Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2022 14.12.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2131-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 14.12.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2131-2
Date of entry into force
01.01.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

“Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 14-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2131-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 19-iyuldagi EG-01/10-4014, 60, 01-02/8-10-son “Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2131, 2010-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 33-son, 279-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror 2017-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2016-yil 2-dekabr,

2016/39-7-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 2-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90-son

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 2-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01-02/16-65-son

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 2-dekabrdagi 2016/39-7, 90, 01-02/16-65-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qarorning Muqaddimasidagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 228-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 26-iyuldagi PQ-136-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 225-modda)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-son “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-son “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-son “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibini belgilaydi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organ — zimmasiga sertifikat berish funksiyasi yuklatilgan organ. Oʻzbekiston Respublikasida vakolatli organ boʻlib “Oʻzbekekspertiza” AJ va uning boʻlinmalari hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli shaxs — vakolatli organning sertifikatni guvohlantirish uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxs;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar turkumi — bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati boʻyicha kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan joʻnatilayotgan yoxud bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan bitta jismoniy shaxsning qoʻl yukida va bagajida olib oʻtilayotgan tovar yoki uning bir qismi;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aynan bir xil tovar” — bir ishlab chiqaruvchi tomonidan aynan bir xil texnologik jarayonga asosan ishlab chiqarilgan, tarkibi, nomi (shu jumladan, modeli, savdo belgisi, turi boʻyicha) va TIF TN kodlari boʻyicha bir xil tavsiflangan, aynan bir ariza beruvchi tomonidan sertifikatlash uchun taqdim etilgan tovar.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 27-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yetkazib beruvchi va xaridor oʻrtasidagi eksport (reeksport) qilinayotgan tovar boʻyicha shartnoma;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) quyidagi mazmundagi 272-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“272. 27 va 271-bandlarda koʻrsatilgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda axborot tizimi orqali taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 28-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ilgari aynan bir xil tovar uchun sertifikat olgan ariza beruvchi murojaat qilgan taqdirda, tovarlarni kelib chiqishini sertifikatlash ariza topshirilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi, bunda ariza beruvchi arizasida sertifikatlanayotgan mahsulot nomi va miqdoridan soʻng aynan ilgari berilgan sertifikatning raqamini koʻrsatadi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 1-ilovadagi “Oʻzbekekspertiza” OAJ” degan soʻzlar “Oʻzbekekspertiza” AJ” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 2 va 3-ilovalar nomlanishidagi “OCNIQ AKSIYADORLIK JAMIYATI “OʼZBEKEKSPERTIZA” va “OTKRITOYE AKSIONERNOYE OBShESTVO “UZBEKEKSPERTIZA” degan soʻzlar tegishincha “OʼZBEKEKSPERTIZA” AKSIYADORLIK JAMIYATI” va “AKSIONERNOYE OBShESTVO “UZBEKEKSPERTIZA” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 50-son, 573-modda)