsati nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish obyekti titul roʻyxati nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudrat tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurtalash yuzasidan shartnomasi nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi nusxasi (zarur boʻlganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, hisob-kitob (smeta) qiymati 2,0 mlrd soʻm va undan ortiq boʻlgan ijtimoiy va fuqaro obyektlari boʻyicha qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli roʻyxatlarining Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nusxasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli qarorlari mavjud boʻlgan obyektlar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlarni parallel ravishda loyihalashtirish bilan bir vaqtda qurish va rekonstruksiya qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori nusxasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Kapital qoʻyilmaga xarajatlar turli manbalar hisobidan, investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar doirasida, Davlat budjeti mablagʻlari, kredit mablagʻlari, davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek xalqaro va chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari va boshqalar qarzlari hamda grantlari hisobidan moliyalashtiriladigan hollarda shartnomalar, ishlar bajarilganligini tasdiqlovchi birlamchi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish tegishli xalqaro shartnomalar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari shartnomani mazkur Qoidalarning 57-bandida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilingan holda qabul qilib olishda Toʻlovlar jadvalining ikki asliga mazkur hujjatlarni qabul qilib olgan sanasini koʻrsatgan holda oʻz imzosini qoʻyadi, shartnomalar mazkur Qoidalar talablariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilganidan yoki hisobga olinganidan soʻng esa kapital qoʻyilma buyurtmachilarining masʼul xodimlari Toʻlovlar jadvalining ikki asliga shartnomani qabul qilib olgan sanasini koʻrsatgan holda oʻz imzosini qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan shartnoma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida shartnomada koʻrsatilgan summani shartnomada koʻrsatilgan xarajatlarni qoplashga tegishli manbaning (budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va BMJ mablagʻlari) mavjudligini, tomonlarning zarur rekvizitlari, muhrlari va imzolari, muhrlar va imzolarning kapital qoʻyilma buyurtmachisi tomonidan taqdim etilgan imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida koʻrsatilgan imzolar va muhr iziga mosligini, shuningdek mazkur Qoidalarning 57-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning mavjudligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Shartnomalarni mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshirishda kamchiliklar boʻlmagan hollarda shartnomalar taqdim etilganidan soʻng toʻrtinchi ish kunidan kechiktirmay gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq holda taqdim etilgan shartnomalar roʻyxatdan oʻtkazilmasdan yoki hisobga olinmasdan, mazkur Qoidalarning 11-ilovasiga muvofiq shaklda Shartnomalarni qaytarish varaqasida uni roʻyxatdan oʻtkazmasdan yoki hisobga olmasdan qaytarishning asosli sabablarini yozma koʻrsatgan holda qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Qaytarilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumot hisobi gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan “OʻRMV” ATda elektron koʻrinishda mazkur Qoidalarning 12-ilovasiga muvofiq shaklda Qaytarilgan shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Shartnomalarni qaytarish varaqalarida koʻrsatilgan barcha kamchiliklar toʻliq bartaraf etilgan hollarda, shuningdek qayta taqdim etilgan shartnomalarda avval Shartnomalarni qaytarish varaqalarida koʻrsatilmagan boshqa kamchiliklar boʻlmaganda gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan shartnomani kapital qoʻyilma buyurtmachilariga takroran qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va BMJ mablagʻlari boʻyicha — masʼul xodim tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asli, shuningdek nusxasining barcha varaqlariga roʻyxatdan oʻtkazish raqami va sanasini koʻrsatib “Roʻyxatdan oʻtkazildi” shtampini va shaxsiy imzosini qoʻyish, shuningdek gʻaznachilik boʻlinmasining vakolatli shaxsi tomonidan shaxsiy imzosini va “Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish” muhrini qoʻyish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari boʻyicha — masʼul xodim tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asli, shuningdek nusxasining barcha varaqlariga hisobga olish raqami va sanasini koʻrsatgan holda “Shartnoma boʻyicha toʻlovlar shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi qoldigʻi doirasida amalga oshiriladi” yozuvi bilan “Hisobga olindi” shtampini va shaxsiy imzosini qoʻyish hamda vakolatli shaxs tomonidan shaxsiy imzosini qoʻyish yoʻli bilan hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Shartnomalar roʻyxatdan oʻtkazilganidan yoki hisobga olinganidan soʻng shartnomaning ikkita asli va Toʻlovlar jadvalining bitta asli kapital qoʻyilma buyurtmachisiga qaytariladi, roʻyxatga olingan yoki hisobga olingan shartnomaning nusxasi, Toʻlovlar jadvalining ikkinchi asli va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq shartnoma bilan taqdim etilgan hujjatlar nusxalari esa gʻaznachilik boʻlinmalarida saqlash uchun qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Manzilli roʻyxatlar asosida bir necha yil amalga oshiriladigan shartnomalar boʻyicha joriy moliya yilining yuridik majburiyatlari gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan kapital qoʻyilmalarning joriy moliya yili uchun tasdiqlangan manzilli roʻyxatida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida roʻyxatdan oʻtkaziladi yoki hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalar boʻyicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yilida roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Kafolat muddati tugaganidan soʻng toʻlanadigan obyekt qiymatidan 5 foiz kafolat summasi boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki asl nusxada Toʻlovlar jadvali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish obyektini qabul qilish boʻyicha tegishli davlat komissiyasining dalolatnomasi nusxasi va obyektdan foydalanuvchi tashkilot maʼlumotnomasi (xati) nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kapital qoʻyilma buyurtmachisi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) oʻrtasida tuzilgan solishtirish dalolatnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manzilli roʻyxat nusxasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan shartnomalarga muvofiq yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yilida roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va BMJ mablagʻlari boʻyicha — masʼul xodim tomonidan Toʻlovlar jadvalining barcha asl nusxalariga (qoʻshimcha kelishuvning barcha varaqlariga) roʻyxatdan oʻtkazish raqami va sanasini koʻrsatib “Roʻyxatdan oʻtkazildi” shtampini va shaxsiy imzosini qoʻyish, shuningdek gʻaznachilik boʻlinmasining vakolatli shaxsi tomonidan shaxsiy imzosini va “Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish” muhrini qoʻyish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari boʻyicha — masʼul xodim tomonidan Toʻlovlar jadvalining barcha asl nusxalariga (qoʻshimcha kelishuvning barcha varaqlariga) hisobga olish raqami va sanasini koʻrsatgan holda “Shartnoma boʻyicha toʻlovlar shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi qoldigʻi doirasida amalga oshiriladi” yozuvi bilan “Hisobga olindi” shtampini va shaxsiy imzosini qoʻyish hamda vakolatli shaxs tomonidan shaxsiy imzosini qoʻyish yoʻli bilan hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Kapital qoʻyilma buyurtmachilarining buyurtmachi xizmatini saqlab turishga mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish har bir obyekt boʻyicha tasdiqlangan manzilli va titul roʻyxatlarida mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida kapital qoʻyilma buyurtmachisi tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etiladigan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan va hisobga olingan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobi “OʻRMV” ATda mazkur Qoidalarning 13-ilovasiga muvofiq shaklda Shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) kitobida elektron koʻrinishda yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. IV guruh xarajatlari boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. IV guruh xarajatlari boʻyicha yuridik majburiyatlar buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar (yigʻimlar, badallar, soliqlar va boshqa toʻlovlar boʻyicha yuridik majburiyatlar) asosida gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilishi yoki hisobga olinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda buyurtmachilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish toʻgʻrisida tuziladigan shartnomalarida 15 foiz miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirish nazarda tutiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. IV guruh xarajatlari boʻyicha shartnomalar amal qilish muddati tegishli moliya yilining 31-dekabridan kechikmagan muddatga tuzilishi lozim, manzilli roʻyxatlar asosida muddati bir necha yilni tashkil qilishi mumkin boʻlgan kapital taʼmirlash xarajatlari boʻyicha shartnomalar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin boʻlgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Shartnomalar aniq va ravshan siyoh yoki sharikli ruchka yoki yozuv mashinasida yozilgan holda toʻldirilishi lozim. Bunda tuzatishlar, oʻchirib yozishlar yoki toʻgʻrilashlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Agar shartnomada ikkinchi tomonning xabarnomasiga koʻra shartnoma qoʻshimcha kelishuvsiz bekor qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu shartnoma boʻyicha yuridik majburiyatni bekor qilish buyurtmachilarning ikki asl nusxada Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmasi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) mazkur shartnoma shartlariga muvofiq shartnomani bekor qilinishiga qarshiligi yoʻqligi toʻgʻrisidagi yozma xabarnomasi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda mazkur yuridik majburiyatni bekor qilishni roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olishda gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari mazkur Qoidalarning 98 — 100-bandlariga muvofiq ish yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Buyurtmachilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarida tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Buyurtmachilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilardan (pudratchilardan) tegishli litsenziyaning yoki ruxsatnoma tusidagi hujjatning nusxasini (tovarlarni yetkazish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalashni yoki ruxsatnoma tusidagi hujjat olishni talab qilsa) soʻrab oladi. Ushbu hujjatlar nusxasi gʻaznachilik boʻlinmalariga roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish uchun taqdim etiladigan shartnomalar bilan birga taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Buyurtmachilar tomonidan qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar hajmi, mos ravishda, budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va BMJ mablagʻlari hajmi bilan chegaralanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi doirasida tuzilgan asosiy shartnomaga qoʻshimcha kelishuv tanlov (tender) savdolari oʻtkazilishi talab qilinmaydigan hollarda mazkur qoʻshimcha kelishuv boʻyicha Toʻlovlar jadvalida birinchi chorak uchun nazarda tutilgan summa asosiy shartnoma boʻyicha amalga oshirilgan kassa xarajatlaridan kam boʻlmaslik sharti bilan tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Davriy bosma nashrlarning obunasi va yetkazib berish uchun shartnomalarni buyurtmachilar joriy moliya yilida keyingi moliya yili uchun tuzishi mumkin. Bunda mazkur shartnomalarda ularning amal qilish muddati kelgusi moliya yilining 31-dekabri sifatida belgilanadi, shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olishda esa “OʻRMV” ATda ushbu shartnomalar amal qilish muddati joriy yilning 31-dekabri sifatida kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Buyurtmachilar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishga bitta tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi (pudratchi) bilan xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifining bir nechta kodi boʻyicha shartnomalar tuzishda shartnomalarda har bir shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi va ulardan toʻlov summasi majburiy tartibda alohida koʻrsatiladi. Mazkur shartnomalar gʻaznachilik boʻlinmalariga vazifa jihatidan tasnifining har bir boʻlimi va kichik boʻlimi alohida koʻrsatilgan holda ikki asl nusxada Toʻlovlar jadvali bilan birga taqdim etiladi. Bunda mazkur Qoidalarning 87-bandida sanab oʻtilgan va roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish uchun shartnomalarga ilova qilinadigan hujjatlar buyurtmachilar tomonidan bir nusxada taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. IV guruh boʻyicha xarajatlarni turli manbalar hisobidan, Davlat budjeti mablagʻlari, kredit mablagʻlari, davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek xalqaro va chet el hukumat hamda nohukumat tashkilotlari va boshqalar qarzlari hamda grantlari hisobidan moliyalashtiriladigan hollarda shartnomalar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligini tasdiqlovchi birlamchi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish tegishli xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Shartnomalarda yoki ularga ilovalarda tovarlar miqdori (ishlar va xizmatlar hajmi), tovarlar (ishlar va xizmatlar) birligining narxi va umumiy summasi yoki ish hajmi summasi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Buyurtmachilarning shartnomalar tuzmasdan qonun hujjatlariga muvofiq yuridik majburiyatlar yuzaga kelishini tasdiqlovchi hujjatlari (schyotlar, kvitansiyalar, xabarnomalar va boshqa hujjatlar) asosida qabul qilinadigan yuridik majburiyatlarining roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisod qilingan mablagʻlarni Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasiga (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga) oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot tashkilotiga ajratiladigan budjet mablagʻlari umumiy hajmining 5 foizigacha boʻlgan miqdorda budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmalariga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa toʻlovlarni toʻlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Mazkur Qoidalarning 85-bandida nazarda tutilgan mablagʻlarni oʻtkazish uchun buyurtmachilar gʻaznachilik boʻlinmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish uchun buyurtmachilar gʻaznachilik boʻlinmalariga shartnomaning ikki asli va bir nusxasi bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki asl nusxada Toʻlovlar jadvali (agar shartnoma vazifa jihatidan tasnifning bir nechta kodlari boʻyicha tuzilgan boʻlsa, unda budjet tasnifining tegishli kodlari alohida koʻrsatiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma summasi 300 AQSH dollari miqdoridan 100 ming AQSH dollari miqdorigacha summani tashkil etganda, qonun hujjatlariga muvofiq yetkazib beruvchilarning eng yaxshi takliflarini tanlab olish boʻyicha savdolar oʻtkazish bayonnomasi nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
summasi 300 AQSH dollari miqdoridan 100 ming AQSH dollari miqdorigacha summani tashkil etgan alohida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) birja tashkil qilgan elektron savdolar orqali xarid qilish boʻyicha savdolar oʻtkazish bayonnomasi nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
summasi 100 ming AQSH dollari miqdoridan ortiq summadagi shartnomalar boʻyicha tender savdolari bayonnomasi nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli faoliyat turi uchun litsenziyaning yoki ruxsatnoma tusidagi hujjatning nusxasi (tovarlarni yetkazish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalashni yoki ruxsatnoma tusidagi hujjat olishni talab qilsa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Quyidagi hollarda shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish uchun mazkur Qoidalarning 87-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) avtotransport, mashina, texnika va uskunalarni joriy, oʻrta va mukammal taʼmirlashda — nuqson dalolatnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bino va inshootlarni joriy va oʻrta taʼmirlashda — loyiha-smeta hujjatlarini (bajariladigan ishlar summasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining yuz baravaridan oshgan hollarda) ekspertizadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida xulosa nusxasi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) binolar, inshootlar va ichki xoʻjalik yoʻllarini mukammal taʼmirlashda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolar, inshootlar va ichki xoʻjalik yoʻllarini mukammal taʼmirlash manzilli roʻyxati nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilganligi boʻyicha xulosa nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma summasi 50 ming AQSH dollari va undan ortiq miqdorni tashkil etganida qonun hujjatlariga muvofiq tender savdolarini oʻtkazish bayonnomasi nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi (bundan buyon matnda birja deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladigan elektron savdolar orqali tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olishda buyurtmachilar gʻaznachilik boʻlinmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki asl nusxada Toʻlovlar jadvali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron auksion savdolar boʻyicha — birja tomonidan ushbu buyurtmachiga elektron tarzda yuborilgan shartnomaning buyurtmachi tomonidan oʻz personal kabineti orqali chop etilgan va buyurtmachining rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlangan nusxasi. Bunda shartnomada buyurtmachilar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi boʻlishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron katalogda oʻtkazilgan xaridlar boʻyicha — elektron katalog savdolarida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi bilan tuzilgan va birja tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomaning ikki asli va bir nusxasi. Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Buyurtmachilarning Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi, hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalari doirasida tuzilgan shartnomalari roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish uchun gʻaznachilik boʻlinmalariga shartnomalar tegishli Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng taqdim etiladi. Mazkur shartnomalarning (Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida roʻyxatdan oʻtkazilgan) ikki asli va bir nusxasi bilan birga gʻaznachilik boʻlinmalariga ikki asl nusxada Toʻlovlar jadvali taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Buyurtmachilar yuridik yoki jismoniy shaxslardan bino yoki inshoot sotib olishda shartnomaning ikki asli va bir nusxasi bilan birga gʻaznachilik boʻlinmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki asl nusxada Toʻlovlar jadvali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma summasi 300 AQSH dollari miqdoridan 100 ming AQSH dollari miqdorigacha summani tashkil etganida qonun hujjatlariga muvofiq yetkazib beruvchilarning eng yaxshi takliflarini tanlab olish boʻyicha savdolar oʻtkazish bayonnomasi nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalar boʻyicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yilida roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish buyurtmachilar tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha kelishuvning ikki asli va bir nusxasi (asosiy shartnoma shartlariga oʻzgartirishlar kiritilgan hollarda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki asl nusxada Toʻlovlar jadvali.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda qoʻshimcha kelishuvda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Ambulatoriya sharoitida davolanayotgan alohida toifadagi bemorlarni imtiyozli retseptlar boʻyicha dori vositalari bilan taʼminlash uchun hududiy sogʻliqni saqlash boʻlimlari yoki ambulatoriya-poliklinika muassasalari xarajatlar smetasi doirasida, bemorlarga yozib berilgan retseptlar asosida berilgan dori vositalari qiymatini toʻlash uchun oldindan tanlov, tender yoki elektron savdolari oʻtkazmasdan, shuningdek birjaning maxsus axborot portaliga eʼlon joylashtirmasdan dorixona muassasalari bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi. Mazkur shartnomalar gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda hududiy sogʻliqni saqlash boʻlimlari yoki ambulatoriya-poliklinika muassasalari shartnoma summasidan kelib chiqib va xarajatlar smetasi doirasida oylik summadan 15 foiz miqdorda har oylik oldindan toʻlovni amalga oshiradi. Yakuniy hisob-kitob dorixona muassasalari tomonidan haqiqatda yetkazib berilgan dori vositalari miqdoridan kelib chiqib yozib berilgan xisobvaraq-fakturalar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Buyurtmachilarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda “Oʻqitish xarajatlari”, “Oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish xarajatlari”, “Boshqa xarajatlar” va xarajatlar smetasining boshqa xarajat moddalaridan naqd pul olish boʻyicha yuridik majburiyatlari gʻaznachilik boʻlinmalarida buyurtmachilar tomonidan taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida I va II guruh xarajatlari boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish tartibi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi yoki hisobga olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki asl nusxada YUMMR buyurtmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachilarning (xodimni xizmat safariga yuborish, tadbirni oʻtkazish va boshqalar toʻgʻrisidagi) buyrugʻi nusxasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda davlat ilmiy-texnik dasturlarini bajarishga iqtisodiy xarajatlar tasnifining bir satrida mablagʻlar oluvchi buyurtmachilarning ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlari boʻyicha yuridik majburiyatlari YUMMR buyurtmasi asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi yoki hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Buyurtmachilar tomonidan mazkur Qoidalarning 95-bandida belgilangan xarajatlarni naqd pul mablagʻlari orqali amalga oshirish mazkur buyurtmachilarning rahbarlari tomonidan tegishli buyruq qabul qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Buyruqda tadbir turi, muddati va oʻtkazilish joyi, ishtirokchilar soni va xarajatlarning umumiy summasi, ishtirokchilarga naqd pul mablagʻlari koʻrinishida toʻlanishi lozim boʻlgan summa alohida koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Voyaga yetmagan bolalarga (voyaga yetmagan bolalarning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki fuqarolik pasporti nusxasi asosida) toʻlanishi lozim boʻlgan naqd pul mablagʻlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Buyurtmachilar tomonidan mazkur Qoidalarning 86 — 92-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilganidan soʻng gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari Toʻlovlar jadvalining ikki asliga mazkur hujjatlarni qabul qilib olgan sanani koʻrsatgan holda oʻz imzolarini qoʻyadi, shartnoma yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtma mazkur Qoidalar talablariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilganidan yoki hisobga olinganidan soʻng buyurtmachilarning masʼul xodimlari Toʻlovlar jadvalining ikki asliga roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki hisobga olingan shartnomani yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmani qabul qilib olgan sanasini koʻrsatgan holda oʻz imzosini qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Gʻaznachilik boʻlinmalari buyurtmachilar tomonidan shartnoma yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Qoidalarning 86 — 92-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarning mavjudligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmalarda tomonlarning zarur rekvizitlari, muhr va imzolari mavjudligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhr izi va imzolarning buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida koʻrsatilgan imzolar va muhr iziga mosligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmalarda koʻrsatilgan summani shartnomada yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmalarda koʻrsatilgan xarajatlarni qoplashga tegishli manbaning (budjetdan ajratilgan mablagʻlar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va BMJ mablagʻlari) mavjudligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Buyurtmachilarning shartnomalari va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmalari mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshirishda kamchiliklar boʻlmagan hollarda shartnomalar yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar taqdim etilganidan soʻng toʻrtinchi ish kunidan kechikmasdan gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq holda taqdim etilgan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar roʻyxatdan oʻtkazilmasdan yoki hisobga olinmasdan Shartnomalarni qaytarish varaqasida uni roʻyxatdan oʻtkazmasdan yoki hisobga olmasdan qaytarishning asosli sabablarini yozma koʻrsatgan holda qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Qaytarilgan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar toʻgʻrisidagi maʼlumot hisobi gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan “OʻRMV” ATda elektron koʻrinishda Qaytarilgan shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Shartnomalarni qaytarish varaqalarida koʻrsatilgan barcha kamchiliklar toʻliq bartaraf etilgan hollarda, shuningdek qayta taqdim etilgan shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmalarda avval Shartnomalarni qaytarish varaqalarida koʻrsatilmagan boshqa kamchiliklar boʻlmaganda gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan buyurtmachilarga shartnomalarni va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmalarni takroran qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va BMJ mablagʻlari boʻyicha — masʼul xodim tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asli, shuningdek nusxasining barcha varaqlariga, shuningdek mazkur Qoidalarning 85-bandida koʻrsatilgan yuridik majburiyatlarni Toʻlovlar jadvali va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikki asliga roʻyxatdan oʻtkazish raqami va sanasini koʻrsatib “Roʻyxatdan oʻtkazildi” shtampini va shaxsiy imzosini qoʻyish, shuningdek gʻaznachilik boʻlinmasining vakolatli shaxsi imzosi bilan tasdiqlash va “Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish” muhrini qoʻyish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari boʻyicha — masʼul xodim tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asli, shuningdek nusxasining barcha varaqlariga, shuningdek mazkur Qoidalarning 85-bandida koʻrsatilgan yuridik majburiyatlarni Toʻlovlar jadvali va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning asli hisobga olish raqami hamda sanasini koʻrsatgan holda “Shartnoma boʻyicha toʻlovlar shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi qoldigʻi doirasida amalga oshiriladi” yozuvi bilan “Hisobga olindi” shtampini va shaxsiy imzosini qoʻyish hamda vakolatli shaxs imzosi bilan tasdiqlash yoʻli bilan hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan yuridik majburiyatlar roʻyxatdan oʻtkazilganidan yoki hisobga olingandan soʻng:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomalarning ikki asli va Toʻlovlar jadvallarning birinchi asli buyurtmachilarga qaytariladi, roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki hisobga olingan shartnomalarning nusxasi, Toʻlovlar jadvalining ikkinchi asli va buyurtmachilar tomonidan shartnomalar bilan birga taqdim etilgan hujjatlar nusxalari esa gʻaznachilik boʻlinmalarida saqlash uchun qoladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning va Toʻlovlar jadvalining birinchi asli buyurtmachilarga qaytariladi, ikkinchi asli hamda Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar bilan birga taqdim etilgan hujjatlar nusxalari esa gʻaznachilik boʻlinmalarida saqlash uchun qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan va hisobga olingan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobi “OʻRMV” ATda Shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) kitobida elektron koʻrinishda yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki hisobga olingan shartnomalar summasiga nisbatan moliyaviy majburiyatlarni kam miqdorda roʻyxatdan oʻtkazilishi yoki hisobga olinishi natijasida yuzaga kelgan xarajatlarni qoplashga tegishli manba (budjetdan ajratilgan mablagʻlar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va BMJ mablagʻlari) boʻyicha ishlatilmagan qoldiq mavjud boʻlganida buyurtmachilar amal qilish muddati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugamagan shartnomalar boʻyicha — tegishli hisobot davri uchun shartnoma summasini kamaytirishni va uni mazkur shartnoma boʻyicha qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar summasiga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha kelishuv tuzishi va gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugagan shartnomalar boʻyicha — gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan shartnoma summasini kamaytirilishi va uni mazkur shartnoma boʻyicha qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar summasiga muvofiqlashtirilishi uchun asos boʻluvchi mazkur shartnoma boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan solishtirish dalolatnomasini tuzishi va gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Agar shartnomalar boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilishi asosli sabablarga koʻra keyingi moliya yiliga oʻtsa, buyurtmachilar mazkur shartnoma muddati tugaguniga qadar, tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzilgan solishtirish dalolatnomalari asosida shartnomalar muddatini uzaytirish, joriy moliya yilida qabul qilingan yuridik majburiyatlar summasini yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) summasiga kamaytirish, shuningdek yetkazib berilmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yiliga oʻtkazishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha kelishuvlar tuzishi mumkin. Bunda mazkur qoʻshimcha kelishuvlar tovarlar (ishlar, xizmatlar) birligi narxining oshishini nazarda tutmasligi va ularning umumiy summasi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yetkazib berilmagan qismi boʻyicha yuridik majburiyatlar summasidan oshmasligi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda mazkur qoʻshimcha kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olishda “OʻRMV” ATda ularning amal qilish muddati joriy yilning 31-dekabri sifatida kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. Gʻaznachilik boʻlinmalari mazkur Qoidalarning 108-bandida koʻrsatilgan buyurtmachilar va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) oʻrtasida tuzilgan qoʻshimcha kelishuvni keyingi moliya yilida quyidagi tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va BMJ mablagʻlari boʻyicha — budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar (Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan mablagʻ oladigan tashkilotlar boʻyicha), hududiy moliya organlari, DMJ va BMJ taqsimlovchi organlarining keyingi moliya yilining xarajatlar smetasida ular tomonidan mazkur qoʻshimcha kelishuv boʻyicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va toʻlovlarni amalga oshirish uchun yetarli mablagʻlar rejalashtirilganligini tasdiqlovchi xulosasi asosida roʻyxatdan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari boʻyicha — vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari boʻyicha keyingi moliya yilining xarajatlar smetasida mazkur qoʻshimcha kelishuv boʻyicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni hisobga olish va toʻlovlarni amalga oshirish uchun yetarli mablagʻlar rejalashtirilganligini tasdiqlovchi budjet tashkilotlarining kafolat xati asosida hisobga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Buyurtmachilarning lizing shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110. Buyurtmachilar budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan faqat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda lizing shartnomalari tuzish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan buyurtmachilarning lizing shartnomalari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladigan yoki hisobga olinadigan yuridik majburiyatlari hajmi, mos ravishda, budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va BMJ mablagʻlari hajmi bilan chegaralanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. Lizing shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish uchun buyurtmachilar gʻaznachilik boʻlinmalariga shartnomaning ikki asli va bir nusxasi bilan birga ikki asl nusxada Toʻlovlar jadvali taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113. Lizing shartnomalari boʻyicha joriy moliya yilida yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazilishi yoki hisobga olinishi lizing toʻlovlari boʻyicha tasdiqlangan toʻlovlar jadvali asosida joriy moliya yilida toʻlanishi nazarda tutilgan summa doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing shartnomalari boʻyicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yillarida roʻyxatdan oʻtkazilishi yoki hisobga olinishi lizing boʻyicha tasdiqlangan toʻlovlar jadvalida nazarda tutilgan mos ravishda keyingi moliya yillarida toʻlanishi lozim boʻlgan summalardan kelib chiqib ikki asl nusxada Toʻlovlar jadvali asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114. Lizing shartnomalarini gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish mazkur Qoidalarning 98 — 106-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish boʻyicha shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115. Buyurtmachilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish boʻyicha shartnomalari, ularga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar ushbu shartnomalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda vakolatli organlarda tegishli ekspertizadan oʻtganidan va hisobga qoʻyilganidan soʻng gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi yoki hisobga olinadi. Bunda shartnomalarda koʻrsatilgan summalar gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116. Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish boʻyicha shartnomalarni (unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni ham inobatga olib) roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish uchun buyurtmachilar gʻaznachilik boʻlinmalariga shartnomaning bir asli va nusxasi bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki asl nusxada Toʻlovlar jadvali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishga soʻrovnoma nusxasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117. Bajarish muddati bir moliya yilidan ortiq muddatni tashkil etadigan import shartnomalari boʻyicha yuridik majburiyatlarni gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan keyingi moliya yillarida roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha kelishuvning bir asli va nusxasi (asosiy shartnoma shartlariga oʻzgartirishlar kiritilgan hollarda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki asl nusxada Toʻlovlar jadvali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishga soʻrovnoma nusxasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118. Buyurtmachilarning import shartnomalarini gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish mazkur Qoidalarning 98 — 106-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda qonun hujjatlariga muvofiq tegishli vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazilgan va hisobga qoʻyilgan import shartnomalari boʻyicha buyurtmachilar gʻaznachilik boʻlinmalariga tanlov (tender) savdolari oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119. Import shartnomalari tashqi kredit mablagʻlari, davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek xalqaro va chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari va boshqalar qarzlari hamda grantlari hisobidan moliyalashtiriladigan hollarda import shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish tegishli xalqaro shartnomalar bilan oʻrnatilgan qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120. Konvertatsiya va belgilangan tartibda toʻlov uchun mablagʻlar buyurtmachilar tomonidan taqdim etiladigan milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishga soʻrovnoma asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ochilgan tegishli bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Xorijiy valyuta kursining koʻtarilish tomonga oʻzgarishi hollarida milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishga qoʻshimcha soʻrovnoma taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Buyurtmachilar import shartnomalari tuzishda va ularni xorijiy valyutada toʻlash sharti bilan majburiyatlarni qabul qilishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan valyutalar kursi farqlarini qoplash uchun xarajatlarni qoplashga tegishli manbalar (budjetdan ajratilgan mablagʻlar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va BMJ mablagʻlari) zaxirasini nazarda tutishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
122. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan valyuta kursi farqlarini qoplash uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining zarur zaxirasi har bir aniq import shartnomasi boʻyicha individual tarzda buyurtmachilar tomonidan Moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmalari yoki hududiy moliya organlari ishtirokida shartnoma tuzilgan sana, nazarda tutilayotgan muddat va valyuta kursining kutilayotgan oʻzgarishlari bilan bogʻliq holda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
123. Import shartnomalari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar (akkreditiv ochish, konvertatsiya va boshqa xizmatlar) uchun toʻlovlar buyurtmachilar tomonidan taqdim etiladigan ikki nusxada Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtma va Toʻlovlar jadvali hamda toʻlov hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Buyurtmachilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazishda va hisobga olishda narx yechimi hamda narxlar monitoringini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
124. Gʻaznachilik boʻlinmalari buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzilayotgan shartnomalarning sifatli taʼminlanishini va narx-navo yechimini nazarda tutuvchi budjet mablagʻlaridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni tanlov (tender) savdolari oʻtkazilganligi natijalarini tasdiqlovchi tanlov (tender) komissiyasi qarorlari bayonnomasi nusxasi hamda elektron savdolar bayonnomasi nusxasini olish yoʻli bilan amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
125. Buyurtmachilar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuziladigan shartnomalardagi narx-navo yechimi hamda ularning qonun hujjatlariga muvofiq tuzilganligiga javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Qabul qilingan moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish hamda xarajatlar toʻlovi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. I va II guruh xarajatlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish hamda xarajatlar toʻlovi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
126. Buyurtmachilarning I va II guruh xarajatlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlari YUMMR buyurtmalari, shuningdek ushbu guruhlar xarajatlari boʻyicha toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlari asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi va hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
127. Buyurtmachilar budjetga majburiy toʻlovlarni toʻlash, naqd pul mablagʻlarini olish yoki xodimlarning plastik kartalariga mablagʻlarni oʻtkazish uchun YUMMR buyurtmalarida koʻrsatilgan summalar doirasida gʻaznachilik boʻlinmalariga toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlari taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarini mazkur Qoidalarning 7-bandida belgilangan tartibda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga elektron shaklda yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
128. Buyurtmachilarning “UzASBO” DM orqali elektron shaklda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlari gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan bir ish kuni ichida gʻaznachilik boʻlinmasi masʼul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “OʻRMV” ATda toʻlovga qabul qilinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʻrsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
129. “UzASBO” DMga ulanmagan buyurtmachilar toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarini gʻaznachilik boʻlinmalariga qogʻoz shaklda taqdim qiladilar va ularni roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olishda gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari mazkur Qoidalarning 130 — 135-bandlariga muvofiq ish yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
130. Toʻlov topshiriqnomalari gʻaznachilik boʻlinmalariga uch nusxada taqdim qilinadi. Buyurtmachilarning tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomalarining birinchi nusxasi buyurtmachilarning gʻaznachilik boʻlinmalariga shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi boʻyicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Toʻlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasi gʻaznachilik boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik boʻlinmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va YAGʻHdan xarajatlar toʻlovini amalga oshirish uchun asos boʻladi. Gʻaznachilik boʻlinmalarining “TOʻLANDI” belgisi bilan va toʻlangan sana qoʻyilgan toʻlov topshiriqnomalarining uchinchi nusxasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan koʻchirma bilan birga buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda toʻlov topshiriqnomalarining “Mablagʻlarni toʻlovchining nomi” ustunida gʻaznachilik boʻlinmasining nomi, “Mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻi” ustunida — YAGʻH, “Toʻlov maqsadi” ustunida — buyurtmachining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, toʻlovni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjat, shuningdek toʻlov maqsadi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131. Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan toʻlov topshiriqnomalari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlganda, gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari toʻlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasiga “TEKSHIRILDI” belgisini, toʻlov topshiriqnomalari qabul qilingan sanani va oʻzining imzosini qoʻyadi. Toʻlov topshiriqnomalar mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari toʻlov topshiriqnomalarining orqa tomonida qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda ularni buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytaradi. Toʻlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasini gʻaznachilik boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari imzolari va gʻaznachilik boʻlinmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
132. Bir shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan boshqa shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga mablagʻlar oʻtkazish uchun buyurtmachilar tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga uch nusxada gʻaznachilik memorial orderlari taqdim qilinadi. Buyurtmachilarning tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan gʻaznachilik memorial orderlarining birinchi nusxasi gʻaznachilik boʻlinmalariga buyurtmachilarning gʻaznachilik boʻlinmalariga shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi boʻyicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Gʻaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasi gʻaznachilik boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik boʻlinmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va buyurtmachilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan mablagʻlarni oʻtkazish uchun asos boʻladi. Gʻaznachilik boʻlinmalarining “TOʻLANDI” belgisi bilan va toʻlangan sana qoʻyilgan gʻaznachilik memorial orderlarining uchinchi nusxasi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardan koʻchirma bilan birgalikda buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda gʻaznachilik memorial orderlarining “Toʻlov maqsadi” ustunida Toʻlov turlari boʻyicha maʼlumotnomaga asosan tegishli toʻlov kodi, buyurtmachilarning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, toʻlovni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjat, shuningdek toʻlov maqsadi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
133. Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan gʻaznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlganda gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimi gʻaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasiga “TEKSHIRILDI” belgisini, gʻaznachilik memorial orderi qabul qilingan sanani va oʻzining imzosini qoʻyadi. Gʻaznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari gʻaznachilik memorial orderlarining orqa tomonida qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda uni buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytaradi. Gʻaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasini gʻaznachilik boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslarining imzolari va gʻaznachilik boʻlinmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
134. Mablagʻlarni bir shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan boshqasiga oʻtkazishda gʻaznachilik memorial orderlariga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisod qilingan budjet mablagʻlarini oʻtkazishda — mazkur Qoidalarning 225-bandida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notoʻgʻri tushgan mablagʻlarni qaytarishda buyurtmachilarning xati ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ota-onalarning maktabgacha va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida bolalarni saqlash uchun toʻlovlari, musiqa va sanʼat maktablarida bolalarni oʻqitish uchun toʻlovlari, xodimlardan ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi boʻyicha hisob-kitoblardan tushadigan tushumlarni oʻtkazishda va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlarni amalga oshirishda qoʻshimcha hujjatlar ilova qilinmaydi (talab qilinmaydi), biroq toʻlov maqsadida oyi, yili va kimga toʻlayotganligi koʻrsatilishi shart (gʻaznachilik memorial orderi har bir toʻlovchi boʻyicha alohida rasmiylashtiriladi), shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq bir shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan boshqasiga mablagʻlarni oʻtkazishda ham gʻazna memorial orderiga qoʻshimcha hujjatlar talab qilinmaydi va toʻlov maqsadida tegishli qonun hujjati va nima maqsadda oʻtkazilayotganligi koʻrsatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
135. Gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari I va II guruh xarajatlari boʻyicha YUMMR buyurtmalari asosida “OʻRMV” ATga buyurtmachilari tomonidan taqdim qilingan toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarini kiritadi hamda ular boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136. Naqd pul mablagʻlari olish uchun chek — bu gʻaznachilik boʻlinmasining maʼlum naqd pul summasini buyurtmachiga berish uchun yozma topshirigʻidir. Cheklar buyurtmachi tomonidan siyoh yoki sharikli ruchka bilan qoʻlda yoziladi. Cheklarda oʻchirib yozish, tuzatish, toʻgʻrilashlarga hamda faksimile ishlatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Cheklar oʻn kun davomida (ular yozib berilgan kunni hisobga olgan holda) haqiqiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
137. Gʻaznachilik boʻlinmalari chek daftarchalarini ularga xizmat koʻrsatuvchi banklardan ularni keyinchalik buyurtmachilarga tarqatish uchun oladi. Bunda buyurtmachilar gʻaznachilik boʻlinmalariga chek daftarchalarini olish uchun mazkur buyurtmachi rahbari va bosh buxgalteri imzosi qoʻyilgan ishonchnoma va soʻrovnomalarni taqdim qiladi. Ishonchnoma boʻyicha bir buyurtmachiga berilgan chek daftarchasidan boshqa buyurtmachi tomonidan foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Olingan chek daftarchalari buyurtmachilarda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
139. Buyurtmachilar 23212 va 23214 balans hisobvaraqlariga mablagʻlar oʻtkazilganidan soʻng gʻaznachilik boʻlinmalariga toʻldirilgan chek taqdim qiladilar. Bunda buyurtmachilar naqd pul toʻlovlari boʻyicha 23212 va 23214 balans hisobvaraqlarga pul tushganidan soʻng oʻn kun ichida (ular yozib berilgan kunni hisobga olgan holda) naqd pul mablagʻlarini umumiy summa doirasida yozilgan bir nechta chek bilan olish huquqiga ega. Buning uchun buyurtmachilar gʻaznachilik boʻlinmalariga tegishli summaga YUMMR buyurtmasi yoki pul oladigan sanalar va summalarini aniq va alohida koʻrsatgan holda YUMMR buyurtmasini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda bankning masʼul xodimlari gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan buyurtmachilarning masʼul xodimi tomonidan taqdim qilingan naqd pul mablagʻlarini olish uchun cheklarni ular taqdim qilingan kunda qabul qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
140. Gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari toʻldirilgan cheklarni qabul qilganidan soʻng chek va YUMMR buyurtmasi summalari muvofiqligini tekshiradi, imzo va muhr qoʻyadi hamda tekshirishdan soʻng chekning nazorat markasini buyurtmachilarning masʼul xodimlariga beradi. Bunda yozilgan cheklar ikki nusxada chop etilgan qogʻoz shaklidagi yozilgan cheklar reyestri bilan birga gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari tomonidan buyurtmachilarning masʼul xodimlariga, xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim qilish uchun beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
141. Moliya yili mobaynida ishlatilgan chek daftarchalari milklari buyurtmachilar tomonidan “UzASBO” DMda shakllantirilgan, ishlatilgan va buzilgan cheklar reyestri bilan birga oxirgi chek varagʻi toʻldirilgan kunning keyingi kunida gʻaznachilik boʻlinmalariga qaytarilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
142. Ishlatilgan va buzilgan cheklar reyestri gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlariga ikki nusxada taqdim qilinadi. Buyurtmachilarning masʼul xodimlari imzolari toʻliqligi gʻaznachilik boʻlinmalari xodimlari tomonidan tekshiriladi. Bunda ishlatilgan va buzilgan cheklar reyestrining birinchi nusxasi gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari tomonidan imzolanadi va buyurtmachilarning masʼul xodimlariga tekshirilgan sanasini koʻrsatgan holda qaytariladi, ikkinchi nusxasi chek bilan birga gʻaznachilik boʻlinmalarida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
143. Buyurtmachilar ishlatilgan va buzilgan cheklar reyestrini gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlariga topshirilgandan soʻng buyurtmachilarga yangi chek daftarchasi beriladi. Bunda buzilgan cheklar mavjud boʻlgan hollarda buyurtmachilar ularni ishlatilgan chek daftarchalari bilan birga qaytaradi, ular mavjud boʻlmaganda esa ularning yoʻqligi sabablari hamda koʻrilgan choralar toʻgʻrisida gʻaznachilik boʻlinmalarini yozma xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
144. Gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari ishlatilgan chek daftarchalarini olganlaridan soʻng ulardagi maʼlumotlarni “OʻRMV” ATdagi toʻlangan summalar va cheklar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan solishtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
145. Ishlatilgan cheklar boʻyicha maʼlumotlarda farqlar mavjud boʻlgan hollarda gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan yetishmayotgan cheklarning raqami va summalarini koʻrsatgan holda chek daftarchalari roʻyxati va unga ilovalar tuziladi hamda buyurtmachilarga farqlar sabablarini aniqlashtirish uchun taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
146. Banklar tomonidan chekda koʻrsatilgan summani berish unda gʻaznachilik boʻlinmalarining imzo qoʻyish huquqiga ega vakolatli shaxslarining gʻaznachilik boʻlinmalarining muhri bilan tasdiqlangan hamda imzo namunalari va muhr izi kartochkasida koʻrsatilgan imzolari boʻlganda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda notoʻgʻri rasmiylashtirilgan cheklar banklar tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga chek taqdim qilingan kuni yoki keyingi bank kunidan kechikmagan muddatda qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
147. Naqd pul mablagʻlari berilganidan soʻng yozilgan cheklar reyestrining ikkinchi nusxasi chek ijro etilganligi toʻgʻrisidagi belgi qoʻyilgan holda koʻchirma bilan birga banklar tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga qaytariladi. Gʻaznachilik boʻlinmalari koʻchirma asosida tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga naqd pul mablagʻlari berilganligi toʻgʻrisida maʼlumot kiritadi va buyurtmachilarga shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan gʻaznachilik boʻlinmalarining belgisi qoʻyilgan koʻchirma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
148. Banklardan naqd pul mablagʻlarini olish uchun buyurtmachilar tomonidan mazkur Qoidalarning 14-ilovasiga muvofiq shakldagi moddiy javobgar shaxsga (kassirga) berilgan Ishonchnoma asosida tegishli gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
149. Buyurtmachilarning ishonchli shaxslari tomonidan chek yoʻqotilgan taqdirda chek yoʻqotilganligi aniqlangan kuni tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga buyurtmachilar rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan bildirishnoma-xat yoʻllanadi. Gʻaznachilik boʻlinmasi buyurtmachining bildirishnoma-xati asosida murojaat qilingan kunning keyingi kunidan kechikmagan muddatda yoʻqotilgan chekning seriyasi va raqamini koʻrsatgan holda mazkur chek toʻlovini toʻxtatish maqsadida bankka xat yuboradi. Bunda cheklar reyestri chaqirib olingan chek summasini ayirgan holda ijro qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
150. Gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari berilgan va ishlatilgan cheklarni roʻyxatdan oʻtkazishni mazkur Qoidalarning 15-ilovasidagi shaklga muvofiq Berilgan va ishlatilgan cheklarni hisobga olish jurnalida olib boradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
151. Buyurtmachilarning xodimlari uchun plastik kartochkalar bir vaqtning oʻzida ikki yoki bir necha bankda ochilgan holda buyurtmachilar gʻaznachilik boʻlinmasiga tegishli miqdorda toʻlov topshiriqnomalari taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
152. Xodimlarining ish haqi summalarini plastik kartochkalarga oʻtkazish uchun buyurtmachilar xizmat koʻrsatuvchi bankka ikki asl nusxada qogʻoz hamda elektron koʻrinishda xodimlar roʻyxatini taqdim qiladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar roʻyxatida xodimlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tabel raqami, plastik kartochkalarining rekvizitlari hamda xodimlarga oʻtkazib berilayotgan summalar koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar roʻyxatining har bir varagʻi tashkilot rahbari, bosh buxgalteri va xodimlar boʻlimining masʼul xodimi yoki uni oʻrnini bosuvchi xodim tomonidan imzolanadi, tashkilot va xodimlar boʻlimining muhri bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
153. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar xodimlarining ish haqi summalarini plastik kartochkalarga oʻtkazish uchun xodimlar roʻyxatini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda banklarga faqat elektron shaklda yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
154. Banklar buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan xodimlar roʻyxatnini sinchkovlik bilan tekshiradi va xatolik yoki kamchiliklar aniqlangan hollarda xatolik yoki kamchiliklar aniqlangan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan, elektron shaklda yuborilgan hollarda esa shu kunning oʻzida xatolik va kamchiliklarni toʻgʻrilash uchun buyurtmachilarga qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
155. Xizmat koʻrsatuvchi banklar xodimlar roʻyxatining ikkinchi nusxasini mablagʻlar oʻtkazilganligini tasdiqlovchi shtamp bosgan holda buyurtmachilarga xodimlar roʻyxatida koʻrsatilgan mablagʻlar toʻliq oʻtkazilgan kundan keyingi kundan kechikmasdan beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
156. Xodimlarning plastik kartochkalariga mablagʻlarni oʻtkazilganligini tasdiqlovchi bank shtampi bosilgan xodimlar roʻyxati buyurtmachilarning buxgalteriyasida buyurtmachilarning oʻz xodimlari oldidagi ish haqi toʻlash boʻyicha majburiyatlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
157. Gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari buyurtmachilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida operatsiyalar amalga oshirilishi boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardan koʻchirmalar beradi hamda ularni mazkur Qoidalarning 16-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnalida roʻyxatdan oʻtkazadi. Buyurtmachilarning masʼul xodimlari Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardan koʻchirma olishda Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnaliga koʻchirmani olganligi toʻgʻrisida tegishli belgi qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnali har bir buyurtmachi boʻyicha alohida ochiladi va yuritiladi. Buyurtmachilar koʻchirmalarni “UzASBO” DMdan elektron tarzda olgan hollarda Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnali yuritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. III guruh xarajatlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish hamda xarajatlar toʻlovi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
158. III guruh xarajatlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlar kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalari va qonun hujjatlariga muvofiq hisobvaraq-faktura oʻrnini bosuvchi hujjatlar (bundan buyon matnda hisobvaraq-faktura deb yuritiladi) asosida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
159. III guruh xarajatlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlar gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan hisobvaraq-fakturalar hamda moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida yuridik majburiyatlar va xarajatlarni toʻlash uchun ruxsatnoma doirasida roʻyxatdan oʻtkaziladi va hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
160. Kapital qoʻyilma buyurtmachilari tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilardan (pudratchilardan) ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar olganlaridan soʻng oʻn ish kunidan kechikmasdan roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish uchun ularning asli va nusxasini mazkur Qoidalarning 17-ilovasiga muvofiq shakldagi ikki asl nusxada Moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtma bilan birga tegishli gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻn ish kunidan kechikib taqdim qilingan hisobvaraq-fakturalar kapital qoʻyilma buyurtmachilarining kechikish sababi koʻrsatilgan, kapital qoʻyilma buyurtmachisining rahbari va bosh buxgalteri imzolagan yozma tushuntirishi asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi yoki hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161. Gʻaznachilik boʻlinmalari kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan taqdim qilingan Moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtma va ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar asosida ular taqdim qilinganidan keyingi kundan kechikmasdan moliyaviy majburiyatlarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va BMJ mablagʻlari boʻyicha — masʼul xodim tomonidan Moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikki asliga roʻyxatdan oʻtkazish raqami va sanasini koʻrsatib “Roʻyxatdan oʻtkazildi” shtampi va shaxsiy imzosini qoʻyish hamda gʻaznachilik boʻlinmasining vakolatli shaxsi tomonidan shaxsiy imzosi va “Moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish” muhrini qoʻyish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari boʻyicha — masʼul xodim tomonidan Moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikki asliga hisobga olish raqami va sanasini koʻrsatgan holda “Hisobga olindi” shtampi va shaxsiy imzosini qoʻyish hamda gʻaznachilik boʻlinmasining vakolatli shaxsi tomonidan shaxsiy imzosini qoʻyish yoʻli bilan hisobga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
162. Roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki hisobga olingan Moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning bir asli va ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalarning asli kapital qoʻyilma buyurtmachilariga qaytariladi, Moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikkinchi asli va ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalarning nusxasi gʻaznachilik boʻlinmalarida saqlash uchun qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
163. Agar hisobvaraq-fakturalar boʻyicha bajarilgan ishlar hajmi ishlarni bajarish jadvalidan ilgarilab ketish natijasida yuzaga kelgan hamda roʻyxatdan oʻtkaziladigan yoki hisobga olinadigan moliyaviy majburiyatlar tegishli yil uchun rejalashtirilgan mablagʻlardan oshsa, kapital qoʻyilma buyurtmachilari gʻaznachilik boʻlinmalariga mazkur Qoidalarning 160-bandida koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga bosh buxgalterlari tomonidan imzolangan maʼlumotnoma taqdim etadi. Ushbu maʼlumotnomada tegishli hisobvaraq-faktura rekvizitlari hamda smeta doirasida joriy yil uchun qabul qilinishi lozim boʻlgan moliyaviy majburiyat summasi koʻrsatiladi. Bunda moliyaviy majburiyatlar gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan kapital qoʻyilma buyurtmachilarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan summa doirasida roʻyxatdan oʻtkaziladi yoki hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
164. Kapital qoʻyilma buyurtmachilarining “UzASBO” DM orqali elektron shaklda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlari gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan bir ish kuni ichida masʼul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “OʻRMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʻrsatilgan holda elektron tarzda kapital qoʻyilma buyurtmachilariga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
165. “UzASBO” DMga ulanmagan kapital qoʻyilma buyurtmachilari toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarini gʻaznachilik boʻlinmalariga qogʻoz shaklda taqdim qiladi va ularni roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olishda gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari mazkur Qoidalarning 167 — 171-bandlariga muvofiq ish yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
166. Kapital qoʻyilma buyurtmachilarining xarajatlar toʻlovi quyidagi talablarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov hujjatida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi raqami, kapital qoʻyilma buyurtmachisining nomi va STIRi, budjet tasnifining tegishli kodlari, yuridik majburiyat yuzaga kelishiga asos boʻlgan hujjat va hisobvaraq-faktura raqami va sanasi, avans (toʻlov) miqdori va toʻlov maqsadi toʻgʻri koʻrsatilganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishlarning tasdiqlangan manzilli va titul roʻyxatlari asosida va tegishli obyektlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardagi mavjud ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari qoldigʻi doirasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar toʻlov topshiriqnomasida yoki gʻazna memorial orderida koʻrsatilgan summa gʻaznachilik boʻlinmasida roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki hisobga olingan yuridik majburiyatga asosan oldin oʻtkazilgan mablagʻlarni hisobga olgan holda toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlaridan oshmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobvaraq-fakturalar, kapital qoʻyilma buyurtmachisining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarga (pudratchilarga) oldidagi qarzdorligini tasdiqlovchi solishtirish dalolatnomasi, shuningdek avans toʻlovlarini oʻtkazishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov topshiriqnomasida yoki gʻazna memorial orderida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlari yuridik va moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlariga muvofiq boʻlganida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
167. Toʻlov topshiriqnomalari gʻaznachilik boʻlinmalariga uch nusxada taqdim qilinadi. Kapital qoʻyilma buyurtmachilarining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomalarining birinchi nusxasi kapital qoʻyilma buyurtmachilarining gʻaznachilik boʻlinmalariga shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi boʻyicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Toʻlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasi gʻaznachilik boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik boʻlinmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va YAGʻHdan xarajatlar toʻlovini amalga oshirish uchun asos boʻladi. Toʻlov topshiriqnomalarining uchinchi nusxasi gʻaznachilik boʻlinmalarining “TOʻLANDI” belgisi bilan va toʻlangan sana qoʻyilgan holda shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan koʻchirma bilan birga kapital qoʻyilma buyurtmachilarining masʼul xodimlariga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda toʻlov topshiriqnomalarining “Mablagʻlarni toʻlovchining nomi” ustunida gʻaznachilik boʻlinmasining nomi, “Mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻi” ustunida — YAGʻH, “Toʻlov maqsadi” ustunida — kapital qoʻyilma buyurtmachisining shaxsiy gʻazna hisobvaraq raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, toʻlovni oʻtkazishga asos boʻladigan yuridik va moliyaviy majburiyat yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek toʻlov maqsadi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
168. Kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan taqdim qilingan toʻlov topshiriqnomalari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlganda, gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari toʻlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasiga “TEKSHIRILDI” belgisini, toʻlov topshiriqnomalari qabul qilingan sanani va oʻzining imzosini qoʻyadi. Toʻlov topshiriqnomalar mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari toʻlov topshiriqnomalarining orqa tomonida qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda ularni kapital qoʻyilma buyurtmachilarining masʼul xodimlariga qaytaradi. Toʻlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasini gʻaznachilik boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari imzolari va gʻaznachilik boʻlinmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
169. Bir shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan boshqa shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga mablagʻlar oʻtkazish uchun kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga uch nusxada gʻaznachilik memorial orderlari taqdim qilinadi. Kapital qoʻyilma buyurtmachilarining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan gʻaznachilik memorial orderlarining birinchi nusxasi gʻaznachilik boʻlinmalariga kapital qoʻyilma buyurtmachilarining gʻaznachilik boʻlinmalariga shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi boʻyicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Gʻaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasi gʻaznachilik boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik boʻlinmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va kapital qoʻyilma buyurtmachilarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan mablagʻlarni oʻtkazish uchun asos boʻladi. Gʻaznachilik boʻlinmalarining “TOʻLANDI” belgisi bilan va toʻlangan sana qoʻyilgan gʻaznachilik memorial orderlarining uchinchi nusxasi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardan koʻchirma bilan birgalikda kapital qoʻyilma buyurtmachilarining masʼul xodimlariga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda gʻaznachilik memorial orderlarining “Toʻlov maqsadi” ustunida Toʻlov turlari boʻyicha maʼlumotnomaga asosan tegishli toʻlov kodi, kapital qoʻyilma buyurtmachilarining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, toʻlovni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjat, shuningdek toʻlov maqsadi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
170. Kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan taqdim qilingan gʻaznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlganda gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari gʻaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasiga “TEKSHIRILDI” belgisini, gʻaznachilik memorial orderi qabul qilingan sanani va oʻzining imzosini qoʻyadi. Gʻaznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari gʻaznachilik memorial orderlarining orqa tomonida qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda uni kapital qoʻyilma buyurtmachilarining masʼul xodimlariga qaytaradi. Gʻaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasini gʻaznachilik boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslarining imzolari va gʻaznachilik boʻlinmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171. Mablagʻlarni bir shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan boshqasiga oʻtkazishda gʻaznachilik memorial orderlariga mablagʻlarni oʻtkazishga asos boʻluvchi yuridik va moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
172. Gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki hisobga olingan yuridik majburiyatlarda nazarda tutilgan, belgilangan tartibda har bir hisobvaraq-fakturadan chegirib qolinadigan, kafolat muddati tamom boʻlganidan soʻng toʻlanadigan kafolat summasi toʻgʻrisidagi maʼlumot “OʻRMV” ATga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
173. Kafolat muddati tugaganidan soʻng toʻlanadigan obyekt qiymatidan 5 foiz kafolat summasini toʻlash boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish bajarilgan ishlar qiymati toʻgʻrisidagi hisobvaraq-faktura va kapital qoʻyilma buyurtmachisi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi) oʻrtasida tuziladigan solishtirish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
174. Gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari kapital qoʻyilma buyurtmachilarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida operatsiyalar amalga oshirilishi boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardan koʻchirmalar beradi hamda ularni Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnalida roʻyxatdan oʻtkazadi. Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardan koʻchirma olishda kapital qoʻyilma buyurtmachilarining masʼul xodimlari jurnalga koʻchirmani olganligi toʻgʻrisida tegishli belgi qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda gʻaznachilik boʻlinmalarida Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnali har bir kapital qoʻyilma buyurtmachisi boʻyicha alohida ochiladi va yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital qoʻyilma buyurtmachilari koʻchirmalarni “UzASBO” DMdan elektron tarzda olgan hollarda Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnali yuritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. IV guruh xarajatlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish hamda xarajatlar toʻlovi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
175. IV guruh xarajatlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlar buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar koʻrsatilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalari asosida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
176. IV guruh xarajatlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlar gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan hisobvaraq-fakturalar hamda moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida yuridik majburiyatlar va xarajatlarni toʻlash uchun ruxsatnoma doirasida roʻyxatdan oʻtkaziladi va hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
177. Buyurtmachilar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilardan (pudratchilardan) tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar koʻrsatilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar olganidan soʻng besh ish kunidan kechikmasdan ularni roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish uchun ularni asli va nusxasini ikki asl nusxada Moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtma bilan birga tegishli gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Besh ish kunidan kechikib taqdim qilingan hisobvaraq-fakturalar buyurtmachilarning kechikish sababi koʻrsatilgan, buyurtmachining rahbari va bosh buxgalteri imzolagan yozma tushuntirishi asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi yoki hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
178. Gʻaznachilik boʻlinmalari buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan Moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtma va hisobvaraq-fakturalar asosida ular taqdim qilinganidan keyingi kundan kechikmasdan moliyaviy majburiyatlarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va BMJ mablagʻlari boʻyicha — masʼul xodim tomonidan Moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikki asliga roʻyxatdan oʻtkazish raqami va sanasini koʻrsatib “Roʻyxatdan oʻtkazildi” shtampini va shaxsiy imzosini qoʻyish, shuningdek gʻaznachilik boʻlinmasining vakolatli shaxsi tomonidan shaxsiy imzosini va “Moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish” muhrini qoʻyish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari boʻyicha — masʼul xodim tomonidan Moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikki asliga hisobga olish raqami va sanasini koʻrsatgan holda “Hisobga olindi” shtampini va shaxsiy imzosini qoʻyish hamda vakolatli shaxs tomonidan shaxsiy imzosini qoʻyish yoʻli bilan hisobga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
179. Roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki hisobga olingan Moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning bir asli va tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar koʻrsatilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalarning asli buyurtmachilarga qaytariladi, Moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikkinchi asli va tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar koʻrsatilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalarning nusxasi gʻaznachilik boʻlinmalarida saqlash uchun qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
180. Buyurtmachilarning “UzASBO” DM orqali elektron shaklda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlari gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan bir ish kuni ichida masʼul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “OʻRMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʻrsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
181. “UzASBO” DMga ulanmagan buyurtmachilar toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarini gʻaznachilik boʻlinmalariga qogʻoz shaklda taqdim qiladi va ularni roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olishda gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari mazkur Qoidalarning 183 — 187-bandlariga muvofiq ish yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
182. Buyurtmachilarning xarajatlar toʻlovi quyidagi talablarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov hujjatida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi raqami, kapital qoʻyilma buyurtmachisining nomi va STIRi, budjet tasnifining tegishli kodlari, yuridik majburiyat yuzaga kelishiga asos boʻlgan hujjat va hisobvaraq-faktura raqami va sanasi, avans (toʻlov) miqdori va toʻlov maqsadi toʻgʻri koʻrsatilganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachilarning xarajatlar smetasining IV guruhi tegishli moddalari boʻyicha rejali mablagʻlar, shuningdek budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari qoldiqlari summalari doirasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar toʻlov topshiriqnomasida yoki gʻazna memorial orderida koʻrsatilgan summa gʻaznachilik boʻlinmasida roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki hisobga olingan yuridik majburiyatga asosan oldin oʻtkazilgan mablagʻlarni hisobga olgan holda toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlaridan oshmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobvaraq-fakturalar, buyurtmachining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) oldidagi qarzdorligini tasdiqlovchi solishtirish dalolatnomasi, shuningdek avans toʻlovlarini oʻtkazishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov topshiriqnomasida yoki gʻazna memorial orderida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlari yuridik va moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlariga muvofiq boʻlganida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
183. Toʻlov topshiriqnomalari gʻaznachilik boʻlinmalariga uch nusxada taqdim qilinadi. Buyurtmachilarning tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomalarining birinchi nusxasi, buyurtmachilarning gʻaznachilik boʻlinmalariga shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi boʻyicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Toʻlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasi gʻaznachilik boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik boʻlinmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va YAGʻHdan xarajatlar toʻlovini amalga oshirish uchun asos boʻladi. Gʻaznachilik boʻlinmalarining “TOʻLANDI” belgisi bilan va toʻlangan sana qoʻyilgan toʻlov topshiriqnomalarining uchinchi nusxasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan koʻchirma bilan birga buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda toʻlov topshiriqnomalarining “Mablagʻlarni toʻlovchining nomi” ustunida gʻaznachilik boʻlinmasining nomi, “Mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻi” ustunida — YAGʻH, “Toʻlov maqsadi” ustunida — buyurtmachining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, toʻlovni oʻtkazishga asos boʻladigan yuridik va moliyaviy majburiyat yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek toʻlov maqsadi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
184. Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan toʻlov topshiriqnomalari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlganda, gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari toʻlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasiga “TEKSHIRILDI” belgisini, toʻlov topshiriqnomalari qabul qilingan sanani va oʻzining imzosini qoʻyadi. Toʻlov topshiriqnomalar mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari toʻlov topshiriqnomalarining orqa tomonida qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda ularni buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytaradilar. Toʻlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasini gʻaznachilik boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari imzolari va gʻaznachilik boʻlinmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
185. Bir shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan boshqa shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga mablagʻlar oʻtkazish uchun buyurtmachilar tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga uch nusxada gʻaznachilik memorial orderlari taqdim qilinadi. Buyurtmachilarning tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan gʻaznachilik memorial orderlarining birinchi nusxasi, gʻaznachilik boʻlinmalariga buyurtmachilarning gʻaznachilik boʻlinmalariga shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi boʻyicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Gʻaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasi gʻaznachilik boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik boʻlinmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va buyurtmachilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan mablagʻlarni oʻtkazish uchun asos boʻladi. Gʻaznachilik boʻlinmalarining “TOʻLANDI” belgisi bilan va toʻlangan sana qoʻyilgan gʻaznachilik memorial orderlarining uchinchi nusxasi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardan koʻchirma bilan birgalikda buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda gʻaznachilik memorial orderlarining “Toʻlov maqsadi” ustunida Toʻlov turlari boʻyicha maʼlumotnomaga asosan tegishli toʻlov kodi, buyurtmachilarning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, toʻlovni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjat, shuningdek toʻlov maqsadi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
186. Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan gʻaznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlganda gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari gʻaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasiga “TEKSHIRILDI” belgisini, gʻaznachilik memorial orderi qabul qilingan sanani va oʻzining imzosini qoʻyadi. Gʻaznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari gʻaznachilik memorial orderlarining orqa tomonida qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda uni buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytaradi. Gʻaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasini gʻaznachilik boʻlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslarining imzolari va gʻaznachilik boʻlinmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
187. Mablagʻlarni bir shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan boshqasiga oʻtkazishda gʻaznachilik memorial orderlariga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisod qilingan budjet mablagʻlarini oʻtkazishda — mazkur Qoidalarning 225-bandida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobvaraq-fakturalar yoki buyurtmachining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) oldidagi qarzdorligini tasdiqlovchi hujjatlar va tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar koʻrsatilganligini) tasdiqlovchi hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
188. Budjet tashkilotlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida chorak (yil) oxirida qolgan, iqtisod qilingan budjet mablagʻlari (kapital qoʻyilmalar boʻyicha toʻlovlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlardan tashqari) Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi va sarflanadi. Yil oxirida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarda qolgan iqtisod qilingan budjet mablagʻlarini Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazilishi moliya yiliga qoʻshimcha davr mobaynida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
189. Xarajatlar smetasining tegishli moddasida nazarda tutilgan rejali ajratilgan budjet mablagʻlari belgilangan muddatlarda Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga shartnomalar tuzilmasdan Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtma va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan gʻaznachilik memorial orderi asosida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
190. Gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari buyurtmachilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida operatsiyalar amalga oshirilishi boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardan koʻchirmalar beradi hamda ularni Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnalida roʻyxatdan oʻtkazadi. Buyurtmachilarning masʼul xodimlari Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardan koʻchirma olishda jurnalga koʻchirmani olganligi toʻgʻrisida tegishli belgi qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda gʻaznachilik boʻlinmalarida Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnali har bir buyurtmachi boʻyicha alohida ochiladi va yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachilar koʻchirmalarni “UzASBO” DMdan elektron tarzda olgan hollarda Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnali yuritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Buyurtmachilarning YAGʻHga mablagʻ undirish boʻyicha inkasso topshiriqnomalari va toʻlov talabnomalarini ijro etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
191. Buyurtmachilarning inkasso topshiriqnomalari va toʻlov talabnomalari Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) talablari doirasida rasmiylashtiriladi va gʻaznachilik boʻlinmasiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda inkasso topshiriqnomasi va toʻlov talabnomasining “Mablagʻlarni oluvchining nomi” ustunida “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi”, “Mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻi” ustunida — YAGʻH, “Toʻlov maqsadida” ustunida — toʻlov kodi, buyurtmachining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi hamda inkasso topshiriqnomasini yoki toʻlov talabnomasini qoʻyish uchun asos boʻlgan hujjatlar rekviziti koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
192. Buyurtmachilar tomonidan inkasso topshiriqnomasi tegishli hujjatlar bilan birgalikda xizmat koʻrsatuvchi gʻaznachilik boʻlinmalariga quyidagicha taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovchiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markazida xizmat koʻrsatilganida besh nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining gʻaznachilik boʻlinmasiga inkasso topshiriqnomasini qoʻyish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi nusxalari gʻaznachilik boʻlinmasining vakolatli va masʼul xodimi tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik boʻlinmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markaziga taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining beshinchi nusxasi qabul qilingan sana koʻrsatilib, YAGʻHga xizmat koʻrsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik boʻlinmasiga qaytariladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir hudud ichida hisob-kitoblarni amalga oshirishda (gʻaznachilik boʻlinmasi toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank bilan bitta hududda (shahar yoki tumanda) joylashgan boʻlsa) toʻrt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining gʻaznachilik boʻlinmasiga inkasso topshiriqnomasini qoʻyish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi nusxalari gʻaznachilik boʻlinmasining vakolatli va masʼul xodimi tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik boʻlinmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining toʻrtinchi nusxasi qabul qilingan sana koʻrsatilib, toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik boʻlinmasiga qaytariladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda (gʻaznachilik boʻlinmasi toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank bilan turli hududda (shahar yoki tumanda) joylashgan boʻlsa) toʻrt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining gʻaznachilik boʻlinmasiga inkasso topshiriqnomasini qoʻyish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi nusxalari gʻaznachilik boʻlinmasining vakolatli va masʼul xodimi tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik boʻlinmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining toʻrtinchi nusxasi qabul qilingan sana koʻrsatilib, toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik boʻlinmasiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
193. Buyurtmachilar tomonidan toʻlov talabnomasi tegishli hujjatlar bilan birgalikda xizmat koʻrsatuvchi gʻaznachilik boʻlinmalariga quyidagicha taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovchiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markazida xizmat koʻrsatilganida toʻrt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan toʻlov talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining gʻaznachilik boʻlinmasiga toʻlov talabnomasini qoʻyish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Toʻlov talabnomasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi nusxalari gʻaznachilik boʻlinmasining vakolatli va masʼul xodimi tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik boʻlinmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markaziga taqdim etiladi. Toʻlov talabnomasining toʻrtinchi nusxasi qabul qilingan sana koʻrsatilib, toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik boʻlinmasiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oluvchi va toʻlovchiga turli banklarda xizmat koʻrsatilganida toʻrt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan toʻlov talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining gʻaznachilik boʻlinmasiga toʻlov talabnomasini qoʻyish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Toʻlov talabnomasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi nusxalari gʻaznachilik boʻlinmasining vakolatli va masʼul xodimi tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik boʻlinmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etiladi. Toʻlov talabnomasining toʻrtinchi nusxasi qabul qilingan sana koʻrsatilib, toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik boʻlinmasiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
194. Gʻaznachilik boʻlinmasi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va toʻlov talabnomasi “Bank-mijoz” dasturiy majmuidan foydalangan holda elektron tarzda ijro etilganida buyurtmachi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va toʻlov talabnomasi ikki nusxada taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda buyurtmachining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasi va toʻlov talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining gʻaznachilik boʻlinmasiga inkasso topshiriqnomasini va toʻlov talabnomasini qoʻyish uchun topshirigʻi boʻlib xizmat qiladi. Ikkinchi nusxasi buyurtmachining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan koʻchirma bilan birgalikda buyurtmachining masʼul xodimiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Undiruvni Davlat budjeti mablagʻlariga qaratishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish boʻyicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va toʻlovlarni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
195. Ijro hujjatida foydasiga davlat budjeti mablagʻlari oʻtkazilishi nazarda tutilgan shaxslar yoxud ularning vakillarining moliya organlariga murojaatini moliya organlari tomonidan koʻrib chiqish va ijro hujjatining ijrosi yuzasidan tegishli choralarni koʻrish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-maydagi 120-son qarori bilan tasdiqlangan Ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlariga va budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlariga qaratish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
196. Moliya organlari ijro hujjatini Nizomga muvofiq koʻrib chiqqanlaridan soʻng agar ijro hujjatini ijro etmasdan qaytarishga asoslar boʻlmasa, ariza kelib tushgan kundan boshlab 27 kun ichida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlari undiruvchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladigan tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini ochadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻaznachilik boʻlinmalariga tegishli budjetdan mablagʻlarni undirish uchun ikki asl nusxada Toʻlovlar jadvali va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmani, shuningdek ijro hujjati boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun mazkur Qoidalar talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan toʻlov topshiriqnomasini, undiruvchining arizasini va unga ilova qilingan ijro hujjatining aslini taqdim etadi. Agar ijro varaqasi yoki sud buyrugʻi sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali yuborilgan boʻlsa, uning asl nusxasini ilova qilish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
197. Gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari Toʻlovlar jadvali va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmani qabul qilib olganlaridan soʻng Toʻlovlar jadvalining ikki asliga imzo qoʻyadi, Toʻlovlar jadvalining va YUMMR buyurtmasining birinchi asli ijro hujjati ijro etilganidan soʻng qabul qilib olingan sanani koʻrsatgan holda tegishli moliya organiga qaytariladi, ikkinchi asli esa gʻaznachilik boʻlinmalarida hisobini yuritish va saqlash uchun qoladi. Bunda gʻaznachilik boʻlinmalari ijro etilgan ijro hujjatlari hisobini “OʻRMV” ATda elektron koʻrinishda mazkur Qoidalarning 18-ilovasidagi shakl boʻyicha Ijro hujjatlari va sud hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish jurnalida yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
198. Gʻaznachilik boʻlinmalari hujjatlarni olgan kundan boshlab uch kun muddatda ularni koʻrib chiqadi va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlganida yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiradi va ijro hujjati ijrosini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
199. Gʻaznachilik boʻlinmalari toʻlov topshiriqnomasi asosida ijro hujjatida koʻrsatilgan tegishli budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlarni mazkur budjetning xarajatlar yoyilmasining tegishli xarajat moddasi boʻyicha aks ettirish orqali unidruvchining bank hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
200. Toʻlovni amalga oshirish uchun tegishli budjetning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida mablagʻlar yoʻq yoki yetarli boʻlmaganda gʻaznachilik boʻlinmalari ijro hujjatining ijrosini toʻxtatib turish, kechiktirish, boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirishni “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda amalga oshirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish uchun yozma ravishda tegishli moliya organini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari boʻyicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish boʻyicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish hamda toʻlovlarni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
201. Budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari boʻyicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
202. Ijro hujjatlarida qarzdor-budjet tashkilotining toʻgʻri rekvizitlari (YAGʻH, shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi yoki bank hisobvaragʻi) koʻrsatilishi lozim. Qarzdorning rekvizitlari notoʻgʻri koʻrsatilgan ijro hujjatlari gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan rekvizitlarni aniqlashtirish uchun qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
203. Budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari boʻyicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi navbatda budjet tashkilotining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlanishi lozim boʻlgan qarz budjet tashkilotining xarajatlar smetasi boʻyicha xarajatlar moddasiga muvofiq boʻlganda — budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmi doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
204. Gʻaznachilik boʻlinmalari ijro hujjatlari hisobini alohida Ijro hujjatlari va sud hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish jurnalida “OʻRMV” ATda elektron koʻrinishda yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasining tegishli moddasi va budjet tashkilotining barcha budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari boʻyicha toʻlovlarni va shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazishni yoki hisobga olishni vaqtinchalik toʻxtatish, shuningdek budjet tashkilotining mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha ijro hujjatida nazarda tutilgan cheklovlarni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro hujjatini ilova qilgan holda tegishli xarajatlari vaqtinchalik toʻxtatilganligi toʻgʻrisida budjet tashkilotini yozma xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan budjet tashkilotining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari qoldigʻi doirasida mablagʻlarni oʻtkazish, budjet tashkilotining budjetdan tashqari jamgʻarmasida mablagʻlar yoʻq yoki yetarli boʻlmaganida hamda qarzdorlik budjet tashkilotining xarajatlar smetasi boʻyicha xarajatlar moddasiga muvofiq boʻlganda — budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmi doirasida amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
206. Budjet tashkilotlari ijro hujjatini yoki gʻaznachilik boʻlinmasining tegishli xabarnomasini olganidan soʻng uch ish kuni ichida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki asl nusxada Toʻlovlar jadvali va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro hujjati asosida toʻlovlarni amalga oshirish uchun mazkur Qoidalar talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan toʻlov topshiriqnomasini gʻaznachilik boʻlinmasiga taqdim etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari Toʻlovlar jadvali va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmani qabul qilib olganlaridan soʻng Toʻlovlar jadvalining ikki asliga imzo qoʻyadi, Toʻlovlar jadvalining va YUMMR buyurtmaning birinchi asli ijro hujjati ijro etilganidan soʻng qabul qilib olingan sanani koʻrsatgan holda tegishli budjet tashkilotiga qaytariladi, ikkinchi asli esa gʻaznachilik boʻlinmalarida hisobini yuritish va saqlash uchun qoladi. Bunda gʻaznachilik boʻlinmalari ijro etilgan ijro hujjatlari hisobini “OʻRMV” ATda elektron koʻrinishda Ijro hujjatlari va sud hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish jurnalida yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
207. Budjet tashkilotlari tomonidan mazkur Qoidalarning 206-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmaganida yoki muddatida taqdim etilmaganida gʻaznachilik boʻlinmalari mazkur Qoidalarning 205-bandida koʻrsatilgan tartibda va muddatlarda ijro hujjati boʻyicha toʻlovni mustaqil amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
208. Budjet tashkilotlarining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida budjetdan tashqari mablagʻlar yoʻq yoki yetarli boʻlmaganida ijro hujjati boʻyicha toʻlov budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasining tegishli moddasidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda xarajatlar smetasining tegishli moddasida yuridik majburiyatlar bilan band qilinmagan mablagʻlar mavjud boʻlmasa, budjet tashkilotlari tegishli modda boʻyicha qabul qilingan yuridik majburiyatlar summasini kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
209. Budjet tashkilotining budjetdan tashqari mablagʻlari va xarajatlar smetasining tegishli moddasi boʻyicha budjetdan ajratilgan mablagʻlar qoldigʻi yoʻq yoki yetarli boʻlmagan taqdirda, gʻaznachilik boʻlinmasi budjet tashkilotiga xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida talabnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
210. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmasi boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yoki budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasining tegishli moddalarida mablagʻlar yoʻq yoki yetarli boʻlmagan holda budjet tashkilotlari tegishli moliya organiga ijro hujjatiga asosan toʻlash uchun budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirish kiritish yoʻli bilan mablagʻlarni toʻliq toʻlashi boʻyicha uch ish kuni ichida tegishli choralarni koʻrish yuzasidan murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
211. Budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida budjetdan tashqari mablagʻlar yoki budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasining tegishli moddasida rejalashtirilgan mablagʻlar yetarli boʻlmaganligi sababli ijro hujjati asosida mablagʻlar toʻliq oʻtkazilmagan hollarda keyinchalik budjet tashkilotining budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan, shuningdek budjet tashkilotining budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasining tegishli moddalari boʻyicha yuridik majburiyatlarni qabul qilish sud ijrochisining qarorida koʻrsatilgan mablagʻlar toʻliq toʻlanganidan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bob. Budjetlararo transfertlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
212. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan budjetlararo transfertlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari hamda Toshkent shahri shahar budjeti, shuningdek DMJ budjetlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga hamda buning aksicha oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
213. Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari hamda Toshkent shahri shahar budjetidan budjetlararo transfertlar ularning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan tumanlar va shaharlar budjetlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga hamda buning aksicha oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
214. DMJ budjetlaridan budjetlararo transfertlar ularning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga hamda buning aksicha oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
215. Budjetlararo tranfertlarni oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan budjet mablagʻlarini oʻtkazish uchun soʻrovnoma va gʻaznachilik memorial orderlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
216. Byujetlararo transfertlar boʻyicha hisob-kitoblar joriy moliya yilida qoʻshimcha vaqt davrini hisobga olgan holda yakunlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
217. Mahalliy budjetdan oʻz muddatida qaytarilmagan budjet ssudalari va oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha yuqori budjet oldidagi qarzdorliklarni soʻzsiz undirish uchun mablagʻlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek DMJ budjetlaridan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga undirishda Moliya vazirligining tegishli boshqarmalari tomonidan Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlariga tuman va shahar budjetlaridan undirishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri moliya boshqarmalari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha gʻaznachilik boshqarmalariga tegishli mazmundagi xat bilan birgalikda ikki nusxada Budjet mablagʻlarini oʻtkazish (soʻzsiz undirish) uchun soʻrovnoma taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
218. Gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari Budjet mablagʻlarini oʻtkazish (soʻzsiz undirish) uchun soʻrovnomalarini qabul qilganlaridan soʻng soʻrovnomada kamchiliklar aniqlanmasa soʻrovnomalarining ikkala nusxasiga qabul qilib olgan sanasini koʻrsatgan holda oʻz imzolarini qoʻyadi hamda bir nusxasini Budjet mablagʻlarini oʻtkazish (soʻzsiz undirish) uchun soʻrovnomani yuborgan moliya organiga qaytaradi. Budjet mablagʻlarini oʻtkazish (soʻzsiz undirish) uchun soʻrovnomada kamchiliklar aniqlanganida kamchiliklarni bartaraf etish uchun soʻrovnomaning ikkala nusxasini moliya organiga qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
219. Gʻaznachilik boʻlinmalari moliya organlarining Budjet mablagʻlarini oʻtkazish (soʻzsiz undirish) uchun soʻrovnomani qabul qilib olganidan soʻng shu ish kunining oʻzida “OʻRMV” ATda mablagʻlarni soʻzsiz undirish uchun gʻaznachilik memorial orderi shakllantiradi va gʻaznachilik memorial orderi “OʻRMV” ATda avtomatik tarzda bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-bob. Qoʻshimcha vaqt davrida budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
220. Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qoʻshimcha vaqt davri boʻlib, bu davr mobaynida oʻtgan yil uchun budjet tizimi budjetlarining ijrosi amalga oshiriladi. Moliya vazirligi budjet tizimi budjetlarining qoʻshimcha vaqt davridagi ijrosi boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazish tartibini va oxirgi muddatlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
221. Qoʻshimcha vaqt davrida moliya organlari, gʻaznachilik boʻlinmalari, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilari tomonidan joriy moliya yili uchun Davlat budjeti va DMJ budjetlarini ijro etish boʻyicha operatsiyalar, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetlararo munosabatlarni tartibga solish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning kreditorlik qarzlarini toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlari tomonidan iqtisod qilingan mablagʻlar summalarini Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmalariga (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmalariga) oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti va DMJ budjetlari mablagʻlari hisobidan boshqa ruxsat etilgan toʻlovlar amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda moliya yili uchun qoʻshimcha vaqt davri budjet tashkilotlarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga tatbiq etilmaydi, iqtisod qilingan mablagʻlarni Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmalariga (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmalariga) oʻtkazish bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
222. Qoʻshimcha vaqt davrida kreditor qarzdorliklar oʻtgan yilgi xarajatlar smetasining qaysi xarajatlar moddasi boʻyicha yuzaga kelgan boʻlsa, shu xarajatlar moddasi boʻyicha toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
223. Kreditor qarzdorliklarni toʻlab berish uchun buyurtmachilar tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi) oʻrtasida oʻtgan yil yakuni boʻyicha tuzilgan solishtirish dalolatnomasi nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtma va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov topshiriqnomalari (bunda toʻlov maqsadida qoʻshimcha ravishda “oʻtgan yilgi kreditor qarzdorlikni toʻlash” koʻrsatiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtgan yilning dekabr oyi uchun oʻtuvchi kreditor qarzdorlikni toʻlash joriy moliya yilining xarajatlar smetasida (vaqtinchalik xarajatlar smetasini hisobga olgan holda) nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
224. Qoʻshimcha vaqt davrida kreditor qarzdorlikni qoplash yoki mablagʻlarni Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmalariga va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmalariga oʻtkazish boʻyicha toʻlov topshiriqnomalari va gʻaznachilik memorial orderlarini toʻldirishda toʻlov topshiriqnomalari va gʻaznachilik memorial orderlarining toʻlov maqsadida mos ravishda “20__ yil uchun kreditor qarzdorlikni qoplash” yoki “20__ yil uchun iqtisod qilingan mablagʻlarni Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmalariga (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmalariga) oʻtkazish” yozuvi yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
225. Iqtisod qilingan mablagʻlarni Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish budjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha — tegishli hududiy moliya organlarining xulosalari asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha — ushbu budjet tashkilotlari tomonidan mustaqil ravishda ularning rahbarlari va bosh buxgalterlari imzolagan yozma shakldagi murojaatlari asosida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
226. Oʻtgan yilgi kreditor qarzdorlikni qoplash, shuningdek Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga iqtisod qilingan mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha toʻlov topshiriqnomalar yoki gʻaznachilik memorial orderlari gʻaznachilik boʻlinmalariga moliya yiliga qoʻshimcha vaqt davri tugashidan besh ish kuni oldin taqdim qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
227. Kreditor qarzdorlikni toʻlash hamda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida qolgan iqtisod qilingan mablagʻlarni oʻtkazish uchun toʻlov topshirqnomalar va gʻaznachilik memorial orderlari moliya yiliga qoʻshimcha vaqt davri tugashidan besh ish kuni oldin taqdim etilmagan hollarda budjetdan ajratilgan mablagʻlar belgilangan maqsadni yoʻqotadi va tegishli budjetlarning qoldiqlari boʻlib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
228. Qoʻshimcha vaqt davrida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga tegishliligi boʻyicha oʻtgan yil mobaynida ishlatilmagan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamgʻarmalaridan ajratilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtgan yil uchun davlat tashqi qarzini toʻlash uchun ajratilgan mablagʻlarning tiklanishi amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
229. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamgʻarmalaridan ajratilgan, shuningdek oʻtgan moliya yili uchun davlat tashqi qarzini toʻlanishiga oldin ajratilgan va oʻtkazilgan mablagʻlarning oʻtgan moliya yili mobaynida foydalanilmagan qismining majburiy ravishda tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetiga qaytarib oʻtkazilishi moliya yili yakunlangandan keyin keyingi yilning 10-yanvaridan kechikmagan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
230. Agar zaxira jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratilgan tadbirlar muayyan muddatga ega boʻlsa, foydalanilmay qolgan mablagʻlar oluvchi tomonidan tadbirlar oʻtkazish muddati tugashi bilan oʻn ish kuni mobaynida belgilangan shakldagi hisobotni taqdim etish bilan birga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-bob. Qoʻshimcha vaqt davri yakunlanganidan soʻng kreditor qarzdorlikning toʻlanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
231. Qoʻshimcha vaqt davri yakunlanganidan soʻng budjet tashkilotlarining kreditor qarzdorligi birinchi navbatda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
232. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalarida mablagʻlar mavjud boʻlmaganda yoki yetarli boʻlmagan hollarda oʻtgan yilning kreditor qarzdorligini joriy moliya yili xarajatlar smetalarida (vaqtinchalik smetalarni hisobga olgan holda) nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan toʻlab beriladi. Bunda joriy moliya yilining xarajatlar smetasida kreditor qarzdorlikni (budjet tashkilotlari tomonidan taqdim qilingan tasdiqlangan smetalar va yuzaga kelgan kreditor qarzdorlik boʻyicha tegishli hisob-kitoblar asosida) toʻlash uchun zarur mablagʻlar nazarda tutilganligi toʻgʻrisidagi budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar (Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan mablagʻ oladigan tashkilotlar boʻyicha), hududiy moliya organlari, DMJ va BMJ taqsimlovchi organlarning yozma xulosasi mavjud boʻlgandagina toʻlovlar amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda budjet mablagʻlari boʻyicha joriy moliya yili uchun xarajatlar smetasining tegishli moddasi boʻyicha qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar summasi oʻtgan yilning kreditor qarzdorligini toʻlash uchun yoʻnaltirilgan summaga kamaytiriladi. Buyurtmachilarning yetkazib beruvchilar bilan davriy asosda tuziladigan shartnomalari boʻyicha kreditor qarzdorlik summasi shartnomada joriy moliya yili uchun qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar summalari va kreditor qarzdorlik summalari alohida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
233. Buyurtmachilar oʻtgan moliya yilining kreditorlik qarzdorligini toʻlash uchun tegishli gʻaznachilik boʻlinmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki asl nusxada Toʻlovlar jadvali va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditor qarzdorlik toʻlanishi nazarda tutilgan mablagʻlar manbasi, tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi va boshqa rekvizitlar koʻrsatilgan xat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qarzdorlik yuzaga kelgan oʻtgan moliya yilidagi shartnoma nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtma va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hisob-fakturalar nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi) bilan tuzilgan solishtirish dalolatnomasi (qoʻshimcha vaqt davrida amalga oshirilgan hisob-kitoblarni inobatga olgan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy moliya yilining xarajatlar smetasida kreditor qarzdorlikni (kreditor qarzdorlik budjetdan ajratilgan mablagʻlar hisobidan toʻlangan hollarda) toʻlash uchun zarur mablagʻlar nazarda tutilganligi toʻgʻrisidagi mazkur Qoidalarning 232-bandida koʻrsatilgan yozma xulosa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan toʻlov topshiriqnomasi va gʻaznachilik memorial orderi (bunda toʻlov maqsadida qoʻshimcha ravishda “oʻtgan yilgi kreditor qarzdorlikni toʻlash” koʻrsatiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
234. Buyurtmachilarning tegishli gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilmagan hamda hisobga olinmagan shartnomalari boʻyicha yuzaga kelgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) oldidagi kreditor qarzdorliklari toʻlab berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
235. Budjet tizimi budjetlari va BMJ budjetlarining gʻazna ijrosini amalga oshirish jarayonida buyurtmachilar hamda kapital qoʻyilma buyurtmachilari qonun hujjatlariga muvofiq budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishiga, moliya organlari va gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligiga va budjet qonunchiligi talablariga rioya etilishga qonun hujjatlariga muvofiq javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
236. Gʻaznachilik boʻlinmalari yuridik va moliyaviy majburiyatlarni oʻz muddatida va toʻgʻri roʻyxatdan oʻtkazilishi va hisobga olinishiga, toʻlovlarning amalga oshirilishi hamda talab qilinadigan hujjatlarning toʻliqliligiga, shuningdek oʻz zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni mazkur Qoidalarga muvofiq bajarishga javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan quyi budjetlar va maqsadli jamgʻarmalarga maqsadli budjet mablagʻlari ajratishda va quyi budjetlar va maqsadli jamgʻarmalardan maqsadli mablagʻlarni soʻzsiz undirishda kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga 5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20__ MOLIYA YILI UCHUN IMZOLAR NAMUNALARI VA MUHR IZI
___________ SONLI KARTOCHKASI
20__ y. “___” ____________
Buyurtmachi nomi _________________________________________________________________________________________________
(taʼsis hujjatlariga muvofiq toʻliq yoki qisqa nomi)
Yuridik manzil ________________________________________________________
Telefon _______________________________________________________________
Gʻaznachilik boʻlinmasi nomi _____________________________________________
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishda moliyaviy hujjatlarga imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxslarning imzolari namunalari va tashkilotning muhr izi namunasi
Imzo qoʻyish huquqi
Mansabi
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Imzo namunasi
Muhr namunasi
Alohida belgilar (pasport maʼlumotlari, uy manzili va h.k)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga 6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov turlari boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼLUMOTNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Toʻlov kodi
Toʻlov turlari
1
09510
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga toʻlovlar:
Yetkazib berilgan tovarlar, koʻrsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga toʻlovlar;
Budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish natijasida ijaraga oluvchilarning toʻlovlari;
Maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalarda, maktab-internatlar va litseylarda farzandining oʻqishi va ovqatlanishi uchun ota-onalar toʻlovlari;
Xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi uchun hisob-kitoblar boʻyicha toʻlovlar;
Taʼlim muassasalarida oʻqish uchun toʻlovlar;
Ajratmalar hisobiga toʻlovlar;
Umumtaʼlim muassasalarida darsliklar ijarasi uchun toʻlovlar;
Pensiya jamgʻarmasi boʻlinmalari tomonidan ishlovchi pensionerlar uchun oʻtkazilgan mablagʻlar;
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar tomonidan oldingi yillar shartnomalari boʻyicha debitorlik qarzlari toʻlovlari;
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga koʻrsatiladigan homiylik (begʻaraz) yordamlari;
Yuqoridagilardan tashqari boshqa toʻlovlar.
2
09520
Ortiqcha yoki notoʻgʻri oʻtkazilgan mablagʻlarning budjet tashkilotlariga qaytarilishi:
23212 va 23214 balans hisobvaraqlarida ochilgan hisobvaraqlardan mablagʻlarning qaytishi;
Ishlatilmagan deponentlarning qaytishi;
Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan ilgari oʻtkazilgan mablagʻlarni yetkazib beruvchining bankdagi hisobvaragʻi oʻzgarganligi, yopilganligi va boshqa sabablarga koʻra banklar tomonidan qaytarish;
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) tomonidan amaldagi shartnomalar boʻyicha budjet tashkilotlariga mablagʻlarni qaytarish;
Birjaga oʻtkazib berilgan moliyaviy zakalat summalarining budjet tashkilotiga qaytarish;
23212 yoki 23214 balans hisobvaraqlariga oʻtkazish
Oldingi oylar qarzdorligi
Jami toʻlash uchun
Yagona ijtimoiy toʻlov
(___%)
Jami
shu jumladan: imtiyozli (mod. yordam va boshqalar)
Jismoniy shaxslar daromad soligʻi
Fuqarolarning sugʻurta badallari (____%)
Kasaba uyushmasi badali
Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga badal
Avans
Alimentlar
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
...
...
..
...
...
...
...
...
...
...
...
...
...
Jami
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Ushbu soʻrovnomada berilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlaymiz.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu shakl buyurtmachi tomonidan xizmat koʻrsatuvchi bank belgilagan grafikdagi naqd pul mablagʻlarini olish muddatidan ___ ish kuni oldin taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ushbu buyurtmaning “Hisoblangan ish haqidan ushlanmalar” qismida koʻrsatilgan xodimlarning ish haqidan ixtiyoriy ushlanmalar qonun hujjatlariga muvofiq va xodimlarning yozma roziligi asosida ushlanmoqda. Ish haqidan ixtiyoriy ushlanmalar masalasi boʻyicha qonun hujjatlari talablari buzilishi holatlari yoki yuqoridagi xodimlarning roziligining ishonchsizligi aniqlanganida toʻliq javobgarlikni oʻz zimmamizga olamiz.
Shaxsiy gʻazna hisobvaraq_________________________________
(soʻmda)
20__ y. oylar nomi.
Xarajatlar turi** (budjet tasnifining tegishli kodi)
Jami
…
…
…
Yanvar
Fevral
Mart
Aprel
May
Iyun
Iyul
Avgust
Sentabr
Oktabr
Noyabr
Dekabr
Jami yil boʻyicha
Jami ___________ soʻm (___________________________________________)
summa soʻz bilan
Yuqoridagi koʻrsatilgan summadan _________ soʻm yoki shartnomaning umumiy summasidan ______%***20___ ______________ oyida toʻlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(*) — budjet tashkiloti, budjet mablagʻi oluvchi va BMJ mablagʻi oluvchi tomonidan gʻaznachilik boʻlinmasiga ikki nusxada taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(**) — boʻlim, kichik boʻlim va xarajat moddasi koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(***) — Yuqoridagi koʻrsatilgan summadan oyiga ______% joriy oyning _____ sanasigacha har oyda oldindan toʻlanishi lozim (ushbu satr budjet tashkiloti, budjet mablagʻi oluvchi va BMJ mablagʻi oluvchi tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatish, aloqa xizmatlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan har oy doimiy ravishda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish shartnomalari boʻyicha oldindan toʻlovni amalga oshirish hollarida toʻldiriladi).
____________________________________________________________________________________________ (pasport raqami, seriyasi, berilgan sana va kim tomonidan berilgan)
quyidagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan naqd pul olishga:
Mazkur ishonchnoma 20___ yil _______________________ gacha haqiqiy.
Buyurtmachi rahbari
__________ (imzo)
_________________________________ (F.I.O.)
Buyurtmachi bosh buxgalteri
__________ (imzo)
_________________________________ (F.I.O.)
20___ yil “____”____________.
M.Oʻ.
Rahbar _______________________________________
(gʻaznachilik boʻlinmasi nomi)
______________________ (imzo )
M.Oʻ.
_________________________________ (F.I.O.)
20__y. “_____”________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Izoh: buyurtmachi gʻaznachilik boʻlinmasiga ishonchnomani gerbli blankda taqdim etadi, gerbli blank mavjud boʻlmaganda esa tashkilotning burchakli shtampi qoʻyilgan holda toza varaqda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga 16-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan berilgan koʻchirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JURNALI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Buyurtmachining nomi
Budjet tasnifining kodlari (boʻlim, bob, kichik boʻlim)
Koʻchirma sanasi
Olingan sana
Buyurtmachi vakilining imzosi
…
…
…
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga 17-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) BUYURTMA
20__ y. “___”___________ _________- son
Buyurtmachi nomi _________________________________________
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi_________________________________________
(soʻmda)
Hujjat raqami
Hujjat sanasi
Toʻlovni oluvchining nomi
Toʻlovni oluvchining bank rekvizitlari (shaxsiy gʻazna hisobvaraq)
Summasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur hisobvaraq-faktura (lar) (bajarilgan ishlar dalolatnoma (lari) boʻyicha haqiqatda tovarlar yetkazib berilganligini, ishlar bajarilganligini va xizmatlar koʻrsatilganligini hamda mazkur tovarlar (ishlar, xizmatlar) belgilangan tartibda qabul qilib olinganligini tasdiqlaymiz.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
M.Oʻ.
Buyurtmachi rahbari
__________
__________________
(imzo)
F.I.O.
Buyurtmachi bosh buxgalteri
__________
__________________
(imzo)
F.I.O.
Buyurtmachi moddiy javobgar shaxsi
__________
__________________
(imzo)
F.I.O.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga 18-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijro hujjatlari va sud hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish JURNALI*
T/r
Taqdim etilgan sana
Ijro hujjati yoki buyruqning sanasi va raqami
Daʼvogar, tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining nomi
Buyurtmachi — javobgarning nomi
Daʼvo summasi, soʻm
Mablagʻ manbasi (budjet, budjetdan tashqari jamgʻarmalar)
1
2
3
4
5
6
7
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* — “OʻRMV” AT da elektron koʻrinishda yuritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 593-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 10/17/2850-1/0476-son, 15.09.2018-y., 10/18/2850-2/1918-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son; 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son; 02.12.2025-y., 10/25/3718/1118-son)