20.03.2007 yildagi 53-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.03.2007 yildagi 53-son
Date of entry into force
20.03.2007
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING GʻAZNACHILIGI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 20-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 20-martdagi 53-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ–594-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining (keyingi oʻrinlarda Gʻaznachilik deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Gʻaznachilik oʻzining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining (keyingi oʻrinlarda Davlat budjeti deb ataladi) gʻazna ijrosini amalga oshiradigan maxsus vakolatli moliya organi hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tizimiga bevosita unga boʻysunadigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Gʻaznachilik boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) Gʻaznachilik boʻlimlari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Gʻaznachilik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda oʻz faoliyatiga tegishli boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Gʻaznachilik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda bevosita va oʻzining hududiy boʻlinmalari orqali amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Gʻaznachilik faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Gʻaznachilik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Gʻaznachilik boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) Gʻaznachilik boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Gʻaznachilik boshqarmalari yuridik shaxslar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Gʻaznachilikning asosiy vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar Gʻaznachilikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi budjetlar oʻrtasida taqsimlash, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisida hisobot tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni taʼminlaydigan, Davlat budjeti Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlarni boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar koʻrsatuvchilar) bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari mablagʻlari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida koʻrsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlarini, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlaridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib borish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati taʼminlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda qoidaga koʻra, vositachilik xizmatlaridan voz kechish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridlari boʻyicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish, davlat xaridlarini amalga oshirishda narxni shakllantirish jarayonini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarajatlar smetalarida va roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirigʻi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga toʻlovlarni bevosita amalga oshirish orqali toʻlov intizomiga rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti gʻazna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, Davlat budjeti ijrosi haqida axborotlarni toʻplash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat koʻrsatish, Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari, shu jumladan nomoddiy shakldagi vositalar toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash va ishlash.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish hamda maqsadli ishlatilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlari uchun chet el valyutasidagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish va yopish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta mablagʻlari hisobidan jalb qilingan xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarzlari va kreditlarini qaytarish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan Moliya vazirligi tomonidan toʻlovlari amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta mablagʻlarini boshqarish, chet el valyutadagi mablagʻlarni depozitlarga joylashtirish va budjet ssudasi va subsidiyalarini ajratish.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-apreldagi 262-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2020-y., 09/20/262/0516-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Gʻaznachilikning funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Gʻaznachilik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa toʻlovlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlari tomonidan naqd pul mablagʻlari bilan toʻlanadigan boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun Gʻaznachilikning bank hisob raqamlariga mablagʻlar oʻtkazadi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlariga sudning qarori boʻyicha yagona gʻaznachilik hisobvaragʻidan yoki Gʻaznachilikning boshqa hisob raqamlaridan mablagʻlar oʻtkazadi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi natijasida fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash uchun mablagʻlar oʻtkazadi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har kunlik asosida yagona gʻaznachilik hisob raqamida mablagʻlarning harakati toʻgʻrisidagi axborotni elektron shaklda taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchilarga ular uchun moliya organlarida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan koʻchirmalar, ularning xarajatlarini qoplashga budjet mablagʻlari oʻtkazilganligini tasdiqlaydigan toʻlov hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manbalar boʻyicha tegishli budjet tizimi budjetlari daromadlari tushumi hisobini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti ijrosi jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadlari tushumi va xarajatlarining qisqa muddatli prognozlarini tuzadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya organlarining topshirigʻi boʻyicha yuqori budjetlarda nazarda tutilgan dotatsiyalar, subvensiyalar, budjet ssudalari maqsadli ijtimoiy transfertlar summasini va boshqa toʻlovlarni quyi budjetlarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazadi;
(9-bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning shartnomalari xarajatlar smetasida koʻrsatilgan summalar doirasida va maqsadlarga muvofiq tuzilishi ustidan qattiq nazorat qilish asosida shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchilar nomidan va topshirigʻi boʻyicha budjet tizimi budjetlarida nazarda tutilgan mablagʻlar uchun roʻyxatga olingan shartnomalarda yoki budjet mablagʻlarini yuridik va jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga oʻtkazish majburiyatini yuklaydigan boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan summalar doirasida tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar koʻrsatuvchilar)ning bevosita bank hisob raqamlariga toʻlovlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlarini va budjet mablagʻlari oluvchilarni, jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlaridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib boradi, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati taʼminlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini hamda qoidaga koʻra, vositachilik xizmatlaridan voz kechishni nazarda tutadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
schyot-fakturalar va tovarlar yetkazib berilishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar koʻrsatilishi) holatini tasdiqlaydigan yoki budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga soliqlar, yigʻimlar hamda Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar uchun budjet mablagʻlarini oʻtkazish majburiyatini yuklaydigan boshqa hujjatlar asosida budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning moliyaviy majburiyatlari hisobini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlamchi hujjatlar asosida Davlat budjeti gʻazna ijrosining tahliliy va sintetik buxgalteriya hisobini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tizimi budjetlarining ijro etilishi haqida axborotlarni toʻplash, qayta ishlash va tahlil qilish asosida budjet tizimi budjetlarining kassa ijrosi toʻgʻrisida hisobot tuzadi va ushbu hisobotni belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarzlariga xizmat koʻrsatadi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolatlarini ijro etadi;
(9-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining hududiy boʻlinmalari faoliyatini tahlil qiladi va muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarni va metodologik materiallarni, shu jumladan, Gʻaznachilik hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarni maqbullashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari ijrosi toʻgʻrisidagi budjet hisobini va hisobotlarni takomillashtirish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni va metodologik materiallarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik biznes subyektlari unda keng ishtirok etishini nazarda tutadigan davlat xaridlarini amalga oshirishda tanlov va tender tartib-taomillarini takomillashtirish va ularni qoʻllashni kengaytirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻaznachilik va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari, shu jumladan nomoddiy shakldagi vositalarning toʻliq va tizimli hisobini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridlari boʻyicha maʼlumotlar, shu jumladan davlat xaridlari boʻyicha budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan joylashtiriladigan buyurtmalar, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar boʻyicha maʼlumotlar elektron bazasini shakllantiradi va doimiy ravishda yangilab boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasining ishchi organi funksiyasini amalga oshiradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Gʻaznachilikning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Gʻaznachilik quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida va tijorat banklarida Gʻaznachilikning bank hisob raqamlarini ochish va yopish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilardan Davlat budjetini ijro etish jarayonidagi daromadlar va xarajatlarning qisqa muddatli prognozini tuzish uchun zarur boʻlgan hisobot maʼlumotlarini soʻrab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilardan ular tomonidan Gʻaznachilikka roʻyxatdan oʻtkazishga taqdim etiladigan shartnomalarning sifatini, maqsadga muvofiqligini va narx yechimlarini baholash uchun barcha zarur hujjatlarni belgilangan tartibda talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda Davlat budjeti boʻsh mablagʻlarini bank depozitlariga va boshqa aktivlarga vaqtinchalik joylashtirish, shuningdek budjet ssudalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlariga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga xarajatlar smetalarida, qurilishlarning manzilli va titul roʻyxatlarida nazarda tutilgan budjet mablagʻlari hajmidan oshib ketadigan hajmda budjet mablagʻlari hisobiga haq toʻlanishini nazarda tutuvchi shartnomalarini, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning toʻlov jadvalisiz, sifati, maqsadga muvofiqligi va narx yechimlari boʻyicha belgilangan talablarga javob bermaydigan shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning schyot-fakturalarsiz hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish faktini tasdiqlovchi yoki budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar zimmasiga budjet mablagʻlarini oʻtkazishni yuklovchi boshqa hujjatlarsiz taqdim etilgan kapital qurilish yuzasidan majburiyatlari uchun pul toʻlamaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning ularning tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan Gʻaznachilikda (uning hududiy boʻlinmalarida) roʻyxatdan oʻtkazilmagan shartnomalaridan kelib chiqadigan kapital qurilish yuzasidan majburiyatlari toʻlovi boʻyicha toʻlov hujjatlarini ijro etish uchun qabul qilmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yoʻl qoʻyilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun toʻlovni budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning shartnomalarida nazarda tutilgan summa doirasida cheklash, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar shartnomalari predmetiga muvofiq boʻlmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilgan hollarda toʻlovni toʻxtatib turish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan hisobotlar taqdim etilmagan taqdirda ularning budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan xarajatlari toʻlovini moliya organlari topshirigʻiga binoan hisobot topshirilgunga qadar toʻxtatib qoʻyish, bu toʻgʻrida tegishli budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarni, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarni xabardor qilish;
(10-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning Gʻaznachilikda (uning boʻlinmalarida) roʻyxatdan oʻtkazilmagan shartnomalar boʻyicha moliyaviy majburiyatlarini hisobga qabul qilmaslik, qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzilmasdan moliyaviy majburiyatlar qabul qilinishi mumkin boʻlgan hollar bundan mustasno;
(10-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar va tashkilotlardan bajarilmagan moliyaviy majburiyatlar boʻyicha budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilardan toʻlov muddati oʻtgan qarzlar summasini budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning bajarilmagan moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova qilingan yozma murojaatlari asosida, qonunchilikda belgilangan tartibda undirib olish;
(10-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari oluvchilaridan ularning shaxsiy bank hisob raqamlaridan koʻchirmalar, shuningdek ular tomonidan olingan insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari, shu jumladan nomoddiy shakldagi vositalar toʻgʻrisida hisobotlar va axborotlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasining ishchi organi funksiyasini bajarish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlardan zarur materiallarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasining ishchi organi funksiyasini bajarish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlardan zarur materiallarni olish.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Gʻaznachilik quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti xarajatlarini yagona gʻazna hisob hisobvaragʻidan yoki Gʻaznachilikning boshqa bank hisob raqamlaridan belgilangan muddatlarda va tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari qoldiqlari doirasida amalga oshirish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda, shu jumladan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilinganda narxlarni oshirib yuborish mavjudligi, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan kreditorlik qarzlar summasining asossiz oshirib yuborilishi hollari aniqlangan taqdirda mavjud materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalariga berish.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga berilgan huquqlardan qonunchilikka muvofiq foydalanish hamda oʻz faoliyatida yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻaznachilik qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Gʻaznachilik xodimlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlarining funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada ijro etmaganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari normalariga muvofiq boʻlmagan qarorlar qabul qilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa qonun buzilishlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(12-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Gʻaznachilik tuzilmasi va uning faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Gʻaznachilik tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Gʻaznachilikni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachiligi boshligʻi boshqaradi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-apreldagi 262-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2020-y., 09/20/262/0516-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻaznachilik boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining taqdimiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Gʻaznachilik boshligʻi oʻrinbosarlari Gʻaznachilik boshligʻining taqdimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Gʻaznachilikning hududiy boʻlinmalari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda Gʻaznachilik boshligʻi taqdimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Gʻaznachilikning hududiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Gʻaznachilik va uning hududiy boʻlinmalari yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil qiladi hamda quyi boshliqlarning yuqori boshliqlarga va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga boʻysunishi va hisobot berishi asosida faoliyat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Gʻaznachilik oʻziga berilgan vakolatlarga muvofiq oʻz hududiy boʻlinmalari faoliyati ustidan tezkor boshqaruvni va nazoratni amalga oshiradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 12-son, 109-modda; 2009-y., 5-son, 41-modda; 2011-y., 14-son, 137-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2020-y., 09/20/262/0516-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)